4
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti boshlig’i
yu.f.d., professor, polkovnik Rustambayev Mirzayusup Xakimovichning
KIRISH SO’ZI
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari va mehmonlar!
Inson dunyoga kelgan joy uning uchun jondan aziz Vatani hisoblanadi.
Ajdodlarining hoki to’kilgan joy inson uchun bebaho, barcha ne’matlardan ham
qimmatli hisoblanadi. Shunday ekan,
ona-Vatanni ardoqlash, unga bo’lgan faxr-
iftixor tuyg’usini his etish, dushmanlardan asrashda qalqon bo’lish komil inson qalbi
va vijdonida yaqqol aks etadi.
Ma’lumki, Vatan himoyasida toblangan mard o’g’lonlar o’zining mardlik va
jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuyg’usi bilan obro’-e’tibor qozongan
harbiy xizmatchilar yoshlarga har tomonlama ibrat va o’rnak namunasi hisoblanadi.
Dunyoda g’oyaviy va siyosiy kurashlar keskinlashayotgan bir sharoitda
yoshlarda
vatanparvarlik, xususan, harbiy vatanparvarlik hissini shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning
vatanparvarlik tarbiyasi bo’yicha davlat dasturi, harbiy
vatanparvarlik tarbiyasi
samaradorligini oshirish kontseptsiyasi qabul qilingan, yoshlarning vatanparvarlik
borasidagi tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi va davlat tomonidan moliyaviy ko’mak
beriluvchi ko’plab jamoatchilik asosidagi faxriylar tashkilotlari, skautlar uyushmasi,
Kadetlar kuchlari tashkiloti tashkil etilgan.
Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko’rsatkichi
vatanparvarlik hissi
yuqori darajada rivojlangan, fidoyi, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi
avlodni shakllantirish hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, mazkur fazilatlarni
shakllantirish
mexanizmlarini, rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishni taqozo
etadi. Shu bois, bugun dunyoda milliy vatanparvarlikning genezisi, evolyutsiyasi va
transformatsiyasi;
millatlararo
munosabatlarda
vatanparvarlikning
o’rni;
vatanparvarlik va geosiyosat muammosi; vatanparvarlik fenomenining axloqiy
mazmuni, o’zgarish dinamikasi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda vatanparvarlik tarbiyasi va targ’ibotiga
munosabat tubdan o’zgardi. Vatanparvarlikni targ’ib
qilishning samarali
mexanizmlari ishlab chiqildi, bu borada texnik va texnologik vositalarning
imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish tizimi yo’lga qo’yildi. Yoshlarda fuqarolik
5
pozitsiyasi, mas’uliyatini shakllantirish maqsadida turli harbiy-sport musobaqalari,
ko’rik-tanlovlar o’tkazilmoqda. «Mustaqillik», «Amir Temur», «Jaloliddin
Manguberdi»
ordenlari, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun», «Mardlik» medallari
ta’sis etildi. Ayniqsa, yoshlarda harbiy vatanparvarlik hissini shakllantirishga katta
e’tibor qaratilmoqda. Harbiy akademik litseylarga «Temurbeklar maktabi» nomi
berilishi fikrimizning yorqin dalilidir. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini
takomillashtirishning beshta ustuvor yo’nalishlaridan biri “Xavfsizlik, millatlararo
totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro
manfaatli va amaliy tashqi siyosat” qilib belgilanganligi
harbiy vatanparvarlikni
chinakam e’tiqodga aylantirish bilan bog’liq ilmiy muammolarni tadqiq etish
zaruratini keltirib chiqaradi.
Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining metodologik
asosiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O'zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini
oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-3898-son Qaroriga
tayangan holda mazkur Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi
muayyan darajada
xizmat qiladi.
O’ylaymizki, ushbu konferensiyada bildirilgan fikr-mulohazalar yoshlar va
kursantlar vatanparvarlik tarbiyasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan
ishlarimizni tubdan yaxshilashga va uni bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: