O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar: 
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2016, 
173 b. 
2.
Jo‘rayev N, Zamonov A. O‘zbekiston tarixi. – T.: G‘afur G‘ulom, 2018, 142 
b. 
3.
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston, 2003, 300 b. 
4.
 
www.ziyonet.uz

5.
Kuch adolatda. // O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining huquqiy gazetasi. – 
2019-yil 11-yanvar. – № 1. 6 b. 
ARMIYA - VATANPARVARLIK, JASURLIK VA MARDLIK 
MAKTABI
10
 
Inson qaerda tug’ilsa, o’sha joyga cheksiz mehr qo’yadi deyishadi. Chunki, har 
bir inson Vatan deb atalmish, muqaddas zaminda tug’ilib, bolalikning shirin xotiralari 
bilan voyaga yetadi. Shu boisdan ham Vatan tinchligi va osoyishtaligi uning 
himoyasi uchun mas’ul vatanparvarlar zimmasidadir. Shunday ulkan, sharafli burch 
avvalo oila zamirida shakllanib, “armiya” deb atalmish hayot maktabida, asl 
farzandlar shukuhida yuksalib, ular tomonidan Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat 
tobora oshib bormoqda. Darhaqiqat, hozirgi harbiy xizmatchilarimiz qo’lga 
kiritayotgan yutuqlar o’z o’rnida buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Jaloliddin 
Manguberdi, Temur Malik va Najmiddin Kubrolarning qoni hozirgi yosh avlodlar 
tomirida oqayotganidan dalolatdir.
10
 Mardonov Bahodir Mardon o’g’li – 
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, Bojxona instituti


41 
Hozirgi kunga kelib O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat 
qilishlik har bir yigitning vazifasi shon-sharafiga aylanmoqda. Mamlakatimizning 
Birinchi Prezidenti I.Karimovning tashabbuslari va sayi-harakatlari bilan mustaqil 
davlatimizning Mudofaa tizimi tubdan o’zgartirildi, Respublika hududidagi barcha 
harbiy qismlar Mustaqil O’zbekiston Respublikasi tasarrufiga o’tkazildi. Shundan 
so’ng, Vatan uchun xizmatga otlangan yigitlarimiz o’z xizmatlarini O’zbekistonda 
Respublikasi hududida o’taydigan bo’ldi. Bu esa harbiy xizmatchining maqsadli 
tarzda o’z Vataniga to’la-to’kis xizmatni olib borish imkonini beradi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarda milliy armiyamiz yurtimiz yoshlari uchun 
haqiqiy hayot maktabiga aylandi, shu bilan birga yillar davomida yoshlarning 
muddatli harbiy xizmatni o’tash tizimi takomillashtirildi, harbiy xizmatchilar va 
ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish, armiyamizni zamonaviy texnika, qurol-
aslahalar bilan ta’minlash, Vatanimiz himoyachilarini ma’naviy rag’batlantirishga 
alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994 yil 3-
oktyabrda “Muddatli harbiy xizmatchilarga va ularning oila a’zolariga qo’shimcha 
imtiyozlar berish to’g’risida”gi 496-sonli Qarori, 2003 yil 22-maydagi “O’zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlarining oddiy askarlar va serjantlar tarkibida muddatli 
harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarga qo’shimcha imtiyozlar berish 
to’g’risida”gi 227-sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidentining 2005 yil 31-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
safida muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan 
imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlari 
qabul qilinib, muddatli harbiy xizmatchilar, serjantlar, ofitserlar va ularning oila 
a’zolari uchun keng imtiyozlar va imkoniyatlar joriy qilingan.
Hozirgi kunda armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan yoshlar uchun har 
tomonlama qulay va shinam dam olish xonalari, oshxona va ularning ma’daniy 
hordiq chiqarishlari uchun kutubxonalar ham tashkil qilingan. Harbiy xizmatchilarni 
chuqur bilimga va ko’nikmaga ega bo’lishlari maqsadida ularga muntazam ravishda 
ma’naviyat-ma’rifat 
mashg’ulotlari 
hamda 
harbiy 
jangovor 
tayyorgarlik 


42 
mashg’ulotlari o’tkazib borilmoqda. Ularga axborot texnologiyalarini o’rgatish va 
qurollar bilan muomalada bo’lishning nazariy ko’nikmalarini shakllantirish 
maqsadida harbiy qismlarda elektron tirlar tashkil qilingan. Bundan tashqari, harbiy 
xizmatchilarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash va har tomonlama chiniqtirish 
uchun sport trenajorlari ham tashkil etilgan bo’lib, unda harbiy xizmatchilar bo’sh 
vaqtlarida shug’ullanishlari yo’lga qo’yilgan. Umuman olganda, bugungi armiya 
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat, sadoqat 
tuyg’ularini shakllantirishda asosiy maktab vazifasini o’tamoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yoshlarni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash, ularning har tomonlama barkamol ulg’ayishiga alohida e’tibor 
qaratib kelinmoqda. Shu ma’noda ta’lim muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasi 
yo’nalishidagi fanlar, mashg’ulotlar joriy etilmoqda. Harbiy ta’lim yo’nalishidagi 
litsey va kollejlar faoliyati takomillashmoqda. Xususan Prezidentimizning 2017 yil 5 
iyundagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston 
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq 
yoshlarga buyuk bobokalonlarimizga bo’lgan chuqur hurmat va izdoshlik hissini 
singdirish maqsadida Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan harbiy akademik 
litseylar soni ko’paytirilib, ularga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi.
Ushbu qaror doirasida Respublika Qurolli Kuchlar tizimidagi barcha harbiy 
tizimlarda O’zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilotlari ta’sis etildi. Bu 
esa Qurolli Kuchlar tizimidagi barcha yosh harbiy xizmatchilarga O’zbekiston 
Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar orzu istaklarini amalga oshirishga va ularni 
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko’lamli imtiyozlardan foydalanish 
huquqini berdi. 
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari 
kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida” 
2018 yil 13 dekabrdagi F-5413-sonli farmoyishi muvofiq barcha Oliy harbiy ta’lim 
muassasalari va harbiy qismlar, umuman olganda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi 
shaxsiy tarkibni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatan taqdiriga daxldorlik 


43 
tuyg’usini yuksaltirish maqsadida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli 
burchdir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” o’tkazilmoqda. 
Bu kabi tadbirlar esa yoshlarda harbiy xizmatga, Vatan himoyasi uchun shay 
turishga bo’lgan intilishlariga yanada shijoat ko’rsatishlari va o’zlarining bor kuch-
g’ayratlarini ishga solishlariga xizmat qiladi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kun harbiy 
xizmatchilariga berilayotgan imkoniyatlardan to’g’ri foydalanishi, yaxshi bilim olishi 
va kelgusida Vatan manfaatlarini munosib himoya qila oladigan yetuk ofitserlar 
bo’lib yetishmog’i darkor.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish