438
xodimlar bevosita his qilish bilan bir qatorda, uning samaradorligini yanada
oshirishga intilish ham talab etiladi. Bugungi kundagi ta’lim
sohasida faoliyat olib
boruvchi har qanday mutaxassisga o’z fanini talabalarga o’rgatishdan tashqari ularda
vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish, sadoqat, el-yurt va xalqqa xizmat kabi
tuyg’ularni qaror toptirish ham ularning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunday ekan, yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantiruvchi darslar,
“Ma’naviyat soatlari” kabi turli mashg’ulotlardan
tashqari, har qanday o’quv
mashg’ulotlari vatanparvarlikka chorlovchi elementlarni o’z ichiga olishi lozim.
Tillardagi har qanday leksik birliklar boshqa til birliklari bilan muomalada
qo’llanilganda o’zlarida milliy-madaniy ma’lumotlarni tashish bilan birgalikda, shu
kabi omillarning manbasi bo’lib ham xizmat qiladi [1, 337]. Bir tildagi so’z, maqol
yoki hikmatli gaplarni boshqa tilga tarjima qilganda uning muqobili aksariyat holatda
topilishi mumkin, biroq chet tilidagi so’zlarning aksariyatida milliylik va o’sha
millatning madaniy unsurlari sezilib turadi. Ingliz tilida so’zlashuvchi xalqlarda ham
Vatan va unga bog’liq so’zlarning izohi orqali ham o’ziga xos ma’nolarni anglash
mumkin.
Ingliz tilida bu kabi g’oyalar bilan bog’liq bo’lgan ilk so’z
motherland
(fatherland) ya’ni Vatan so’zidir. Morfologik jihatdan murakkab so’z birligi
hisoblanmasa ham, leksik va etimologik jihatdan so’zga e’tibor berilsa, u ikki
qismdan iborat: mother (father) va land. Ya’ni har bir insonning hayotidagi eng
muhim va yaqin, birinchi taniydigan insonlari otasi yoki onasi bilan qiyoslanmoqda.
Ma’lumki, har qanday millatda ularning mentaliteti va urf-odatlaridan qat’iy
nazar
ota-onaga xurmat va ularni qadrlash yuksak odob va tarbiyaning namunasi
hisoblanadi. Ota-ona tushunchasi Vatan tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga va
qamrovga ega bo’lishiga qaramasdan insonnning hayotdagi eng birinchi taniydigan
va hayotining keyingi bosqichiga asosiy tamalni qo’yuvchi insonlar sifatida
gavdalanadi. Vatan ham ona kabi e’zozlanishi, qadrlanishi
va albatta sevilishi
zarurligi dars jarayonida munosib vaqti kelganida ta’kidlanib borilishi maqsadga
muvofiq bo’ladi.
439
Bevosita so’zning izohiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, unga quyidagicha ta’rif
berilgan: “biror kimsaning tug’ilib o’sgan yoki o’zining biror joyga nisbatan kuchli
bog’liqlikni his qilish (the country in which you were born, or the country with which
you feel most connected)”. Ingliz tilidagi izohidan ko’rinib turibdiki vatan deyilganda
faqatgina tug’ilib o’sgan joy tushunilmaydi balki, inson o’sha joyga qalban ham
bog’liqlikni his qilishi kerak bo’ladi.
Vatanparvarlik to’g’risida ommaviy axborot
vositalarida berilayotgan
ko’rsatuvlar, ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar, guruh yoki sinflar uchun xaftalik murabbiylik va ma’naviyat soatlari
yoshlarda mazkur tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etsada, hozirgi
tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan globallashuv sharoitida yetarli emasdek
tuyulishi mumkin. Chunki, nafaqat XX asr bilan emas, bakli uning oxirgi o’n yilligi
bilan hozirgi holatni solishtiradigan bo’lsak, yoshlarni chalg’ituvchi vositalar va
omillar juda ko’pligi anglash mumkin.
Vaholanki, ularning aksariyati insonning
yumushini yengillashtirish maqsadida ixtiro qilingan yoki muomalaga kiritilgan.
Masalan, zamonaviy kompyuter va aqlli telefonlarni olaylik, bilim olish,
dunyoqarashni
rivojlantirish, internetga hech qaday vositasiz ulana olish va
insonlarning og’irini yengil qilish uchun ajoyib vositalar sifatida bilamiz. Afsuski,
hozirgi yoshlarning aksariyati ularni har xil video o’yinlar o’ynash va ijtimoiy
tarmoqlar, turli messenjerlardan foydalanish (ular orqali na dunyoqarashiga, na
bilimiga foyda keltiradigan narsalar bilan band bo’lish) uchungini foydalanadilar.
Aynan “vatanparvar” so’zining
inglizcha muqobili
patriot
bo’lib etimologik
jihatlariga diqqat bilan nazar solinadigan bo’lsa, u ingliz tiliga frantsuz tilidan kirib
kelgan. Ajablanarli tarafi shundaki, uning avvalgi shakli
Do'stlaringiz bilan baham: