KIRISH
Xalqaro raqobatlashuvning tobora kuchayib borayotgani milliy iqtisodiyotlarni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bu jarayonda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotdagi istiqbolli loyihalarga xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini keng jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga koʻtarish, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Shu boisdan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi.
Xalqaro moliya institutlari fanining ishchi - oʻquv dasturi xalqaro moliya institutlari faoliyatining nazariy asoslari va globallashuv jarayonida xalqaro moliya institutlarining rivojlanishiga tegishli mavzularni qamrab oladi.
Oʻquv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi oʻrni
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab, ijtimoiy sohaning markaziy boʻg‘ini hisoblangan ta’lim yoʻnalishiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Ta’lim yoʻnalishining toʻg‘ri yoʻlga qoʻyilishi va oqilona tashkil etilishi mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni oʻz vaqtida va toʻliqligicha bajarilishiga zamin yaratadi. Mamlakatga xalqaro bozorlardan boʻsh turgan mablag’larni jalb etib, investitsion jarayonlarni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mazkur jarayonda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bilan bog‘liq munosabatlar “Xalqaro moliya institutlari” fanining dolzarbligini ifodalaydi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy mablag’lar bilan bilan uzviy ta’minlanishiga qulay sharoit tug‘diradi. Xalqaro moliya institutlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanishda “Xalqaro moliya institutlari” fani muhim ahamiyat kasb etuvchi fanlardan boʻlib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |