O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyot 
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,barqarorlik 
sharoitlari va taraqiyot kafolatlari. – Toshkent: O’zbekiston, 1997. – 326 b. 
 
O’ZBEKISTON QUROLLI KUCHLARIDA AMALGA 
OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
8
 
Har bir mustaqil davlatning o’z tili, dini, milliy suvereniteti bo’lgani singari, o’z 
armiyasi ham bo’lishi shart. Chunki har bir davlatni turli ko’rinishdagi tashqi 
tahdidlardan doimo himoya qilish va davlat sarhadlarini asrab-avaylash uchun o’z 
armiyasi bo’lishi darkor.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, “Barchamizga 
ma’lumki, har bir suveren davlat o’zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu 
tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu 
mamlakat xalqi hisoblanadi”, - deb ta’kidlagan [1. 5].
Qurolli kuchlarning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga ajralishi va davlat 
paydo bo’lishi bilan bog’liq. Quldorlik davlatlarining qo’shinlari, asosan, harbiy 
yo’lboshchilar yoki shohlarning drujinalaridan, erkin xalq lashkarlaridan iborat 
bo’lgan. Misr, Yunoniston, Rim va boshqa davlatlarda harbiy-dengiz floti tuzilgan. 
8
Karimov Behzodbek Rahmatulla o’g’li - 
Andijon davlat universiteti


35 
Mulkchilik munosabatlari rivojlana borgan sari vassalliklar lashkarlari Qurolli 
kuchlarning asosini tashkil etgan. Har bir mulkdor mohir jangchi bo’lib, o’z qurolli 
otryadiga ega bo’lgan. G’arbiy Yevropada piyoda askarlar ahamiyatini yo’qotib, og’ir 
qurollangan otliq ritsarlar asosiy kuchga aylangan. Sharqda arablar, turklar, 
mo’g’ullar va boshqalarning davlatlarida Qurolli kuchlar, asosan, og’ir va yengil 
qurollangan otliq askarlardan iborat bo’lgan. Yangi davrda, ya’ni XVIII asr oxirida 
Yevropa davlatlarida umumiy harbiy xizmat majburiyati joriy etildi. XIX asr 
oxirlariga kelib rivojlangan davlatlarda Qurolli kuchlari soni keskin ko’paydi [3. 
392]. 
Har qanday mustaqil davlatning xavfsizligini uning fuqarolari himoya qilmog’i 
lozim. Shuni hisobga olgan holda, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki 
kunlarida – 1991 yil 6 sentyabrda O’zbekiston Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 
1992 yil 14 yanvar kuni esa mamlakat hududidagi barcha harbiy qism va 
bo’linmalarini O’zbekiston yurisdiktsiyasiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. 
Har yili ushbu sana mamlakatimiz bo’ylab “Vatan himoyachilari kuni” deb 
nishonlanishi e’lon qilindi. Qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan har bir harbiy 
xizmatchi va uning oila a’zolari ham moddiy, ham ma’naviy tomondan qo’llab-
quvvatlab kelinmoqda. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 
yil 14 maydagi PQ-3726-son “O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiylari 
va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashaga oid chora tadbirlar 
to’g’risida”gi qarorida ko’zda tutilganidek, 2018-2019 o’quv yilidan boshlab, Qurolli 
Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, 
shartnoma bo’yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari 
uchun va nogironligi bo’lgan fuqarolar uchun qabul kvotasidan tashqari kvota 
doirasida o’qishga qabul qilish joriy etildi [2].
Yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat va milliy armiyamizga 
bo’lgan iftixor va qiziqishni shakllantirish maqsadida ko’plab amaliy tadbirlar ham 
tashkil etilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
“O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda 


36 
Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Qarorni imzoladi. Qaror bilan birga O’zbekiston Respublikasi 
Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini 
nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishga bag’ishlangan Vatanparvarlik oyligi 
2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15-yanvarga qadar o’tkazish bo’yicha tadbirlar 
dasturi ham tasdiqlandi. Ushbu dasturga asosan mamlakat bo’ylab Vatanparvarlik 
oyligi aholining barcha qatlamlari ishtirokida keng miqyosda nishonlandi. 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz rivojlanib borayotgan davlatlar qatorida 
ekanligi avvalo yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bilan uzviy bog’liq. Shuni anglab 
etgan davlatimizning ertasi hisoblangan yoshlar Qurolli Kuchlarida fidoyilarcha 
xizmat qiladi. Kelajakda esa davlatimiz sarhadlarini himoyasi, vatanparvar, fidoyi va 
o’z yurtiga sodiq insonlarning ishonchli qo’llarda bo’lishiga ishonamiz. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish