RANGTASVIR KOMPOZITSIYASI BO’YICHA ISHLANGAN RASMLARDA O’QUVCHILARNI BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH MEZONLARI.
REJA:
1. O`quvchilar bilim va malakalarni nazorat qilish va baholashning mohiyati.
2. Topshiriqlarning shakllari.
3. Nazorat turlari.
4. Borliqni idrok etish yuzasidan bolalar bilimlarini baholash mezonlari.
5. Badiiy qurish-yasash yuzasidan baholash mezonlari.
6. Naturadan ishlangan rasmlar yuzasidan baholash mezonlari.
7. Rangtasvir kompozitsiyasiga doir ishlangan rasmlar yuzasidan baholash mezonlari.
8. Namunadan ko`chirilgan dekorativ ishlarga doir baholash mezonlari.
9. Dekorativ kompozitsiya bo`yicha bajarilgan ishlar yuzasidan o`quvchilar bilim va malakalarini baholash mezonlari.
10. San`atshunoslik asoslari yuzasidan baholash mezonlari.
1 Tasviriy san`atdan topshiriqlar
O`quvchilarning tasviriy san`atdan faoliyatlari o`qituvchining ularga beradigan topshiriqlari yuzasidan dars va darsdan tashqari vaqtlarda amalga oshiriladi. Bu topshiriqlarni sinf va uy ishlari shaklida ifodalasa Ham bo`ladi. O`quvchilarning sinfda bajaradigan ishlari mazkur darslikning “Maktabda tasviriy san`at mashg`ulotlari mazmuni” qismida bayon etilgan. Sinfda bolalarga beriladigan topshiriqlar mazmuni, asosan yangi bilim va malakalar berish maqsadida amalga oshiriladi. Dars jarayonida topshiriqlarning quyidagi ikki shakli ko`p qo`llaniladi.
1. Sinfda bajariladigan topshiriqlar. 2. Uyda bajariladigan topshiriqlar.
Sinfda bajariladigan topshiriqlarning quyidagi turlari mavjud.
San`atshunoslik asoslari mashg`ulotlarida:
-tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlarining nazariy asoslari, tarixi, san`atkorlarning Hayoti va ijodi yuzasidan suHbatlar o`tkazish;
-o`quvchilarning o`zlari ishlagan rasmlari yuzasidan insholar yozdirish;
-san`atshunosliklikka oid krossvord, chaynvord echish, viktorina o`yinlarini o`ynash;
-o`rganish maqsadida maHalliy san`at yodgorliklariga, ko`rgazma va muzeylarga borish.
Kompozitsiya mashg`ulotlarida.
- O`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan yoki erkin mavzularda mustaqil ravishda kompozitsiyalar ishlash;
-Avvalgi darsda boshlangan va yakunlanmagan topshiriqni davom etdirish.
-Kompozitsiya mashg`ulotlari bilan bog`liq eskiz, ranglama va qoralamalar ishlash.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlarida.
-Naturaga qarab rasm ishlash bo`yicha o`qituvchi tomonidan sinfda o`rnatilgan naturaning rasmini ishlash;
-Avvalgi darsda boshlangan va yakunlanmay qolgan ishni davom ettirish.
Badiiy -qurish-yasash mashg`ulotlarida:
-o`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzuda tabiiy, badiiy va tashlandiq materiallardan badiiy qurish ishlarini bajarish;
-avvalgi darsda boshlangan va yakunlanmay qolgan ishni davom ettirish;
-qurish-yasash ishlari uchun material to`plash;
-qurish-yasash ishlari uchun tayyorgarlik bosqichini bajaruvchi rasm ishlash.
Borliqni idrok etish mashg`ulotlarida:
-Yil fasllarida tabiatdagi o`zgarishlarni, ulardagi go`zallikni, turli fasllardagi kishilarning meHnat jarayonlarini kuzatish, tabiat manzaralarining go`zalligi, qush va Hayvonlarning Hayotini ko`rsatuvchi filmlarni tomosha qilish va o`rganish;
-mavzu bilan bog`liq bo`lgan gullar, daraxtlar, qush, Hayvonlar rasmlarini ishlash.
Uyda bajariladigan topshiriqlarning quyidagi turlari xarakterlidir:
Do'stlaringiz bilan baham: |