O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Buriyeva Aziza Salimjon qizi
– Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti


32 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib Birinchi Prezident 
Islom Karimov tashabbusi bilan ushbu tarixiy sana, ya’ni 14-yanvar – “Vatan 
himoyachilari kuni” etib belgilangan. Shuning uchun har yil 14-yanvarni “Vatan 
himoyachilari 
kuni” 
sifatida 
nishonlaymiz 
[1, 
279-297]. 
O’zbekiston 
Respublikasining Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo’shinlari, havo hujimidan mudofaa 
qo’shinlari, harbiy havo kuchlari, maxsus qo’shinlari, chegara qo’shinlari va boshqa 
harbiy tuzilmalardan tashkil topgan. Bundan ko’rinib turibdiki, bizning armiyamiz 
mamlakatimizni har tomonlama ishonchli himoya qila oladi. Hozirgi kunda 
armiyamiz har jihatdan takomillashtirildi. Armiya eng zamonaviy qurol-yarog’lar, 
harbiy texnika va asbob uskunalar bilan ta’minlandi, askarlar uchun barcha shart-
sharoitlar yaratildi. 
Harbiy san’at yurtimizda juda qadim zamonlardanoq rivojlangan. Jaloliddin 
Manguberdi, Amir Temur, Bobur kabi ajdodlarimiz qo’shin tuzish va uni boshqarish 
ishini, harbiy jang san’atini puxta egallagan edilar. Amir Temur qo’shin tuzib, navkar 
olishda yigitlarning kuch- quvvatiga, aql-zakovotiga, chapdastligi va jasurligiga, aql-
zakovotiga e’tibor qaratgan. 
Bobolarimiz aytganidek, Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan 
go‘shadan, insonning kindik qoni to‘kilgan xonadon tuprog‘idan boshlanadi. Shu 
bois, inson ilk bor nafas olib, ulg‘ayib, voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat 
va sadoqatli bo‘lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyodek 
surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz, 
ham qarzdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, 
qayerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar. 
Milliy armiyamizni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda shakllantirishda, 
avvalo, O‘zbekistonning mintaqamizda va hozirgi dunyoda tutgan geostrategik va 
geosiyosiy o‘rnini, mamlakatimiz xavfsizligiga qarshi qaratilgan ichki va tashqi 
tahdid va xatarlarni, ayniqsa, kuchayib va faollashib borayotgan xalqaro terrorchilik, 
ekstremizm, tobora ko‘lami kengayib borayotgan narkoagressiya, ommaviy qirg‘in 
qurollarining tarqalishi kabi balo-qazolarni hisobga olgan holda ish tutildi. 


33 
Armiyamiz jahondagi harbiy sohadagi eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam 
etgan bo‘lib, ayni paytda milliy jangovar an’analarimizni yuksak sadoqat bilan 
davom ettirmoqda. Harbiy o‘quv yurtlarimizdagi ta’lim tizimi tubdan o‘zgartirildi, 
ularda bo‘lg‘usi zobitlar tayyorlash va tarbiyalash hozirgi zamon talablariga to‘la mos 
keladigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi bo‘lgan o‘quv-texnik va ma’naviy-
axloqiy asosda yo‘lga qo‘yilgan. 
Jamiyatimizda Respublikamiz Qurolli kuchlarining salohiyati va obro‘si, 
mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va 
mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh 
avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni 
o‘z Vataniga sodiq va fidoiy insonlar etib tarbiyalash har bir fuqaro uchun eng 
muhim vazifalaridan biriga aylangan. O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng 
ko‘lamli islohatlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli 
himoya qilishga, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday 
g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan 
mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy 
armiyamiz shakllantirildi. 
Bugungi kun yoshlari Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil 
inson, ijtimoiy hamkorlik kabi milliy g‘oyaning asosiy yo‘nalishlari shakllangan 
holda tarbiyalanmoqda. Armiyamiz hozirgi kunda nafaqat Vatanimiz chegaralarini, 
xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilmoqda, ayni vaqtda mustahkam 
iroda va xarakter, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadigan, jismoniy chiniqish va 
yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan haqiqiy professional malaka oshirish 
maktabiga aylandi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 14 dekabrdagi Oliy Majlis 
palatalarining qo‘shma majlisida “O‘zbekiston va uning bag‘rikeng xalqi 
tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan 
qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. 
Lekin, zarur bo‘lsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, xalqimizning 
tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba 


34 
berishga qodirmiz dedilar. Shuning uchun men, xalqimizga murojaat qilib, shuni 
aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha 
bo‘lmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham yetarli” deb g‘urur 
bilan ta’kidlab o‘tdi. 
Shuning uchun biz yoshlarning asosiy vazifamiz, Vatanimiz, xalqimiz tinchligi 
va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish ham bugungi kunda har birimizning 
burchimizga aylanib bormoqda. Buning uchun biz yoshlar Vatanimiz taraqqiyoti 
uchun astoydil bel bog’lashimiz lozim. Muntazaam sport bilan shug’ullanib 
chiniqishimiz, til va kasb-hunar o’rganishimiz shart. Ana shundagina biz chinakam 
yurt posboni bo’lamiz.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish