410
o’quvchilar
xotirasida chuqur iz qoldiradi, o’z o’lkasiga muhabbatni
mustahkamlaydi, uning boyliklarini qo’riqlash, ulardan oqilona foydalanish zarurligi
to’g’risidagi ongni shakllantiradi. O’lka tabiati, uning boyliklari, xo’jalik
xususiyatlari bilan tanishtirish o’quvchilarning sinfda olgan bilimlarini xalqining
turmushi va mehnat faoliyati bilan borlashga yordam beradi. Masalan, «Foydali
qazilmalar» va «Mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligi» mavzulari (3-4-sinf
«Tabiatshunoslik» darsliklarida). Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida o’quvchilar
e’tiborini Sharq mutaffakir va olimlarining fanni rivojlantirishdagi roliga qaratmoq,
ularning vatanparvarligini, mehnatsevarligini, o’z xalqiga muhabbatini ta’kidlamoq
zarur. Bu bolalarda tabiiy iftihor, buyuk namunalarga taqlid qilish xohishini vujudga
keltiradi.
Vatan mavzusi butun boshlang’ich tabiatshunoslik ta’limi
orqali ham
o’quvchilar ongiga singib boradi. Tabiatshunoslik darslarida u atrof tabiatni bilib
olishda ulkan tabiatning barcha manzarasi bilan tanishishda gavdalanadi. Biroq tabiat
manzarasi faqat xalqning katta bunyodkorlik faoliyatini ko’rsatuvchi bo’lib xizmat
qilishi lozim. Yagona intilish bilan o’z Vatanini yana ham kuchli va qudratli qilishga
jalb qilingan o’lkamiz xalqlarining hayotidan olingan aniq misollar o’quvchilarda
vatanparvarlik va baynalmilalchilik tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Respublikamiz
xalqlarining
do’stona
oilasi
to’g’risida
(4-sinf
«Tabiatshunoslik» darsligida) yorqin buyoqli ko’rgazmali qurollar bilan
uyg’unlashgan o’qituvchi hikoyasi materialni hissiyot bilan qabul qilib olishga
vatanparvarlik tuyg’ularini, dunyodagi barcha mehnatkashlarning irqi va millatiga
qaramay bo’lajak hamkorligiga ishonchni ya’ni,
tolernat baynalmilalchilik
tuyg’ularini tarbiyalashga yordam beradi. Tabiatga muhabbat katta va murakkab
hissiyotdir. U yuqori ruhiy va aqliy doiralarni o’z ichiga oladi, murakkab psixik
kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan
boshlash kerak, chunki bolada jonajon tabiatga muhabbat bilan birga jonajon o’lkaga,
jonajon mamlakatga ko’ngil quyish o’sib boradi. Bolalikda tug’ilgan bu hissiyot
maktab yillarida rivojlanib va boyib boradi, bunga ma’lum darajada tabiatshunoslik
yordam beradi, u tabiat go’zalligini
qabul qilishgagina emas, balki uni muhofaza
411
qilishga, boyliklarini ehtiyot qilib, oqilona foydalanishga, ularni faqat himoya
qilibgina emas, balki ko’paytirishga o’rgatadi.
Har bir fuqaro tabiatni ehtiyot qilishlari, uning boyligini
muhofaza qilishlari
kerak degan iboraning ma’nosini tushuntira berib, uni rus olimi M.Prishvinning: «Biz
tabiatimizning egalari va biz uchun u - hayotning ulkan qimmatbaho narsalari bilan
to’lgan quyosh omboridir. Bu qimmatbaxo boyliklarni muhofaza qilish yetarli emas,
ularni kashf qilish va ko’rsatish kerak. Baliq uchun toza suv kerak - suv havzalarini
himoya qilishimiz kerak. O’rmonlarda, cho’llarda, tog’larda turlicha qimmatli
hayvonlar bor - o’rmon, cho’l va tog’larimizni himoya qilayik. Baliqqa - suv,
qushga - havo, darrandaga - o’rmon, cho’l, toglar kerak. Insonga Vatan va tabiatni
muhofaza
qilish - demak, Vatanni himoya qilish kerak» degan so’zlar bilan
mustahkamlash mumkin.[1]
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning XI-bob 50-moddasida
“Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar”
deb belgilab qo’yiganligi har bir fuqaroning burchi ekanligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, tabiat muhofazasiga qilish to’g’risidagi, suv va suvdan foydalanish
to’g’risidagi, atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida, hamda O’zbekiston
Respublikasining Yer kodeksi qonun hujjatlarida jonli tabiatni tiklash va muhofaza
qilish belgilab qo’yilgan bo’lib, jonajon o’lka tabiati, Vatanimiz tabiati, insonning
tabiatdan foydalanishi va uni qo’riqlashi o’quvchilarni, tabiatni muhofaza qilish
to’g’risidagi qonunni bajarish
- har bir fuqaroning burchidir, degan xulosaga olib
kelinadi. [2]
Atrof muhitga ongli munosabatni tarbiyalash uchun boshlang’ich ta’limning
birinchi sinfdan boshlaboq atrofdagi olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda
(tabiiy xarakterdagi vazifalarni o’zlashtirishda) bolalar oldiga amaliy vazifalar quyish
zarur.
Ikkinchi sinfda shu fan bo’yicha bilimlar doirasi kengaytirilayotganda nazariy
bilimlar, amaliy mashg’ulotlar (qishlovchi qushlarga yordam, yashil ko’chatlarni
himoya qilish, erta gullovchi o’simliklarni qo’riqlash, hayvonlarga ehtiyotkorona
munosabatda bo’lish) bilan tizimlashadi.
412
Uchinchi sinfda Tabiatshunoslik fanidan “Bizning o’lka” tushunchasi avvalo,
ularning uylari va maktab joylashgan joyi, o’zlari yashab
turgan joyning kuzatish
mumkin bo’lgan tuproq, o’simliklari, hayvonlar, yer yuzasining shakllari suv
havzalari va foydali qazilmalar haqida ko’proq bilib oladilar.
Tabiatshunoslik alohida o’quv fani sifatida to’rtinchi sinfda ham davom etib,
o’quv materiali “Atrofimizdagi tabiat”, “Geografik xarita”, “Yer-Quyosh
sistemasidagi sayyora”, “O’zbekiston – globus va dunyo xaritasida”, “Tabiatning
xilma-xilligi”, “O’zbekiston tabiatini asraymiz”, “Foydali qazilmalar”, “Tabiat
muhofazasi” kabi mavzularni o’z ichiga oladi. “O’zbekiston – globus va dunyo
xaritasida” mavzusida o’quvchilar Vatanmiz chegaralari, O’zbekistoning
tabiiy va
ma’muriy bo’linishi, uning viloyatlari haqidagi hamda turli millat ellatlarning
yashashi turmush tarzi haqidagi bilimlarni o’zlashtirishi Vatanparvarlik va
baynalmilalchilik ruhida tarbiyalashda xizmat qiladi. Tabiatshunoslik darslari
o’quvchilarni chuqur ilmiy nazariy bilim bilan boyitibgina qolmasdan, balki Vatan
uchun iftihor tuyg’ularini ham mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: