447
muammolarni yechishda muhim vositalardan biri sifatida jahon e’tiborini qaratgan.
Rezolyutsiyalarda erkin fikrlar xilma-xilligiga asoslangan matbuot har bir demokratik
jamiyatning bo’lagi ekanligi e’tirof
etilganligini hisobga olsak, har bir jamiyatning
a’zosi hisoblangan yoshlarga matbuotning ta’sir doirasini tassavvur qilishimizga
imkon beradi.
Bugungi kunda davlatimizda axborotlar, AKTning rivojlanishi muammolariga
oid qaror va farmoyishlar ishlab chiqilib, matbuot
anjumanlarida muhokama
qilinmoqda. Ta’lim sohasida ularning amaliy natijalarini ko’rish axborotlarning
ta’lim jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy ta’sirini o’rganish orqali erishiladi [3, 348-b].
Ma’lumki, ta’lim oluvchilar ham turli manbalardan tarqatiladigan axborotlarning
iste’molchisi hisoblanadi. Axborot manbalari (radio va televideniya, internet va h.k)
ning ortishi axborotlarga nisbatan yoshlarning munosabatini butunlay o’zgartirdi.
Axborot manbalari haqida gap ketganda shuni alohida ta’kidlash kerakki,
manbalardan foydalanish ko’nikmalari ushbu manba va undagi axborotlar
to’g’risidagi xabardorlik (ular haqida ma’lumotga egalik) orqali shakllantiriladi.
Axborot manbalari bilan ishlashga o’rgatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Manbalardan zarur axborotlarni qidirib topish, saqlash, ulardan foydalanish, zarur
hollarda
ularni qayta ishlash, ularni tegishli manbalarga joylashtirish, axborotlarni
solishtirish, imitatsiyalarini yaratishni ko’zda tutadi.
Fan sohalari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlariga oid axborotlarning ta’lim
jarayoniga tadbiq etilishi muhim. Fan va ta’limga oid axborotlar deganda barcha
ilmiy-texnik, ilmiy ta’limiy hamda ixtiro va patentlarga oid xujjatlar nazarda
tutiladi[2, 57-b]. Fan va ta’limga oid axborotlarni uzluksiz ta’limga joriy qilishda
o’quvchilar
yosh xususiyatiga mosligi; fan tarmog’iga mansubliligi; yaxlitligi va
hajmi; ulardan foydalana olish imkoniyatlari; axborotning bahosi (iqtisodiy, ijtimoiy,
xavfsizlik nuqtai nazaridan qiymatlari) hisobga olinadi.
Axborot son va sifat jihatdan baholanishi mumkin. Axborotlarning qiymati va
bahosi o’rtasidagi farqni ajritib olish zarur. Axborotning faktik (asl, haqiqiy) qiymati
uni qo’lga kiritish, yaratish va qo’llab-quvvatlash harajatlari asosida aniqlanadi.
Bahosi esa foydalanuvchilar uchun muhimligi bilan aniqlanadi [1]. Axborotning
448
bahosini belgilovchi omillardan biri bu foydalanuvchilarning
axborotning qaerda
joylashganligini va undan qanday foydalanish mumkinligini bilishidir. Axborotning
bahosi nafaqat uni taqdim etayotgan tomonga, balki qabul qiluvchi tomonga ham
bog’liqdir. Axborot katta qiymatga ega bo’lishi mumkin, ammo uni taqdim etish
sifati yoki foydalanuvchilarda axborot savodxonligi ko’nikmasi past bo’lsa, axborot
bahosi ham yuqori bo’lmasligi mumkin [2, 61-62-b].
Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim oluvchilarni axborotlar bilan ta’minlash modeli
quyidagi ko’rinishini tavsiya etamiz:
Shunga ahamiyat berish kerakki, axborotlarning
ishonchliligi aniqlanguncha
inson ongi birinchi qabul qilgan axborotga moslashgan bo’ladi. Axborotlarni turli
talqin qilish unga nisbatan ham turli munosabatni yuzaga keltiradi. Bu axborotlar
Davlat ta’lim
standartlarini
o’rganish
Xalqaro standart
talablarini o’rganish
Fan sohalariga oid
tadqiqot
materiallarini
o’rganish
Umumta’lim
fanlari
bo’yicha malaka
talablarini o’rganish
Umumta’lim fanlari
bo’yicha xalqaro
malaka talablarini
o’rganish
Umumta’lim fanlari
yuzasidan erishilgan
tadqiqot natijalari
bilan tanishish
Axborotga ehtiyoj
Vazifalar
Zarur bo’lgan
axborotlarga ehtiyojni
o’rganish
Ularning
ta’limda
ahamiyatini o’rganish
Axborotlarning
resurslarini
izlash
Darsliklar
, multimedia
ilovalar
Davriy nashrlar
OAV
449
bajarishi lozim bo’lgan vazifalarning o’zgarishini,
yoki aksincha bajariladigan
vazifaga qarab axborotlarning talqin qilinishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: