Adabiyotlar
1. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashi majlisidagi
“Qurolli kuchlarimiz – mamlakatimiz va taraqqiyotining mustahkam kafolatidir”
mavzusidagi nutqi. 2018 yil 10 yanvar.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi F-
4947-sonli Farmoni // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017. 13
fevral, 6-son, 70-modda.
3. O’zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to’g’risidagi Qonuni //
2018 yil 9 yanvar, O’RQ-458-son.
AMIR TEMUR DAVRIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA
VAZIRLARNI TANLASH VA LAVOZIMGA TAYINLASH TARTIBI
130
Amir Temur hukumatni, xususan, vazirlarni tanlashga katta e’tibor beradi.
Uning fikriga ko’ra, vazirlikka da’vogar shaxs to’rt sifatga ega bo’lishi kerak.
Birinchisi - asillik, toza nasillik; ikkinchisi - aql-farosatlilik; uchinchisi - sipohi raiyat
ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo’lishlik; to’rtinchisi - sabr-
130
Axmedova Muqaddasxon Tursunovna – yuridik fanlari nomzodi - O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi,
Harbiy-texnik instituti
475
chidamlilik va tinchliksevarlik. Kimda-kim ana shu to’rt sifat egasi bo’lsa, uni vazir
yoki maslahatchi etib tayinlash, mumkin deb hisoblaydi Sohibqiron. Mamlakat
ishlarini, raiyat va sipoh ixtiyorini unga ishonib topshirsa bo’ladi, deydi u. O’z
navbatida hukmdor tomonidan bunday vazirga to’rt imtiyoz berish kerak, deb
hisoblaydi: ishonch, e’tibor, ixtiyor va iqtidor. Ana shunday ikki tomondan
ko’rsatilgan sifatlar va imtiyozlar berilgandagina vazir o’z vazifasini mustaqil,
ishonchli bajaradi, deb hisoblaydi Amir Temur.
Kamolotga erishgan vazir mulkiy va moliyaviy ishlarni to’g’rilik bilan, asli-
naslining tozaligini ko’rsatib, ajoyib tarzda bajaradi. “Olgulik joyidan olib, bergulik
erga beradi”. Ruxsat etuvchi va ta’qiqlovchi buyruqlarida uning tozaligi ko’rinib
turadi. Xalqqa, saltanatga dushmanlik va jabr-zulm qilmaydi. Xoh sipohdan, xoh
raiyatdan bo’lsin, har ishning nomini yaxshi so’zlar bilan tilga oladi. Bunday kishilar
birovdan yomonlik axtarmaydi, boshqalar aytsa, eshitmaydi. Agar birovdan yomonlik
ko’rgan bo’lsa, unga nisbatan shunday muomalada bo’ladiki, yomonlik qilgan kishi
o’z yomonligidan qaytadi. Uning oldiga uzr so’rab, bosh egib keladi.
Sohibqironning fikriga ko’ra, agarda vazir uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-
zulm qilsa, o’ziga yoqmagan kishilarni yo’qotish payida bo’lsa, bundaylarni
vazirliqdan tushirish lozim. “Nasliyu zoti yomon, hasadchi, kina-kek saqlovchi, qora
ko’ngilli kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin” [1]. Agarda bunday odam
vazirlik qilsa, tez orada saltanat ishlari izdan chiqib qulaydi, deb hisoblaydi. Bunga
misol tariqasida o’tmishdan Malikshoh Saljuqiy (1072-1092) o’z vaziri Nizom ul-
Mulkning martabasini oshirganligini keltirish mumkin. Vazir nihoyatda odil va fozil
kishi bo’lgan. Uning o’rniga esa, aksincha, zoti past, yomon bir kishini vazir qilib
tayinlaydi. Bu shumqadam vazirning kirdikorlaridan oqibat natijada davlat ishlari
yurishmay, saltanat emiriladi. «Tuzuklar»da bundaylar haqida tarixdan ko’plab
misollar keltiriladi. Shuning uchun ham Amir Temur vazirlarning shaxsiga, ularning
kelib chiqish nasliga, zotiga katta e’tibor berishni tayinlaydiki vazirlarning hatti-
harakatlaridan, bosgan qadamlaridan saltanatning taqdiri hal bo’ladi, deb hisoblaydi.
Amir Temurning fikriga ko’ra, ayniqsa, moliya, mulkiya ishlari bilan
shug’ullanuvchi vazir nihoyatda pok adolatli bo’lishi kerak. Chunki, u to’g’rilik bilan
476
vazirlik ishiga kirishib, davlatning moliya ishlarini diyonat, savob bilan, nafsi
buzuqlik qilmay, omonatga xiyonat etmay bajarar ekan, unday vazirni eng oliy
martabalarga qo’tarish zarur. Va aksincha, buzuqlik ishlari bilan vazirlikni boshlasa,
ko’p o’tmay, unday saltanatdan xayri baraka ko’tariladi. Dono vazir shuldirki, deb
hisoblaydi Amir Temur, o’z o’rniga qarab, goh qattiqqo’llik, gohida esa muloyimlik
bilan ish yuritadi, gohida esa ortiqcha qattiqqo’llik ham qilmaydi, muloyimlik ham.
Ana shunday ish tutgan vazir saltanat ishlarini to’g’ri yuritadi, deb hisoblaydi.
Bordiyu, - deydi Amir Temur, - vazir ortiqcha ko’p muloyimlik qilsa dunyo talab,
ta’magir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqqo’llik ishlatsa, undan
qochadilar va unga boshqa murojaat qilmaydilar. Demak, vazirlar ish yuritishlarida
o’rinli muloyimlik va qattiqqo’llik ishlatishlarini talab qilgan. Shu o’rinda Amir
Temur muhim masalalardan bo’lgan davlatning uch belgisi to’g’risida juda aniq o’z
fikrini bildiradi: “...davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan
tiqdir” [1]. Bundan aniq ko’rinib turibdiki, Amir Temur davlat saltanatini xazinasiz,
lashkarsiz tasavvur qilolmaydi. Har qanday mustaqil davlat ana shu yuqoridagi
belgilarga ega bo’lishi shart, aks holda esa unday davlat mustaqil bo’la olmaydi,
deydi u va vazirlarni raiyatga, elga, vatanga xizmat qilishda halollik, poklik,
adolatlilik tamoyillariga amal qilishga da’vat etadi.
Amir Temur vazirlarning vazifasi naqadar sharafli va mehnatkashlar uchun
hayotiy zarurligini alohida ko’rsatadi. Uni eshitgan va bilgan misollari orqali
tushuntiradi. U shunday hikoya qiladi. Adolatli vazir Nizom ul-Mulk hajga
bormoqchi bo’lib turganda avliyolardan biri unga shunday degan ekan: “Malikshoh
davlatining xizmatida bo’lib, amalga oshirayotgan xayrli ishlaring va Tangri
taoloning bandalarga yetkazib turgan yordaming haj qilish bilan barobardir”. Yana
bir hikoya keltiradi: “...hazrati payg’ambarimizdan, unga tangrining marhamatlari va
salomlari bo’lsin, so’rabdilar: “agar siz nabiy va rasul etib yuborilmaganingizda qaysi
ish bilan shug’ullanardingiz?” Ular shunday deb javob bergan ekanlar: “Sultonlar
xizmatida bo’lishni ixtiyor etib, Tangri taoloning bandalariga foyda va yaxshilik
yetkazar edim” [1].
477
“Shu sababdan, - deb yozadi Amir Temur, - xalqqa yordamu madad berish
maqsadida, men ham Tug’luq Temurxonning o’g’li Ilyosxo’jaga vazirlik hamda
sipohsolarlik qilishga rozi bo’lgandim. Tangri taoloning bandalariga yordam
qilganimdan bo’lsa kerakki, Olloh taolo meni saltanat martabasiga etkazdi”. Yaxshi
vazirlarni Amir Temur “Qilich va qalam sohibi” deb atashni taklif etadi. Bu o’rinda
Sohibqironning naqadar haq ekanligini biz Alisher Navoiyning faoliyatida ko’ramiz.
U Xuroson sultoni Husayn Boyqaroning ma’rifatparvar vaziri sifatida obodonchilik,
tinchlik va davlat saltanatini mustahkamlashda beqiyos, ulkan ishlarni amalga
oshirdi.
Amir Temur adolatli vazirlarning faoliyatlarini ta’riflar ekan, u aytadiki,
bilimdon va hushyor vazir shunday bo’lurki, bir to’g’ri tadbir qo’llab, g’anim
qo’shinini parokanda qilib yubora oladi, murosa-yu madora, xushmuomalalik bilan
sipohni birlashtirib, g’anim lashkarlarini o’ziga rom qilib oladi. Agar saltanat
ishlarida jumboq uchrasa, uni tez echib, ishni yurgizib yuboradi, deydi. Haqiqatan
ham Sohibqironning oldindan to’g’ri bashorat qilib aytganlarini vazir A.Navoiy
faoliyatida namoyon bo’lishini ko’ramiz. Masalan, Yodgor Mirzo qurollangan katta
kuch bilan saltanatga xavf solganda, u tadbir ishlatib, qon to’kmasdan, g’anim
lashkarlarini tarqatib yuboradi. Yoki Hirot aholisa isyon ko’targanda unga qarshi
kuch ishlatmasdan, qo’zg’olonchilar orasiga o’zi borib, ular bilan muloqotda bo’lib,
aybdorlarni adolat yuzasidan javobgarlikka tortib, olomon talabini qondiradi va
o’zining ana shu harakati bilan ommaviy qon to’kilishining oldini olib qoladi. Amir
Temur vazirlarining sifatlarini ta’riflash bobida yana shunday fikrni ham aytgan edi:
“Agar podshoh zolim bo’lib, vazir odil bo’lsa, podshohning jabr-zulmini
(to’xtatish) chora-tadbirini ko’radi. Lekin vazir zolim bo’lsa, saltanat ishlari tez
muddatda parokandalikka uchraydi” [1].
Amirlar va hukmdorlarni tanlash va ularni o’z vazifalarini belgilash bobida
Amir Temur fikrlarni ilgari surgan. U o’z navkarlaridan uch yuz o’n uch kishiga
amirlik mansabi berishga buyruq beradi. Sohibqiron vazirlar kabi amirlarga ham katta
e’tibor bilan qarab, ularni asosiy jang maydonlarida sinab tanlaydi. U o’zining
amirlarini asli toza, pok naslli, aql-farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak,
478
ehtiyotkor, oldini va orqasini o’ylab ish ko’radigan bahodirlar deb ta’riflaydi. U
shunday tizim o’rnatadiki, birining o’rniga ikkinchisi, boshqacha qilib aytganda, biri
bo’lmasa, boshqasi ishni boshqarib ketavergan. Masalan, amirlar to’g’risidagi
tuzuklarda agarda amirlardan jangda birortasi halok bo’lsa, uning o’rnini o’rinbosari
egallaydi va uni “amirlikka nomzod” (muntazir ul-amorat) deb ataganlar.
Amir Temur yozishicha, tajribadan shu narsa aniq bo’ldiki, jangning sir-
asrorini, g’anim askarlarini sindirish yo’lini bilgan, urush qiziganda o’zini
yo’qotmasdan, qo’l-oyog’i bo’shashmasdan, lashkar favjlarini jangga boshlay
oladigan, agar qo’shin safiga rahna tushsa, uni tezda tuzatadigan kishigina amirlik va
hukmdorlikka loyiq deb hisoblaydi. Demak, amirlar, asosan, harbiy kishilar bo’lib,
ular lashkarlarni boshqarish, jangga hozirlash kabi ishlarni yaxshi bilgan mardlar
bo’lgan. Amirlarning eng kattasi - amir ul-umaro, ya’ni amirlarning amiri bo’lib,
shohning yo’qligida uniig vazifasini bajarib, sipohga buyruq bera oladigan darajadagi
shaxs bo’lishi kerak. Shu tariqa Amir Temur uch yuz o’n uch kishidan to’rt nafarini
beklar begi etib, bir kishini esa, amir ul-umaro etib tayinlaydi. Fayratli, or-nomusli
bo’lgan yana o’n ikki kishiga ushbu tartibda daraja berganligini aytadi.
Birinchi kishiga ming kishiga buyruq berish huquqini bergan bo’lsa, ikkinchi
amirga ikki ming kishiga, shunga o’xshash uchinchi amirga uch ming kishiga amir va
x.k., o’n ikkinchi amirgacha ko’paytirib, o’n ikki ming kishiga buyruq bergan.
Birinchisi, ikkinchisining o’rniga, ikkinchisi esa uchinchisining o’rniga va h.k. noib
etib tayinlanadi. O’n ikkinchi amir esa amir ul-umaroning noibi etib tayinlagan. Amir
ul-umaro esa Amir Temurning noibi hisoblangan. Agarda qaysi bir amirga biror kor-
hol bo’lsa, uning o’rnini noibi egallashi ham belgilanadi.
Bundan tashqari, Amir Temur yana buyuradiki, o’sha uch yuz o’n uch amirdan
yuztasi - o’n boshi, yuztasi yuzboshi, yuztasi - mingboshi bo’lgan. Jang paytlarvda
amir ul-umaro - amirlarga, amirlar - mingboshilarga, mingboshilar - yuzboshilarga,
yuzboshilar - o’n boshilarga boshliq degan buyruq ham bergan. Shu bilan bir vaqtda
o’nboshining ishini yuzboshiga, yuzboshining ishini mingboshiga, mingboshining
ishini amirga, amirnikini esa, amir ul-umaroga buyurmasligi ham tayin etiladi. Ana
479
shunday temir zanjir timsolida tashkil qillngan sipohning jangovarligi doimo yuqori
darajada bo’lgan.
Sohibqironning vazirlarni xizmat qilish tuzugi (qoidalari) haqidagi fikr va
g’oyalari ham ancha qiziqarlidir. Amir Temurning to’rt vaziri bo’lib, ularning
vazifalari maxsus qonunlarda aniq ko’rsatib qo’yilgan edi. Ularning har to’rttovi ham
har kuni devonxonada hozir bo’lganlar. Birinchisi - mamlakat va raiyat vaziri. Bu
vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni, raiyat ahvolini,
viloyatlardan olingan hosil, soliq-o’lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni,
(mamlakat) obodonchiligining, aholining farovonligi ishlarini va xazinani qanday
qilib tartibga solinganini Soxibqironga bildirib turgan.
Ikkinchisi - u sipoh vaziri bo’lib, sipohiylarning maoshini va tanholarini
boshqargan, tarqoq holatiga tushib qolmasligi uchun doimo sipoxdan xabardor bo’lib
turish kerak hamda ularning barchasidan Sohibqironni xabardor etib turgan.
Uchinchisi - egasiz qolgan, o’lib ketgan va qochganlarga tegishli molu-mulkni,
kelib-ketayotgan horijiy mamlakatlar savdogarlari-dan olinadigan zakot va bojlarni,
mamlakat chorvalarini, ularning o’tloq-yaylovlarini boshqaruvchi va bularning
barchasidan keladigan soliqlarni, daromadlarni jamlab, omonat tariqasida saqlab
turadigan vazir. U g’oyib bo’lgan va yo’qolganlarning molu-mulkini merosxo’rlariga
beradi. To’rtinchisi - saltanat shilarini yurituvchi vazir. U butun saltanat idoralarining
kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinadigan taom harajatlar, (hatto) otxona va
(saroydagi) boshqa jonzotlarga qilingan harajatlargacha aniq bilishi kerak.
Shunday qilib, Amir Temur o’z tasarrufiga o’tkazilgan mamlakatlarni va
ulardan keladigan daromadlarning hisob-kitobini boshqarish uchun uch vazirdan
iborat davlat hay’ati (xolisa) tuzadi. Ular sarhadlar va tobe mamlakatlar muammolari,
daromadlarini idora qiladilar. Ularning har ettitasi tepasida devonbegi turgan.
Ularning hammasi devonbegi rahbarligida bugun moliyaviy ishlarni amalga oshirib,
Sohibqironni voqeiyliklardan xabardor etib turishlari kerak. Bundan tashqari, yana bir
kishini arzbegi qilib tayinlab, u sipoh, raiyat hamda arz-dod qilib keluvchilarni qabul
qilish; muhim ishlarning qaysi biri bitgan va bitmagan, bularning barchasidan Amir
Temurni xabardor qilib turishi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |