Suhbat turlari. Suhbat qismlari. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o’tkazishi



Download 36,31 Kb.
bet1/4
Sana27.03.2022
Hajmi36,31 Kb.
#513392
  1   2   3   4
Bog'liq
нутк устириш


Bolalar nutqini o'stirish

1-ma'ruza


Suhbat turlari. Suhbat qismlari. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o’tkazishi.
Reja:
1. Suhbat turlari.
2. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va о ‘tkazishi.
3. Suhbatga asosiy о ‘rgatish usuli orqali savollar berish.
1. Suhbat turlari. Suhbat- ta’limning dialogik metodi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi.
Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g‘risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi.
Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va malakalarni paydo ciladi: bir-birini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish, ulami takrorlanuslik, bildirilgan fikrlami samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikming aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiya­chi bolalarda his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-hodisaga munosabatni tarkib toptiradi.
Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mavzudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbat- lami esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlarbolalarda axloqiy his-tuyg‘uni tar­biyalash, axloqiy tasawur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsa- dini ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlami o‘tkazish mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‘stlik va o‘rtoqlik haqida», «Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‘qish, ко‘rgazmali materiallarni ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
Bilishga doir suhbatlarmavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog‘liqlikda o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foydalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani aniqlaydi, ulaming bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tu­tilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalami taqdim etadi. Umumlashtiruvchi suhbat bolalar­ning biror mavzuda tashkil etilgan-o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiri- tilgan bilimlami jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida o‘tkaziladi.
Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va uni o‘tkazishi.
Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, devordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqqanidan qichqirib yubor- di, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi:
bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u birik- tiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gaplar - «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O’z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiy- lashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egal- lashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg‘ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplarni tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Bolalar xursand bo‘lib, osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir. bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikmi turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.

Download 36,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish