HARBIY VATANPARVARLIKNING AXLOQIY MEZONLARI VA
TARBIYAVIY ASOSLARI
2
Harbiy vatanparvarlik Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini
asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy
fazilat hisoblanadi. Uning axloqiy mohiyati – Vatanga mehr-muhabbatli va sodiq
bo’lishdan, yurtning o’tmishi va hoziri uchun faxrlanishdan, mamlakat manfaatlarini
himoya qilishga intilishdan iborat. Shuningdek, bu fazilat ota-bobolardan meros
qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o’z
ona-Vatanini dushmanlardan, yot va begona g’oyalardan himoya qilish, uning
ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikni nazarda tutadi.
Harbiy
vatanparvarlikni
kamol
toptirish
ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy,
mafkuraviy, tarbiyaviy omillar bilan bog’liq bo’lib, uni ro’yobga chiqarish katta
mehnat talab qiluvchi murakkab jarayondir. Ayniqsa, harbiy soha vakillarining
2
Usmonov Kamol Xoshim O’g’li
- falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) - O’zbekiston Respublikasi
Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti
9
hozirgi paytdagi vazifalaridan biri ham Qurolli kuchlar tarkibida xizmat qilayotgan
askar-zobitlarni Vatanga sadoqat, fidoyilik kabi fazilatlarni kamol toptirishdan iborat.
Chunki Vatan tushunchasi barchamiz uchun muqaddas bo’lib, ma’naviy qadriyat
sifatida inson ongida turlicha shakllanadi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan,
ularning ajdodlari azaldan istiqomat qilgan hududni ifodalaganda u keng ma’noga
ega bo’ladi, ya’ni tili e’tiqodi, urf-odatlari va ishlash xususiyatlari bir bo’lgan
avlodlar yashaydigan jug’rofiy muhit-makon, yurtni ifodalaydi.
Insoniyat tarixining barcha davrlarida davlat qo’shinlari uning tayanchi,
xalqning tinchligi va osoyishtaligi garovi bo’lib kelgan. Qo’shinlarning holati,
ta’minoti, harbiylarni burchni bajarishda mas’uliyat, mardlik va sadoqat ruhida
hamda ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari mamlakatlar taraqqiyotida
muhim ahamiyat kasb etgan. Qo’shin, xususan lashkarboshi va askarlarda yuksak
ma’naviy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish borasida alloma Abu Nasr Forobiy
fikrlarini o’rganish diqqatga sazovordir. Uning fikricha, lashkarboshi foydali va
go’zal hisoblangan fikriy qobiliyati bilan birga, barcha askarlar uchun umumiy
axloqiy sifatlarga ham ega bo’lishi kerak. Agar u mazkur harakatlarni oxiriga
yetkazishni xohlasa, askarlarga xos bo’lgan sifatlardan foydalanadi. Uning jasurligi
harbiylarning alohida xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan jasurlikka mos bo’lishi
kerak. Zero, qo’shinga xos fazilatlarga donolik, mulohazakorlik, ishontira olishlik,
110 jismonan baquvvatliklik, ruhan tetiklik, ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik,
jasurlik kabi yuksak insoniy fazilatlar kiradi. Chunki bularsiz qo’shin mukammal va
g’olib bo’la olmaydi.
Harbiy vatanparvarlik axloqiga doir ma’naviy merosimizda dushmanga qarshi
urushda hukmdor va qo’shinlar adolat qoidalariga rioya qilishlari kerakligi uqtiriladi.
Bu dushman ustidan muqarrar g’alaba qozonishni ta’minlaydi. Buning uchun
hukmdor qobiliyatli, uzoqni ko’ruvchi, ma’lum ma’noda josuslik san’atiga ega
bo’lishi kerak. Qo’shin uchun zarur bo’lgan fazilatlar to’g’risida buyuk davlat arbobi
va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ham ilg’or fikrlarni bildirgan. Chunonchi,
uning sarkarda sifatidagi muvaffaqiyatlari kaliti – bu cherikni, ya’ni qo’shinning
ko’nglini olmoqligida bo’lgan. Bobur askar ko’nglini olmoqning bosh mezoni qilib
10
kishining qaerdanligi, millati va nasabini emas, balki podshohga sadoqat, mardligi,
fidoyiligi, vafodorligi, davlat himoyasiga qo’shgan hissasini belgilagan. Chunonchi,
qo’shin ko’nglini olishi uni faqat moddiy jihatdan ta’minlashdangina iborat bo’lib
qolmasdan, balki ma’naviy jihatdan qo’shinni qo’llab-quvvatlash, uning o’ziga
xayrixohligiga erishishiga ham muyassar bo’lardi. Shuningdek, u insonga xos buyuk
fazilatlardan biri mardlikni ulug’laydi. Allomaning fikricha, mardlikning oliy
darajada namoyon bo’lishi deb, Vatan uchun dushman bilan jang qilish, zarur bo’lsa,
jonini ham qurbon qila olishdir.
Ma’rifatparvar Ahmad Donish davlat faoliyatida qo’shinning naqadar katta rol
o’ynashini alohida e’tirof etadi. Ayniqsa, uning askar boshlig’i, ularning fazilatlari va
qo’l ostidagilarga munosabati to’g’risidagi g’oyalari qimmatlidir. Alloma askar
boshlig’i quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu sifatlarga
shijoatlilik, fahm-farosatlilik, tajribalilik, jasurlik, ziyraklik, donishmandliklik,
dovyuraklik kabilar kiradi. Donishning e’tirof etishicha, shunday sifatlarga ega
bo’lgan kishi askar boshlig’i bo’lar ekan, shundagina askarni saqlab, ziyon va
zahmatga qoldirmay, dushmanni yengib shon va sharafga erishadi.
Sharq mutafakkirlari asosiy e’tiborlarini bir tomondan, qo’shinlar kuch-qudratini
oshirish, ularning harbiy mahoratini yuksaltirish, mamlakat yaxlitligi va xavfsizligini
saqlashga, ikkinchi tomondan, qo’shinda ma’naviy-axloqiy va g’oyaviy fazilatlarni
tarbiyalashga qaratdilar. Allomalarimizning bu fikr-mulohazalari bugungi kunda
mamlakatimiz harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning jangovar
shayligini oshirish va ularda yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashda muhim manba
bo’lishi shubhasiz.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi – bu O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining
mustaqil yurtimizni mardlarcha himoya qilishga qodirligi va tayyorligi, askarlarni
vatanparvarlik
ruhida
tarbiyalashning
ma’naviy-axloqiy tizimidir. Harbiy
vatanparvarlik fazilatini shakllantirishda tarbiyaning mazkur shakli o’z oldiga
quyidagilarni asosiy vazifa qilib qo’yadi:
11
– harbiy xizmatchilarda Vatanga muhabbat tuyg’usini mustahkamlash; –
mamlakatni mudofaa qilish va davlatning qurolli kuchlarini jangovar kuchini
mustahkamlashda javobgarlik hissini paydo qilish;
– jangovar topshiriqlarga qat’iyatlilik va yurtga sadoqat tuyg’usini
shakllantirish.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi umumiy
talqindagi vatanparvarlikdan qator jihatlari bilan farq qiladi. Tadqiqotchi G.
Ergasheva fikriga ko’ra:
– birinchidan, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi O’zbekiston fuqarolarini Vatanni
qurol bilan himoya qilishga tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan;
– ikkinchidan, harbiy vatanparvarlik asosini O’zbekiston Qurolli Kuchlarining
udumlari tashkil etadi, vatanparvarlik tarbiyasi asosini esa harbiy udum bilan bir
qatorda mehnat udumlari tashkil qiladi;
– uchinchidan, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi O’zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlariga nisbatan hurmat va g’ururlanish, harbiy xizmatchi bo’lishga xohish va
intilish hamda qo’lida qurol bilan mustaqil Vatanni himoya qilish hissini uyg’otadi.
Vatanparvarlik tarbiyasi esa Vataniga sodiqlik, O’zbekiston fuqarosi o’z davlatining
buyukligini, kuchliligini mustahkamlash, mustaqilligini himoya qilish hissini
rivojlantiradi.
Harbiy xizmat axloqining mohiyati, uning asosiy tushunchalari va o’ziga xos
xususiyatlari, harbiy xizmatning axloqiy asoslari va O’zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarida axloqiy tarbiya masalalariga oid ilmiy-ma’rifiy manbalarda harbiy
xizmatchilar axloqi – vatanparvarlik, mardlik, eng zamonaviy jang qurollari va
vositalarini bilish, har qanday sharoitda qo’llay olish, jangovar o’rtoqlik qoidalariga
sodiq bo’lib, jang maydonlarini tashlab ketmaslik, Harbiy qasamyodga sodiq qolib,
harbiy burchni hayotining so’nggi daqiqalariga qadar bajarish kabi xususiyati bilan
ajralib turishi ta’kidlanadi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning axloqiy qoidalari,
Harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomlarda o’z ifodasini topgan. Harbiy
xizmatchilar axloqining jamiyat rivojida tutgan o’rni mazkur mamlakat aholisining
12
tinch-totuv yashashlari uchun har tomonlama sharoit yaratib berish, ya’ni ularni
tashqi xavf-xatar — dushman tajovuzidan himoya qilish bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatchilar axloqi murakkab tuzilishga ega bo’lib, axloqiy ong, axloqiy
amaliyot va axloqiy munosabatlardan tashkil topgan uch qismdan iborat.
Harbiy xizmatchilarning axloqiy ongi – xizmat jamoalarining manfaatlariga mos
keluvchi axloqiy tushuncha, g’oya, qarash, ishonch, tuyg’u kabi hissiyotlar tizimidan
iborat bo’lib, bu ularning jamiyatdagi, kundalik turmushdagi, xizmat faoliyatidagi
xatti-harakatlari, his-tuyg’ulari va odatlarida, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik
qarashlari, kechinmalari shaklida namoyon bo’ladi. Ya’ni, ular Vatanga bo’lgan
muhabbat, vatanparvarlik, burchga sadoqat, jamiyat oldida mas’ullik, milliy iftixor,
vijdon, or-nomus, qadr-qimmat, g’urur, ezgulikka intilish, g’amxo’rlik, samimiyat
hissiyotlaridir.
Shu ma’noda olib qaraganda, harbiy vatanparvarlik fazilatining axloqiy
mezonlari sifatida fidoyilik, mas’uliyatlilik, qahramonlik, chidamlilik, sadoqat, oriyat
va g’urur kabi mezonlar tashkil etadi. Ilmiy tahlillar natijasida ushbu mezonlarning
mazmunini quyidagicha izohlashni maqsadga muvofiq hisoblaymiz.
1.
Fidoyilik harbiy vatanparvarlik fazilatining muhim axloqiy mezoni bo’lib, u
o’z Vataniga, xalqiga, tanlagan yo’li, maslagi, g’oyasiga xizmat burchiga sodiqlik
hamda unga o’zini baxshida etishdir. Fidoyilik insonda katta yurak, g’ayrat-shijoat,
eng muhimi, o’ziga, o’zining kuch- qudratiga mustahkam ishonch bo’lishini taqozo
etadi. Harbiy xizmatchining vatanparvarligi har kuni, har soatda fidoyi bo’lishni,
o’zini buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu
fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirishni talab etadi. Bundan
tashqari, fidoyilik insonga xos bo’lgan eng oliy fazilatlardan bo’lib, fidoyi inson
boshqalar manfaati yo’lida o’z qonuniy manfaatlarini, ba’zan esa hatto hayotini
qurbon qilishga tayyor turadi va zarurat tug’ilganda qurbon qiladi ham. Jamiyat
uchun umumiy bo’lgan oliy maqsad va ideallarni deb o’zidan kechadi.
Shuni ham aytish kerakki, fidoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va
ijtimoiy jarayonlarda turlicha muayyanlashadi; u ma’lum bir davrlarda
ommaviylashishi
yoki
kamayishi
mumkin.
Chunonchi,
mustaqillikka
13
erishganimizdan so’ng dastlabki paytlarda harbiylar orasida ham o’tish davriga xos
bo’lgan – fidoyilikka nisbatan xudbinlik tamoyilining kuchayganligini kuzatish
mumkin edi. Biroq, Birinchi Prezident Islom Karimovning fidoyilik tamoyili
mohiyatini to’la anglatadigan «Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak!» degan
so’zlari harbiy xizmat xodimlari tafakkurida jiddiy ijobiy o’zgarish yasadi.
2. Burch. Ushbu tushuncha harbiy vatanparvarlik fazilatida bilvositaligi bilan
ahamiyatli hisoblanadi. Chunki, harbiy vatanparvarlik burchi askarning insonlarga,
jamiyatga, davlatga nisbatan ado etadigan 113 mas’uliyati bo’lib, u Vatan himoyasi
uchun harbiyning zimmasiga yuklagan vazifadir. Burchni his qilmaslik,
mas’uliyatsizlik – Vatan, xalq manfaatlariga, istiqbol muammolariga befarq,
loqaydlik bilan yondashish belgisi. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson o’z burchi va
mas’uliyatini anglashi haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda
aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar,
nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak. Shunday
odamgina nafsini tiyadi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo’ladi, Vatani,
xalqi uchun jonini fido etishga tayyor bo’ladi. Buning aksi o’laroq, yolg’onchi,
va’daboz kishida vatanparvarlik tuyg’usi bo’lmaydi. Manfaatparastlik yo’lida
qilingan har bir qing’ir ish, u qanchalik balandparvoz ta’rif tavsiflarga o’ralmasin,
fatvolar to’qib chiqarilmasin, bari bir Vatanga xiyonatdir.
3. Mas’uliyatlilik. Mas’uliyat – burchni anglab, unga asoslanib faoliyat qilishga
qaratilgan ma’naviy omil. Mas’uliyat ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo’lgan
vazifalarning bajarilishiga, uning oqibatiga xatti-harakat negizida yotgan axloqiy
tamoyillarga amal qilinishiga shaxsan javobgarlikni bildiradi.
4. Qahramonlik. Harbiy xizmatchining jismoniy va ma’naviy jasoratini
namoyon qilishi bevosita uning qahramonligini namoyon etadi. Har kuni, har soatda
fidoyi bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari
charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik
faoliyat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlikdir. Qahramonlik jasurlikning
belgisidir. Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo’lish, har kuni fidoyilik
ko’rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga
14
ko’tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Buning
uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak.
5. Chidamlilik. Har qanday qiyinchilikka nafaqat chidash balki, uni Vatan
manfaati yo’lida bardosh bilan yengishdir.
6. Sadoqat. Bu fazilat Vatanga, xizmat burchiga sodiqlik hamda hamjihatlik,
birdamlik va do’stlikni qadrlash orqali namoyon bo’ladi. Sadoqat, ayniqsa harbiy
xizmatchilarning Vatanga sadoqati bag’ri keng, halollik, vijdonlilik, oqibatlilik, yurt
tashvishi bilan yashashi pirovardida jamiyat taraqqiyotidagi o’rni bilan bog’liq qarash
va bilimlarni shakllantiradi. Ularning axloqiy jihatdan el-yurtga sadoqat ruhida kamol
topishi va jamiyatning moddiy va ma’naviy taraqqiyotiga hissa qo’shishlari bilan
belgilanadi. El-yurtga sadoqat. Jamiyatning moddiy va ma’naviy taraqqiyotida
yoshlarni el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kundagi eng muhim
vazifalardan hisoblanadi. Zero, bu tushuncha zamirida insonning o’z Vataniga
muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiylik yotadi.
El-yurtga sadoqat axloqiy jihatdan qamrovi ancha keng bo’lib, u insonparvarlikning
nisbatan muayyanlashgan shakli. U eng avvalo insonning o’z Vatani va xalqiga
bo’lgan sadoqati, burchi va mas’uliyatini his qilishida namoyon bo’ladi.
Shuningdek, har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch,
muvaffaqiyatsizliklardan qayg’u hissini tuyush, Vatan bilan g’ururlanish, uning har
bir qarich eriga, binosining har bir g’ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va
san’atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash
bular hammasi el-yurtga sadoqatning turli shakllardagi ko’rinishidir. Zero, «Vatan
ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz» asarlarida «Vatanni o’z tuqqan onasidek
muqaddas bilish, sajdagohdek tavof qilish uning oldidagi o’z burchini ado etish
boshiga qanday sinov tushmasin, kindik qoni to’kilgan yurtini himoyalash, uning
shon-sharafini ulug’lash, bir so’z bilan aytganda, yosh avlodni elim deb, yurtim deb
yonib yashash ruhida tarbiyalash, voyaga yetkazish barchamizning hayotiy
e’tiqodimizga aylanishini xohlardim», deya bejiz ta’kidlamaganlar.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash oila
muhitida ularning ongi, qalbiga singdirishning muhim vositasi qadriyatlarni saqlash
15
va ilg’or oilaviy an’analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining
bir bo’lagiga aylantirishdir. Shu nuqtai nazardan, ma’naviy axloqiy meros, an’analar,
rasm-rusumlar va odatlar orqali yoshlar ongiga milliy g’oya va mafkurani
singdirishni ta’minlovchi omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o’ta dolzarb va
muhim vazifadir. Mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini bilish, yangicha rasm-
rusumlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik turmush tarziga
aylantirish, ular ongiga milliy g’oya va mafkurani singdirishni ta’minlovchi omillar
va shart-sharoitlarni aniq bilish o’ta dolzarb va muhim vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |