416
Tarbiyalanuvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish
yuzasidan qilinadigan ishlarimiz bo‘yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni
oldimizga maqsad qilib qo‘yish lozim:
1. MTM tarbiyalanuvchilarining yosh va psixologik
xususiyatlarini hisobga
olgan holda, ularning vatan va vatanparvarlik mavzusiga bo‘lgan qiziqishlarini
o‘rganish;
2. MTMdan tashqari jarayonda tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashiga ta’sir
etuvchi omillarni aniqlash;
3. Tarbiyalanuvchilar qiziqish bilan ishtirok etadigan tadbirlarni aniqlash;
4. Tadbir ssenariylarini tuzishda bolalarni jalb qiladigan tomonlarga alohida
e’tibor qaratish;
5. Tarbiyaviy tadbirlar mazmunini vatanparvarlik mavzusi bilan boyitish
orqali
tarbiyalanuvchilarda vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirishga erishish;
6. MTM tarbiyalanuvchilari ongiga milliy qadriyatlar mazmunida ifoda etilgan
vatanparvarlik xususidagi g‘oyalarni singdirish orqali, ularning Vatan tushunchasini
anglashlariga ko‘maklashish;
7. MTM guruhlarning har birida vatanparvarlik burchaklarini tashkil qilish
ishlarida qatnashish.
Xulosa sifatida yuqoridagi mulohazalarni umulashtirsak: birinchidan, MTM
tarbiyalanuvchilarida vatanparvarlik, insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish
jarayonini tahlil qilish tarbiyalanuvchilarda vatanparvarlikning shakllangan mavjud
darajasi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini va vatanparvarlikni
shakllantirishga ko‘maklashadigan didaktik vositalar
hamda manbalarni aniqlashga
yordam
beradi.
MTM
tarbiyalanuvchilarida
vatanparvarlik,
insonparvarlik
fazilatlarini shakllantirishning turli usullari va metodlaridan foydalanishga oid ilmiy-
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Ikkinchidan, MTM
tarbiyalanuvchilarida vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish
jarayonini
faqat MTMda emas, balki muassasadan tashqari oilaviy tadbirlarda ham
tarbiyalanuvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish ustida
izchil ish olib borish zarurligini ko‘rsatadi.
Uchinchidan, asosiy diqqat-e’tiborni
417
mashg‘ulotlarda vatanparvarlikni shakllantirishning turli omillari va vositalaridan
foydalanib, uning samaradorligini oshirishga qaratish lozimligi aniqlanadi.
To’rtinchidan, mashg‘ulot jarayonida milliy qadriyatlardan o‘rinli va samarali
foydalanish tarbiyalanuvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishning muhim omili
ekanligi aniqlandi.
Мazkur yosh davrida bolada sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur, xotira kabi bilish
jarayonlari rivojlana boshlaydi bu yoshda biz bolani
ichki dunyosini qanday
boyitsak, u shu olamda yashaydi va kamol topadi.
Shunday ekan, kelajagimiz egalari bo’lmish beg’ubor bolalarimizning kelajagi
qanday shaxs bo’lib voyaga yetishiga befarq bo’lmasak, ularning ma’naviy dunyosini
boyitib kamolga yetkaza olsak, biz har tomonlama yetuk,
intellektual salohiyatli,
vatanparvar, barkomol shaxslar bo’lib, yetishishiga erishgan bo’lardik. Bir so’z bilan
aytganda, vatanparvarlik,
insonparvarlik fazilatlari
insonning eng
yuqori
tuyg’ularidan bo’lib, uni bolalarimizda maktabgacha tarbiya yoshidanoq
shakllantirishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: