10-mavzu. Islom moliyasi va moliyaviy institutlar.
Islom moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari. Islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasi. Islomiy moliyalashtirishning tamoyillari. Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi, uning asosiy maqsadi va vazifalari. O‘zbekistonda islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasini yaratish borasidagi chora-tadbirlar.
11-mavzu. Islom taraqqiyot banki, uning asosiy funktsiyalari va vazifalari.
Islom taraqqiyot bankining rivojlanish tarixi va tashkiliy tuzilishi. Islom taraqqiyot bankining asosiy vazifalari, funktsiyalari, maqsadi. Islom taraqqiyot bankining boshqa xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalari. Islom taraqqiyot bankining kredit siyosati. Islom taraqqiyot bankining bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalari.
12-mavzu. O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari.
O‘zbekistonnning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Mamlakatning xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash masalalari. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash ko‘rsatkichlari. Xalqaro moliya institutlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi islohotlar. xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablag‘larini faol jalb etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar. Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar
Fan boʻyicha laboratoriya ishlari oʻquv rejada koʻzda tutilmagan.
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
“Xalqaro moliya munosabatlari” fani boʻyicha talabaning mustaqil ishi shu fanni oʻrganish jarayonining tarkibiy qismi boʻlib, uslubiy va axborot resurslari bilan toʻla ta’minlangan.
“Xalqaro moliya munosabatlari” fanini oʻrganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va iqtisodiyotdagi amaliy masalalarni yechishda koʻnikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra oʻqituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda internet saytlaridan foydalanib, konspektlar, referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, koʻrgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qoʻshimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil oʻrganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yoʻllarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar toʻplash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy toʻgarak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz oʻquv faoliyati samarali boʻlishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi oʻqituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni oʻzlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi oʻqituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Talabalarga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
darslik va oʻquv qoʻllanmalar boʻyicha fan mavzularini oʻrganish;
tarqatma materiallar boʻyicha ma’ruzalar qismini oʻzlashtirish;
komp’yuter texnologiyalari tizimlari bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar boʻyicha referat va konspektlar tayyorlash;
talabaning oʻquv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq boʻlgan adabiyotlar, monografiya va ilmiy toʻplamlarni chuqur oʻrganish;
interaktiv va yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻqitish jarayonida faol qatnashish;
masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etishda qatnashish;
mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |