Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati to‘g‘risida nizom umumiy qoidalar



Download 27,74 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi27,74 Kb.
#338057
Bog'liq
Axborot kutubxona fondlarini jamlash xizmati to'g'risida NIZOM



Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati to‘g‘risida

NIZOM



  1. UMUMIY QOIDALAR


  1. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati – Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi (keyingi o‘rinlarda – Surxondaryo viloyat AKM)ning tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, Surxondaryo viloyat AKMda axborot-kutubxona fondlarini jamlash vazifasini amalga oshiradi.

  2. Xizmat ishini axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat qiladi.

  3. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati 0‘zbekiston Respublikasining Qonunlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining buyruqlariga, Surxondaryo viloyat AKM direktorining buyruqlariga va ushbu Nizomga muvofiq axborot-kutubxona fondlarini jamlash faoliyatini olib boradi.

  4. ASOSIY VAZIFALARI


  1. Surxondaryo viloyat AKMning axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, uning but saqlanishini ta’minlaydi.

  2. “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma asosida, axborot-kutubxona fondlariga kelib tushgan va hisobdan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritadi.

  3. Surxondaryo viloyat AKM fondini axborot-kutubxona resurslari bilan to‘ldirib borishda nashriyotlar hamda kitob savdosi tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlaydi.

  4. Xorijiy kutubxonalar bilan xalqaro kitob almashishni amalga oshiradi.





  1. Surxondaryo viloyat AKMga kelib tushgan axborot-kutubxona resurslarining ko‘p nusxada olingan nashrlarini axborot-kutubxona muassasalariga taqdim etish orqali fondlarini qo‘shimcha to‘ldirishgayordam ko‘rsatadi.

  2. Foydalanuvchilarga milliy va xorijiy nashrlaming eng to’liq to‘plamini taqdim etishda, ulaming talab va takliflari asosida zarur axborot-kutubxona resurslarini harid qilishni amalga oshirish uchun takliflar kiritadi.

  3. Surxondaryo viloyat axborot- kutubxona markazlarining jamlash ishini o‘rganadi va muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.

  4. Hududiy axborot-kutubxona muassasalariga fondlami jamlash masalalari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi va tavsiyalar ishlab chiqadi.

  5. XIZMATNING ASOSIY FUNKSIYaLARI

  6. Surxondaryo viloyat AKMning boshqa xizmatlari bilan birga kitob saqlash fondlari va ulaming ixtisoslashtirilgan qismlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi.

  7. Mavzuli rejaga muvofiq jamlashning turli manbalari (nashrlaming bepul majburiy nusxasi, obuna, nashriyotlar, kitob do‘konlari orqali sotib olish, MDH mamlakatlari o‘rtasida kitob ayirboshlash va xalqaro kitob ayirboshlash) orqali, fondni milliy matbuot resurslari va xorijiy nashrlar bilan jamlashni va qo‘shimcha jamlashni amalga oshiradi.

  8. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali, xizmat axborot-kutubxona fondlarini jamlashni shakllantiradi.

  9. Harid qilib olish uchun zarur boigan (nashriyot rejalari, takliflar ro‘yxati, davriy nashrlar kataloglari va boshq.) adabiyotlar ro‘yxatini shakllantiradi.

  10. Tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan sovg‘a tariqasida taqdim etilgan axborot-kutubxona resurslarini qabul qiladi.

  11. Surxondaryo viloyat AKMning zahira-almashuv fondiga (zahira fond - dublet nusxalar asosida tashkil topgan fond bo4lib, unda asosiy fondan ma’lum bir sabablarga ko‘ra yo‘qolgan kitoblar o‘mini to‘ldirish uchun xizmat qiladigan aynan bir xildagi kitoblar saqlanadi; almashuv fond - milliy nashrlar asosida tashkil topgan fond bo‘lib, unda respublikadagi boshqa axborot kutubxona muassasalari va xorijiy kutubxonalar bilan kitob almashinuvi shuningdek, beg‘araz taqdim etishga mo‘ljallangan adabiyotlar fondi) axborot-kutubxona resurslarini qabul qilib oladi, shuningdek, kutubxonaning asosiy va qo‘shimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan axborot-kutubxona resurslarini zahira fondidan taqdim etadi. Boshqa axborot-kutubxona muassasalarining so‘roviga binoan, zahira fondidan axborot-kutubxona resurslarini ta’minlaydi.





  1. Fondlardagi yetishmovchiliklarni aniqlaydi, boshqa kutubxonalarning zahira fondlaridan, kitob do‘konlaridan hamda xususiy shaxslardan zarur hujjatlarni qidiradi va ulami sotib olish uchun taklif kiritadi.

  2. “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobini yuritish to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma asosida, axborot-kutubxona fondlariga kelib tushgan barcha axborot-kutubxona resurslarining hisobini va tegishli xizmatlarga taqsimlab, umumiy va yakka tartibda hisobini yuritadi.

  3. “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobini yuritish to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma asosida, axborot-kutubxona fondlari hisobidan chiqarilgan barcha axborot-kutubxona resurslarining hisobini, umumiy jamlanma hisob kitobida hisobini yuritadi.

  4. Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona muassasalariga axborot-kutubxona fondlarini jamlash ishlarini takomillashtirishda metodik hamda amaliy yordam ko‘rsatadi. Hududiy axborot-kutubxona markazlari bilan hamkorlikda axborot-kutubxona fondlarini jamlash ishlarini tashkil etadi.

  5. Axborot-kutubxona muassasalari va xorijiy kutubxonalami o‘z faoliyatida o‘rganadi va amaliyotda tajribasini qo‘llaydi, shuningdek ilmiy yutuqlarini taqdim etadi.

  6. Xizmatda olib boriladigan va bajarilgan ishlar bo‘yicha davriy (haftalik, oylik, chorak, yillik) hisobotlar tuzadi.

  7. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati o‘z faoliyatidan kelib chiqib, boshqa axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash uchun nazariy va amaliy o‘quv seminarlarini tashkil qiladi.

  8. Idoralararo majlislar, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etadi.

  1. TUZILIShI

  1. Shtat jadvali bo‘yicha xizmat ______ mutaxassisdan iborat:

Xizmat rahbari - 1 nafar;

Axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish bo‘yicha bosh mutaxassis - 2 nafar;

Axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish bo‘yicha yetakchi mutaxassis - 2;

Axborot kutubxona texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis - 3 nafar.




  1. XIZMATNING HUQUQLARI

  1. Xizmatning huquqlari jamoaviy bajaruvchi sifatida xizmat rahbariga beriladi: belgilangan tartibda xizmat xodimlarini saralash va taqsimlashni amalga oshiradi;





xodimlardan ishlab chiqarish vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajaralishini talab qiladi;

xizmat xodimlarini rag‘batlantirish masalalarini rahbariyat oldiga qo‘yadi, shuningdek mehnat va ishlab chiqarish intizomini buzganligi uchun ulami javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi;

axborot-kutubxona muassasalari va fondlami jamlash masalalari bo‘yicha topshiriqlarga rahbarlik qiladi;

o‘matilgan tartibda boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan jamlashga oid masalalar yuzasidan aloqalami yo‘lga qo‘yadi va olib boradi.



  1. Boshqa xizmat rahbarlari, xizmat xodimlariga ko‘rsatmalami faqat ushbu xizmat rahbari orqali berishi mumkin.

  2. Xizmat xodimlarining huquq va majburiyatlari xizmat rahbari tomonidan tuziladigan va Surxondaryo viloyat AKM direktori tomonidan tasdiqlanadigan lavozimlik yo‘riqnomalarida belgilanadi.

  1. XIZMATNING JAVOBGARLIGI

  1. Rahbar va mutaxassislar belgilangan rejaga oid topshiriqlami tezkor va sifatli bajarilishiga, shuningdek:

foydalanuvchilar uchun axborotlami tez va o‘z vaqtida yetkazib berishga;

hisobot hujjatlarini va ma’lumotlami o‘z vaqtida taqdim etishga;

xizmat xodimlarini ishini tashkil qilishga va mehnat intizomiga rioya qilishga;

texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga;



xizmatga yuklatilgan ushbu Nizomdagi vazifalar va funksiyalami, shuningdek, Surxondaryo viloyat AKM rahbariyati buyruqlari va topshiriqlarini bajarishga javobgar bo‘ladilar.


  1. BOShQA XIZMATLAR BILAN 0‘ZARO ALOQALARI

  1. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati o‘zining ishini Surxondaryo viloyat AKMning quyidagi xizmatlari bilan muvofiqlashtiradi:

  • Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi boshqarmasi bilan hamkorlikda axborot va ma’lumotlami, xarajatlar va boshqa ko‘rsatkichlar hisobini yuritish;

  • Umumiy fondlarni saqlash, 0‘quv zallari, Dispetcherlik xizmati va adabiyotlami berish kafedrasi, Foydalanuvchilami ro‘yxatga olish va ma’lumot-axborot xizmatlarini ko‘rsatish xizmatlari bilan birgalikda Surxondaryo viloyat AKMning axborot-kutubxon resurslariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi, fond tarkibini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, fondning shakllanishini tartibga solish, undan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yadi;





  • Kataloglashtirish va tizimlashtirish, Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmatlari bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyat AKM elektron ma’lumotlar bazasini axborot-kutubxona resurslari bilan to‘ldirish ishlarini amalga oshiradi.

  • Xalqaro kitob almashishni amalga oshirishda, Xalqaro aloqalami tashkil etish xizmati bilan hamkorlikda ishlaydi.

  • Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati quyidagilarni taqdim etadi:

  • Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi boshqarmasiga - moliyaga oid hisobotlar, axborot kutubxona fondlari hisobidan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslarining dalolatnomalarini taqdim etadi va nazoratini olib boradi;

  • Surxondaryo viloyat AKMga kelib tushgan axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.


  • XIZMAT RAHBARINING MAJBURIYaTLARI

  • Xizmat rahbarining lavozim majburiyatlari:

  • xizmatda tashkiliy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;

  • Surxondaryo viloyat AKMning boshqa xizmatlari bilan ishlami muvofiqlashtiradi, xizmat xodimlarining malakasini hisobga olgan holda majburiyatlami taqsimlaydi;

  • buyurtmalarning to‘liq bajarilishini, sarhisobini va kitob savdosi tashkilotlarining hujjatlarini to‘liqligini nazoratini olib boradi;

  • xizmat ishining eng murakkab qismini boshqaradi: nashriyotlar va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va matbuot tarqatuvchilar bilan shartnomalar tuzadi;

  • xizmatning istiqbolli, yillik, choraklik hisobotlami tayyorlaydi, reja ishlab chiqadi, shuningdek Surxondaryo viloyat AKM direktori, direktor o‘rinbosariga taqdim etadi va xizmat ishi to‘g‘risida ma’lumotlar tuzadi;

  • xizmatning reglamentga soluvchi texnologik hujjatlarini tuzadi, qayta ishlab chiqadi, hujjatlar bilan ishlash va ish yuritishni ta’minlaydi;

  • respublika axborot-kutubxona muassasalarining ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi, tashkiliy-metodik ishlarning yangi shakl va usullarini amaliyotga joriy qiladi;

  • ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik ishlarda, konferensiyalar, kengashlar, seminarlar tayyorlashda va o‘tkazishda qatnashadi;

  • Surxondaryo viloyat AKM xizmatlari, shuningdek respublika axborot-kutubxona muassasalariga metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;

  • xizmat xodimlarining hisobot yuritishini nazorat qiladi;

  • axborot-kutubxona faoliyatiga oid 0‘zbekiston Respublikasi standartlarni, xalqaro standartlarni xizmat ishi amaliyotida joriy qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;

  • yosh va yangi xodimlarga ish texnologiyalari, usullarini o‘rgatadi;

  • kanselyariya mahsulotlarini olishga va boshqa ishlarga ariza beradi;

  • xizmat xodimlari mehnat ta’tili jadvalini tuzadi, ish tabellariga imzo qo‘yadi;

  • o‘zining kasbiy va madaniy saviyasini oshirib boradi;





  • zarurat tug‘ilganda lavozimlik majburiyatlariga kirmaydigan ishlab chiqarishga oid ishlami bajaradi.

  1. Xizmat rahbari quyidagi huquqlarga ega:

  • xizmat ishini takomillashtirishga oid takliflar berish;

  • belgilangan tartibda xizmat xodimlarini saralash va taqsimlashni amalga oshirish, lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq xodimlar o‘rtasida majburiyatlami taqsimlash, xodimlardan ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini talab qilish;

  • xizmat xodimlaridan rejalar, hisobotlar, kundaliklarni rasmiy ravishda so‘rash;

  • xizmat xodimlarining lavozimlarini ko‘tarish yoki tushirish bilan bog‘liq masalalarni ma’muriyat oldiga qo‘yish;

  • xizmat xodimlarini rag‘batlantirish masalalarini rahbariyat oldiga qo‘yadi, shuningdek, mehnat va ishlab chiqarish intizomini buzganligi uchun ulami javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish;

  • xizmatga yangi xodim ishga kirganida lavozimlik yo‘riqnomasi bilan tanishtiradi, tanishish sanasi va imzo qo‘ydirish;

  • Surxondaryo viloyat AKM rahbariyati bilan kelishilgan holda yuqori tashkilot va muassasalarga Kutubxonadan vakil bo‘lish.

  1. Xizmat rahbari quyidagilarga javobgar:

  • xizmatning ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishga; ishlab chiqarish rejasining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga;

  • reja va hisobotlaming o‘z vaqtida berilishiga;

  • ishlab chiqarish va mehnat intizomiga rioya qilinishiga;

  • Surxondaryo viloyat AKM ma’muriyati buyruqlari va topshiriqlarining bajarilishiga;

xizmat nizomi va lavozimlik yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan barcha majburiyatlaming bajarilishiga;

  • xizmat xodimlari tomonidan texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalarining bajaralishiga;

  • Surxondaryo viloyat AKM jihozlari, ilmiy-metodik va tadqiqot hujjatlari fondining saqlani shiga.



Tanishib chiqish: Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati


Kelishildi: M.Mamatkulova

Z. Yusupova

N.Xudaynazarova

Ye.Usmanova

B.Ochildiev



Yurist: X. Bobomurodov
Download 27,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish