SHEVASHUNOSLIK (DIALEKTOLOGIYA) – tilshunoslikning shevalarni o‘rganadigan bo‘limi.
SO‘ZLASHUV TILI - kundalik turmushda ishlatiladigan til: bo‘lsa – bo‘sa, kelsa – kesa, olib kel – opkel, qolibdi – qopti, maza – mazza.
STANDART TIL – 1. Adabiy til; 2. O‘zida mavjud bo‘lishning standartlashgan shaklini qabul qiluvchi til.
STILISTIKA – tilshunoslikning stil (uslub) atamasini nutqiy aktlarning individual qo‘llanish uslubi, nutqning vazifaviy uslubi, nutq uslubi sifatida tekshiruvchi bo‘limi.
TASVIRIY IFODA - narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab anglatadigan so‘z birikmasidir: yashil vodi(Farg‘ona), oq oltin (paxta), zangori ekran (televizor), yashil qit’a (Avstraliya)
TIL – muayyan jamiyatda yashovchi a'zolar uchun bir xilda xizmat qiluvchi, ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasidir.
URG‘U – so‘z bo‘g‘inlaridagi unli tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi ayrim so‘zlarning boshqalariga nisbatan kuchliroq, balandroq aytilishi. Belgisi - (´): kito b, ba rcha, qo rday.
USLUBIY BELGI – so‘zning ma'lum uslubga mansubligini ko‘rsatuvchi belgi: ozod - uslubiy betaraf so‘z – hur – badiiy uslubga tegishli so‘z.
Do'stlaringiz bilan baham: |