Rasulova Nodira Sardarovna
– tarix fanlari nomzodi, dotsent - O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi,
Harbiy-texnik instituti
20
tarbiyalash bo’yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga
egadir. Vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va
jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch
sifatida namoyon bo’ladi”[1, 2-b.].
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan mudofaasiga jismonan
va ma’naviy jihatdan tayyorlash zarurligi hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan
biridir.
Hozirda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash maktabgacha ta’lim,
umumiy o’rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari barcha tizimlari
orqali amalga oshirilmoqda.
Vatanparvarlik shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, Vatanidan g’ururlanishi,
bugungi kuni haqida qayg’urishi, o’z vatanining porloq kelajagiga ishonchini ifoda
etuvchi yuksak fazilat sanaladi. Vatanparvar shaxs o’z Vatanini uning boyliklari yoki
Vatanining qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o’zi uning bir
bo’lagi, o’zi mansub bo’lgan millatning esa unda istiqomat qilishi uchun qadrlay
olishi zarur. Erkka intilish, ozod yashashga bo’lgan ehtiyoj insonga xos bo’lgan
tuyg’udir. Inson o’z Vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois ham Vatan
ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalar asarlari hamda ezgu
g’oyalarni ifoda etuvchi ta’limotlarning bosh g’oyasi bo’lib kelgan.
Harbiy vatanparvarlik − yuksak insoniy fazilat, harbiy vatanparvarlik
tuyg’usidagi hissiyotlar tor vatanparvarlik doirasiga sig’maydi. Chunki, harbiy
vatanparvarlik faqat Vatanni sevish yoki yaxshi ko’rish bilan cheklanmaydi, balki
maqsad-muddaosiga ko’ra, mavjud ma’naviy va jismoniy imkoniyatlarini to’liq
safarbar qilgan holda Vatanni himoya qilish, asrash va ravnaq toptirishga xizmat
qiladi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda qadim tariximizning o’rni
beqiyosdir. Tarixni o’rganish – bu ildizlarimizni bilish, Vatanning yagonaligi, uning
takrorlanmasligini, ajdodlar va zamondoshlar faoliyatiga aloqadorlikni his etish va
bu bilan faxrlanish, jamiyatda va davlatda sodir bo’layotgan jarayonlar uchun tarixiy
mas’uliyatni anglash demakdir. U o’z ichiga ko’p asrli tarixni, O’zbekistonning jahon
21
tarixiy jarayonidagi o’rnini va rolini o’rganishni, jamiyat rivojlanishi va
mustahkamlanishi, uning harbiy tahdidlardan himoya qilishda harbiy tashkilotning
ahamiyatini ko’rsatishni, O’zbekiston Respublikasidagi aholining mentaliteti, odat va
an’analarining o’ziga xos xususiyatlarini tushunishni, Vatan mustaqilligi va istiqloli
uchun kurashgan turli avlodlarning qahramonona o’tmishini bilishni oladi.
Yovuz bosqinchi va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog’ini ko’targan Shiroq,
To’maris, Spitamen, Mahmud Torobiy, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir
Temur kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsoli
hisoblanadi.
Xalqimizning ko’p asrlik tarixiy-ma’naviy merosi bugungi kunda yosh avlodni
tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Yurtimizning tarixida o’chmas iz qoldirgan
ma’naviy qadriyatlar yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda alohida
ahamiyat kasb etadi.
Sizu bizning Vatanimiz bo’lgan ikki daryo oralig’idagi tuproq tarixi hech
qachon tinmagan janglar tarixi, yurtimiz hududlarini buzib kirgan bosqinchi
dushmanlarga qarshi kurash tarixi, bu ayovsiz kurashlar mobaynida elimiz ozodligi
va ravnaqi uchun jonini ayamagan xalq o’g’lonlari va qizlari jasorati tarixidan
iboratdir.
Vatanimiz tarixi o’zining nafaqat qadimiyligi, balki uzoq davom etgan tarixiy
jarayonlarining jahon tarixiy taraqqiyoti jarayonlariga juda katta ta’sir etganligi bilan
ham jahon ilm ahli e’tiborini o’ziga tortib kelmoqda.
Tarix fanini o’rganish jarayonida yosh avlodda jamiyat rivojlanish
qonuniyatlarining boshlang’ich tushuncha va dunyoqarishi shakllanadi, ijtimoiy,
iqtisodiy rivojlanishning shart-sharoitlari, harbiy janglarning xususiyatlari va harbiy
xizmatning rivojlanishi hamda ushbu faoliyat bilan bog’liqligi haqida dastlabki
bilimlarni oladi. Jahonda tinchlik, osoyishtalikni saqlash, barcha mamlakatlar bilan
do’stona munosabatlar o’rnatish, mamlakatimiz tashqi siyosatining mohiyati va
xususiyatlarini ochib berishda tarixiy voqea-jarayonlarni xolisona o’rganish va to’g’ri
xulosa chiqarish ayniqsa muhimdir.
22
Yoshlarimiz
tarixiy
voqea-hodisalar,
jarayonlarni
o’rganishda tarixiy
ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishga o’rganishlari, alohida voqea va
dalillarning mohiyati va ahamiyatini aniqlashlari, o’tmish va hozirgi holatlarni
taqqoslashlari va baholash uchun nazariy bilimlarni tadbiq qilishlari kerak.
Yosh avlodning milliy tarixiy-badiiy merosimizni o’rganishi Vatan
himoyasining ming yillik an’analari, yurtimiz ozodligi uchun kurashgan tarixiy
ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissiyotini uyg’otadi, qanchalik qiyinchiliklar bilan
erishgan yurtimiz mustaqilligini himoya qilishga, asrashga, qadriga etishga undaydi.
Ajdodlarimiz qalamiga mansub qadimgi tarixiy asarlarni o’rganish natijasida milliy
qahramonlarimiz hisoblangan – To’maris, Spitamen, Shiroq, Alp Er To’nga,
Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Mirzo Bobur singari o’zbek
xalqining buyuk va mashhur ajdodlarining hayotiy jasoratlarini bilib oladilar, tarixiy
saboq chiqaradilar.
Buyuk Turon zamini xalqlarining o’z mustaqilligi uchun olib borgan
qahramonona kurashiga bag’ishlangan adabiy asarlar o’quvchilarga janglarning
yuzaga kelishi, Vatan uchun ajdodlarimiz ko’rsatgan qahramonana jasoratlari
borasidagi g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy, madaniy meros va qadriyatlarning
mohiyatini tushunishiga yordam beradi.
Xalqimiz azaldan o’z o’g’lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt
uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab keldi. Bu tajriba
bizlarga milliy-ma’naviy merosimizning xalq og’zaki ijodi durdonalari orqali ham
yetib kelgan.
Tarixiy-badiiy adabiyotlar yoshlarni Vatanni himoya qilishning ming yillik
an’analari haqida o’ylashga majbur etadi, Vatanning mustaqilligi uchun tarixiy
janglar qahramonlari bilan faxrlanish hissini uyg’otadi. Xalqning buyukligini
ko’rsatadi, Vatanni himoya qilishga chorlaydi, dushmanga nafrat uyg’otadi.
Vatanga muhabbat haqidagi g’oyalar ifodalangan, uni himoya qilish, o’z
xalqining qahramonona tarixi, uning madaniyati, turmushi, odatlari va ajdodlari
buyuk jasoratlari haqida yozilgan kitoblar o’quvchini ming yillik o’tmishga va
kelajakka olib o’tishi mumkin. Shuningdek o’quvchilar o’z sevimli qahramonlari
bilan qo’shilib birlashib ketgandek bo’ladilar, xuddi ularning hayoti, fikri, jasorati
harakatlari bilan yashay boshlayotgandek bo’ladilar[2, 15-b.]. Albatta, yoshlar o’z
23
qahramonlariga o’xshashni xohlaydi, undan ibrat olish, uning qahramonliklarini
qaytarishni orzu qiladilar. Tarixiy-badiiy adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati ham ana
shundadir.
Har bir xalq o’z tarixini avaylab keladi, bu tarix ne’matlari bo’lmish merosdan
kelajak sari ildam yo’l bosish uchun kuch-quvvat oladi. Xalq ozodligi uchun qurbon
bo’lgan milliy qahramonlar jasorati, millat ravnaqi uchun jonbozlik qilgan ilm va fan
sohiblarining faoliyati esa har bir avlod uchun yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qiladi.
Zero, tarixidan bexabar xalq – mazlum xalq, tarixi yolg’on bilan yozilgan xalq –
mahkum xalq, tarixini asragan va bilgan xalq – tenglar ichida teng xalqdir.
Shu jihatdan yoshlarimizga harbiy vatanparvarlik ruhini sindirish, ularda ona
Vatanga mehr-muhabbat, hurmatni yanada kuchaytirish borasida quyidagi ishlarni
amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
-
ta’lim muassasa kutubxonalarini harbiy vatanparvarlik yo’nalishidagi badiiy-
tarixiy adabiyotlar bilan to’ldirish;
-
asar mualliflari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |