Tarbiyaviy: Ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash



Download 0,95 Mb.
bet1/3
Sana17.02.2020
Hajmi0,95 Mb.
#39980
  1   2   3
Bog'liq
2-sinf Tasviriy san'at konspekt 2

Sana. Mavzu: Rasm ishlash uchun tayyorgarlik .Rang va tuslar . O'zbekiston Respublikasi bayrog'i rasmini ishlash Maqsad:

Ta’limiy : O'quvchilarga milliy istiqlol g'oyasini singdirish,

Tarbiyaviy: Ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi:Asboblar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; Badiiy fikr doirasini kengaytirish.



Darsning jihozlanishi: O’zbekiston bayrog’.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

  1. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.

II.Yangi mavzu bayoni:Rasm ishlash uchun tayyorgarlik bosqichlarini tushuntirish.

Rang va tuslar haqida m’lumot berish .

O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash bilan bog'liq bo'lgan darslikdagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi.

Unda 1-sentabr - O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni ekanligi, bu kunni 1991- yildan buyon bayram qilinishi aytib o'tiladi. O'quvchilar bu yilgi bayramni qanday o'tkazganliklari, ko'chalar nimalar bilan bezatilishini savol-javoblar orqali bilib oladilar.Ma'lumki, rasm ishlash narsa tasvirini qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirishdan boshlanadi. Tasvirlanadigan narsaning bo'yi va eni o'zaro taqqoslanib, bo'yi enidan katta yoki teng bo'lsa, u qog'ozning bo'yiga, aksincha, bo'yi enidan kichik bo'lsa, tasvir qog'ozning eniga joylashtiriladi. Tasvir qog'ozning o'rtasiga joylashtirilishi lozim. U katta ham, kichik ham bo'lmasligi kerak.O'qituvchi tomonidan qog'oz o'lchami va holatini to'g'ri tanlash va bayroq chizishning darslikda berilgan bosqichlari bo'yicha ishlash tushuntiriladi va chizib ko'rsatiladi. Mazkur darsda naturadan rasm ishlanishi sababli o'quvchilar bayroq chizish bosqichlari bilan tanishganlaridan so'ng darsliklar yopib qo'yiladi. Narsaning o'ziga qarab rasm chizish tasviriy san'at mashg'ulotlarining asosiy turi hisoblanadi.

III.Amaliy mashg’ulot.O'quvchilar doskaga ilingan O'zbekiston bayrog'iga qarab mustaqil rasm ishlashga kirishadilar. Dastlab ular darslikda berilgan qalam bilan chamalab bayroq o'lchamlarini va tasvirning qog'ozdagi o'rnini aniqlaydilar. Bunda ularga o'qituvchi yordam beradi. Sinfda bayroq rasmini ishlashning qora qalamda bajariladigan bosqichlari ko'rsatiladi. O'qituvchi bu vaqtda o'quvchilar bajarayotgan ishlami kuzatab yuradi, ularga maslahatlar beradi.

IV.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

V. Uyga vazifa: Sinf ishini yakuniga yetkazish.

MRO`TIBO’______

Sana.


Mavzu: «Bizning maktab» mavzusida rasm ishlash

Maqsad:


Ta’limiy : Maktab tarixi haqida bilim berish:

Tarbiyaviy: Ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi:Q ora qalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; Badiiy fikr doirasini kengaytirish.

Darsning jihozlanishi: Maktab va boshqa binolar aks ettirilgan rasmlar, chizish bosqichlarini ko'rsatuvchi rasm .

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.

2.Davomatni aniqlash.

3.Ob-havo haqida suhbat.

II.Uy vazifasini tekshirish va baholash.

O'tgan darsda uyga vazifa qilib berilgan topshiriqlar tekshiriladi, ba'zi ishlar baholanadi va namoyish qilinadi. Iqtidorli o'quvchilar ishi ham tekshiriladi va ularning muallifflari rag'batlantiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni.

Respublikamizda o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi,ular zamonaviy maktablarda tahsil olayotganliklari aytib o'tiladi. O'quvchilarmaktab binosi fotosurati va tengdoshlari chizgan rasm bilan tanishtiriladi va bino tuzilishi haqida suhbat uyushtiriladi. Fotosuratda, asosan, to'rtburchak shakllari va to'g'ri chiziqlar borligi ta'kidlanadi. Binoning rasmini ishlash bosqichlari namoyish etiladi.

1. Topshiriq bayoni.

Dars maktab hovlisida o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilarga oddiy qalam yordamida rasm chizish yo'llarini eslatib o'tadi. Qalam uchini chiqarish va qalamdan foydalanish qoidalari eslatiladi. Dastlab qalam bilan chiziqlar chizish mashqi o'tkaziladi. Mashqlarning sinfda bir necha marotaba takrorlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. So'ngra bino tasvirini qalamda chizish darslikda berilgan bosqichlar asosida o'rgatiladi.

Kamalak jilosi aks etgan rasm yordamida undagi ranglar haqida savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. O'quvchilar e'tibori tabiatdagi va san'atdagi ranglarning o'zaro bog'liqligiga, ranglarni ko'ra bilish kabi muhim masalalarga qaratiladi. Kamalakning 7 xil rangli joylashuvining doimiy ketma-ketligi buzilmasligi ta'kidlanadi va ular o'quvchiiar tomonidan eslab qolinishiga sharoit yaratish lozim bo'ladi.

Ranglarning ramziy ma'nolari haqida savol-javob o'tkaziladi. Javoblar o'qituvchi tomonidan umumlashtirilib, yashil - ona tabiat, yangilanish; moviy rang - osmon, koinot, tinchlik; qizil - ga'laba, olov, shodlik; sariq - muqaddaslik, yorug'lik, quyosh; qora - motam, qo'rquv, tushkunlik; oq - poklik, ozodlik, baxt ramzi ekanligi ta'kidlanadi.

2. Amaliy mashg'ulot.

Ikkinchi sinf o'quvchilari rasm chizishda endigina ko'nikma hosil qilayotganlarini inobatga olib, maktab binosi shartli ravishda yassi deb qabul qilinishi mumkin. Shuning uchun o'quvchiiar imkon boricha maktab binosi to'g'risiga o'tqazilishi kerak. O'quvchiiar maktab hovlisiga chiqib «Bizning maktab» mavzusida naturaga qarab rasm chizishga kirishadilar. O'qituvchi aylanib yurib o'quvchilarga amaliy yordam va maslahatlar beradi.







IV. Darsga yakun yasash.

Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchiiar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V.Uyga vazifa berish.

“Bizning maktab” mavzusida boshlagan rasmni chizish ishlarini yakunlab kelish.


MRO’TIBO’_________

Sana.


Mavzu: Yo'lsimon shaklda naqsh ishlash Maqsad:

Ta’limiy : O'quvchilarga yo'lsimon haqshlar haqida ma'lumot berish;

Tarbiyaviy: Ulami mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi:Asboblar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; Badiiy fikr doirasini kengaytirish.



Darsning jihozlamshi: Naqshlar aks etgan buyumlar rasmlari va naqshlangan buyumlardan namunalar, shu mavzuda parallel sinf o'quvchilari tomonidan ishlangan naqsh namunalari.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.

II.Yangi mavzu bayoni.Darsni ustalar tomonidan ishlangan naqsh namunalari, naqsh bilan bezatilgan tayyor mahsulotlar, tarixiy obidalarga ishlangan naqsh bezaklari misolida savol-javob orqali suhbat qilish bilan boshlash maqsadga muvofiq. Suhbat davomida «Naqsh» - arabcha so'z bo'lib, tasvir, gul degan ma'noni anglatishi, u o'simliklar, handasaviy (geometrik) belgilar, mevalar tasviri asosida ishlanishi ularning takrorlanishidan hosil qilingan bezaklar naqsh deb atalishi ta'kidlanadi. Har qanday naqshlaming belgilari tevarak-atrofdan olinganligi haqida tushuncha beriladi. Respublikada ko'zga ko'ringan naqsh ustalari Xususan, Usta Shirin Murodov (1897-1957) haqida. U O'zbekiston Fanlar akademiyasining faxriyO'zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, me'mor, ganch o'ymakorligi ustasi ekanligi haqida ma’lumot beriladi. Usta Shirin Murodov Toshkent kuranti, Navoiy teatri, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi va boshqa tarixiy obidalarni bezatishda ishtirok etgan.

O'qituvchi tomonidan turli naqsh namunalari darslikdagi va darslikda berilmagan qo'shimcha materiallar yordamida ko'rsatiladi. Naqshlaming yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak va doiraviy turlari borligi va ularning bir-biridan farqi aytib o'tiladi. Yo'lsimon naqsh namunalariga alohida urg'u hamda uni chizish va bo'yalishi yuzasidan ko'rsatmalar


beriladi. Oddiy naqsh chizish uchun, avvalo, ikkita o'zaro parallel chiziqlar chiziladi va bir xil kattalikdagi kvadratchalarga bo'linadi. Birinchi katakka asosiy naqsh chiziladi. Keyingi bosqichda asosiy naqsh takrorlanib,
yo'lsimon naqsh to'ldiriladi. Bunday birxildagi takrorlanishdan ritm hosil bo'ladi. So'ngra naqsh xoshiyasi ishlanadi. Oxirgi bosqichda naqsh bo'yaladi.

III. Darsga yakun yasash: Dars jarayonida fikr yuritilgan tushunchalar savollar yordamida takrorlanadi.O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

IV.Uyga vazifa.Yo’lsimon naqsh chizish ishi yakunlanib kelinadi.

MRO’TIBO’_________

Sana.


Mavzu: Tarvuz rasmini chizish. Maqsad

Ta’limiy : o'quvchilarga rasm va haykallarda ko'p uchraydigan shakllar haqidagi tushuncha

Tarbiyaviy: ularni tabiatni sevish ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: naturaga tushayotgan yorug'-soya yuzasidan dastlabki tushunchalarni rivojlantirish.



Darsning jihozlamshi: Geometrik jismlar: shar va kub maketlari.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.

II.Yangi mavzu bayoni.

Tevarak-atrofdagi har bir narsa ma'lum shaklga ega ekanligi misollar asosida tushuntiriladi.Natyurmort frantsuzcha «jonsiz tabiat» degan ma'noni bildirishi aytiladi. Insoniyat hayotida ishlatiladigan buyum, narsalar, sabzavot va mevalar, asbob-uskuna kabilarga o'xshash namunalarning tasvirlanishi tasviriy san'atda natyurmort janri deyilishi tushuntiriladi. O'quvchilarni rassomlar asarlari bilan tanishtirish jarayonida natyurmotrchi rassom-lardan R. Ahmedov, L. Salimjonova, T. Abdurahmonov, R.Oripovalar haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi.

Aylana, kvadrat, to'rtburchak, uchburchak, oval kabi handasaviy geometrik) jismlar yuzasidan suhbatda atrofimizdagi narsalar geometrik ismlarga yoki ulaming birikmalariga o'xshashligiga e'tibor qaratiladi.

Har bir narsaning rasmini chizishdan oldin uni tuzilishi bilan yaxshilab tanishish zarurligi ta'kidlanadi. Bunda tasvirlanayotgan narsaning nimalardan tuzilganligi, ulaming shakli, o'lchovlari, bo'yi va enining nisbati, rangi, narsaga yorug'lik nuri qaysi tomondan tushayotganligi, qaysi qismiga yorug'lik va qaysi qismiga soya tushayotganligiga e'tibor qaratilishi tushuntiriladi.

Sharga qarab uning rasmini chizish bosqichlari darslikda berilishi )'yicha o'rgatiladi. Chiziladigan shar o'qituvchi tomonidan tanlanadi va >rug', soyasi aniq ko'rinadigan joyga qo'yiladi. Sharga qaysi tomondan iralsa ham bir xil ko'rinishga ega. Lekin ulaming yorug' soyalari har bo'ladi. U qirrasiz, yumaloq tuzilishga ega. Yorug'lik nuri narsalarga rlicha tushadi. Buni sharda aniq ko'rish mumkin. Yorug'lik sharning bir qismini juda kuchli yoritadi. Shuning uchun unda yaltiroq joyi yorug’,soya,yarim soya ko’rinadi.Tarvuz rasmini ishlash bosqichlarini tushuntirish.

III..Darsga yakun yasash.

Mavzu savollar yordamida muatahkamlanadi.Amaliy ishni yaxshi bajargan o’quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi.

IV.Uyga vazifa.

Darsda boshlangan ishni yakunlab kelish.

MRO’TIBO’_________

Sana.

Mavzu: Portfel ramini chizish.

Maqsad:


Ta’limiy:O’quvchilarga ranglar ,ularning nomlari haqidagi bilim berish.

Tarbiyaviy: Estetik didini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:Mo’yqalam bilan ishlash malakasini rivojlantirish.

Darning jihozlanishi: portfel bosqichlari tasvirlangan plakat.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.

II.Yangi mavzu bayoni. Olamda juda ko’p ranglar mavjudligi ,ulardan 3ta rang asoiy hisoblanishi ,bular-qizil,sariq,ko’k ekanligi to’g’risida gapiriladi.Asosiy ranglarni boshqa ranglar aralashmasidan olish mumkin emasligi ularning aralashmasidan esa boshqa ranglar olish mumkinligi tushuntiriladi.Bular-yashil,zarg’aldoq,binafsha va boshqa ranglar. Bular hosila ranglar hisoblanadi. Bundan tashqari ranglar iliq va sovuq ranglarga bo’linadi.

O'qituvchi o'quvchilami akvarel bo'yoqlari va mo'yqalamlardan foydalanish yo'llari bilan tanishtiradi. Mo'yqalam bilan ishlayotganda uni qog'ozga qattiq bosib ishlatish mumkin emas. Mo'yqalam billan yangi bo'yoqni olishdan avval u tozalab yuviladi. Bo'yoqlarni aralashtirib yangi rang tuslar hosil qilish mashq qildiriladi. Misol uchun, ko'k va sariq ranglarni aralashtirib, yashil rang hosil qilinadi. Ko'k (to'q ko'k, och ko'k, havorang) ranglar bilan sariq (rangning to'q va och va boshqa) rang tuslarini o'zaro aralashtirib, yashil rangning bir qancha tuslari hosil qilinadi. Bular palitrada aralashtiriladi, oq qog'oz parchasida tekshirib ko'riladi va undan rasmda foydalaniladi.

III.Amaliy mashg'ulot: Portfel rasmini chizish bosqichlari darslikda berilishi bo'yicha tushuntiriladi. Avval portfelning bo'yini eniga bo'lgan nisbati aniqlanadi. Uning shakli, ranglari tahlil qilinadi.O'qituvchi o'quvchilarga mustaqil ravishda naturadan portfel rasmini chizdirish uchun uni taglikka hammaga ko'rinadigan joyga o'rnatadi. O'quvchilar rasm ishlashga kirishadilar. O'qituvchi o'quvchilarga amaliy yordam berish maqsadida ularning ishlarini kuzatib boradi.Portfel qalamda, so'ngra rangda ishlanadi. Rangtasvir ishlash bosqichlari tushuntirilgach, birinchi bosqichda och rangda, ikkinchi bosqichda to'qroq, oxirida haqiqiy rangi hosil qilinadi.Bo'yalayotgan yuzaning katta yoki kichikligiga qarab qalin, o'rtacha va ingichka mo'yqalamlardan foydalaniladi. Bo'yash oldin katta yuzadan boshlanib, so'ng kichiklariga o'tiladi.

IV.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darslikda berilgan
savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan
o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning
ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi,va uyga yakunlash topshiriladi..

MRO’TIBO’_________

Sana

Mavzu: Haykaltaroshlik. Plastilindan choynak va payola yasash.



Maqsad :

Ta’limiy: O'quvchilarning badiiy bilim doirasini kengaytirish;

Tarbiyaviy: O'quvchilarning badiiy didini o'stirish;

Rivojlantiruvchi: Qo'l va steklar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

Darsning jihozlanishi: Choynak va piyola.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.



II.Yangi mavzu bayoni.

Mazkur darsda haykaltaroshlik tasviriy san'at turlaridan biri ekanligi, uning ko'zga ko'ringan namoyandalari, ular tomonidan ishlangan ijod namunalari haqida suhbat uyushtiriladi.


Haykailar tosh, granit, metal, yog'och, gips va shu kabi materiallardan ishlanishi aytiladi. Shuningdek, loy va plastilinlardan foydalanish haqida ma'lumot beriladi. Bolalar ijodida loydan ko'ra plastilindan foydalanish
malum afzalliklarga ega. Chunki loy qurigach mo'rt bo'lib qoladi, plastilin esa o'zining egiluvchanligini yo'qotmaydi. Haykailar tasvirlanish uslubiga ko'ra ikki turda: hajmli (uch o'lchamli, ya'ni bo'yi, eni va qalinligi bo'lgan
jism) va relyefii haykallarga bo'linishi aytib o'tiladi. Bunda o'quvchilar e'tibori haykaltaroshlik asarlarida tabiat va inson o'rtasidagi bog'liqlik qanday ifodalanganligini tahlil qilish va aniqlashga qaratiladi. Haykal yasash materiallar tanlash va naturaga qarab haykal yasash bosqichlari o'rgatiladi. Plastilindan oddiy shakllar yasab ko'rsatiladi.

Mazkur darsda haykalni alohida-alohida loy bo'laklaridan ishlash usuli o'rgatiladi. Haykali ishlanayotgan (tasvirlanayotgan) narsalar har tomondan sinchiklab kuzatilishi, ularning tuzilishi, shakllari, o'lchovlari aniqlanadi, yasalishi darslik bo'yicha tushuntiriladi.

III.Amaliy mashg'ulot:

Sinfga keltirilgan choynak va piyola hamma o'quvchiga ko'rinarli q'ilib qo'yiladi. O'quvchilarga ularni aylantirib ko'rish imkoniyati yaratiladi. Naturaning tuzilishi, shakli, o'lchovlari, hajmi yaxshi o'rganilgandan so'ng o'quvchilar choynak va piyola haykalini yasashga kirishadilar.

IV. Darsga yakun yasash:

Dars mavzusi darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.


V. Uyga vazifa berish.

Choynak va payola haykalini tugallab kelish.

MRO’TIBO’_________

Sana.


Mavzu: «Mening shahrim (qishlog'im)» mavzusida rasm ishlash

Maqsad :


Ta’limiy: o'quvchilarga yashab tirgan joylari haqida bilim berish.

Tarbiyaviy: o'quvchilarning badiiy va estetik didini o'stirish;

Rivojlantiruvchi: qalam va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

Darsning jihozlanishi: Shahar va qishloq manzaralari tasvirlangan rasmlardan namunalar.



Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.



II.Yangi mavzu bayoni.

Respublikamiz aholisining bir qismi shaharlarda va yana bir qismi qishloqlarda istiqomat qilishi aytilib, darslikda berilgan shahar va qishloq ko'rinishlari haqidagi rasmlar asosida suhbat uyushtiriladi. O'quvchilardan shahar va qishloqning bir-biridan farqi hamda o'zlarining shahar yoki qishloqlari to'g'risida gapirib berishlari so'raladi. Rasm ishlashda ranglardan to'g'ri foydalanish zarurligi, tabiatni kuzatish jarayonida undagi turli holatlarni narsa va hodisalami anglash, tasvirlanadigan narsalar haqida ma'lumot beriladi. O'quvchilar narsalarning rasmini chizishda perspektiva qoidalaridan foydalanish tanishtiriladi. O'quvchilarga rasm chizishda perspektiva qoidalariga rioya qilish kerakligi uqtiriladi. Narsalar ko'zimizga qanday ko'rinsa, qog'ozda ham shunday tasvirlanishi lozimligi qayd qilinadi. Tushunarli bo'lishi uchun rasmda oldindagi tasvir orqadagisidan ko'ra kattaroq ko'rinishini daraxtlar misolida tushuntirish mumkin, ya'ni oldingi qatordagi bir xil o'lchovdagi daraxt kattaroq, keyingi qatordagilari kichikroq bo'lib ko'rinadi.

O'qituvchi narsalarning rasm chizuvchidan bir xil uzoqlikda turganda o'lchamlariga mos ravishda bir xil kattalikda tasvirlanishi, rassomdan turli uzoqlikda turganda esa yaqindagisi kattaroq, uzoqdagisi kichikroq tasvirlanishi tushuntiriladi.

III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda «Mening shahrim (qishlog'immavzusi bo'yicha rangtasvir kompozitsiyasi ishlashga kirishadilar. Rasmni chizishda perspektiva qoidalariga rioya qilishlari lozimligi uqtiriladi.

IV.Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.

Dars mavzusi darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. O'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlardagi manzaralarning aks ettirilishi kimning ishida mazmunli chiqqanligi, kompozitsiyaning qaysi jihati ishga alohida ko'rk baxsh etganligi aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.Tugatmaganlar yakunlab keladi.



Darslikda keltirilgan test savollarining javoblari:

Test t/r

1

2

3

4

5

6







1

2

3

4





1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javoblari

A

D

B

A

E

D

D

A

D

A

E

B

H

F

J

L

I

K

MRO’TIBO’_________


Sana. Mavzu: Naturadan moychechak rasmini ishlash

Maqsad :


Ta’limiy: O'quvchilarga gul turlari haqida bilim berish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarning badiiy va estetik didini o'stirish;

Rivojlantiruvchi: Qalam va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

Darsning jihozlanishi: Mavzuga oid rassomlar tomonidan ishlan-gan san'at asarlarining reproduksiyalari, gullar.



Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.

II.Yangi mavzu bayoni.

Gullarning go'zallik ramzi ekanligiular­ning rassomlar asarlarida aks ettirilishi yuzasidan suhbat savol-javob orqali amalga oshiriladi. Barglarning o'ziga xos shakli,ularningba'zilaridumaloqroq, ba'zilari uzunchoq, ba'zilarining cheti tekis, boshqalariniki jimjimador ekanligiga e'tibor qaratiladi. Turl gullarni solishtirib ,ularning farqlari aniqlanadi.



O'qituvchi o'quvchilarni gul bargi va moychechak rasmini chizish bosqichlari bilan tanishtiradi va chizib ko'rsatadi.

III.Amaliy mashg'ulot:

O'quvchilar xayolan moychechakdan tuzilgan guldasta rasmini ishlaydilar.

O'qituvchi tomonidan moychechak rasmini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. O'quvchilar moychechak rasmini chizishga kirishadilar.





Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti