Millatlararo munosabatlar sohasida o‘zbekiston respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘G‘risida



Download 23,7 Kb.
Sana02.08.2021
Hajmi23,7 Kb.
#136330
Bog'liq
FARMONI-WPS Office


FARMONI


MILLATLARARO MUNOSABATLAR SOHASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SIYOSATI KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

So‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga yo‘naltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qat’i nazar O‘zbekiston xalqini tashkil etishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini e’lon qiladi va kafolatlaydi.

Ushbu maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, u o‘z faoliyatini yuritmoqda hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga, respublikaning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va imijini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalishlar sur’atini, keng ko‘lamli demokratik islohotlarni, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy jihatdan erkinlashtirish va jamiyat hayotining boshqa jabhalarida erishilgan salmoqli muvaffaqiyatlar tahlili O‘zbekiston xalqi yagona g‘oya — O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olijanob maqsadlar va g‘oyat muhim vazifalarga erishishdan iborat yagona maqsad atrofida birlashganligini ta’kidlash uchun barcha asoslarni beradi.

Shu bilan birga, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda davom etayotgan globallashuv va transformatsiya, dunyoda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy va boshqa ziddiyatlar kuchayib, axborot va kibermakonlarida qarama-qarshi kurash ortib borayotgan bir sharoitda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida o‘z yechimini taqozo etayotgan bir qator dolzarb masalalar saqlanib qolmoqda, quyidagilar shular jumlasidan:

millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini yanada oshirish;

jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish asosi sifatida joylarda millatlararo munosabatlar holatini monitoring qilish tizimi va mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;

millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash, O‘zbekiston xalqining tarixi va an’analarini o‘rganish bo‘yicha ta’lim, axborot va madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

1. Quyidagilar millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;

millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

jamiyatda ko‘p millatli katta oila his-tuyg‘usini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijdagi o‘zbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e’tibori va imijini oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarni, ilg‘or xorijiy tajribani e’tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2. Quyidagilar:

Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Qo‘mitaning uning tuzilmasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodika va ekspertiza bo‘limi o‘rniga yuridik shaxs tuzmasdan, shtatdagi xodimlar soni 4 nafardan iborat Millatlararo munosabatlar bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Quyidagilar tashkil etilayotgan Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

millatlararo munosabatlar sohasida tizimli asosda ilmiy, shu jumladan ijtimoiy tadqiqotlar, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi jarayonlar rivojining monitoringini olib borish;

millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy maqolalar, kitoblar, ilmiy-tadqiqot materiallari, axborot-tahliliy sharhlar tayyorlash va e’lon qilish;

yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda xorijiy tajribani tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida ana shu tajribadan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda millatchilik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish, shuningdek, mazkur sohadagi xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash.

4. Qo‘mita bir oy muddatda:

boshqaruv xodimlarining Qo‘mita zimmasiga yuklangan vazifalarni professional darajada amalga oshirishga qodir bo‘lgan, zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda davlat organlari xodimlarining, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining (ular roziligi bilan) malakasini oshirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilishini ta’minlasin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga:

milliy madaniy markazlarni rivojlantirishga, ular bilan hamkorlikni mustahkamlashga, jamiyatda millatlararo totuvlikni ta’minlashda ularning salohiyatini to‘la-to‘kis amalga oshirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash;

millatlararo totuvlikning holati va uni rivojlantirish tendensiyalari to‘g‘risida tegishli axborot, axborot-tahliliy hujjatlar, hisobotlar tayyorlash va ularni keyinchalik Qo‘mitaga kiritish vazifalari yuklansin.

6. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tuzilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

jamiyatda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodlari, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar qonun oldidagi tengligini ta’minlashga qaratilgan millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va tartibga solish;

millatlararo munosabatlar sohasida ishlar holatini joylarga chiqib tizimli o‘rganilishini tashkillashtirish, Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda Qo‘mita, shuningdek, vazirlik va idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, qilingan ishlar to‘g‘risida ularning rahbarlari hisobotlarini doimiy ravishda eshitish.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

2020-yil 1-yanvarga qadar millatlararo munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini;

2020-yil 1-fevralga qadar millatlararo munosabatlar sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish maqsadida mazkur soha holatini monitoring qilish tizimini tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.

8. Qo‘mita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish maqsadida do‘stlik jamiyatlari faoliyati takomillashtirilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini;

milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga hamda millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatni amalga oshirishda ularning rolini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Qo‘mita:

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga;

vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bir nusxada) majburiy tarqatiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistika axboroti majburiy tarqatiladigan reyestrga kiritilsin.

10. Quyidagilarga:

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlariga — Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi hamda ularning amalga oshirilishi to‘g‘risida Qo‘mitaga har chorakda axborot taqdim etilishi yuzasidan;

davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari — do‘stlik jamiyatlari raislariga — rahbarlik qilayotgan organlar va tashkilotlarning ma’muriy binolarida xizmat xonalari do‘stlik jamiyatlariga beg‘araz berilishi, shuningdek, belgilab qo‘yilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi yuzasidan;

Qo‘mita raisi R.D. Qurbonovga — Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yig‘ma axborot mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda taqdim etilishi yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2993-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

13. Qo‘mita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 15-noyabr,

PF-5876-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi PF-5876-son Farmoniga

1-ILOVA

Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati

KONSEPSIYASI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining maqsadlari, prinsiplari va asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi nuqtai nazarlar yagona tizimidan iboratdir.

2. Ushbu Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish — millatlar va elatlarning vakillari o‘rtasida konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati — jamiyatda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va tartibga solish sohasida davlatning tizimli faoliyatidan iborat bo‘lib, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida tengligini ta’minlashga qaratilgan;

millatlararo bag‘rikenglik — fuqarolik jamiyatining ijtimoiy normasi bo‘lib, boshqa millat va elatlar vakillarining umuminsoniy qadriyatlarga zid bo‘lmagan nuqtai nazarlariga, dinlari, urf-odatlari, an’analari va madaniyatiga nisbatan murosai madorada namoyon bo‘ladi;

millatlararo munosabatlar — mamlakat hududida istiqomat qiladigan millatlar va elatlar o‘rtasidagi, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan munosabatlardir.

3. Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining tarixiy tajribasi va an’analariga asoslanadi.

4. Konsepsiya inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, O‘zbekistonning birligi va yaxlitligini mustahkamlashga, uning hududida yashovchi millat va elatlarning etnik-madaniy o‘ziga xosligini saqlashga, jamiyatda millatlararo bag‘rikenglik, totuvlik va tinchlikni saqlab turishga yo‘naltirilgan.

2-bob. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari va prinsiplari

5. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar fuqarolarning teng huquqlari va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta’minlash;

ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining birligini, millat va elatlarning tiliga, huquqiy maydon doirasidagi urf-odatlari va an’analariga izzat-hurmat munosabatini mustahkamlash, ularning to‘la huquqli rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlash;

respublikaning barcha millat va elatlari sa’y-harakatlarini olijanob g‘oya — mamlakat suverenitetini mustahkamlash va barqaror rivojlantirish, davlatning hududiy yaxlitligini mustahkamlash maqsadlariga erishish g‘oyasi atrofida birlashtirish, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini va demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jarayonlarida ularning faol ishtirokini ta’minlash;

millatchilik va shovinizm namoyon bo‘lishi ehtimoliga qarshi kurashish, fuqarolarning millatiga qarab kamsitilishiga hamda Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

6. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

fuqarolarning teng huquqliligi;

ijtimoiy adolat;

qonun ustuvorligi;

millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini o‘zaro hurmat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan chet ellarda yashovchi fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish;

O‘zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi.

3-bob. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

7. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish va millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;

millatlararo munosabatlar va chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

jamiyatda ko‘p millatli katta oila his-tuyg‘usini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijdagi o‘zbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e’tibori va imijini oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarini, ilg‘or xorijiy tajribani e’tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

4-bob. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari

8. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish tahlil, rejalashtirish, prognozlashtirish prinsiplari asosida amalga oshiriladi va ularda quyidagilar nazarda tutiladi:

a) chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish va millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:

millatlararo munosabatlar sohasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

millatlararo munosabatlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari va fuqarolik jamiyatining institutlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash;

fuqarolarning etnomadaniy talablarini o‘rganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milliy sabablarga ko‘ra ehtimol tutilgan mojarolarning oldini olishga ko‘maklashuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi rolini kuchaytirish;

millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yorituvchi ommaviy axborot vositalarini rag‘batlantirish;

turli millatlar va elatlarning tillarida nashr etiladigan ommaviy axborot vositalari rivojini qo‘llab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, millatlararo bag‘rikenglik mavzularidagi, oilaviy qadriyatlarni, millat va elatlarning O‘zbekistonda yashab o‘tgan va istiqomat qilayotgan, jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho hissa qo‘shgan atoqli namoyandalari ma’naviy-madaniy va ilmiy merosini targ‘ib qiluvchi materiallarni yoritish amaliyotini kengaytirish;

millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ushbu sohadagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishni tashkillashtirish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;

b) millatlararo munosabatlar va chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish sohasida:

fuqarolarning milliy mansubligi va ona tilidan qat’i nazar ularning barchasi uchun mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida teng huquqli ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlash prinsipini amalga oshirishga ko‘maklashish;

fuqarolarning milliy mansubligidan qat’i nazar ularning barchasi uchun mehnat qilish, kasbni va ish joyini erkin tanlashda teng huquqlarni ta’minlash choralarini amalga oshirish;

viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, ijtimoiy adolat va fuqarolarning teng huquqliligi prinsiplarini amalga oshirish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni ta’minlash uchun ularning salohiyatidan oqilona va samarali foydalanish;

joylarda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish, ayniqsa, qishloq joylarda va borish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda, turli millat va elat vakillari zich yashaydigan joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik rivojini qo‘llab-quvvatlash;

O‘zbekistonning yagona iqtisodiy, axborot va madaniy-ta’lim makonini rivojlantirish maqsadida davlat kommunikatsiya va axborot tizimlarini yanada takomillashtirish;

fuqarolar uchun ona tilida ta’lim olish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;

v) jamiyatda ko‘p millatli katta oila his-tuyg‘usini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida:

respublikamizda yashovchi millat va elatlarning tarixiy merosini, milliy madaniy qadriyatlariga izzat-hurmat muhitini saqlash, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash;

ishga qabul qilishda, kadrlar zaxirasini shakllantirishda fuqarolarning teng huquqliligi prinsipi amalga oshirilishini ta’minlash;

jamiyatda millatlararo muomala madaniyatini, bag‘rikenglikni, fuqarolarning sha’ni va milliy qadr-qimmatini hurmat qilishni shakllantirish maqsadida pedagog kadrlar ta’limi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, o‘quv adabiyotlari va ta’lim dasturlarini takomillashtirish;

aholi, ayniqsa yoshlarni fuqarolik mas’uliyatini his etish, vatanparvarlik va ona-Vatanga mehr-muhabbat, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining tarixiy o‘tmishi va an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash;

O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi salbiy tendensiyalar, tahdidlar, ziddiyatlar va mojarolarning barvaqt oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish, ularning siyosiy tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan davlat darajasida chora-tadbirlar ishlab chiqish;

millatlararo munosabatlar madaniyatini oshirish, jamiyatda ekstremizm va turmushdagi millatchilikning har qanday shakl va ko‘rinishiga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, boshqa etnik guruhlarning milliy qadriyatlariga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish holatlariga barham berish;

mamlakatda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni buzishga va millatlararo adovatni avj oldirishga qaratilgan tashqi buzg‘unchi axborot-mafkuraviy ta’sirga samarali qarshi kurashish sohasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan doimiy asosda o‘zaro hamkorlik qilish;

millatlararo toqatsizlik yoki bolalar va yoshlar orasida dushmanlik ko‘rinishlari profilaktikasi bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishga fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan bolalar va yoshlar jamoat tashkilotlarini jalb etish;

O‘zbekistonda yashovchi millat va elatlarning tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish hamda rivojlantirish bo‘yicha faoliyat jarayonlariga yosh avlod vakillarining jalb etilishini kengaytirish choralarini ko‘rish;

ommaviy axborot vositalarida millatlararo nafrat yoki dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan materiallar yoritilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, millatlararo munosabatlarni yoritish masalalarida umuminsoniy va professional etika normalariga rioya etish maqsadida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

g) millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijdagi o‘zbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e’tibori va imijini oshirish sohasida:

“xalq diplomatiyasi” mexanizmlaridan foydalanish orqali xorijiy mamlakatlarning fuqarolik jamiyatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlash;

buzg‘unchi millatchilikdan kelib chiqayotgan tahdid va xavf-xatarlarni borasida umumiy tushunchalarni ishlab chiqish, uning ko‘rinishlariga qarshi kurashish yo‘llarini izlash va birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, millat va elatlarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, millatlararo totuvlik va millatlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash;

xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalari bilan “xalq diplomatiyasi” asosida aloqa o‘rnatish va uni izchil rivojlantirish;

fuqarolarning maqbul etnomadaniy talab-ehtiyojlari qondirilishini kafolatlaydigan demokratik davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi obro‘-e’tibori va imijini oshirish hamda mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ko‘rish;

chet ellarda o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishga ko‘maklashish;

O‘zbekistondagi millat va elatlarning madaniy va tarixiy merosi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi uchun uning roli va ahamiyati ommalashtirilishini ta’minlash;

monitoring, tahlil va prognozlashtirish vositasida O‘zbekistondagi millatlararo munosabatlar holatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan xalqaro munosabatlardagi salbiy tendensiyalarni aniqlash;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida O‘zbekiston fuqarolari va xorijda yashovchi vatandoshlarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

chet ellardagi o‘zbek diasporasi bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirish;

mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, etnomadaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shni mamlakatlarda istiqomat qiluvchi oilalar va qarindoshlarning erkin bordi-keldisi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida chegaraoldi hamkorligi mexanizmlarini qo‘llash;

d) O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarini, ilg‘or xorijiy tajribani e’tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida:

mamlakat fuqarolarining irqiy, milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar ularning teng huquqliligini ta’minlash, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, millatlararo munosabatlarda toqatsizlikning har qanday shakl va ko‘rinishlarining oldini olish va ularga chek qo‘yish maqsadida millatlararo munosabatlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;

davlat boshqaruvi tizimida, davlat ahamiyatiga moyil normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda O‘zbekistondagi millat va elatlarning manfaatlari va milliy-madaniy talab-ehtiyojlari hisobga olinishiga ko‘maklashuvchi huquqiy shartlarni ta’minlash;

davlat va jamiyatning yaxlitligi va birligini mustahkamlash, fuqarolarning o‘zligini anglashi, O‘zbekistondagi millat va elatlarni etnik-madaniy rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, millatlararo muloqotni yaxshilash va mojarolarning oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish, ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etish, xalqaro shartnomalarni tuzish;

millatlararo ziddiyat va mojarolarning oldini olish va ularga barham berish sohasida turli darajalardagi davlat organlari rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari va javobgarligini aniq belgilash va chegaralash;

millatlararo adovat, nafrat yoki dushmanlikni avj oldirish yo‘li bilan davlat xavfsizligini izdan chiqarishni maqsad qilib olgan buzg‘unchilik faoliyati profilaktikasi va uning oldini olish bo‘yicha huquqiy va axborot tusidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

5-bob. Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari

9. O‘zbekistonni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga, uning madaniy, ilmiy, ma’naviy merosi va zamonaviy yutuqlarini saqlash va ommalashtirishga ko‘maklashishga intilayotgan milliy madaniy markazlar o‘z faoliyatini amalga oshirishida O‘zbekiston har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

Millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishni ta’minlash, mamlakatda millatlararo tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonda yashayotgan millat va elatlarning madaniyati, tili va an’analarini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, hamkorlik ko‘lamlari va shakllariga qarab milliy madaniy markazlarga davlat tomonidan quyidagi qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralari ko‘rsatilishi mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini o‘rganish, shu jumladan badiiy, teatr jamoalari va klublari uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘lari hisobidan davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar taqdim etish;

milliy madaniy markazlar negizida yoshlar bo‘linmalarini tashkil etishga ko‘maklashish;

O‘zbekistonning rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan milliy madaniy markazlar faollarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish;

davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning boshqa choralari.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

10. Qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish va uning natijalari, milliy mansubligidan qat’i nazar fuqarolarning teng huquqliligi kafolatlarini, shuningdek, millatlararo adovatni avj oldirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga qarshi kurashish ishlarini olib borishni ta’minlash yuzasidan javobgar bo‘lgan asosiy subyektlar etib quyidagi davlat organlari belgilangan:

a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, mazkur qo‘mita davlat boshqaruvi organi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlarni va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi, uning zimmasiga:

mamlakat va jamiyatda millatlararo totuvlik hamda bag‘rikenglikni ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini izchil amalga oshirish;

millatlararo munosabatlar monitoringining davlat tizimini yaratish, do‘stlik muhitini va yagona ko‘p millatli katta oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan bahamjihat harakati va hamkorligi muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

respublikada istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va marosimlarini saqlab qolish va rivojlantirishga ko‘maklashish;

millatlararo munosabatlarni va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishga ko‘maklashish va ularni o‘tkazishda bevosita ishtirok etish vazifalari yuklangan;

b) xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishda do‘stlik jamiyatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasiga ko‘maklashuvchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;

v) milliy madaniy markazlarni va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

g) tegishli hududlarda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;

d) millatlararo adovatni avj oldirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi huquqni muhofaza qilish organlari.

11. O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro hujjatlarni tuzadi, O‘zbekistonning davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan xorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalar va almashinuvlar rivojlanishini rag‘batlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi.

12. Konsepsiyani samarali amalga oshirish jamiyatda do‘stlik, hamjihatlik va jipslik muhitini yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi va quyidagilarga ko‘maklashadi:

mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning madaniy va milliy o‘ziga xosliklarini saqlab qolish asosida ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasi xalqining birligi his-tuyg‘usini mustahkamlash;

jamiyatda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan millatlararo kelishmovchilik va mojarolarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish uchun millatlararo munosabatlar sohasida ta’sirchan monitoring mexanizmlarini shakllantirish, millatchilikning har qanday ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik;

millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari sohasida hududiy dasturlarni amalga oshirish;

O‘zbekistonda yashab turgan barcha millat va elatlarning milliy-madaniy o‘ziga xosligini saqlab qolish va hozirgi sharoitda erkin rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi PF-5876-son Farmoniga

2-ILOVA

2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha

“YO‘L XARITA”SI

T/r


Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish

1.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish.



1. Fuqarolarning etnomadaniy talablarini o‘rganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, millatchilik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga ko‘maklashayotgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — MMXMDAQ) qoshidagi Jamoatchilik kengashining rolini oshirish.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

SMTI (E. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Fuqarolik jamiyati instituti bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.

2019 — 2021-yillar davomida

2.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish.



1. Mamlakatning nodavlat notijorat tashkilotlarini millatlararo munosabatlar sohasida huquqni qo‘llash amaliyoti ustidan jamoat nazoratini ta’minlash jarayoniga jalb etish bo‘yicha MMXMDAQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati va Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan qo‘shma harakatlar rejasini milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari vakillari ishtirokida muhokama qilish.

3. Harakatlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

O‘zNNTMA (N. Alimov),

“Yuksalish” umummilliy harakati

(A. Burxanov),

FJRM (R. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish.



1. Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion tadqiqotlarning mavzularini belgilash.

2. Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion tadqiqotlar tanlovini o‘tkazish.

3. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va ularga loyihani amalga oshirish uchun grant mablag‘lari ajratish.

4. Loyihani amalga oshirish doirasida tadqiqotlar o‘tkazish.

5. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama huquqiy va tashkiliy-texnik yordam ko‘rsatish.

6. Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish faoliyatini takomillashtirish maqsadida tadqiqotlarning natijalaridan foydalanish.

2019 — 2021-yillar davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmanov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatini markaziy va mahalliy teleradiokanallar, gazeta va jurnallarda yoritish.



1. Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatiga bag‘ishlangan teleradioeshittirishlar, hujjatli va badiiy filmlar, publitsistik maqolalar turkumini tayyorlash.

2. Tayyorlangan materiallarning muntazam yoritib borilishini tashkil etish.

2020-yil 1-fevralgacha

Jadval bo‘yicha

MTRK (A. Xodjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

O‘zA (A. Ko‘chimov),

“O‘zbekkino” MA (Sh. Rizayev),

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

(S. Xakimov),

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

EOAVMA (F. Abduxoliqov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Millatlararo munosabatlar sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng ko‘lamda tushuntirish maqsadida davlat organlari rahbarlarining, fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari, ekspertlari hamda vakillarining ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarini, uchrashuvlar, taqdimotlar, davra suhbatlari hamda boshqa tadbirlarni tashkillashtirish.



1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Tadbirlarni o‘tkazish.

2019-yil 1-dekabrgacha

2019 — 2021-yillar davomida

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

MTRK (A. Xodjayev),

EOAVMA (F. Abduxoliqov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash.



1. Ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar va umummilliy ideallarni targ‘ib qiluvchi va ularni jamoatchilik ongida mustahkamlovchi istiqbolli media-loyihalar, axborot mahsulotlari (teleko‘rsatuvlar, shou, filmlar, maqolalar, roliklar va hokazolar) ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash.

2. Millatlararo o‘zaro hamkorlik masalalarini ommaviy-axborot vositalarida eng yaxshi yoritish tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish.

3. Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi monitoringini olib borishda fuqarolik jamiyati institutlariga va jurnalistlar hamjamiyatiga ko‘maklashish, mazkur sohada jurnalistlar malakasini oshirish borasida ular uchun seminarlar o‘tkazish.

4. Turli millatlarning tilida nashr etiladigan ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, millatlararo bag‘rikenglik, oilaviy qadriyatlarni, O‘zbekistonda yashab o‘tgan va yashab kelayotgan, jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho hissa qo‘shgan millat va elatlar atoqli vakillarining ma’naviy-madaniy va ilmiy merosini targ‘ib qilish mavzusidagi materiallarni chiqarish amaliyotini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

2019 — 2021-yillar davomida

MTRK (A. Xodjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

O‘zA (A. Ko‘chimov),

“O‘zbekkino” MA (Sh. Rizayev),

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

(S. Xakimov),

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

EOAVMA (F. Abduxalikov),

SSP (A. Ikramov),

Mdaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Etnomadaniy infratuzilmani, jumladan milliy madaniy markazlarning, shuningdek, faoliyati millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish doirasidagi vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan davlat muassasalarining etnomadaniy infratuzilmasini rivojlantirish.



1. Joylardagi mavjud “Do‘stlik uylari” holatini o‘rganish.

2. O‘rganish natijalarini umumlashtirish va “do‘stlik uylari” faoliyatini takomillashtirish takliflari bayon etilgan axborot-tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.

3. Etnomadaniy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.

4. Harakatlar rejasini amalga oshirish.

2019-yil 15-dekabrgacha

2020-yil 1-yanvargacha

2020-yil 10-yanvargacha

2019 — 2021-yillar davomida

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Adliya vazirligi (R. Davletov),

FJRM (R. Kamilov),

O‘zNNTMA (N. Alimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, respublikada yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’analari hamda urf-odatlarini saqlab qolish va rivojlantirish

8.

Qo‘shimcha ish joylari, shu jumladan mamlakatning olis hududlarida ish o‘rinlarini yaratish uchun xalq hunarmandchiligi tarmoqlarini rivojlantirish.



1. Xalq hunarmandchiligi tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

2. Xalq hunarmandlarining ko‘rgazmalarini o‘tkazish va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish.

3. Ish o‘rinlarining sayyor yarmarkalarini o‘tkazish orqali aholini bandlik bilan qamrab olish choralarini ko‘rish.

4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy yordam berish va ko‘maklashish.

2019 — 2021-yillar davomida

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev),

Mehnat vazirligi (N. Husanov),

SSP (A. Ikramov),

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish va O‘zbekistondagi millat va elatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida O‘zbekistonning turistik mahsulotlarni ommalashtirish, shu jumladan joylarda etnoturizmni rivojlantirish.



1. Etnoturizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va tahlil qilish.

2019-yil 15-dekabrgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(A. Akkulov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

TIV (A. Kamilov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. O‘zbekiston Respublikasida etnoturizmni rivojlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2020-yil 15-yanvargacha

3. Chora-tadbirlar rejasi loyihasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-fevralgacha

4. Etnoturizm sohasidagi turistik loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

10.

Fuqarolarning ona tilida ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash darajasini oshirish.



1. Ishchi guruhini tuzish.

2. O‘qitish turli millatlarning tillarida olib boriladigan ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv-qurollari va zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligi holatini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Ushbu sohadagi ishlarning holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-dekabrgacha

2019-yil 31-dekabrgacha

2020-yil 15-yanvargacha

XTV (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

MTV (A. Shin)

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyalar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jamiyatda ko‘p millatli katta oila tuyg‘usini, respublikada istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik

11.


Aholi, shu jumladan bolalar va yoshlarda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, sha’n va qadr-qimmat, fuqarolik mas’uliyati, shuningdek, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuyg‘usini mustahkamlash.

1. “Millatlararo totuvlik — Vatanimiz tinchligi va gullab-yashnashi garovi” mavzusida aksiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.

2019 — 2021-yillar davomida

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

MTRK (A. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Milliy madaniy markazlarning vakillari, olimlar, ekspertlar, yoshlar, O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari ishtirokida Xalqaro bag‘rikenglik kuniga (16-noyabr) bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish hamda uni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali keng yoritish.

Har yili noyabrda

3. Milliy madaniy markazlar ijodiy jamoalarining konsertlarini, xalq bayramlari va milliy bayramlarga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda milliy madaniy markazlar vakillarining chiqishlarini tashkillashtirish.

4. Turli tillardagi kitobxonlar o‘rtasida xilma-xil tanlovlarni o‘tkazish, ularning g‘oliblarini taniqli shaxslar (shoirlar, yozuvchilar, aktyorlar, jamoat arboblari va boshqalar) ishtirokida mukofotlashni tashkillashtirish.

Jadval bo‘yicha

12.

Turkum davra suhbatlari va ijodiy ishlar tanlovlarini tashkil etganholda yoshlar o‘rtasida “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini o‘tkazish.



1. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Materiallar tayyorlash, (ma’ruzalarning matnlari, taqdimotlar, tarqatma, tushuntiruvchi va multimedia materiallari.

3. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini o‘tkazish.

Har yili 15-oktabrgacha

Har yili 30-oktabrgacha

Har yili noyabrda

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

XTV (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.


Jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni qo‘porishga qaratilgan ekstremizm, ksenofobiya, milliy ustunlik g‘oyalarini targ‘ib qilish va tarqatishga nisbatan murosasizlik vaziyatini shakllantirish.

1. Mutaxassis va olimlardan iborat targ‘ibotchilar guruhlari tarkibini hamda chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

FRM (R. Kamilov),

XTV (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tushuntiruvchi va metodik materiallarni ishlab chiqish.

3. Targ‘ibotchilar guruhlarini zarur metodik materiallar (ma’ruzalar matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar va boshqalar) bilan ta’minlash.

2020-yil 1-yanvargacha

4. Interaktiv metodlar va multimedia vositalaridan foydalangan holda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida seminarlar tashkil etish.

2019 — 2021-yillar davomida

14.


Ksenofobiya, milliy ustunlik g‘oyalari hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan boshqa g‘oyalarning tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida publitsistik, ma’rifiy va ilmiy-omambop materiallarni joylashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish va harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2. Ushbu mavzuga bag‘ishlangan publitsistik, ma’rifiy va ilmiy-ommabop materiallar tayyolash.

3. Ushbu mavzularni teleradiokanallarida, bosma nashrlarda va boshqa ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish.

2019-yil 1-dekabrgacha

2020-yil 15-yanvargacha

Jadval bo‘yicha

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

MTRK (A. Xodjayev),

EOAVMA (F. Abduxoliqov),

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

(S. Xakimov),

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

IHMM (A. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Fuqarolik jamiyati institutining vakillari ishtirokida Internet tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish.



1. Millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qarshi kurashish bo‘yicha publitsistik, ma’rifiy va ilmiy ommabop materiallar tayyorlash.

2020-yil 1-fevralgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

SMTI (E. Aripov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

FJRM (R. Kamilov),

O‘zNNTMA (N. Alimov),

IHMM (A. Saidov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maqsadli mavzularga oid materiallarni Internet tarmog‘i veb-saytlarida joylashtirish va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish.

3. Fuqarolik jamiyati institutlarining vakillar ishtirokida Internet tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda millatchilik g‘oyalari targ‘ib qilinishiga qarshi kurashish bo‘yicha seminarlar va treninglar tashkil etish.

2019 — 2021-yillar davomida

16.


Millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Millatlararo munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

2019-yil 1-dekabrgacha

2020-yil 1-yanvargacha

2019 — 2021-yillar davomida

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

DBA (X. Azizov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan millatlararo ixtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.



1. Millatlararo ixtiloflarning oldini olish va profilaktika qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning tajribasini tahlil qilish.

2019-yil 15-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

SMTI (E. Aripov),

IIV (P. Bobojonov),

TIV (A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Millatlararo munosabatlar sohasida, mayda millatlar vakillarini kamsitish muammolari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni, shuningdek, ular yuzasidan ko‘rilgan choralarni tahlil qilish.

2020-yil 1-yanvargacha

3. Ushbu sohada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar va nizoli vaziyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida millatlararo munosabatlarning holatini monitoring qilish tizimini tashkil etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-fevralgacha

18.


Jamiyatda millatlararo munosabatlarni saqlab turish va rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish va uning natijalarini keng ko‘lamda yoritish.

1. Jamiyatda millatlararo munosabatlarni saqlab turish va rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini dasturiy tadqiq etish va o‘rganish.

2. Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mohiyati va ahamiyatini tushuntirib beruvchi maqsadli bosma nashrlar va videomahsulotlarni e’lon qilish hamda keng jamoatchilik orasida, shuningdek, chet ellarda tarqatish.

2020-yil 1-fevralgacha

“Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Millatlararo munosabatlarni mustahkamlash maqsadida xalqaro hamkorlikni va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va chet ellardagi o‘zbek diasporalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e’tibori va imijini oshirish

19.


Millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohasida MMXMDAQning xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash.

1. MMXMDAQ bilan O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlarning (BMT, EXHT, ShHT, MDHning sohaga oid tuzilmalari va boshqalar) vakolatxonalari o‘rtasida millatlararo munosabatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash masalasini ko‘rib chiqish.

2020-yil 1-yanvargacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

TIV (A. Kamilov),

SMTI (E. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va idoralararo kelishib olish.

2020-yil 1-maygacha

3. Hujjatlarning loyihalarini xorijiy tomon bilan kelishish.

2020-yil iyungacha

4. Xorijiy tomon bilan hujjatlarni imzolash.

Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha

20.

Gumanitar, madaniy, ma’rifiy va axborot sohalarida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida MMXMDAQ bilan xorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar hamda boshqahujjatlarini ishlab chiqish va imzolash.



1. Xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarini aniqlash.

2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarning loyihalarni ishlab chiqish va idoralararo kelishib olish.

3. Hujjatlarning loyihalarini xorijiy tomon bilan kelishish.

4. Hujjatlarni imzolash.

2020-yil 1-iyulgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

TIV (A. Kamilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.


Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do‘stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, unda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutish:

do‘stlik jamiyatlarining raislari asosiy ish joyida lavozimlaridan ozod qilingan taqdirda raisning vazifalarini tegishli lavozimlariga yangidan tayinlangan shaxslar zimmasiga yuklash;

do‘stlik jamiyatlariga ular raislarining asosiy ish joyi joylashgan binolarda beg‘araz asosda xizmat xonalarini berish va barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash;

do‘stlik jamiyatlarini moliyalashtirishning doimiy manbaini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan taqdim etiladigan subsidiyani aniqlash.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini o‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi

(A. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 20-dekabrgacha

22.


Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish.

1. Xalqaro konferensiya o‘tkazishni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish va uni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

2. Xalqaro konferensiya ishtirokchilari tarkibini belgilash.

2020-yil 1-sentabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

TIV (A. Kamilov),

SMTI (E. Aripov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Xalqaro konferensiyani o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha Hukumat farmoyishi loyihasini tayyorlash va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-noyabrgacha

4. Konferensiyani o‘tkazish.

2021-yil aprel

5. Konferensiya materiallari to‘plamini nashr etish, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, hamkorlikni, hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashadigan konferensiyaning tavsiyanomalarini tayyorlash va qabul qilish.

2021-yil 15-maygacha

23.


O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik, MMXMDAQning, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining faoliyati to‘g‘risida uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kitob-albom nashr etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Materiallar yig‘ish va tahlil qilish.

3. Uch tilda kitob tayyorlash va nashr etish.

4. Kitobni diplomatik va rasmiy yo‘llar orqali tarqatish.

2019-yil 1-dekabrgacha

2020-yil 1-yanvargacha

2020-yil aprel

2020-yil may

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

SMTI (E. Aripov),

Fanlar akademiyasi (B. Yo‘ldoshev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Badiiy akademiya (A. Nuriddinov),

TIV (A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijdagi o‘zbek diasporalari bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish.



1. Xorijdagi o‘zbek diasporalarining hayoti va faoliyati bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish.

2. Milliy madaniy ehtiyojlarni qondirish sohasida o‘zbek diasporalarining huquqlari, shuningdek, xorijda yashovchi vatandosh-larimizning huquq va erkinliklari buzilishi faktlarini monitoring qilish.

3. Xorijdagi o‘zbek diasporalari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish takliflarini ishlab chiqish.

4. O‘zbek diasporalari yoshlarini qo‘llab-quvvatlash.

5. O‘zbek diasporalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muntazam asosda axborot, madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlar o‘tkazib turilishini tashkillashtirish.

2019 — 2021-yillar davomida

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

TIV (A.Kamilov),

Mehnat vazirligi (N. Xusanov),

IIV (P. Bobojonov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyat rivoji ustuvorliklarini, ilg‘or xorijiy tajribani e’tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

25.

Millatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida xorijiy tajribani o‘rganish va tahlil qilish,keyinchalik qonun hujjatlarinitakomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.



1. Millatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish bo‘yicha mutaxassislar, ekspertlar va olimlardan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

TIV (A. Kamilov),

SMTI (E. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qonunchilikni takomillashtirishga oid tahliliy materiallar va asoslangan takliflar tayyorlash.

2020-yil 15-yanvargacha

3. Takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-fevralgacha

26.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi nizomini qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirda tayyorlash hamda uning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini qabul qilish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2020-yil 1-yanvargacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash muammolarini muhokama qilish yuzasidan Jamoatchilik kengashi majlislarini o‘tkazish.

Har chorakda

Izohlar:


1) huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqqan holda tadbirlarni amalga oshirish shakli o‘zgartirilishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.

2) ikki va undan ko‘proq bandlar birlashtirilganda birlashtirilayotgan bandlar uchun belgilangan eng kech muddat bajarish muddati sifatida o‘rnatiladi.
Download 23,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish