1. badiiy asarni tahlil qilish badiiy asarni idrok etish



Download 28,65 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi28,65 Kb.
#502158
Bog'liq
REFERAT16


Badiiy asarni tahlil qilish, tahlilning adabiy-badiiy asoslari. Badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlarni tahlil qilish.

REJA:

1.BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH
2.BADIIY ASARNI IDROK ETISH

Adabiyot oddiy so‘zga hayotbaxsh qudrat ato etib, insoniyatning eng nozik tuyg‘ularini harakatlantiradi, ko‘ngil atalmish sirli va mo‘jizakor dunyosini taftish qiladi; olam va odamning mohiyati, ular o‘zaro munosabatlarining sabab va oqibatlari, yashash mezonlari bilan tanishtiradi. Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, yanada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yurtimiz rahbarining quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”.San’at inson evristik faoliyatining oliy ko‘rinishidir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega ega ekanligi tan olingan haqiqatdir. G‘oyat ko‘p o‘lchovli murakkab butunlik bo‘lmish badiiy adabiyot namunasi o‘quvchi tomonidan to‘liq his etilib, anglanib, nafis adabiyotning sehru jozibasidan atroflicha xabardor bo‘lingandagina ta’sirchan estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik ma’naviyat shakllanishiga xizmat qila olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o‘qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega egadir,- deya ta’kidlaydi adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev. Ta’lim bosqichlarida adabiy asarni o‘rganish – uni badiiy-estetik tahlilga tortish, o‘ziga xos talqinini yaratishdir. Chunki tahlil va talqinsiz hech qanday asarni o‘qib-o‘zlashtirib, o‘rganib bo‘lmaydi.Badiiy tahlil vositasida o‘quvchi asarga chuqurroq sho‘ng‘ib, uning mohiyatini tayin etgan poetik unsurlarni, badiiy-estetik tafakkurni, so‘z sehri va jozibasini teran ilg‘aydi va haqiqiy kitobxon darajasiga erishadi. Zero, asarni uqish – uni o‘qishdan ko‘ra muhimroq. Buni professor A.Rasulov quyidagicha izohlaydi: “O‘qish, uqish jarayonidagi ijodda aql-hush yetakchilik qiladi. Aniqrog‘i, kitobxon bus-butun holda qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Asarni o‘qish, aslida, o‘zi uchun ijro etishdir. Kitobxon voqealarga aralashadi, qahramonlarni jonlantiradi, ularning gap so‘zlarini eshitadi, ruhiy holatlarini yurakdan his etadi”.Ayni shu holatda badiiy matn estetik zavq manbaiga aylanadi. Zotan, o‘quvchida badiiy tahlil malakasi, asar mohiyatini anglash idroki shakllanmasa, u asarni shunchaki ko‘rib chiqadi, uquvsiz o‘quvda esa syujet voqealari bilan tanishadi, qahramonlar taqdiri haqidagi axborotga ega bo‘ladi, nari borsa asar janrini, nima haqda ekanligini anglaydi, xolos. Bunday o‘qish o‘quvchi tuyg‘ulariga, sezgilariga yetarli ta’sir qila olmaydi, ma’naviyatida yangi sarhadlar kashf eta olmaydi, yanayam achinarlisi, bu darajadagi kitobxon badiiy-estetik jihatdan puxta va pishiq asarlarni shunchaki voqealar bayoni, hodisalar tafsilotidan iborat bo‘lgan, badiiyat qonunlariga bo‘ysunmagan sayoz asarlardan farqlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, tor va biqiq dunyoqarash bilan cheklanib qoladi.Bu holatda adabiy matnni o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy muddao – badiiy asardan estetik zavq olib, ruh va e’tiqodni poklash, ma’naviy yuksaklikka erishish tamoyili o‘z ta’sir kuchini yo‘qotadi. Shu bois adabiy ta’lim jarayonida asosiy e’tiborni, pedagogik maqsadni – o‘quvchilarda badiiy tahlil malakasini takomillashtirish orqali ularda yuksak badiiy didni tarkib toptirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va shu asosda ma’naviy-estetik tafakkurini boyitishga, insoniy e’tiqodini mustahkamlashga, shaxs sifatida o‘z-o‘zini kamol toptirib borishga yo‘naltirish lozim.Badiiy matn bilan tanishganda undagi estetik jozibani his qila oladigan, ko‘ngil qatlamlarida turli hayajonlar, insoniy kechinmalar harakatga keladigan, ruhiy kayfiyati o‘zgaradigan, hayolot dunyosi tebranadigan kitobxongina o‘z shaxsiyatidagi kemtikliklarni anglab yetadi, o‘zligini taftish qilish orqali tafakkurini tarbiyalay oladi, ma’naviy olamini yuksaltiradi, komillik bosqichlarini egallashga intiladi. Zotan, badiiy adabiyotning har bir ta’lim bosqichida uzviylik va izchillik asosida o‘qitib borilishi, adabiy ta’limning muayyan sinf, guruh yoki yo‘nalish, oliy ta’limda esa muayyan soha tanlamasligi ham ayni shu xususiyatlar bilan belgilanadi. Muhimi, adabiy ta’lim jarayonida badiiy tahlil malakasini puxta egallagan o‘quvchi-talaba har qanday badiiy asardan estetik zavq tuyadi, uning mohiyatini teran ilg‘aydi va o‘z vaqtini qanday asarlarni o‘qib-o‘zlashtirishga sarflashni juda yaxshi bilib oladi.Badiiy asarni o‘qiganda uning zamirida yotgan botiniy tushunchalarni, falsafiy mushohadalarni anglab yetmaslik, asardan hissiy ta’sirlanmaslik, badiiyatni shakllantirgan vositalar jozibasidan hayratlanmaslik, bir so‘z bilan aytganda “estetik zavq” tuya olmaslik uni tashkil etgan “harflar, gaplar, bo‘lim va boblarni, sahifalarni shunchaki ko‘rib chiqish”, kimningdir, yoki nimaningdir taqdiri to‘g‘risida axborot qabul qilishdan iborat, xolos. Bunday besamar faoliyat uchun vaqt sarflash ham o‘rinsiz. Ammo badiiy tahlil malakasini o‘zlashtirgan kitobxon badiiyatning asl mohiyatini anglab yetadi, undan estetik zavq oladi, ma’naviy barkamollik sari yuzlanadi. Shu bois adabiy ta’lim jarayonida asosiy etirborni o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga, badiiy tahlil malakasini takomillashtirishga qaratish joiz.Adabiyot darslarida asarni o‘rganish bilan bog‘liq jihatlarni, asosan, badiiy tahlil shaklida tashkillashtirish lozim, natijada o‘quvchining badiiy adabiyotga qiziqishi va muhabbati kundalik ma’naviy ehtiyojga aylanadi, chunki, nafosatga intilgan qalbda hamisha ezgu niyatlar yashaydi, yovuzliklar ortga chekinadi. Ana shunda bugungi adabiy ta’limdan ko‘zlanayotgan yuksak ma’naviyatli barkamol shaxslar safi ham kengayib boradi. Ko‘ramizki, bu boradagi asosiy vazifa adabiyot o‘qituvchilari zimmasida. Shu bois, avvalo, har bir adabiyot o‘qituvchisining o‘zida kitobxonlik madaniyati shakllangan bo‘lishi, badiiy adabiyot mohiyatini teran ilg‘ashi, badiiy tahlilning nazariy va metodik asoslarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi shart. “Adabiyot o‘qituvchisi badiiy asarlarni tahlil etish yo‘l-yo‘rig‘ini fanniy asoslarda o‘rganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlil qila olish malakasiga ega bo‘lgan holda o‘quvchilar bilan yuzma-yuz bo‘lmas ekan, adabiy ta’limdan kuzatilgan maqsad amalga oshmaydi”- deya uqtiradi Q.Yo‘ldoshev. Zero, adabiyotning butun borlig‘i, badiiy asarning ma’naviy-estetik mohiyati tahlil va talqin jarayonidagina to‘la namoyon bo‘ladi.Adabiyotni, adabiy asarni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad mukammal tahlil vositasidagina o‘zining oliy yechimini topa oladi. Badiiy tahlil tamoyillariga tayanib ish ko‘rgan pedagog dars jarayonida badiiy matn mavzusi va mazmunini so‘zlab berish, undan “ijtimoiy nasihat” ufurib turgan xulosa chiqarish bilangina cheklanib qolmasdan, o‘z o‘quvchilari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ladi, ularni adabiy-estetik tahlilga to‘g‘ri yo‘naltira oladi. O‘quvchilar badiiy tahlilsiz adabiyotning noyob durdonalarini, sara asarlarni shunchaki bilishlari, sanab o‘tishlari mumkin. Ammo bu o‘lmas asarlarning barhayotligini tayin etuvchi badiiy qimmatni, asl mohiyatni tajribali o‘qituvchi amalga oshirgan tahlil va talqin vositasidagina teran idrok qilish imkoniyatiga erishadilar. Ana shundagina ular Navoiy dahosining buyukligi, Bobur shaxsining dilbarligi, Mashrab ruhiyatining sarkashligi,Cho‘lpon shaxsiyati to‘kisligi, Qodiriy tafakkurining qudrati va jozibasini ruhan va qalban his qiladilar, bu buyuk so‘z san’atkorlarini abadiyatga daxldor etgan badiiy-estetik latofatni chuqur ilg‘aydilar, umuman olganda, adabiyot va badiiy asar mohiyatini anglab yetadilar. O‘z navbatida esa yuksak badiiy didga, barkamol ma’naviyatga ega bo‘ladilar. Demak, adabiy ta’lim jarayonida, badiiy asarni o‘qib-o‘zlashtirishda, badiiyatga daxldor nazariy ma’lumot va tushunchalarni shakllantirishda, shu asnoda ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalashda, o‘quvchilar qalbida badiiyatga, nafosatga, ezgulikka muhabbat uyg‘otishda, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda ham badiiy tahlil birlamchi vazifa bajaradi. Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi o’qish darslariningta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asaming o’ziga xos xususiyatlari vao’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.Badiiy asarda barcha komponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlarrivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qaxramonlarning yangi- yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni,idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Demak, tayyorgarlik davri - sintez-analiz-sintez jarayonini beradi.O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
l.O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatishlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
2.YOzuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga qiziqish uyg’otish.
3.O’quvchilarni asarni emosional idrok etishga tayyorlash.
4.Asar mazmunini tushunishga xalal beridigan so’zlarning lug’aviyma’nolarini tushuntirishdan iborat.Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo’lib, o’qituvchi asar mazmunini vasharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish,qurilish, shahar, qishoq hayotiga doir mavzular o’rganilganda foydalanish mumkin. CHunonchi, 2-sinfda “Metropoliten”, 1-sinfda “Issiqxonada” kabi materiallarni o’rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya uchun reja beriladi va matn o’rganilishidan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga e’lon qilinadi.Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan matnlardan oldin film namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi.Albatta, hozir o’quv filmlari etarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish mumkin.O’qituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali metod hisoblanadi. CHunonchi, 4-sinfda Q.Muhammadiyning she’ri o’rganilayotganda shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha ma’lumot so’zlab berilsa, o’quvchilarning asarni o’qishga qiziqishlari ortadi.Tayyorgarlik davridan so’ng 1 -bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet chizig’i bilan tanishtirish, asarning emosional ta’sirini aniqlashdir.Matn ifodali o’qib beriladi. (2-sinfda o’rganiladigan “Mehribon qiz” matni magnitofon orqali o’qib eshittiriladi).o’qituvchi o’quvchilarga umumiy taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.
1.Hikoyani qaysi o’rni sizga yoqdi?
2.Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?
3.Hikoya o’qilganda siz qaysi o’rinda juda xursand bo’ldingiz? kabi savollar
beriladi
3.Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab o’qish matnni tasvirlash usullaridan foydalanish.Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi tahlil qilishdir. Bu bosqichning vazifasi: syujet rivojining sabab natija bog’lanishini belgilash, ishtirok etish shaxslarning xulq-atvorini va asosiy xususiyatlarini aniqlash, asar kompozisiyasini ochishdir.
Tahlil jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi.Tanlab o’qish. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi.Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab -natija bog’lanishim belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin. 4-sinfda “Tabiatdagi o’zgarishlar berilgan qismlarini topib o’qing (Oltin kuz)”, “Taqachining nasihati”ni o’qing.Tanlab o’qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. U o’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlarini o’stirish bilan ularning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o’stirishga yordam beradi.Berilgan savolga o’z so’zi bilan javob berish.Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, qatnashuvchi shaxslarni baholashga muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va muayyan izchillikda bo’lishi kerak. SHu bilan bir qatorda o’quvchilarning mustaqil fikrlashga o’rgatilishi lozim. Boshlang’ich sinf darsliklarida savollarga javob berish ish turiga katta o’rin berilgan. O’qituvchining vazifasi ana shu savollardan unumli foydalanish va ijodiy xarakterdagi savollarni ko ’proq berishi t alab etiladi.4-sinfda “Qodir bilan Sobir” matni yuzasidan o’quvchilarni o’z fikrini aytishga undovchi Sobir o’qishdan kechikish sababini ochiq aytib to’g’ri qildimi? Uning o’rnida siz bo’lganingizda nima qilardingiz? kabi savollar o’quvchil arning fikrlash qobiliyatlarini, og’zaki nutqlarini o’stiradi va matnni yaxshi o’zlashtirishlariga olib keladi.O’quvchilarni savol berishga o’rgatish.Metodistlarning fikricha, to’g’ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo’ladi.O’quvchilar matnni ongli o’zlashtira olsalargina, u yuzasidan savol bera oladilar.O’quvchilarni savol berishni o’rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.O’quvchilar albatta savolni matn mazmuni bilan bog’liq holda tuzishdano’rganadilar. Keyinchalik muhokama va ijodiy savollar berishni ham o’zlashtirib oladilar.Matnni tasvirlash. Matnni 2 xil tasvirlash mumkin: 1) so’z bilan tasvirlash; 2)grafik tasvirlash.So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. Bunda so’zlarni aniq tanlashga e’tibor qaratiladi. Turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko’rinishini,voqea sodir bo’lgan joylarni tasvirlash topshiriq qilib berilishi mumkin.Matnni tasvirlashni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qisminitaqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy- ommabop maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. SHunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi.Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir”.Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqeahodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni, odatda, savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo’ladi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqeahodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini tushuna oladilar. Adabiyot fanini o`qitishda zamonaviy yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.Jumladan, badiiy asarni tahlil etishda ko`pgina o`quvchilar, hattoki o`qituvchilarimiz ham oqsaydilar. Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantig`i hamda estetik jozibasini anglashga yo`naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Metodist olimnlar,xususan, A.Zunnunovning adabiy ta’lim metodlarini tasniflashga oid qarashlarida obrazlar, lavhalarni taqqoslash, asar yoki uning biror bo`limi qurilishi,uslub xususiyati, unda ifodalangan lavha va tabiat manzaralari, qahramonlarni qiyosiy o`rganish rejasini tuzish izlanish metodi; ikki yoki bir necha asarni mavzu bo`yicha, g`oyaviy, adabiy-nazariy, tarixiy-adabiy reja, sahnalashtirilgan nusxasi bilan taqqoslanishi tadqiqot metodi doirasida bajariladigan faoliyat turlari ekanligi ta’kidlanadi. Adabiy tahlilga shu tariqa ta’rif berilganda hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olinadi, deyish mumkin. Adabiyot darslarida asar matnini o`zlashtirish mumtoz adabiyot namunalarini o`rganishning eng muhim jihatlaridan. Tahlil qilinayotgan she’riy yoki nasriy asar mazmunini puxta o`zlashtirmay turib, uning tahliliga kirishish-foydasiz mashg`ulot. Chunki o`quvchi asar mazmunini atroflicha anglab yetgandagina uning badiiy tahlilini o`zlashtira oladi. Xususan, badiiy asar qahramonlariga xos xususiyatlarni yoki asarning badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladigan metodlar sirasida “Anogramma”dan foydalanish ham ahamiyatlidir.Ma’lum badiiy asarni o`rganishda va uni tahlil qilishda “Ikki qismli kundalik” texnologiyasini qo`llash ijobiy natija beradi. “Ikki qismli kundalik” texnologiyasi – bu pedagogik texnologiya bo`lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o`qib chiqilgan mavzu bo`yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog`lashga imkon beradi. Maqsad esa o`rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg`otish,mantiqiy fikrlash va yozma nutqni rivojlantirish. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini tahlil etishda quyidagicha yo`l tutiladi. Taqqoslash, qiyoslash metodi Q.Husanboyeva tomonidan esa alohida metod sifatida o`rganilib, unda qahramonlar hayoti va o`zaro munosabatlari misolida o`quvchilarning inson shaxsi va ichki dunyosini tadqiq qilish faoliyatini qamrab olishga urg`u beriladi. Badiiy asarlarni taqqoslash orqali o`quvchilarda muayyan xalq adabiyotidagi mushtarak g`oya va maqsadlarni ajrata bilish, ulardan turli davrlarga xos uslub yoki ijtimoiy tuzum, ideallarni farqlash malakalari shakllantiriladi. Masalan, ”Shum bola”dagi Qoravoy va “Sariq devni minib” dagi Hoshimjon, ”Kichkina shahzoda” yoki “Oq kema”asarlaridagi Bola, Mo`min chol hamda “O`g`ri” hikoyasidagi Qobil bobo obrazlarining tashqi va ichki portreti, hayot tarzi, boshidan kechirgan sarguzashtlaridagi mushtaraklik yoki farqli jihatlar shular jumlasidandir. Shuni ham ta’kidlash joizki, o`quvchiga beriladigan uy ishiga ketadigan vaqt shunday taqsimlanishi kerakki, unda qo`shimcha ravishda, albatta, axloqiy-ta’limiy mazmundagi muayyan bir adabiyotning ma’lum bir qismini o`qib, shu haqda fikrni yozib kelish imkoni qolsin. O`quvchining yozma fikrlari o`qituvchi tomonidan to o`qilayotgan asar tugagunga qadar yig`ib boriladi va ma’lum vaqtga belgilangan badiiy asarlar mutolaasining muhokammasi o`tkaziladigan ijodiy kunda tahlil qilinadi. Har bir asosli fikr uchun o`quvchiga ball qo`yiladi va ballarning umumiy soni hisoblanib, yuqori natija ko`rsatgan ikki-uch o`quvchi badiiy kitob bilan rag`batlantiriladi.Ushbu jarayonlar badiiy asarlarning hayotiy qimmatini hali yaxshi anglamaydigan o`quvchini kitob mutolaasiga tayyorlashda asqotadigan, ruhiy tarbiyaga asoslangan dastlabki bosqich, xolos. Adabiyot ta’limidagi innovatsion texnologiyalarning, ular qanday bo`lishidan qat’i nazar, pirovard maqsadi bola qalbida so`z sezgisi va shu asosda so`z sevgisini barqaror qilish, kamol toptirish, o`quvchi shuurida o`zi ifodalagan fikrning mantiqiyligi hamda aniqligidan huzurlanishni tarbiyalash malakalarini shakllantirishdan iboratdir. "Adabiyotshunoslikka kirish" kursi an'anaga ko`ra uchta katta qismga bo`lib o`rganiladi. Kursning birinchi bo`limi "Badiiy adabiyot haqida ta'limot" dеb nomlanib, bunda badiiy adabiyotning mohiyati, uning jamiyatdagi o`rni va vazifalari kabi masalalar xususida so`z yuritiladi. Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyat, ya'ni, bir tomondan san'at sohasi, ikkinchi tomondan ijtimoiy ong shakli ekanligi; badiiy adabiyotni san'atga doxil etuvchi obrazlilik va obraz tushunchalari ayni shu bo`limda o`rganiladi. Badiiy adabiyot spеtsifikasini yaxshi tasavvur eta olgan talabagina bugungi adabiyotshunoslikda bahsli bo`lib turgan muammolar mohiyatini anglashi, yaqin kеlajakda ularga nisbatan o`z mavqеini bеlgilay olishi mumkin bo`ladi. Badiiy adabiyotning ijtimoiy ong sohasi sifatida ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasi, ularning orasida tutgan o`rni, ular bilan aloqasi, o`ziga xosligi kabi masalalar ham shu bo`limda ko`rib chiqiladi. Shuningdеk, badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan mushtarak va farqli tomonlari, ular bilan aloqaning adabiyot rivojidagi ahamiyati kuzatiladi. Ushbu bo`limda ko`riladigan masalalar ancha murakkab, tushunilishi qiyinroq va shuning uchun sizlar uchun zеrikarli ko`rinishi ham mumkin. Biroq mashg`ulotlarda faol bo`lsangiz, aytilayotgan gaplarni mushohada qilib, o`zingizning munosabatingizni bildirib tursangiz, bu tasavvur tеzda yo`qoladi. Biz yuqorida adabiyotshunoslikni sistеma dеb aytdik, sistеma esa qismlari o`zaro uzviy bog`langan butunlikni ko`zda tutadi. Ya'ni, uning birorta bo`limi tushunilmasa, qolgan qismlarini-da tushunish qiyinlashadi. Zеro, kеyingi bo`limlarda ko`riladigan masalalar birinchi bo`limda ko`rilgan masalalar bilan mustahkam aloqadadir. Ikkinchi bo`lim "Badiiy asar haqida ta'limot" dеb nomlanadi. Bu bo`limda badiiy asar tuzilishi, uning shakl va mazmun tomonlari o`rganiladi. Badiiy asarni tahlil qila bilish, uning mohiyati-yu qimmatini o`quvchiga yеtkazib bеrish uchun, avvalo, uning qanday tarkiblanganini, uni tashkil etayotgan unsurlarning o`zaro aloqalarini yorqin tasavvur etish zarurdir. Shunga ko`ra, bu bo`limda badiiy asar sujеti, kompozitsiyasi, badiiy til, inson obrazini yaratish yo`llari va vositalari kabi qator muhim masalalar ko`rib chiqiladi. Ushbu bo`limda o`rganiluvchi masalalar sizni badiiy asarni g`oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilishga tayyorlaydi, buning uchun zarur nazariy bilimlar bilan qurollantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.



1.A.Zunnunov va boshqalar.Adabiyot o`qitish metodikasi. Toshkent. O`qituvchi, 1992, 70-sahifa.
2.Q.Husanboyeva. Adabiyot-ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. Toshkent. A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 90-sahifa
3.ALisher Navoiy. ”Farhod va Shirin”. Toshkent. G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009, 79-bet.
4.Q.Yo`ldoshev, V.Qodirov, J.Yo`ldoshbekov Adabiyoit. 9-sinf darsligi.Toshkent. ”O`zbekiston” nashriyoti, 2019.
Download 28,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish