Adabiyotlar
1.
Mirziyoyev M.Sh. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – T.: O’zbekiston, 2016. 455 b.
2. Mirziyoyev M.Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, Toshkent. - 2016 yil, 7 dekabr.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas-kuch. - T.: Ma’naviyat, 2008. –
176b.
4. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O’zbekiston, 1998. -
682b.
5. Sinf rahbari. 2018 yil 7-son (67) 2-bet.
6. Niyozov G., Ahmedova M. Pedagogika tarixi. – T.: Nishon-Noshr, 2011. –
288 b.
7. Abdurauf Fitrat,. Oila. – T.: Ma’naviyat, 1998. – 112b
YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYG’USINI
SHAKLLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
111
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin jamiyat hayotining
barcha sohalarini isloh etish, yoshlarimizni ona Vatanimizga sadoqat va muhabbat
ruhida tarbiyalash, ularni xalqimiz xizmati yo’lida faol, o’z burchiga sadoqatli inson
etib shakllantirish masalalariga katta e’tibor qaratildi. O’z navbatida ijtimoiy-
ma’naviy, vatanparvarlik va fidokorlik g’oyasini rivojlanishining moddiy va
ma’naviy asoslarini ishlab chiqishga ehtiyoji yuzaga keldi. Ta’kidlash kerakki,
111
Yuldashev Farrux Abduraxmanovich -
Farg’ona davlat universiteti
406
vatanparvarlik g’oyasi jamiyatning moddiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, O’zbekistonning bugungi
va kelgusi taraqqiyotida mustaqillik yillari shakllangan yoshlardagi vatanparvarlik
ruhining namoyon bo’lishi g’oyat muhim o’rin tutadi. Bugungi kunda jamiyatimiz
hayotida, kishilarimiz ongi va qalbida vatanparvarlik g’oyasini shakllantirishda
o’tmishimiz madaniy merosi va milliy ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, o’rganish
va rivojlantirish talab etiladi. Bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, ularda yuksak ma’naviyat, intellektual salohiyat va milliy g’ururni
shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimining asosiy vazifasidir. Islom Karimov
ta’kidlaganidek: “Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining
ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan.
Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damlarda madad bo’lgan.
Bizning vazifamiz — shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish”
[1]. Ushbu vazifani to’la ro’yobga chiqishida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy
moddiy va ma’naviy merosni o’rganib, o’zlashtirish, ularni ma’naviy
taraqqiyotimizdagi o’rnini teran anglab yetishi muhim o’rin tutadi. Yoshlarimizni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun
dolzarb ahamiyatga egadir. Shu ta’kidlash kerakki, vatanparvarlik har bir davlat
hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish
borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun
ham fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo’lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam
immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg’usini
mustaxkamlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Prezident
Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ana shu murakkab ishda armiya saflarida mardlik
va matonat, Vatanga sadoqat bilan hizmat qilish maktabini o’tagan navqiron
o’g’lonlarimiz ishonchli tayanch va suyanch bo’lib hizmat qiladi” [2].
Hozirgi sharoitda vatanparvarlik g’oyasini rivojlantirishda madaniy merosning
o’rni quyidagi omillar bilan belgilanadi:
407
- xalqimizning haqqoniy tarixi, boy madaniy merosi va milliy ma’naviy
qadriyatlari hamda mustaqillik yillari ularni tiklab, rivojlantirish bo’yicha amalga
oshirilgan ishlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur anglash.
- respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida yaratilgan keng imkoniyatlar va hozirgi
davr talablaridan kelib chiqib, milliy g’oyani tarixiy meros bilan uzviy bog’liq
jihatlarini o’qitishning zamonaviy uslub-vositalarini yaratish va ulardan samarali
foydalanish.
- g’oyaviy ta’lim-tarbiyada madaniy merosdan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish va bu boradagi ishlarni milliy taraqqiyot manfaatlari asosida uzluksiz
rivojlantirib borish.
Bu omillarning mazmuni va ahamiyati madaniy merosdan g’oyaviy-
mafkuraviy tarbiyada qay yusinda foydalanish mumkin, degan masalalar bilan
bog’liq.
Dunyodagi har bir inson, millat, jamiyat ma’naviyati va mafkurasining real
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tarixiy asos-manbalari hamda uni rivojlantirish usul-
vositalari o’ziga xosdir. Masalan, ba’zi xalqlarning ma’naviyati, ruhiyati, milliy
g’ururi, ko’p jihatdan, ular yashayotgan mamlakatning moddiy-iqtisodiy, harbiy-
siyosiy kuch-qudratiga asoslansa, boshqa ba’zilariniki, umuman, ma’naviy-madaniy
jarayonlar bilan bog’liq. Shu nuqtai nazardan bizning xalqimizda milliy ma’naviyat
va mafkuraning shakllanib, rivojlanishida o’tmish va bugungi ma’naviy-madaniy
jarayonlar asosiy rol o’ynaydi. Vatanparvarlikni birinchi navbatda, madaniy merosga
bo’lgan e’tibor orqali kuzatish mumkin. Har bir xalqning ajdodlari tomonidan
yaratilib, avlodlari hayotida yanada rivojlanib boruvchi moddiy va ma’naviy
boyliklarga qarab davr va avlodlar haqida hukm chiqariladi. “Madaniy meros qanday
bo’lsa, davr va avlodlar ham shunday bo’ladi” [3]. Shu bois madaniy merosning
inson, millat, jamiyat hayotidagi o’rni, ahamiyati va qadri, ularga nisbatan
munosabatlar bilan bog’liq bo’lib, bu meros har bir avlod tomonidan rivojlantirilib,
boyitib borilsa, millatning kelgusi taraqqiyoti yuksalib borishi; unutilib yoki yo’q
qilib yuborilsa, milliy madaniyat, binobarin millat ham barham topishi mumkin.
Shunga ko’ra, o’z taraqqiyotida juda qadimiy ildizlarga ega bo’lgan ona tilimiz va u
408
bilan bog’liq og’zaki va yozma ijodiyotimiz namunalari, jahon ilm-fani va tafakkuri
taraqqiyoti tarixida katta o’rin tutuvchi ilmiy, falsafiy merosni, turli tarixiy davrlarda
yaratilgan moddiy madaniyatimizning nodir namunalari, ya’ni moddiy merosni,
xalqimizning ruhiy-ma’naviy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega diniy
qadriyatlarni, ko’p asrlar davomida shakllanib, mustaqillik yillari yangi bosqichlarda
rivojlanayotgan yuksak milliy urf-odat, an’analarni hamda ma’naviy madaniyatimizni
kishilarimiz tomonidan chuqur o’rganib, o’zlashtirishi milliy g’oya va mafkuraning
rivojlanishida g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, har bir inson, millat, jamiyat ma’naviyati va
mafkurasining real ijtimoiy-tarixiy asos-manbaalari hamda uni shakllantirib,
rivojlantirish usul-vositalari o’ziga xosdir. Xususan, bizning xalqimiz ruhiy-ma’naviy
taraqqiyotida o’tmish madaniy meros va milliy ma’naviy qadriyatlar muhim o’rin
tutadi. Shunga ko’ra, vatanparvarlik ruhining rivojlanish darajasi va ko’lami boy
tarixiy merosimizni kishilarimiz tomonidan nechog’li o’rganib, o’zlashtirilishiga
bog’liq. Bu boradagi ishlarda mamlakatimizdagi g’oyaviy ta’lim-tarbiya, targ’ibot-
tashviqot sohasida xizmat qilayotgan kishilarning nazariy va amaliy faoliyatlari hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun xalqimiz o’tmishi va hozirgi hayotida
yaratilgan ma’naviy-madaniy va g’oyaviy-mafkuraviy qadriyatlardan yurtimizdagi
ta’lim-tarbiya tizimi va ijtimoiy-madaniy tuzulmalardagi turli bosqich, shakl va
yo’nalishlar: oila, bog’cha, maktab, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining,
shuningdek, yurtimizdagi mahallalar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, ommaviy
axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport, adabiyot, san’at va din bilan bog’liq
sohalarning faoliyatida milliy g’oyani xalqimiz ongi va qalbiga chuqur singdirishda
keng foydalanish kutilgan natijalarni berishi muqarrar.
Do'stlaringiz bilan baham: |