O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar 
1. Karimov I. Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta 
hayotimizning mustahkam kafolatidir. - Toshkent: O’zbekiston. 2003. 
2.
Islamov A. Vatan himoyasi — muqaddas burch. - Toshkent: O’qituvchi, 
2001.
3. Ashurov S. Armiya — davlat tayanchi va tinchlik kafolati. - Toshkent: 
Akademiya 2005. 
 
QUDRATLI ARMIYA – DAVLATNING ZABARDAST USTUNI
6
 
Dunyoda elim deb, yurtim deb yashaydigan inson eng baxtli insondir. Vatan 
himoyachilari – o‘zgalar rohatini o‘z hayotidan ustun qo‘ya olgan ana shunday 
fidoyilar. Ular Vatanimizni, erk va ozodligimizni har qanday yovdan, xatardan 
muhofaza etadilar. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Bu dunyoda 
er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, o‘z oilasi, Vatani va 
xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir” [1, 4-b.]. 
6
 
Abdisalomova Shahlo Abdimurod qizi
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti 
universiteti


28 
Har bir insonning vatanparvarlik tuyg‘usi bolalikdan shakllanadi. Shu ezgu 
niyatni doimo mustahkamlab turadigan maskan – bu Armiya. Mustahkam zamonaviy 
armiyaga ega bo‘lish har qanday davlat oldidagi asosiy vazifadir. Shuning uchun, 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki 
yillaridayoq harbiy sohani rivojlantirishga alohida e’tibor bergan. Jumladan, 1991-yil 
6-sentabrda Mudofaa ishlari vazirligi tuzilganligi ma’lum qilindi. Yurtboshimizning 
1992-yil 14-yanvardagi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz hududida joylashgan barcha 
harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining harbiy tasarrufiga o‘tkazildi. Ana shu 
tarixiy kun – 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanib 
kelinmoqda. Shu tariqa, yurtimizning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, 
aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi [2, 149-b.]. Bu Konstitutsiyamizning 125-
moddasida ham o‘z ifodasini topgan [3, 68-b.]. Davlatimiz o‘z osoyishtaligini 
ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega. U quruqlikdagi qo‘shinlar, 
harbiy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari, maxsus va muhandislik-
qurilish qo‘shinlari, chegara qo‘shinlari hamda saralangan qo‘shinlardan iborat. 
Mustaqillik yillaridan to bugungi kungacha Qurolli Kuchlar tizimini mustahkamlash, 
mamlakatimiz harbiy qudratini yuksaltirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirib 
kelinmoqda. Yurtimizda yuksak malakali harbiy kadrlarni tayyorlash ko‘zda tutilib, 
Toshkentda Qurolli Kuchlar akademiyasi va Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim 
yurti, Chirchiqda Oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqandda 
Oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy 
aviatsiya bilim yurti, Toshkent harbiy-texnika instituti, Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti qoshida maxsus fakultet, Toshkent tibbiyot akademiyasi 
huzurida harbiy tibbiyot fakulteti, fuqarolik oliy o‘quv yurtlarining harbiy 
fakultetlari, serjantlar tayyorlash maktablari va harbiy litseylar faoliyati yo‘lga 
qo‘yildi. Muddatli harbiy xizmat bir yil etib belgilandi, shuningdek, harbiy 
xizmatchilarning 
ijtimoiy-maishiy 
sharoitlari, 
oziq-ovqat 
ta’minoti tubdan 
yaxshilandi. Yurt posbonlarining xizmatlarini munosib rag‘batlantirish yo‘lida 
davlatimizda harbiy kadrlar uchun katta imkoniyatlar yaratib berildi. Xususan, 


29 
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, rezervga bo‘shatilgan yoshlarning ishga joylashishi 
va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi bilan bog‘liq imtiyozlar tizimi belgilandi. 
“Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Mardlik” ordenlari, 
“Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” kabi medallarning ta’sis etilishi ham harbiy soha 
vakillariga nisbatan cheksiz hurmat va ehtirom namunasidir [4, 33-b.]. Bularning 
barchasi harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirib, yoshlar 
o‘rtasida harbiy xizmat nufuzining keskin oshirilishida muhim omillardan bo‘ldi. 
Ko‘rinib turibdiki, tarixan qisqa muddat ichida o‘zining buyuk tarixi va 
ajdodlariga munosib voris bo‘lgan xalqimiz mamlakat xavfsizligini ta’minlashga 
qodir armiyani barpo eta oldi. Zamonaviy qudratli armiyani shakllantirish yo‘lida 
bugungi kunda ham tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, Milliy gvardiya va 
mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzilib, harbiy okruglarning tarkibiy 
tuzilishi va vazifalari tubdan qayta ko‘rib chiqildi, qo‘shinlarni boshqarish tizimi 
takomillashtirildi, ular bosqichma-bosqich zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan 
ta’minlanmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada 
yuksaltirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi [5, 210-b.]. Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi farmoniga muvofiq, barcha harbiy akademik 
litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomining berilishi yoshlar qalbida yurtga 
muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat ruhini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. 
Samarqanddagi Oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining 
tugatilishi, Milliy xavfsizlik xizmati maqomining Davlat xavfsizlik xizmati tarzida 
qayta nomlanishida ham harbiy sohada tizimlilikni ta’minlash maqsad qilib olingan. 
2017-yilda yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil 
etilganligining 26 yilligi yangicha ko‘rinishda – umumxalq bayrami tarzida 
o‘tkazildi. Xorijiy mamlakatlardan andaza olgan holda Samarqand, Toshkent, 
Farg‘ona hamda Jizzax shaharlarida “Armiya va yoshlar” festivallari uyushtirildi va 
bu an’anaga aylantirildi [6]. Bunday festivallar yoshlarni harbiy sohaga keng jalb 
etishda, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishda dadil qadamlardan 
sanaladi. Harbiylarning oilasiga g‘amxo‘rlik qilish, ularga qulay shart-sharoitlar 


30 
yaratishga bo‘lgan e’tibor hozirda yanada kuchaytirildi. Harbiy kadrlarning 
farzandlari uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida qabul kvotalari ochildi. Harbiy 
xizmatni o‘taganlarga beriladigan imtiyozlarning boshqa abituriyentlarga daxl 
qilmasligi ta’minlandi. Kichik ofitser darajasida 45 yosh, katta ofitser darajasida 50 
yosh, polkovnik darajasi uchun 55 yosh, general darajasi uchun esa 60 yosh harbiy 
soha vakillarining nafaqa yoshi sifatida belgilandi. Amalga oshirilayotgan islohotlar 
o‘zining samarali natijalarini bermoqda. Global firepower tahlil kompaniyasi 
reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi harbiy qudrati bo‘yicha 2016-yilda 54-, 2017-
yilda 48-o‘rinni egallagan. 2018- yilda o‘z pozitsiyasini 15 darajaga ko‘targan holda 
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng qudratli harbiy davlati deb topildi [7, 6-b.].
2018-yil 28-dekabr kuni Prezidentimizning Parlamentga taqdim qilgan 
Murojaatnomasida “Qurolli Kuchlarimizda jangovar ruhni yuksaltirish, askar va 
ofitserlarimizni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashga e’tiborni 
yanada kuchaytirish kerak”ligini ta’kidladi. Darhaqiqat, Amir Temur, Jaloliddin 
Manguberdi, Pahlavon Mahmud kabi mard va jasur o‘g‘lonlarni tarbiyalash, yoshlar 
ongiga milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirish, mafkuraviy immunitetni 
shakllantirish hamisha dolzarblik kasb etadi. Demak, yoshlarga munosib ta’lim 
berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash muhim 
ahamiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, zamonaviy armiyamiz saflariga ilmiy-texnik 
tadqiqotlarni olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarimizni jalb 
qilgan holda Qurolli Kuchlarimizning ilmiy salohiyatini yanada oshirish imkonini 
yaratadi. 
Buyuk ajdodimiz Amir Temur “Boy mamlakatning askari baquvvat bo‘lur, 
askari baquvvat mamlakat boy bo‘lur” deb ta’kidlaganlar. Shunday ekan, Vatan 
himoyasini o‘zining kasbi, xalq oldidagi muqaddas burchi deb biladigan, butun 
hayotini milliy armiya safida xizmat qilishga bag‘ishlagan o‘g‘lonlarimizning yuksak 
xizmatlarini qadrlash, o‘z harbiy mahoratini oshirish yo‘lida qilayotgan mashaqqatli 
mehnatlarini e’zozlash barchamiz uchun ham farz, ham qarzdir. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish