436
Farg’ona, Samarqand va Buxoro universitetlarida sotsiolog-mutaxassislar tayyorlana
boshlandi. Bugungi kunga qadar sotsiologiya fani mamlakatimizning barcha oliy
o’quv yurtlarida o’qitilib, talabalar mazkur fandan 18 soat ma’ruza tinglaydilar, 20
soat (ayrim ta’lim yo’nalishlarda 16 yoki 18 soat) amaliy mashg’ulotlarga
tayyorlanadilar. Shuni alohida e’tirof etish joizki, O’zbekiston Respublikasi Oliy va
o’rta-maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan tasdiqlanib, sotsiologiya fanidan
tayyorlangan namunaviy dasturdagi [1] mavzular talaba-yoshlarda vatanparvarlik va
insonparvarlik tuyg’ulari va fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgandir.
“Sotsiologiya fan sifatida” deb nomlanuvchi dastlabki ma’ruzada ma’ruzachi
jamiyatni tadqiq etuvchi fan sifatida sotsiologiya terminining paydo bo’lganiga qadar
antik dunyo olimlarining va Sharq mutafakkirlarining jamiyat haqidagi fikrlarini,
keyin esa mumtoz sotsiologlarning mulohazalarini talaba-yoshlarga yetkazadi.
“Sotsiologiya strukturasi” deb nomlanuvchi 2-mavzuni yoritishda ma’ruzachi
sotsiologiya mustaqil fan sifatida uchta tarkibiy tuzilmadan iborat ekanligiga urg’u
beradi. Shulardan ikkinchisi – maxsus sotsiologik nazariyalar bo’lib, ularga
madaniyat sotsiologiyasini, etnosotsiologiyani va din
sotsiologiyasini kiritish
o’rinlidir. Sotsiologiyaning mazkur tarmoq yo’nalishlarini yoritishda pedagog
vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalarini yorituvchi tayanch tushunchalarni
izohlab o’tishi maqsadga muvofiqdir.
“Shaxs sotsiologiyasi va deviant hulq-atvor” deb nomlanuvchi 5-ma’ruzada
ma’ruzachi sotsiologiyada shaxs tushunchasi, sotsiologiyada
shaxs tipologiyasi,
shaxsning oilada ijtimoiylashuv jarayoni, sotsializatsiya, ijtimoiy nazorat va uning
jamiyat hayotidagi vazifalari va deviant (og’ishma) hulq-atvor haqida fikr yuritadi.
Ongida, ichki ruhiyatida va yuragida vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg’ulari sust
darajada rivojlangan kishidagina deviant hulq-atvorning kurtaklari ko’zga tashlanadi.
Mazkur holat jamiyatning ichki parokandaligiga olib kelishi mumkin.
Yoshlarimiz
hulq-atvorida deviantlikni oldini olishga bag’ishlangan besh minutlik essening dars
davomida talabalar tomonidan yozilishi maqsadga muvofiqdir.
“Sotsial munosabatlar” deb nomlanuvchi 7-ma’ruzani yoritishda ma’ruzachi
sotsiologiyada ijtimoiy munosabatlar va ularning turlari, ijtimoiy birdamlik,
437
begonalashuv va ularning turlari, ijtimoiy nizolar va ularning sabablari, ijtimoiy nizo
ko’rinishlari
va darajalari, ijtimoiy nizolarni oldini olish yo’llari borasida fikr
yuritadi. Darsning yakunida esa pedagog talabalar tomonidan ta’kidlangan fikr-
mulohazalariga o’zining munosabatini bildiradi, uni dalillar asosida asoslab beradi,
mavzuga yakun yasaydi va o’zining xulosalari bilan talabalarni axborotlashtiradi.
“Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi” deb nomlanuvchi 8-ma’ruza
oldingi
mavzularning mantiqiy davomi sifatida e’tirof etiladi va olingan ilgarigi bilim va
ko’nikmalar mazkur mavzu orqali yanada mustahkamlanadi. Bu mavzuni
tushuntirishda ma’ruzachi sotsiologiyada ijtimoiy dinamika tushunchasiga izoh
beradi, ijtimoiy dinamikaning
turlarini sharhlaydi, jamiyatda madaniyatning roli va
ahamiyati, madaniyat turlari va shakllari borasida ma’lumotlar beradi va egotsentrizm
va
etnotsentrizm
haqida
talabalarni
axborotlashtiradi.
Vatanparvarlik
va
insonparvarlik hamda etnotsentrizm va egotsentrizm tushunchalari pedagog
tomonidan izohlanishi, ularning bir-biriga qarama-qarshi tushuncha sifatida qaralishi
darsning sifatini yanada oshiradi.
Demak, oliy talim muassalarining barcha ta’lim yo’nalishlarida
sotsiologiya
fanini mustaqil fan sifatida o’qitishda deyarli hamma mavzular talabalarda
vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg’ularini rivojlantirishga ko’maklashuvchi
ma’lumotlar bilan yo’g’rilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: