YOSHLARNI MUDDATLI HARBIY XIZMAT VA SAFARBARLIK
CHAQIRUV REZERVIDAGI XIZMATGA JALB ETISH MASALALARI
12
O’zbekiston Respublikasida so’nggi yillarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umumiy
harbiy majburiyatni o’tash istagini bildiruvchi yoshlar soni yildan-yilga ortib
bormoqda. Bunday vaziyatda, yoshlarni muddatli harbiy xizmat hamda safarbarlik
chaqiruv rezervidagi xizmatga chaqiruv bo’yicha normativ hujjatlarni
takomillashtirishni taqozo etadi.
Muddatli harbiy xizmat hamda safarbarlik chaqiruv rezerviga erkaklar
chaqirilishini hisobga olib, mamlakatdagi jami 18-27 yoshdagi erkak fuqarolar soni
tahlil qilinganida, ularning soni har yili oshayotgani kuzatiladi. Jumladan 2014 yilda
15277,5 ming, 2015 yilda 15552,2 ming, 2016 yilda 15838,9 ming, 2017 yilda
16121,0 ming kishini tashkil qilgan [1].
Mazkur tendentsiyadan farqli o’laroq, muddatli harbiy xizmat va safarbarlik
chaqiruv rezervi xizmatiga yuborilayotganlar kvotasi deyarli o’zgarishsiz qolmoqda.
Tahlillar natijasiga ko’ra, 2010-2012 yillarda bir o’ringa 7 ta muddatli harbiy
xizmatga borish istagini bildirgan yoshlar to’g’ri kelgan bo’lsa, 2013-2014 yillarda
bu ko’rsatgich 8 ta, 2015-2016 yillarda esa 9 tani tashkil qilgan. Shuningdek,
safarbarlik chaqiruv rezerviga ham xuddi shu tariqa jalb qilish har yilda bir xilda
kechmoqda.
Hozirda mamlakatda harbiy sohada o’tkazilayotgan islohotlar natijasida, harbiy
xizmatni o’tashga qiziquvchi yoshlar sonining ortishi sharoitida, ular orasida oilaviy
sabablariga ko’ra muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruv rezerviga
chaqirilishiga to’sqinlik qiluvchi qonunchilikdagi me’yoriy normalarning mavjudligi
12
Daubayev Ulugbek Rustemovich -
Nukus harbiy prokuraturasi
46
kuzatilmoqda.
Tahlillar natijasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy
majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi Qonunining 20 va 21-moddalarida
fuqarolarni muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruv rezerviga chaqiruv
masalalari ko’rsatilgan bo’lib, ushbu moddalarni xalqaro tajribani o’rgangan holda
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan
, ushbu Qonunning 21-moddasiga ko’ra, chaqiriluvchilarni muddatli
harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish
muddatini kechiktirilishi uchta holatda oilaviy sharoitiga salomatligiga ko’ra hamda
o’qishni davom ettirishi uchun belgilangan. Bu bo’yicha chaqiriluvchilarni oilaviy
sharoitiga ko’ra kechiktirilishi masalasini qayta ko’rib chiqish zaruratini yuzaga
keltirmoqda. Jumladan, oilaviy sharoitga ko’ra, ya’ni: 1) chaqiriluvchining ota-onasi
mehnatga qobiliyatsiz bo’lib, ularni boqishi shart bo’lgan mehnatga qobiliyatli
voyaga etgan boshqa o’g’li bo’lmasa; 2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli
yolg’iz onasi yoki otasi bo’lib, ularning qaramog’ida o’n olti yoshga to’lmagan ikki
va undan ortiq farzandi bo’lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga etgan boshqa
o’g’li bo’lmasa; 3) chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug’ishgan aka-ukalaridan biri
muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan bo’lsa; 4) chaqiriluvchining onasiz
tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi bo’lsa; 5) chaqiriluvchining birinchi
yoki ikkinchi guruh nogiron xotini va voyaga etmagan ikki va undan ortiq farzandi
bo’lsa chaqiruv kechiktirilishi ko’rsatilgan [2].
Bundan ko’rinadiki, oilaviy sharoitiga ko’ra, agarda chaqiriluvchining yoki
ularning qaramog’idagilarning o’z ihtiyori bilan harbiy xizmatga yuborilishini so’rab
berilgan arizasiga qaramasdan, muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruv
rezervidagi xizmatga chaqirilishi kechiktiriladi.
Xalqaro tajribada bu qanday tashkillashtirilgani Qozog’iston misolida
o’rganilganida, umumiy harbiy majburiyatni o’tash borasidagi masalalari 2012 yil 16
fevralda qabul qilingan “Harbiy xizmat va harbiy xizmatchilarning maqomi
to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra amalga oshiriladi. Xususan, ushbu Qonunning 35-
moddasida, “oilaviy sharoitiga ko’ra, salomatligiga ko’ra, o’qishni davom ettirishi
47
uchun hamda boshqa sabablarga ko’ra kechiktirilishi” ko’rsatilgan [3].
Ushbu moddaning farqli tomoni shundan iboratki, chaqiriluvchi faqat chaqiruv
komissiyasining qarori bilan harbiy xizmatga salomatligiga ko’ra va unga nisbatan
surishtiruv, dastlabki tergov o’tkazilayotganida yoki uning ishi jinoyat ishlari
bo’yicha sudda ko’rilayotganida, sudning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar
kechiktirilishi majburiy hisoblanadi.
Boshqa barcha holatlarda chaqiriluvchining o’z ixtiyori bilan bergan arizasi va
notarial tasdiqlangan qaramog’idagilariga boquvchi yoki ijtimoiy himoyaga oluvchi
tashkilotning hujjatini taqdim qilish orqali umumiy harbiy majburiyatni o’tashga
chaqirtirilishi mumkin.
Ikkinchidan,
O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va
harbiy xizmat to’g’risida”gi Qonunining 22-moddasiga ko’ra, “tinchlik davrida
muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga 1)
salomatligiga ko’ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganlar, 2) yaqin
qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o’tash vaqtida halok
bo’lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar; 3) ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlardan
birida diniy rutba egasi bo’lgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan ozod etilishi,
shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga
chaqirilmaydi” deb ko’rsatilgan.
Istisno tariqasida, faqat “yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi)
harbiy xizmatni o’tash vaqtida vafot etgan chaqiriluvchilar o’z roziligi bilan harbiy
xizmatga chaqirilishi” mumkinligi belgilangan.
Bu borada, Qozog’iston Respublikasining “Harbiy xizmat va harbiy
xizmatchilarning maqomi to’g’risida”gi Qonunining 36-moddasida umumiy harbiy
majburityani o’tashdan ozod qilish tartibi qayd qilingan.
Ushbu moddaning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, “chaqiriluvchi boshqa
davlatda harbiy majburiyatini o’tagan bo’lsa shuningdek, ilmiy darajaga ega
bo’lganlar umumiy harbiy xizmatni o’tashdan ozod qilinishi” ko’rsatilgan.
Yuqoridagilar kelib chiqib xulosa tariqasida keltirish mumkinki, bugungi kunda
48
yoshlarni muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruv rezerviga chaqirishning
kechiktirilishi va undan ozod qilinishi bo’yicha me’yoriy hujjatlarni aholining
istaklari va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib qayta ko’rib chiqish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |