O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Maxmadaliyev Asror Abdug’ofurovich



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Maxmadaliyev Asror Abdug’ofurovich
 – Chirchiq davlat pedagogika instituti 


443 
Mustaqillikning qisqa davri ichida O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini 
modernizatsiyalash, unga yaratuvchilik sifatlarini kiritish, innovatsion g’oyalarni 
joriy qilish borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritildi. Bu borada Birinchi Prezident 
Islom Karimov o’zining “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat 
qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobida shunday fikrlarni keltiradi: “Eng muhimi, 
zamonaviy bilim va tafakkurga, sog’lom dunyoqarashga ega, rivojlangan 
davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo’lgan, ko’zi yonib turadigan 
navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani barchamizni 
quvontiradi” 
[2]. 
Demak, ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan zamonaviy 
rahbarlar boshqaruv tizimini innovatsion tashkil qilishlari, kasb mahoratlarini 
egallashlari, albatta, yangi avlod tarbiyasiga quyilayotgan mas’uliyatli vazifalarni 
amalga oshirishga qaratilgan. 
Bu sohadagi vazifalarning to’laqonli amalga oshirilishi yosh avlodning ma’naviy 
kamolotini ta’minlash jarayonida xalqimizning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, 
urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, 
pedagogik shakl va vositalarining ishlab chiqilishiga va amaliyotga joriy etilishiga 
bog’liq. Har bir faoliyatda bo’lgani kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tizimli 
asosga qo’yishda ham axborot texnologiyalari vositalaridan unumli foydalanish orqali 
yosh avlodni bilimli, axloqli va idrokli etib tarbiya qilish hozirgi davr talabi hisoblanadi. 
Abu Nasr Farobiy axloqning bilim bilan mushtarakligini asoslab beradi. 
Uningcha, bilimlar insonni yaxshi axloqli, saxovatli va aql idrokli qiladi. Inson 
bilimsiz o’zi ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi. Yaxshi inson bo’lish uchun 
odamda imkoniyat bo’lmog’i zarurligi ko’rsatiladi: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati 
borligi tufayli ta’lim olish hamda to’g’ri tarbiya topish kerak. Bunda “Tarbiya – 
kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va odobda amaliy faoliyatni 
yaratishga olib boradigan yo’l”, deb ta’riflanadi. Farobiy jamiyatda to’plangan bilim, 
tajribalar o’zlashtirilishi shaxslararo muloqot, muomala vositasida amalga 
oshirilishini ta’kidlab, bu masalaga alohida e’tibor qaratadi
[3].
Ommaviy axborot vositalarining mafkuraviy jarayonlar rivojiga o’ziga xos va 
kuchli ta’sir o’tkazayotganini quyidagi misolda ham ko’rish mumkin. Ma’lumki, 


444 
bugungi kunda internet ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez 
rivojlanib borayotgan bo’g’ini hisoblanadi. Uning g’oyaviy kurash va targ’ibotning 
asosiy maydoniga aylanganini ekstremistik, shu jumladan, diniy ekstremistik 
qarashlarni targ’ib qilishdagi o’rni misolida ham ko’rish mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni jamlab, o’quvchilar qalbi va ongiga milliy ruh, 
insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun 
axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha quyidagi tavsiyalarni keltirib 
o’tamiz: 

pedagoglarning 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalaridan 
(AKT) 
foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo’yicha o’quv va uslubiy qo’llanmalar 
ishlab chiqish hamda o’quv seminarlari tashkil etish;
- ta’lim muassasalarida AKTdan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish uchun 
zarur sharoitlarni yaratish;
- zamonaviy AKT orqali o’quvchilarga axborotlarni sodda, qisqa va aniq tarzda, 
bolaning manfaatidan kelib chiqib, o’quvchi yashaydigan sharoitga qiyoslab 
yetkazish;
- o’quvchilarda axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish, o’zlashtirilayotgan 
o’quv materiali bo’yicha shaxsiy fikr va qarashlarni shakllantirish;
- o’quvchilarda Vatanga sadoqat, mehr-oqibat va kelajakka bo’lgan ishonch 
hissini yuksaltirish maqsadida xalqimizga xos milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
axborot-kommunikatsion texnologiyalari orqali keng targ’ib qilish;
- ota-onalarga o’z farzandlarini axborot xurujlaridan himoya qilish bo’yicha 
tavsiyalar berish. 
Faoliyat sohalariga uyg’un ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
joriy etish yo’nalishlari va shakllari ishlab chiqildi. Tashkiliy-amaliy faoliyat 
sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish quyidagi tadbirlarda 
amalga oshiriladi: foydali axborot muhitini yaratish, AKTdan foydalanishni 
boshqarish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, o’quvchilar bo’sh vaqtini mazmunli 
o’tkazishini tashqil etish, jamoat tashkilotlari bilan ishlash orqali o’quvchilarni 


445 
jipslashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlash, o’quvchilarning 
ota-onalari bilan masofaviy muloqot o’rnatish hisoblanadi. 
Mazkur sohadagi faoliyatning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish asosida tashqil etilishi voyaga etmagan 
yoshlar o’rtasidagi tarbiya jarayonini samaradorlikni ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida keng qo’llanilayotgan tadbirlar, davra 
suhbatlari, kechalarning qiziqarli, keng qamrovli o’tkazilishini ta’minlash asosida 
ularning samarasi ta’minlanadi. Bunday texnologiyalar imkoniyatlaridan taqdimotlar 
va videoanjumanlar tashqil etish, veb-sahifalar yaratish, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari joriy etish asosida xalq ta’lim muassasasining an’analari va 
qadriyatlarini ommalashtirish, avloddan-avlodga uzatish imkoniyatlari kengayadi. 
O’quvchi-yoshlar kamolotida ota-onalar va katta avloddan mas’uliyatli ishlar, 
ya’ni o’quvchi yoshlarni yod mafkura va “ommaviy madaniyat” ta’siridan muhofaza 
qilish; o’quvchi yoshlarni zamonaviy axborot xurujidan himoya qilish, yoshlarni 
milliy-ma’naviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash talab etiladi. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan birinchi mezon turli yod g’oyalar, aldovchi yaltiroq 
va’daboz siyosatdonlarning mafkuraviy tazyiqlari yoshlar tarbiyasiga salbiy va jiddiy 
ta’sir etishini to’g’ri anglashimiz lozimligi belgilab beradi. Yoshlarni zamonaviy 
axborotlar xurujidan asrash, internet, telefon va nazorat qilish doirasidan tashqari 
axborot vositalari orqali tarqatilayotgan nomaqbul ma’lumotlar (turli behayo, jangari 
filmlar, foto suratlar, turli diniy va vayronkor g’oyalar bilan sug’orilgan oldi-qochdi 
hikoyalar)ning ularning axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir etayotganligini hayotning 
o’zi isbotlab turibdi. 
Bugungi globallashuv sharoitidan kelib chiqib ijtimoiy hayotning barcha sohalari 
kabi ta’lim tizimini isloh qilishga, tarbiya tizimining milliy zaminini mustahkamlash, 
milliy qadriyatlarimizni tiklash, Sharqona odob-axloqni shakllantirish, yoshlarni
raqobatbardosh kadr bo’lib etishishini ta’minlash uchun yetarli darajada e’tibor 
qaratilmoqda. Xullas, yuksak ma’naviyatli insonlarni tarbiyalashda ijtimoiy muhit, 
oila tarbiyasi, ta’lim muassasalari faoliyati, ota-ona, pedagog, mas’ul shaxslar va 
tengdoshlarning ta’siri, o’quvchining shaxsiy yondashuvi va ma’naviy-axloqiy 


446 
qadriyatlari hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarining o’quvchi hayotidagi 
o’rni va uning shaxsiga ta’siri muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ularning ta’sir 
kuchidan foydalanish kutilgan natijani qo’lga kiritish imkoniyatini yaratadi 
Xulosa o’rnida ta’kidlar ekanmiz, bugungi kunda axborot kommunikatsiya 
vositalaridan oqilona foydalanishda avvalo, ota-onalar o’zlari ibrat maktabi 
bo’lmoqlari lozim. Teleekranlarda uzatilayotgan xalqimiz ma’naviyatiga zid bo’lgan 
ayrim vayronkor g’oyalar, nosha’riy urf-odatlar va axloqsiz turmush tarzini targ’ib 
qilayotgan klip va seriallar farzandlarimizni “tarbiya” qilishiga yo’l qo’ymasligimiz 
hamda ogoh bo’lishimiz lozim. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish