O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Abduvalitov Nurjan Buranovich - 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


422 
ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go’zallik va xunuklik, vatanparvarlik, 
insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish va ular haqidagi xilma-xil talqinlarga duch 
kelganda ongli va jonli munosabat bildira olishga, shular asosida o’zlaridagi axloqiy-
ma’naviy fazilatlar majmuini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. 
Maktabda adabiyot darslarida, darsliklarida milliy adabiyot bilan barobar jahon 
adabiyoti durdonlari ham o’rganiladi. Adabiyot darsliklaridan o’rin olgan jahon 
adabiyoti namunalari ham
o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning omili 
bo’lib xizmat qiladi
.
Masalan, milliy maktablarning 5-sinfida gruzin adibi Nodar 
Dumbadzening «Hellados» hikoyasi o’qitiladi. Yozuvchi tomonidan “Hellados” 
hikoyasida bolalar hayoti, ular orasidagi murakkab munosabatlar mahorat bilan 
tasvirlangan. Asarda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ulari o’ziga xos tarzda ifoda 
etilgan. Biz maqolamizda ushbu asarni tahlil qilar ekanmiz, hikoyadagi voqealar 
asosida o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish masalasi haqida so’z 
yuritmoqchimiz. 
Hikoya o’n to’rt yoshli ko’cha bezorisi Yangulini tasvrilashdan boshlanadi. 
Ya’ni Yanguli hech qareda o’qimas, otasining yumishlariga qarashadigan va goh-goh 
eshakda qo’shnilariga sut-qatiq tarqatar edi. Asar voqeasi Venetsian ko’chasidagi 
istiqomat qiluvchi barcha bolalar ustidan hukmronlik qiladigan Yanguli bilan 
yaqindagina ko’chib kelgan Jamol o’rtasidagi hayratomuz tanishuvi bilan davom 
etadi. Yanguli nazarida Jamol boshqa bolalarga o’xshamasdi. U irodali, ayni paytda 
o’ziga hukm o’tkazishlariga yo’l qo’ymaydigan darajada mag’rur bola edi. Jamol 
mana shunday hislatlari bilan Yangulini qiziqtirib qo’yadi, qolaversa o’ziga nisbatan 
adovat uyg’otadi. Xush, ammo bu adovatning asl sababi nima edi? Yanguli nima 
uchun bunday olishuvni, murosasiz kurashni boshladi? Natijada ushbu kabi savollar 
hikoyaning rivojlanishi va qanday tugashi o’quvchilarda asarga bo’lgan qiziqishini 
uyg’otishi tabiiy holdir.
Hikoyadagi Yangulining Jamol bilan ikkinchi marta olishiv, oz muddat bo’lsa 
ham g’alabaga erishgannan keyingi aytgan so’zlariga e’tibor bering: 
“ – Bolalar! Men, Yanguli Aleksandridi, sizlar saylagan sardor, sizlarga, 
Venetsian ko’chasining hur farzandlariga murojaat qilaman! Ro’parangizda tbilisilik 


423 
rangpar laqma bilan uning jiyani – vatan va qabila xoini, mishiqi Koka turibdi. 
Mana bu rangpar kelgindi bizning mehmondo’stligimiz va muruvvatimizdan 
bahramand bo’lish o’rniga – xudo siylagan erimizni, dengizimizni, jamiki 
daryolarimiz, oltin va kumushlarimiz, o’tloqlarimizni o’ziniki qilib olmoqchi…” 
[1, 
167]
 
Ushbu parchaga e’tibor bersak, o’n to’rt yashar ko’cha bezorisi Yangulining 
to’da olidda so’zlagan nutqi balkim, Jamol nazarida maynovachilikdan boshqa narsa 
emasdir. Ammo Yanguli o’zi ulg’aygan Venetsian ko’chasini butun bir Vatan deb 
bilardi. U o’z “vataniga” faqat o’zi hukmron bo’lishni istar, “vatanida” paydo bo’lgan 
begona bolaning dadilligi esa uni g’ashini keltirardi, shu bilan birga jinday 
cho’chitardi ham – u, “Vataniga” o’zga bir bola “ega chiqishidan” cho’chirdi. Ha, 
o’quvchida dastlab tarbiyasiz, bezori sifat taassurot qoldiradigan Yanguli o’zi bilib-
bilmasdan guyo Vatan himoyasiga kirishganday edi! Bu esa har ikki bolaning 
murg’ak tasavvurida, qalbida boshlangan yashash va vatan uchun bo’lgan o’ziga xos 
kurashning boshlanishi bo’ldi. 
O’quvchi hikoyaning nihoyasiga yaqinlashar ekan, unda Suxumida yashayotgan 
greklarning o’z yurtiga, Elladaga qaytishi kerakligi bayon qilinadi. O’z-o’zidan 
ma’lumki, Yanguli ham millatdoshlari bilan yurtiga qaytib ketishi lozim edi. O’z 
yurtiga qaytish imkoni yaratilganini Suxumida yashayotgan butun grek xalqi katta 
xursandchilik bilan qarshi olishadi, ammo… ammo bu xabar Yanguliga haqiqiy 
judolik, haqiqiy musibat bo’lib tatiydi. Chunki bu judolik Yanguli uchun ko’plab 
qimmatli tuyg’ulardan 

bolalikdan, muhabbatdan va Vatandan ayro tushmoq edi. 
Muallif ikki o’spirinning xayrlashish oldi qilgan suhbatini yozarkan, nazarimda 
asaridagi, yo’q nafaqat asaridagi, shuningdek real hayotdagi Vatan va Vatanga 
bog’liqlik hissi haqidagi eng go’zal so’zni, eng haqqoniy haqiqatni ayta olgan, desak 
yanglishmagan bo’lamiz. 
– Uch kundan keyin Suxumiga Grettsiyadan paroxod keladi. Bu yerlik greklar 
Elladaga qaytishyapti. Otam ham… 

 
Xo’sh, nima qipti?
 


424 

 
 Ketmoqchi emasman… Otamning gapiga qaraganda, bizning vatanimiz, ona 
tuprog’imiz o’sha yerda… Bizni ajdodlar ruhi chaqirayotganmish, bu nidoga quloq 
solish shart emish…
 
“– Nega birga ketmoqchimassan? – deb so’radim astoydil taajjublanib.
 
Yangulidan ancha vaqtgacha sado chiqmadi.
 
– Qandoq tushuntirsamikin… – deya gap boshladi u nihoyat. – Onam yo’q, 
hatto eslolmayman ham. Otam tunu-kun tomorqada yoki tirikchilik tashvishida… 
Men ko’chada, Venetsian ko’chasida katta bo’ldim… Mening vatanim, mening 
Elladam bu – Suxumi, ko’cha, Chalbash; bu – Koka, Petya, Kurlika, Fema, Qora 
dengiz, ko’prik… – U bir yutinib olib, davom etdi: – Bu – Mida… qolaversa, sen…
 
…A’zoyi badanim jimirlashib ketdi. Bunaqa so’zlarni umrimda birinchi marta 
eshitayotgan edim. 
– Bu nima bo’lmasa? – Men Yangulining ko’kragini ochib, baland ovozda 
o’qidim: – Hellados.
 
– Bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naqd yurakning o’zida! – Yanguli 
qo’lini ko’ksiga qo’ydi”.
[1, 169]
 
Darhaqiqat Yangulining qalbida ota-bobosi tug’ilgan Grettsiya emas, o’zi usib 
ulg’aygan Suxumi Vatan timsolida edi. Oqibatda u o’z jonini bu Vatani uchun, 
Jamoldan qizg’onib ayovsiz mushtlashgan Suxumisi uchun qurbon qildi.
Xulosa shuki, Venetsian ko’chasining hukmdori Yanguli garchi o’qimagan 
bo’lsa ham, uning tabiatan nozik didli, aqli-farosatli bola ekanligining guvohi 
bo’lamiz. U o’zini chindan ham o’z elining hur farzandi deb hisoblaydi. U Venetsian 
ko’chasini, nainki insonlarini, qolaversa, Gruziya yerini, uning dengiz va darayolarini 
o’ziniki deb biladi. Hikoyadagi Yanguli obrazini tahlil qilish asosida o’quvchilar 
ongida Vatanni asrash va himoya qilish kabi xislatlarni singdirish mumkin.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish