NUTQ TOVUSHLARINING AKUSTIK BELGISI - ularning balandligi, kuchi, miqdori, tembri kabi belgilaridir.
NUTQ TOVUSHLARINING FUNKSIONAL(VAZIFAVIY) BELGISI - so‘zlar ma'nolarini farqlash belgisidir.
NUTQ TOVUSHLARINING BIRLASHTIRUVCHI BELGILARI - bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki nutq tovushining birlashtiruvchi belgilaridir: b va p tovushlarining birlashtiruvchi belgilari: b ham, p ham lab-lab tovushlaridir, b ham, p ham portlovchi tovushlardir,. Nutq tovushlarining farqlovchi belgilari - bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki nutq tovushining farqlovchi belgilaridir: b va p tovushlarining farqlovchi belgilari: b jarangli, p jarangsiz tovushdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |