2.Kasb-hunar kollejlari tasviriy san`at darslarida tabiat manzaralarining rasmini chizish.
Tabiat o`zining daraxtlari, rang-barang o`simliklari, qush va hayvonlar olami, tog’, adir, daryolari bilan o`ziga xos go`zalliklar dunyosini bunyod etadi.
Inson esa ularni o`z mehnati, ilmu-san`ati bilan yanada ko`rkam, yanada chiroyli bo`lishiga harakat qiladi.
Tabiat va uning go`zalligi, tabiatga yanada go`zallik ato etuvchilar ularning mehnati haqida shoirlar, rassomlar, kompozitorlar o`z asarlarini yaratdilar. SHu boisdan rassom bo`lishni orzu qilgan, bu yo`lda ijod qiladigan har bir rassom ham tabiat rasmini chizishni aslo kanda qilmaydi. Shu boisdan ham rasm chizishni o`rganishga kirishayotgan kishi tabiat materiallarini rasmini chizishni yaxshi o`rganib olishi lozim. Chunki, tabiat rassom uchun tasvirlashning asosiy manbasi bo`ladi. Unda o`simliklar, daraxtlar, tog’-tosh, dara, qoyalar, bog’u-rog’lar, uy-hovlilar, paxtazor, bug’doyzor, o`rmon, daryo, ko`l va havzalar rasmini chizish mashqlari tabiat manzaralari rasmini chizishning dastlabki qadamlari bo`ladi. SHu boisdan qo`llanmada tabiatning qator elementlarini tasvirini yaratish bo`yicha mashqlarga nazariy va amaliy yo`llanmalar beriladi.
O`t-o`lanlar va daraxtlar rasmini chizish. O`t-o`lanlarni asosan barg, novda-shoxchalar tashkil etadi. Shuning uchun eng avval barg va novdalar rasmini chizish mashqlarini egallashimiz kerak. Buning uchun biron o`simlik yoki daraxt novdasini olib, uni avval bargini, so`ngra novda-shoxchasini rasmini chizishni mashq qilinadi. Bu erda barglarning bir-biridan farqi, ularni novdaga qay holda (paralel yoki ketma-ket) joylanishiga asosiy e`tibor beriladi. Barg, shoxcha, o`simlik va daraxtlar rasmini chizish bo`yicha ko`rsatmalar rasmlarda berilib, unda avval umumiy holda, so`ngra ularni har birini etaplar bo`yicha chizish ko`rsatilgan.
Qush va hayvonlar rasmini ishlash. Yer yuzidagi qushlar olami, hayvonot dunyoei tabiatga o`ziga xos go`zallik beradi. Qushlarni tashqi ko`rinishi, shakli, pat-parlari, ranglarini turli tumanligi kishi diqqatini benihoya o`ziga tortadi.
Rasm chizuvchi tabiatga mehr bilan boqar ekan, undagi o`t-o`lanlar, daraxtlar bilan birga uzoq-uzoqlarda o`tlab yurgan sigir, buzok, qo`zilar, telefon simlarida tizilib o`tirgan qaldirg’ochlar, samoviy ko`kda aylanayotgan qarchig’ay-yu, laylaklar yoki daraxt shoxida og’zini katta ochib qag’illayotgan olahakkalarni ko`rish qanchalik xush yoqsa, ularni rasmini chizish ham shunchalik zavqli bo`ladi. Ularni rasmini chizish uchun anchagina qobiliyat, iste`dod, talant, mashqlar va amaliy tajribalar zarur bo`ladi.
Shu boisdan qush va hayvonlar rasmini chizish malakalarini shakllanti-rish bo`yicha alohida-alohida to`xtab o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |