Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2016. – 56 b.
2. O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiylari va ularning oila
a’zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashaga oid chora tadbirlar to’g’risida. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori. 2018 yil 14 may. PQ-3726 son. // Xalq so’zi.
Toshkent, 2018 yil 15 may.
3. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Jild 11. – Toshkent: O’zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. - 608 b.
QUROLLI KUCHLAR – DAVLAT TAYANCHI
9
Yurt himoyasi – muqaddas burch, buyuk vazifa. Bu faxrli va mas’uliyatli
burchni sidqidildan bajarishda mard va jasur harbiy o‘g‘lonlarimizning hissasi
beqiyos. Birinchi Prezident Islom Karimov aytganidek, har qaysi davlatning
chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek
zarur [1, 115-b]. Mamlakatda tashkil etilgan xalq osoyishtaligini ta’minlovchi Qurolli
9
Norboyev Toyirjon Nozimjon o‘g‘li -
Toshkent davlat yuridik universiteti
37
kuchlar yurt tinchligini saqlash uchun mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi.
Tinchlikning asosi bo‘lmish Qurolli Kuchlar ma’lum mezonlarga asoslanib tashkil
etiladi. Xususan, davlatimiz Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasi milliy
manfaatlarini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini
himoya qilish, tashqi va ichki qurolli hurujlarni, mojarolarni qaytarish va ularning
oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi o‘z
Qurolli Kuchlarini tuzishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining huquqiy me’yorlari,
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xelsinki yakunlovchi akti hamda
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlari talablariga asoslangan. Ma’lumki,
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha sohalar bo‘yicha jiddiy ahamiyatga
molik o‘zgarishlar amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning yanada erkin va
farovon hayot kechirishini ta’minlashga erishildi. Xususan, harbiy sohaga ham katta
e’tibor qaratilib, ko‘plab qarorlar qabul qilindi. Jumladan:
–
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra 1991-yil 6-sentabrda
Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi;
–
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil oktabrdagi
qaroriga asosan Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari
tasdiqlandi;
–
1992-yil 14-yanvarda “O‘zbekiston respublikasi hududida joylashgan harbiy
qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida” Oliy kengash qarori qabul qilindi;
–
1993-yil 3-iyulda Prezident Farmoniga ko‘ra, Mudofaa ishlari vazirligi
Mudofaa vazirligiga aylantirildi;
–
1993-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi “Vatan himoyachilari kunini
belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga binoan, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni deb
e’lon qilindi [2, 18-19-b].
Bu chiqarilgan qarorlar yangi mustaqil O‘zbekistonning milliy armiyasi, qurolli
kuchlarining barpo etilishida muhim qadamlardan biri bo`ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Mudofaa vazirligi tizimidagi qism
va bo‘linmalar, Ichki ishlar vazirligi ichki va qorovul qo‘shinlari, Favqulodda
vaziyatlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari,
38
chegara qo‘shinlaridan tashkil topgan. Qurolli Kuchlarimizning harbiy qudrati,
jangovar qobiliyati bir qancha omillarni o‘z ichiga oladi [3, 149-b]. Jumladan, Milliy
armiyamizning tarkibi, tuzilishi va miqdori bir tomondan, mintaqadagi haqiqiy
harbiy-siyosiy vaziyatga, tashqi tomondan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan harbiy
tahdidlarga muvofiq bo‘lishi zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davlatimizning real
imkoniyatlari va resurslariga mos bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, Qurolli Kuchlarni
qurol-yarog‘ bilan, harbiy texnikalar bilan qurollantirish, ularning sifatini potensial
dushmandan ustunlikni ta’minlashga erishadigan darajada tutib turish mudofaa
qudratini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. Qurolli kuchlarni samarali boshqarish
uchun strategik va operativ jihatdan oldindan ko‘ra olish imkoniyati hisobga olinadi.
Iqtisodiyot va sanoat sohasining imkoniyatlari, ularning safarbarlik tayyorgarligi ham
davlatimiz harbiy qudratiga ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
Mamlakatimizning harbiy sohadagi rivojlanish bosqichlarini sarhisob qiladigan
bo‘lsak, Qurolli Kuchlarimizning qudrati yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, 1999-yil
fevral oyida Toshkentda Birinchi Prezidentimiz I.Karimovga nisbatan suiqasd
uyushtirilishi rejalashtirilgan [4]. Vatanimiz posbonlarining ogohligi, sergakligi
tufayli ushbu falokatning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Yoki 2000-yilning
iyul-avgust oylarida Surxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlarida qo‘shni
Tojikiston davlati tomonidan terrorchilik harakatlari amalga oshirildi [4]. Bu harakat
harbiylarimizning shijoati, mardonavor sa’y-harakatlari orqali bartaraf etildi. 2017-yil
O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida ham yangi sahifa ochildiva hozirgi kunda
esa bu davlat bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida chegara hududlarda
qo‘riqlash xizmatining nazorati yanada takomillashtirildi. 2005-yilning may oyida
Andijon viloyatida tinchligimizga xavf soladigan terroristik harakatlardan biri
“Akromiylar” nomi ostida hujum boshladi. Biroq bu buzg‘unchilik g‘oyalarining
tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi, harbiylarimizning fidoyi harakatlari bilan xalqimiz
tinchligi ta’minlandi.
Hozirda ham davlatimizda tinchlik va osoyishtalik barqaror. Harbiy xizmatga
ko‘ngilli ravishda boruvchi fuqarolar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Bu
yoshlarda
vatanparvarlik,
yurtga
sadoqat
tuyg‘usining
yanada
kamol
39
topayotganligidan dalolatdir. Global Fire power reytengi bo‘yicha yurtimiz Qurolli
Kuchlari 106 davlat ichida 2015-yilda 46-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich 2014-
yilda esa 48-o‘rinda bo‘lgan. 2018-yilda 136 ta davlat ichida 39-o‘ringa chiqishi
yurtimizning MDH davlatlari, Boltiqbo‘yi davlatlari va Gruziya, ya’ni sobiq Sovet
davlatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o‘rinda, Markaziy Osiyo davlatlari
bo‘yicha mintaqada eng qudratli armiyaga ega ekanligini ko‘rsatadi [5, 3-b]. Bu esa
mudofaa qudratini rivojlantirishda katta qadamlardan biri bo‘ldi. Mudofaa vazirligi
harbiy xizmatchilari xalqaro maydonlarda ham o‘zini ko‘rsatmoqda. Xususan,
“Xalqaro armiya o‘yinlari – 2018”da sakkizta yo‘nalishda qatnashib, beshta sovrinli
o‘ringa ega bo‘ldi. Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan MDHga a’zo davlatlar armiyalari
o‘rtasidagi qo‘l jangi Xalqaro chempionatida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritib,
umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Buyuk Britaniyada 34 ta davlatdan
qatnashgan 123 ta jamoa ishtirokidagi “Kembriya patroli” Xalqaro tanlovida esa
hamyurtlarimiz faxrli birinchi o‘ringa munosib deb topildi. Mudofaa vazirligi
tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy
xizmatchilaridan tarkib topgan terma jamoa Moskvada bo‘lib o‘tgan “Mudofaa
vazirining KVN kubogi” Xalqaro festivalida ishtirok etib, ikkinchi o‘ringa sazovor
bo‘lishdi. Bunday faxrli yutuqlarning tub zaminida hozirda amalga oshirilayotgan
harbiy islohotlar yotadi. Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat
Mirziyoyevning parlamentga Murojaatnomasida Qurolli Kuchlar tizimida olib
borilayotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tildi. Prezidentning alohida qaroriga muvofiq
ilk bor harbiy-ma’muriy sektorlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan qisqa vaqt
ichida harbiy qismlarning tuzilishi to‘laligicha yangilandi. Samarasiz va bir-birini
takrorlovchi harbiy qismlarning qisqartirilishi natijasida qo‘shinlar ta’minoti bilan
bog‘liq xarajatlar kamaytirildi. Oziq-ovqat ta’minotiga autsorsing tizimining joriy
etilishi harbiy bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini oshirishga, vaqt sarfini ikki
baravar kamaytirishga imkon yaratdi. Sohaning ixtisoslashtirilgan korxonalarni
birlashtirgan Mudofaa sanoati bo‘yicha ilk bor davlat qo‘mitasiga asos solinishi ham
ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi omil ekanligi barchamizga ma’lum.
40
Ko‘rinib turibdiki, Qurolli Kuchlarimiz mustaqilligimizning, tinch va osoyishta
hayotimizning mustahkam kafolati hisoblanadi. Chunki armiya bugungi globallashuv
zamonida tahlikali tashqi ta’sirlarga himoya vazifasini o‘taydigan mustahkam
qo‘rg‘ondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |