Reja: - Ijtimoiy soha tushunchasi va uning rivojlanishi.
- Ijtimoiy soha iqtisodiyotining o’ziga hosligi.
- Ijtimoiy soha tarkibi.
- Ijtimoiy soha tushunchasi va uning rivojlanishi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha xodimlarining moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar faoliyatiga qo’shayotgan hissalari yuqori darajaga ko’tarilmoqda.Shuning uchun ham ijtimoiy sohani rivolantirishga davlatning salmoqli ulushdagi moddiy,mehnat va moliyaviy resurslari sarflanmoqda. Xizmat ko’rsatish sohalari xalq ta’limi,sog’liqni saqlash,san’at va madaniyat,ilm-fan,jismoniy tarbiya va sport,ilmiy izlanishlar,davlat boshqaruvi, mudofaa, maishiy xizmat kabi sohalarni qamrab oladi. Ijtimoiy soha faoliyatining tarixiga murojaat qilsak,dastlabki davrlarda uning insoniyat taraqqiyotida egallagan ulushi nihoyatda kamligining guvohi bo’lamiz.Hozirda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o’sishi,aholi ijtimoiy va madaniy ehtiyojining rivojlanishi ijtimoiy mehnat taqsimotida ijtimoiy sohaning yirik tarmoqqa aylanishiga sabab bo’ldi.Ma’lumotlarga qaraganda, bu mamlakatlarda ishga yaroqli umumiy aholining o’rtacha 70% dan ko’prog’i shu sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda. Ijtimoiy sohaning paydo bo’lishi va kelajakda rivojlanishi uning ijtimoiy mehnat taqsimotidagi o’rnining mustahkamlanib borishida va mamlakat iqtisodiy o’sishida sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu sohalarning maxsuslashishi , yiriklashishi , yangi tarmoqlarning tashkil topishi iqtisodiyotni boyitgan holda ishlab chiqarish darajasining o’sishini ta’minlaydi.Xizmat ko’rsatish sohalarining yo’nalishi va rivojlanish tavsifi, uning tarkibi va alohida tarmoqlarning rivojlanish darajasi jamiyatning iqtisodiy qurilishi va ijtimoiy ishlab chiqarish shakli bilan aniqlanadi. Respublikamizda mustaqillikka erishilgan birinchi kundan boshlaboq asosiy e’tibor ijtimoiy sohani rivojlantirishga, shu sohada ishlayotgan hodimlarni bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy muhofaza qilishga qaratildi.Ayniqsa, ijtimoiy-madaniy,ilm-fan,jismoniy tarbiya va sport sohalari yuqori darajada rivojlanmoqda.Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bozor iqtisodiyotiga o’tishda aholi farovonligini oshirish o’z-o’zidan zamonaviy,yuksak rivojlangan xizmat ko’rsatish sohalarini tashkil qilishni taqazo etadi. Ijtimoiy soha xizmati moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy ehtiyoji hisoblanadi.Takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan sohaga shaxsiy iste’molning qo’shilishi tamomila,umuman yo’q bo’lib ketishidan darak bermaydi.Aks holda noishlab chiqarish sohalari bilan iqtisodiy aloqalar tog’risida gap bo’lishi mumkin emas edi. Xizmat ko’rsatish sohalari shaxsiy iste’molga qo’shiladigan takror ishlab chiqarish jarayonining vujudga kelishida ob’ektiv sharoit yaratib beradi.Chunki , birinchidan, bu sohalarning ba’zi tarmoqlari xizmati ishchi kuchi ishlab chiqarish muomalasiga kiradi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev jahonning ko;plab yirik mamlakatlari bilan qator shartnomalarni imzoladi.Jumladan jahonning eng yirik davlatlaridan sanalmish Xitoy,Korea,AQSH,Rossiya hamda boshqa mamlakatlar bilan savdo sotiq moliyaviy aloqalar , madaniyat va sohalarda yirik shartnomalar imzolanib kelinmoqda. Buning matijasida mamlakatimiz yanada jadal suratda rivojlanmoqda.Yangi yangi imoratlar, yangi savdo markazlari, oliy o’quv yurtlari tashkil etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |