NUTQ TOVUSHLARINING FIZIOLOGIK BELGISI – ularning nutq a'zolari yordamida hosil qilinishidir.
NUTQIY AXLOQ nutqiy kommunikatsiyaga xos etiket madaniyati, shaxsiy his-tuyg‘ularni, shu jumladan irodani nazorat qila bilish singari axloq va milliy-madaniy an'analarga asoslanuvchi umummajburiy hatti-harakat qoidalari.
NUTQIY ETIKA – nutq me'yorlari sifatida nutq odobining madaniy-axloqiy talablarini ifoda etuvchi, bir til jamoasi doirasida amal qilinuvchi, tarixan qadriyatiy shakllanish xususiyatiga ega bo‘lgan nutqiy hodisa.
NUTQIY FAOLIYAT – so‘zlovchi shaxs bilan tinglovchi shaxs o‘rtasida tovush to‘lqinlari yoki harflar yordamida axborot almashinish faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |