O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Литература 
1. Винникова С. Н. Патриотическое воспитание курсантов ВУЗов 
внутренних войск МВД России средствами художественной литературы / 
автореферат на соискание уч. степени канд. пед. наук. СПб. 1998 / URL: 
http://www.dissercat.com (23.01.2016). 
2. Константинов С.А. Военно-патриотическое воспитание - как 
комплексная образовательная технология // Вестник Санкт-Петербургского 
университета МВД России. 2009. № 3 С. 156.
 . 

TA’LIM MUASSASALARIDA HARBIY VATANPARVARLIK 
TARBIYASINI TASHKIL QILISH VA O’TKAZISH MASALALARI
128
 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim yurtlaridagi harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - 
davlatimiz faoliyatining muhim sohalaridan biridir.
Hozirgi paytda harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va jarayoni 
Respublikamizning o’quv muassasa ta’lim tizimi bilan yangilanishi, mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jadallashuvi, Vatan himoyasidagi insoniy omillar 
o’rnining o’sib borishi va jangovar mehnat tashkilidagi keskin o’zgarishlari bilan 
yuzaga kelgan an’analar bilan boyishi kerak. 
Yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlashning qayta ko’rilishi harbiy 
vatanparvarlik tarbiyasining mazmuniy va tashkiliy-uslubiy tomonlaridan to’laroq
foydalanishni talab qiladi. Tarbiyaviy tadbirlar samaradorligi taxlili, harbiy 
vatanparvarlik tarbiyasining amaliyoti bilan berilgan va tekshirilgan an’anaviy 
shakllarni tanlash va mustahkamlash, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash 
vazifalarini zamonaviy sharoitlarda yanada to’la tadbiq qiladigan yangi shakllarini 
qidirish zarur.
Vatan himoyasiga tayyorlikni maxsus ommaviy mudofaa ish, harbiy sport 
o’yinlari va boshqa harbiy vatanparvarlik tarbiyasining shubhasiz muhim shakllari 
128
Saidvaliyev R.U. 
– O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi,
 
Harbiy-texnik instituti


464 
natijasi sifatida ko’rib chiqish kerak emas. U o’quvchi shaxsiyati har taraflama 
rivojlanishi qonunga muvofiq natijasi, u tomonidan ijtimoiy madaniyat barcha 
boyliklarining o’zlashtirilishidir, sog’lom inson haqida gapirganimizda nafaqat 
jismoniy sog’likni, balki mustahkam ma’naviy, odob-axloq normalarga ega bo’lgan, 
eng yaxshi umuminsoniy namunalar ruhida tarbiyalangan insonni ko’zda tutamiz. 
Harbiy vatanparvarlik ongning barcha qadrli va intellektual tomonlarining 
shakllanishida ta’limga katta o’rin ajratiladi. Biroq bu nazariy xulosa fanlar 
asoslarini o’qitadigan o’qituvchilar ishi amaliyotida to’la tadbiq qilinmaydi.
Umumta’lim fanlari o’qituvchilari harbiy vatanparvarlik tarbiyasi vazifalari va 
shu vazifalarni hal etilishdagi ular tomonidan o’qitilayotgan fanlar imkoniyatiga 
yuzaki qaraydi. Vatan himoyachilarini tarbiyalash pedagogik jamoa bilan 
“Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisi, o’qishdan tashqari 
mudofaa-ommaviy tadbirlar, “Vatanparvar” tashkilotchilari faoliyatining tor 
mutaxassislik sohasi sifatida ko’rib chiqiladi. Lekin shunga ko’ra, o’quvchi o’quv 
faoliyati davomida harbiy soha hayoti bilan yaqindan tanishtirilmasa, tinchlikni 
mustahkamlash, mamlakat mudofaa qudratini kuchaytirish kabi oliy maqsadlari bilan 
ruhlantirilmasa, ularni kichik "tadbirlar" vositalari orqali tushunish va to’ldirish 
samara bermasligi mumkin, faqatgina keng doirada fikr yuritadigan insongina bugun 
yetuk vatanparvar fuqaro bo’lib yetishishi mumkin.
Mazkur mavzuni o’rganishda, ya’ni qo’lida qurol bilan o’z Vatani himoyasiga 
tayyor bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda ta’lim maskanlari pedagogik 
jamoasining faoliyati beqiyoslini ko’rsatishdir.
O’quv yurtlarida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi quyidagi maqsadlarda 
o’tkaziladi:
halqiga sadoqat, Vatan tarixiga va an’analariga chuqur hurmatda bo’lishni 
shakllantirish;
Prezident Farmonlari, Oliy Majlis va O’zbekiston Respublikasi hukumati 
qonun va qarorlarini so’zsiz bajarish lozimligi ruhida tarbiyalash;
O’zbekiston xalqi jangovar vatanparvarlik an’analarini targ’ibot qilish, 
yoshlarda harbiy xizmatga va armiyaga muhabbat, yuksak ma’naviy-jangovar 


465 
xislatlar, harbiy Qasamyod va harbiy Nizomlarni bajarishda shaxsiy javobgarlik 
hamda jasurlik, intizomlilik, zukkolik, o’z Vatani himoyasiga doimo tayyor bo’lishni 
tarbiyalash.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining asosiy mazmuni:
Vatanini himoya qilishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
Konstitutsion burchini tushuntirish;
O’zbekiston Respublikasi mudofaasini kelgusida kuchaytirish masalalari 
bo’yicha xukumat qarorlari bilan tanishish;
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan hal qilinadigan masalalar va 
ularning vazifasi va xususiyatlarini tushuntirish;
O’zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to’g’risida"gi Qonuni, harbiy Qasamyod va harbiy Nizomlarning asosiy talablarini 
o’rganish va o’zlashtirish;
yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashning maqsad va vazifalarini tushuntirish;
ajdodlar merosi, buyuk va jasur ota-bobolarimizning jangovar an’ana 
udumlarini targ’ibot qilish.
O’rta maxsus ta’lim yurtlaridagi vatanparvarlik tarbiyasi jarayoni - yetakchi 
vazifani bajaradi, bo’lajak Vatan himoyachisining shakllanishiga katta ta’sir 
ko’rsatadi, chunki o’quv fanlarining mazmunida xalqimizning muhim ma’naviy, 
axloqiy, madaniy an’analari ifodalangan. Lekin bu jarayonga vatanparvarlik 
tarbiyasining alohida tarkibiy qismlari bilan chegaralanish yetarli emas. U Vatan 
himoyasiga tayyor bo’lish, barcha tarkibiy qismlari holatiga har taraflama faol 
amaliy ta’sir ko’rsatishi va bu tayyorlikni o’smir hayotining eng muhim tomoni 
sifatida anglab tushunishiga ko’maklashishi darkor.
Vatan himoyasi asoslarining o’zlashtirishini ta’minlaydigan bilimlar tizimi 
bilan vatanparvar yoshlarni qurollantirish zarur, chunki Vatan himoyasining 
matonatli va jasur himoyachi sifatida shakllanishidagi ta’lim jarayoni muhim 
vazifalaridan biri hisoblanadi. O’quvchilar nafaqat harbiy bilimlar, balki birinchi 
qaraganda armiya, harbiy qurilish, urush va tinchlik muammolariga bevosiga 
munosabatda bo’ladigan mezonlar bilan tanishadilar. Turli fanlar (tarix fizika, 


466 
matematika va h.k.z.) yig’indisidan kelib chiqib, ular Vatan himochisiga zaruriy 
bilim va ko`nikmalar haqidagi poydevoriy tushunchalar hosil qiladilar.
O’rta maxsus ta’lim muassasalarida «Chaqiruvga qadar boshlang’ich 
tayyorgarlik” o’qituvchisi harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni Mudofaa 
doktrinasi, Harbiy Qasamyod, harbiy Nizomlar, qonunlar va umumiy ta’lim fanlari 
hamda harbiy faoliyatning asosiy qoidalarini ochib beradigan maxsus fanlar 
(yoshlarni chaqiriqqaqa qadar boshlang’ich tayyorlash, fuqaro himoyasi) tashkil 
qiladi. O’quv yurtlarida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi barcha bo’g’inlarda amalga 
oshirilishi kerak.
Har qanday tajovuzkorliklarni qaytara oladigan, Vatanimiz harbiy qudrati har 
bir odam mehnati bilan yaratilishi va o’zining kelgusi rivojlanishi uchun chuqur 
bilimlarni talab qilishi, ijodiy faoliyat, yuqori ish qobiliyatligi, tashkilotchilik va 
intizomlilikka yordam berishiga o’quvchining ishonchi;
xalqning jangovar va mehnat an’analarini emotsional qabul qilish; 
o’quvchilarda fuqarolik va harbiy burchning bajarilishini tartibga soladigan 
umumlashtirilgan Vatan himoyachisi namunasining mavjudligi; 
ijtimoiy hissiyotlarning mavjudligi (burch, vatanparvarlik, dushmanga nafrat, 
Vatan himoyasi uchun shaxsiy mas’uliyat, yuqori xushyorlik);
"Vatanparvar", "Vatan", "Harbiy burch", "Mardlik", „Qahramonlik", 
"Jasurlik", "Botirlik" va boshqa tushuncha va mezonlarni chuqur o’zlashtirish. 
Irodaviy (qat’iylik, botirlik, mardlik, maqsad sari erishuvchanlik, turli xavf-
xatarga qarshi bormoq va jonini fido qilmoq), emotsional (Vatanga muhabbat, 
dushmanga nafrat va h.k.z.), ijtimoiy-psixologik (jamoatchilik, birodarlik, o’zaro 
yordam, o’zaro bir-birini qutqarish) xislatlarini rivojlantirish;
yadro urushi xususiyati, yangi qurol kuchi, zararlantiruvchi omillardan 
himoyalanishning turli vositalari samaradorligini bilish, real jangovar vaziyatda duch 
kelishi mumkin bo’lgan sinovlarni anglab yetish;
harbiy faoliyat va jangovar jamoa shart-sharoitlariga moslashish;


467 
o’zini tutishni nazorat qila olish, har xil salbiy his-tuyg’ularga yo’l qo’ymaslik 
(qo’rquv, o’zini yo’qotib qo’yish, tahlika) va boshqa jihatlarini kuchaytirish 
(Vatanga muhabbat, burch, dushmanga nafrat) qobiliyati.
Mudofaa doktrinasining xususiyati, O’zbekistion Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining kelgusida texnik jihozlanishi bo’yicha davlat va hukumat tadbirlari, 
yangi texnikaning insonga bo’lgan talablarini bilish;
yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorlash, fuqarolik himoyasi fanlari 
bo’yicha olgan bilim, qobiliyat va ko’nikmalarning mavjudligi (taktik, o’q otish, saf 
tayyorgarligi, harbiy topografiya);
O’zbekistion Respublikasi Qurolli Kuchlar qurilishi haqidagi bilimlar (O’R 
QK Nizomlarining tarixi, mazmuni), texnika va qurolga qiziqish, ularning yuqori 
mustahkamligiga qat’iy ishonchning mavjudligi;
muayyan bir harbiy mutaxassislikni muvaffaqiyatli egallash uchun zaruriy 
harbiy texnik qobiliyat va ko’nikmalar;
muayyan bir harbiy – amaliy sohadagi faoliyat tajribasining mavjudligi 
(avtomobil, mototsikl, traktor haydash, otish qurolidan o’q otish, parashyutdan 
sakrash va h.k.z.).

Umumiy jismoniy xislatlar: kuch, tezlik, epchillik va chidamlilik - Vatan 


himoyasi vazifalarini bajarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xislatlardir.
Maxsus jismoniy xislatlar: chayqalishga, tog’ kasalliklariga nisbatan 
bardoshlilik, issiq iqlim va cheklangan suv miqdori sharoitlaridagi harakatlar.
Yuqorida ko’rsatilgan qobiliyat va xislatlar yoshlarning Vatan himoyasiga 
tayyorligini shakllanishining ko’satkichlari hamda harbiy vatanparvarlik 
tarbiyasining va ularni amalga oshirish vositalarini qidirish sohasidagi vazifalarni 
qo’yish ilmiy asosi bo’lib xizmat qiladi.
Yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash – inson butun hayoti davomida amalga 
oshiriladigan uzoq jarayondir. Vatanparvarlik tarbiyasi oiladan boshlanadi va 
boshlang’ich sinflardan boshlab o’quv yurtida davom ettirilishi lozim.
Kichik yoshdagi o’quvchilarda Vatan himoyasiga tayyorlikni shakllantirish 
jarayoni ularda mavjud cheklangan hayot tajribasi, olingan bilimlar xususiyati va 


468 
hajmi, ta’lim – tarbiyaning umumiy vazifalarini hisobga olgan holda quriladi. Bu 
davrda uning samardorligi avvalam bor o’quv, umumta’lim vazifalarni bajarish bilan 
chambarchas bog’liq. Masalan, askarga bo’lgan hurmat va muhabbat bu yoshda 
armiya, askarlar jasorati, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari haqidagi 
bilimlar asosida shakllanadi.
Kichik yoshdagi o’quvchilar turli qo’shinlar, harbiy texnika, o’q otish 
qurolining turlariga qiziqadi. Bunda tarbiyachilar zamonaviy jangovar harakatlarda 
g’alabaga erishish uchun qo’shin turlari orasidagi bog’liklikni o’quvchilarga ko’rsatib 
berishi lozim. Bu ishni amalga oshirishda o’quvchilarning samolyot, vertolyot, kema 
va suv osti kemalari, askarlar, zambaraklar tasvirlangan rasmlari juda katta yordam 
beradi.
Kichik maktab yoshida vatanparvarlik xususiyatiga ega bo’lgan o’yinlar 
faoliyati katta axamiyatga ega. Bola o’yin qoidalarini egallagan holda sardor, 
razvedkachi, aloqachi, signal beruvchilar rolini bajarishni yaxshi ko’radi. Bunday, 
tashkil qilingan va o’z-o’zidan yuzaga keladigan, o’yinlar katta ahamiyatga ega.
O’qituvchi bunda nafaqat o’yindagi, balki bo’lajak jangchi majburiyatlarini bajarish 
uchun muhimligini ta’kidlagan holda kundalik hayotdagi intizom, tartib va tarbiya 
haqida ham qayg’urishi kerak.
Ularning psixologik rivojlanish xususiyatlari harbiy vatanparvarlik tarbiyasi 
uchun yaxshi zamin yaratadi. Ularda dalil, hozirgi sharoit hodisalarini tahlil qilish va 
umumlashtirish, atrof – muhit, axloqiy talablar va baholanishga mustaqil qarashlarni 
ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga keladi.
O’smirlarning Vatan himoyasiga tayyorligini shakllantirish bir qator ob’ektiv 
va sub’ektiv sabablarga bog’liq. Ob’ektiv shartlar ichida eng e’tiborga sazovor 
jarayon o’quvchilarning o’quv muassasa va undan tashqarida tashkil qilinadigan 
harbiy vatanparvarlik tarbiyasi faoliyatining har xil turlarida ishtiroki hisoblanadi.
Bo’lajak Vatan himoyachisi shaxsini shakllantirish hozirgi ijtimoiy ahvol 
hodisalariga shaxsiy munosabatni ifodalashda, yangi tushunchalar bilan fikrlash 
qobiliyatiga ega bo’lishga yordam beradigan turli fanlarning maqsad mohiyatini 
o’rganishni boshlaydilar.


469 
Bu yosh uchun eng kerakli fanlar - gumanitar, tabiiy, matematika fanlari, 
jismoniy tarbiya. O’quvchilar bu davrda "harbiy" tushunchalar ma’nosini yanada 
chuqur anglab etadi. "Vatan himoyasi", "Harbiy nizomlar" va h.k.z., davlatimiz 
iqtisodiy qudrati va uning Qurolli Kuchlar qudrati tinch va osoyishta hayotimizning 
mustahkam kafolati ekanligini tushuna boshlaydi.
Vatanparvarlik hissiyotlari o’smirlarda qahramonlikka intilish, jasorat 
ko’rsatish istagi, tengdoshlari jamoasida o’z o’rniga ega bo’lish, ular hurmatiga 
sazovor bo’lishi, o’ziga yuqori e’tibor va talabchanlik, katta ijtimoiy faollik kabi 
yangi his – tuyg’ularni shakllanishiga ko’ra rivojlanadi. Aynan shu yoshda maktab 
o’quvchilari ayniqsa botirlik, kuch, iroda, mardlik, do’stlikka va o’rtoqlarga 
sadoqatni qadrlaydi. Bu ularga Vatan himoyasi muqaddas burch, ahamiyatga molik 
xususiyatini anglab etishga imkon beradi.
Harbiy vatanparvarlik ongi nafaqat darslar yoki ijtimoiy topshiriqlarni 
bajarishda, balki real ijtimoiy ahvol ta’sirida ham shakllanadi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish