O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Abdurahmonova Zuhra Abdurahmon qizi



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Abdurahmonova Zuhra Abdurahmon qizi
 - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 


429 
taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillari, qonuniyatlari, 
yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, 
qobiliyatlari, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham mikdor o’zgarishlariga ega bo’lgan 
ko’rsatgichlar o’smir yoshidagi o’quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda, 
xulqini va o’z-o’zini boshqarishda hamda unga ta’sir ko’rsatishda alohida ahamiyat 
kasb etadi. 
Umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilarida sanogen tafakkurni shakllantirishda 
maktab amaliyotchi psixologining o’ziga xos o’rni bor. Asosiy masala shundaki, 
maktab o’quvchilarida turli qiyinchilik va real xayotni to’g’ri anglash masalasi turadi. 
Bunday qiyinchiliklarni sanogen tafakkurga ega bo’lgan yoshlar mazmunli, bezarar, 
maqsadli engib o’tishi mumkin. O’quvchilar oldiga qo’yilgan masala yuzasidan 
sanogen tafakkur bilan har biri o’z ehtiyotkor yo’li bilan o’zining hayot haqiqatini 
kashf etadi.
Mustaqillikni mustahkamlash, sog’lom avlodni tarbiyalash, komil insonni 
voyaga yetkazish borasidagi tarbiyaviy ishlarni milliy ma’naviyatimiz boyliklari 
bilan birga umuminsoniy ma’naviyat boyliklaridan foydalanish negizida qurmog’imiz 
lozim. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, e’tiqodiga ko’nikmalar majmui 
asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila − haqiqiy ma’naviyat o’chog’i, 
mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Oilada o’sib kelayotgan o’smirlar jamiyat 
taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishi uchun ularda Vatanga muhabbat, imon-e’tiqod, 
mas’uliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga ishtiyoq, kitobsevarlik, 
mehnatsevarlik, halollik, dahldorlik kabi ijtimoiy ko’nikmalar shakllantirilishi lozim. 
Ota-onalar bolalarda yoshlikdan xalq, yurt taqdiri uchun fidoyilik tuyg’usini 
shakllantirishi, ezgulik, insonparvarlik, rahm-shafqatlilik ruhida tarbiyalashga 
mas’uldirlar.
[3] 
Buning uchun o’z farzandlarini yoshligidan boshlaboq, tabiat olami bilan 
tanishtirishning milliy an’analarimizga xos shakllarini qo’llashlari lozim. Bu 
mas’uliyatli vazifani amalga oshirish uchun ota-ona dunyoviy va diniy ilmdan 
habardor bo’lmog’i lozim. O’smir atrof-muhitga insonlarga mehr-muhabbat va sila’i 


430 
rahmni o’z ota-onasidan oiladan, ularning munosabatlaridan ong dasturiga muhrlab 
boradi va albatta kelajakda unga amal qila boshlaydi. Buning uchun ota-ona o’z 
farzandiga insonparvar munosabatni amalga oshirmog’i lozim. Bu jarayonda milliy 
turmush tarzimizga yot bo’lgan «jangari» o’yinchoqlar, multfilmlar, kinofilmlardan 
imkon qadar foydalanmaslik maqsadga muvofiqdir. Balki, Sharqona odob va ezgu 
intilishlarini aks ettiruvchi o’yinlar, o’yinchoqlar, rasmli kitoblar, hadis ilmi, Qur’oni 
karim oyatlari, milliy ruhdagi ertaklar asosida yaratilgan multfilmlarni ko’rishga 
ko’niktirish ular ma’naviy-mafkuraviy tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. Ota-onani, 
yoshi ulug’larni hurmat qilish va kichiklarga shavqatli bo’lishi ham milliy 
ma’naviyatimizning insonparvarlik tamoyillariga kiradi. Bu tamoyil istiqlol va 
istiqbol muammolarini o’tmishning boy tajribasi bilan bog’lashga yaqindan yordam 
beradi. Odatda kishilar ko’pincha ikki ishda katta xatoga yo’l qo’yadilar. Birinchisi - 
yoshlarni hali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi - keksalarni qariya deb 
chetga surib qo’yganida. Yoshlarda kelajakka intilish bilan bog’liq bo’lgan katta 
tashabbus, kuch va g’ayrat bo’ladi. Keksalar esa hayot yo’lida ko’p issiq va sovuq 
kunlarni boshdan kechirib, boy tajriba orttirgani uchun ularda uzoqni o’ylab, bosiqlik 
bilan ish qilish, yetti o’lchab bir kesish singari ma’naviy boylik va yetuk tafakkur 
salohiyati bor. Masalan, uyda oila davrasida dasturxon boshida kattalarning keksa 
ota-onalariga uzoq umr, sog’lik salomatlik tilab, Allohga har bir ne’mat uchun 
shukronalik keltirib duo qilgani, yoki o’tgan marhum yaqqinlarini xotirlab ularga 
duoi fotiha o’qiganini ko’rib shu jarayonlarda ishtirok etib kelayotgan o’smir ongida 
bu hayotiy ko’nikmaga aylanib boradi.
Oilada islom ta’limotiga ko’ra ayolning ozodalik, muloyimlik, itoatkor, sabr 
qanoatli bo’lishi ta’kidlangan. Ana shunday go’zal ifatlarni onasidan ko’rib o’sib 
kelayotgan qiz albatta kelajakda ana shunday go’zal fazilatli ayol bo’lib shakllanadi. 
Erkak kishini oilaning iqtisodiy muammolarini hal etishdagi halol mehnati, 
mas’uliyatini ko’rgan o’g’il farzand kelajakda hayotning ana shu qoidalariga amal 
qiladi. O’smir yoshdagi o’quvchilarni to’g’rilikka, halollikka, poklikka, 
vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qo’yingki, yuksak axloqlilikka 
yo’llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi

[4] 


431 
Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali axamiyat berishimizning boisi - 
imoni, e’tiqodi va axloqiy fazilatlari — ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg’usi 
qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol yoshlarga ega mamlakatgina mustaqil 
va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak sog’lom tafakkurga ega bo’lgan ma’naviy 
barkamol yoshlarga tayangandagina yaratiladi, taraqqiy etadi. Boshqacha aytganda, 
sog’lom tafakkurga ega, ma’naviy barkamol shaxs buyuk kelajakni yarata oladi. 
Shuning uchun ma’naviy barkamol, tafakkuri sog’lom shaxsni tarbiyalash har 
qachongidanda muhim va dolzarb masala hisoblanadi
[5]. 
Birinchi Prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari ibratlidir: «Biz sog’lom 
avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat 
jismoniy sog’lomlikni emas, balki Sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar 
ruhida kamol topgan insonni tushunamiz». Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, Sharqona 
odob-axloq va umumbashariy g’oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak 
ma’naviyatli, ya’ni sog’lom tafakkurga ega komil inson hisoblanadi. Sanogen 
tafakkur insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, sabr-qanoati, shukronaligi, xulq-
atvor normalari, axloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi
[1].
 
Inson e’tiqodsiz va g’oyasiz yashay olmaydi. Shunday ekan shaxsning e’tiqodi 
va uning g’oyasi hozirgi kunda sog’lom tafakkur asosida qo’yilmasa inson bugungi 
globallashuv jarayonida jaholatga uchrashi mumkin. Chunki, hozirgi zamon yosh 
avloddan mafkuraviy immunitetning kuchli bo’lishini talab qilmoqda. Yoshlarda 
mafkuraviy immunitetni shakllantirishdan avval ularda islom dinning asl maqsadi 
faqat ezgulikka asoslanishini, vatanparvarlik, imon-e’tiqod kabi tushunchalarni 
yaxshilab anglab etgan bo’lishlari lozim. Agar yoshlarda uning bolaligidan sog’lom 
fikr va keng dinyoqarashni shakllantirilsa ular ma’naviyatli, mustaqil fikrga ega 
bo’lgan komil inson bo’lib voyaga etadilar
[4].
Xulosa qilib aytganda sog’lom tafakkur bu aqlning, fikrning zehnning sog’lom 
bo’lishi bo’lib, shaxsning zararli odatlardan, yot mafkuralardan, ma’rifatsizlikdan 
asrashdir. XXI asr sanogen fikrga ega, ma’naviy jihatdan yetuk, zehni o’tkir shaxsni 
tarbiyalash davr talabidir. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish