“Xalqaro moliya institutlari” fanining asosiy maqsadi – magistrantlarda xalqaro moliya institutlari va ularning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi oʻrnini tadqiq etish, xalqaro moliya institutlarining faoliyatini, ularning a’zo mamlakatlar bilan moliyaviy munosabatlarini hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – xalqaro moliya institutlarining faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslarini, ularning tasnifi va tavsifini, turlarini, faoliyat darajasi va hamkorlik qirralarini oʻrgatishdan iborat.
Fan boʻyicha talabalarning tasavvur, bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan talablar
Mazkur fan boʻyicha magistrant:
- xalqaro moliya institutlarining jahon iqtisodiyotida tutgan oʻrni;
- xalqaro moliya institutlarining turlari va turkumlanishi;
- xalqaro moliya institutlarining maqsad va vazifalari;
- xalqaro moliya institutlari faoliyatining asosiy tamoyillari;
- xalqaro moliya institutlarining me’yoriy hujjatlari;
- xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyaviy, hisob-kitob va valyuta-kredit faoliyatini tashkil etilishi;
- xalqaro moliya institutlarining boshqaruvi va qaror qabul qilish jarayonlari;
- xalqaro moliya institutlariga a’zo boʻlish shartlari va a’zo mamlakatlarning majburiyatlari;
- xalqaro qarzdorlik muammolari haqida tasavvurga ega boʻlishi;
- xalqaro moliyaviy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni ilmiy tahlil qilish;
- xalqaro moliya institutlari talabi boʻyicha ma’lumotlar va hisobotlarni shakllantirish;
- xalqaro moliya institutlarining hisobotlarini tuzish metodologiyasi;
- xalqaro moliya institutlarining moliyaviy resurslari va ularning manbalari;
- Jahon banki kreditlarining turlari va ular ajratiladigan davlatlar, ustuvor soha va tarmoqlar;
- XVF kreditlari va ularni taqdim etish shartlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- valyuta, kredit va hisob-kitob operatsiyalarini oʻtkazish;
- xalqaro kredit liniyalariga xizmat koʻrsatish;
- toʻlov balansi defitsitini boshqarish;
- qarz jalb qilishning tashqi manbalaridan foydalanish va bu jarayonda valyuta va foiz risklarini boshqarish;
- xalqaro moliya va kredit faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil etish;
- bank faoliyatini tartibga solishning xalqaro talablarini tatbiq etish;
- xalqaro moliyaviy boshqaruvni samarali tashkil etish boʻyicha koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.