Konstitutsiyamiz baxtimiz qomusi



Download 248 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi248 Kb.
#459826
Bog'liq
KONSTITUTSIYAMIZ BAXTIMIZ QOMUSI


Konstitusiya olamiga sayohat


X alq ta`limi vazirligining “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramini xalq ta’limi tizimida keng nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha” chora tadbirlari tasdiqlanib, ushbu dasturu asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tadbirlar rejasiga asosan barcha ta’lim muassasalarida “Konstitusiyamiz – huquq va erkinligimiz kafolati” shiori ostida huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oyligi e’lon qilinib, uni o`tkazish bo`yicha metodik tavsiya ishlab chiqildi va “Ma’rifat” gazetasining 2010 yil 16 noyabr sonida chop etildi.Mazkur oylik doirasida 13-15 noyabr kunlari umumta’lim maktab o`quvchilari o`rtasida o`tkazilayotgan “Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori” Respublika ko`rik tanlovining Andijon, Farg`ona, Namangan viloyatlari bosqichi tashkil etildi.
Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida bayramoldi obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, ta’lim muassasalari va tadbirlar o`tkaziladigan ob’ektlarni bayramona bezash ishlarini amalga oshirilmoqda.
Umumta’lim maktablarining 2-4-sinf o`quvchilari o`rtasida “O`zbekiston jonajon Vatanim” mavzusida diktant, 5-9-sinf o`quvchilari o`rtasida “Konstitusiya baxtimiz poydevori”, “O`zbekiston kelajagi barkamol avlod qo`lida” mavzularida insholar tanlovi tashkil etilib, unda 1 1,5 mln. nafardan ziyod o`quvchilar qamrab olindi.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tomonidan sport bilan shug`ullanayotgan 120 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga 3,5 mlrd.so`mlik sport kiyimi to`plamlarini barcha hududlarga yetkazib berildi. Mazkur sport kiyimi to`plamlari bayrami arafasida tarqatilishi belgilangan.
Joylarda tizimdagi professor-o`qituvchilardan iborat targ`ibot guruhlari shakllantirilib, ular tomonidan davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida, xususan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va erishilgan yutuqlar mohiyati to`g`risida targ`ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Konstitusiya olamiga sayohat
Bir so`z bilan aytgand a hayotimizning bosh qomusi bo`lmish Konstitutsiya qabul qilingan kun Xalq ta`limi vazuirligi tasarrufidagi barcha ta`lim muassasalarida ijodiy ruhda va ko`tarinki kayfiyatda bo`lib o`tmoqda. Bu kabi tadbirlarni o`tkazishdan esa eng aziz va eng ulug` ne`matimiz – mustaqilligimizning huquqiy kafgolati hisoblanmish Bosh qomusimizning beqiyos ahamiyatini yosh avlodga etkazishdir.
Assalomu aleykum!
Men G’ijduvon tumanidagi 49-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-“A”sinf o’quvchisiman. Qo’limga qalam olib o’ylanib qoldim. Nimalar va kimlar haqida yozay. Darvoqe, o’zimizning 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan milliy Konstitutsiyamiz haqida yozmoqchiman. Behudaga “Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori” — deyilmaydi, albatta.
Baxt – bu tug’ilish va yana ozod-obod Vatanda, farovon va tinch oilada tug’ilish. Men ovozimni baralla qo’yib baxtliman deyishga haqliman. Chunki O’zbekiston deb atalmish go’zal vatanim bor. Mahallamizni, oilamizni, ta’lim-tarbiyamizni, salomatligimizni barchasini kafolatlay oladigan konstitutsiyamiz bor. Har bandi, har bir moddasida inson va uning haq-huquqini belgilab beruvchi konstitutsiyamiz 20 yoshga to’ldi. Konstitutsiyamizning 20 yilligi barchamiz uchun katta sharaf. Prezidentimiz Islom Karimov “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli risolalarida “Xalq bamisoli ulug’ va sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvondir” deganlar. Bizning milliy konstitutsiyamiz ana shu xalqning mukammal himoyachisidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo’yildi. Shu tariqa bizning o’zbek tilimiz qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi. Biz shu tilda ta’lim va tarbiya olish huquqiga to’la haqlimiz.


Konstitutsiyamizga “Oila” bobining prezidentimiz tashabbuslari bilan ishlab chiqarilishi oilalar mustahkamligining garovidir. Men ta’lim olayotgan maktabimiz o’quvchilari ham konstitutsiyamizda belgilab qo’yilgan haq-huquqlardan to’laligicha manfaatdor. Maktabimiz to’laligicha ta’mirlanib, yangi zamonaviy o’quv qurollari bilan ta’minlandi. Jahon banki loyihasiga kiritilib ta’limning rivoji maqsadida 73 turdagi o’quv jihozlari berildi. Jumladan: 12 dona netbuk, 1 dona “Epson” proyektori, geografiya, tarix fanlari uchun o’quv qurollari, ko’rgazmalari, bir necha turdagi musiqa asboblari kabi jihozlarni ko’rsatish mumkin. 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat Konstitutsiyamiz inson va uning manfaati, haq-huquqlarini himoya qiluvchi mukammalbir to’plam hujjatdir. Biz yoshlar ana shunday himoya kuchiga ega bo’lgan baxtiyor avlodmiz. Buning uchun Ollohga shukronalar aytib yashashimiz, har bir imkoniyatdan to’g’ri va oqilona foydalanishimiz kerak. Ana shundagina prezidentimizga, Vatanimizga xalqimizga munosib voris bo’la olamiz, deb o’ylayman.
Baxtimiz poydevori bo’lgan qomusim,
Sening himoyangda baxtu, orim, nomusim.
Qadding osmon qadar yuksalaversin,
Yoshlaring o’zini bek sanab yursin.
Mustaqil O’zbekistonning tarixiy solnomasida 1992 yil 8 dekabr sanasi alohida o’rin egallaydi. Boisi, yangi suveren va demokratik davlat maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash zarurati bilan, xalqimizning xohish-irodasini o’zida mujassam etgan, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi aynan shu sanada qabul qilingan.
Tarixga murojaat etadigan bo’lsak, sobiq sho’rolar tuzimi tanazzulga yuz tutayotganligini birinchilardan bo’lib e'tirof etgan muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov 1990 yil mart oyida bo’lib o’tgan o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi birinchi sessiyasida mustaqil davlat konstitutsiyasini ishlab chiqish zarurligi to’g’risidagi g’oyani olg’a surganliklarining guvohi bo’lamiz. Bu, o’sha davr nuqtai nazaridan, mislsiz jasorat ifodasidir.
Konstitutsiya loyihasini tayorlashda respublikamizning ko’pgina taniqli olimlari, siyosatchilari, huquqshunoslari va boshqa ziyolilari, boy hayotiy tajribaga ega bo’lgan shaxslar ishtirok etdi. Prezidentimiz Islom Karimov asosiy qonunimiz loyihasini yaratishda bevosita boshchilik qildilar.
Ikki bor umumxalq muhokamasidan o’tkazilib qabul qilingan Asosiy qonunimiz nafaqat xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari, ayni chog’da, milliy qadriyat va anan'anlarimizni ham o’zida to’laqonli mujassam etolgani tufayli o’sha kezdayoq xalqaro ekspertlarning e'tiborini tortdi. Darhaqiqat, mustaqil O’zbekiston davlatining Konstitutsiyasi Evropaning mashhur huquqshunos olimlari qayd qilganidek, dunyodagi eng maqbul tuzilishga ega Konstitutsiyalardan biri bo’lib, u o’zida o’zbek davlatchiligining ko’p asrlik tarixiy tajribasini, rivojlangan davlatlar konstitutsiyaviy amaliyotning asosiy tamoyillarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hamda BMTning xalqaro huquq normalarini to’la mujassamlashtirgan.
Xususan, Fransiya Davlat kengashi a'zosi, konstitutsiyaviy huquq xalqaro assotsiyatsiyasi raisi Dide Mos “O’zbekiston Konstitutsiyasi rivojlangan demokratik davlatlarning Asosiy qonunlariga to’liq muvofiqdir. Unda demokratik davlat qurishning barcha muhim tamoyillari - Prezidentlik instituti, hukumat, parlament, sud organlarining vakolatlari va boshqalar o’z aksini topgan. Demokratiyaning universal qadriyatlariga to’liq darajada muvofiq bo’lgan insonning asosiy huquqlari aniq belgilangan”, deb alohida qayd etgan edi.
6 ta bo’lim, 26 ta bob, 128-moddadan iborat Asosiy qonunimiz sodda va tushunarli tarzda bayon etilgani bilan boshqa davlatlarning Konstitutsiyalaridan ajralib turadi. Muhimi, oliy yuridik maqomga ega Konstitutsiyamiz davlatimizning mustaqil va bo’linmasligini, chegaralarimiz daxlsizligini, eng asosiysi, inson huquqlari oliy qadriyat ekanini o’zida aks ettiradi. G’urur bilan aytish mumkinki, mazkur qonun hujjatining barcha normalari amalda izchillik bilan tatbiq etib kelinmoqdaki, bu jihat uning naqadar hayotiyligidan dalolatdir.
Davlatimiz rahbari mamlakat Asosiy qonunning mazmun-mohiyatiga to’xtalar ekan, Konstitutsiya davlatni-davlat, millatni-millat sifatida dunyoga tanitadigan qobusnoma ekanligi, xalq irodasi, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyatini o’zida aks ettirgan, bevosita xalq salohiyati xohish-irodasi maqsuli sifatida dunyoga kelganligini alohida qayd qiladilar.
Ma'lumki, huquqiy demokratik davlatning eng asosiy printsiplaridan biri bu qonun ustuvorligidir. Xalq manfaatlarini ifoda etgan va uning erki bilan qabul qilingan qonunlar jamiyatda adolat barqaror bo’lishini ta'minlaydi. Qonunlarning qonuni - asosini tashkil etuvchi, davr talablariga javob beradigan konstitutsiya ulkan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlarning samaradorligi uchun zarur bo’lgan barqarorlik va bardavomiylik uyg’unligini kafolatlaydi. Bir so’z bilan aytganda, konstitutsiya huquqiy maydonning o’zagi, yadrosini tashkil etadi.
Jamiyatimiz hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, muxtasar aytganda, barcha sohalarini qamrab olgan Konstitutsiyamizning muqaddimasidayoq inson huquqlariga alohida urg’u beriladi. Zotan, har bir davlatda demokratiyaning nechog’lik qaror topgani inson huquq va erkinliklariga qay darajada rioya etilayotgani bilan o’lchanishini yaxshi bilamiz.
Konstitutsiyamizning muhim jihati shundaki, unda ko’p millatli respublikamiz aholisining maqsadi, xohish-irodasi o’z aksini topgan, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, adolatparvar tashqi siyosatga asoslangan demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurilishining asosiy vazifalari belgilab berilgan.
Konstitutsiyamizning yana bir, alohida e'tiborga loyiq, jihati davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul ekanligi belgilangani bilan izohlanadi. Bu esa, fuqarolar manfaatining ustuvorligi, ya'ni birlamchiligini qonuniy ravishda mustahkamlaydi. Konstitutsiyamizning maqsad va mohiyati insonga munosib hayot sharoitlarini yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. U jamiyat va uning a'zolari oldiga buyuk maqsadlar qo’yadi. Ana shu ezgu maqsadlarga erishishning yo’llarini o’zida mujassam etadi. Davlat, oila va jamiyat, bir so’z bilan aytganda, davlat va inson manfaatlari o’zaro uyg’unlasha borgan sari mamlakat taraqqiyoti jadallasha boradi.
Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab oliy o’quv yurtlarida ham alohida qiziqish bilan o’rganilayotganini e'tirof etish joiz. Bu yosh avlodda vatanparvarlik, yurtga sadoqat hissini oshiribgina qolmay, Asosiy qonunimizning tom ma'nodagi huquqiy qalqon ekanini anglab etish imkonini yaratadi. Albatta, bu borada Davlatimiz rahbarining 2001 yil 4 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida”gi Farmoyishi asosiy huquqiy-normativ mezon bo’lib xizmat qilmoqda. Yurtimizning har bir fuqarosi Bosh qomusimizni o’rganish asosida o’zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy huquqlarini o’zlashtiribgina qolmay, ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi singari muhim siyosiy-huquqiy jarayonlarni ham anglab etadi. Bu o’z o’zidan shaxs va davlat o’rtasidagi alohalarni mustahkamlashga, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga zamin yaratadi.
O’z navbatida, qisqacha bo’lsada, Asosiy qonunimiz qabul qilingach, qanday yutuqlarga erishganimiz to’g’risida to’xtalish maqsadga muvofiqdir. Avvalo, uning qabul qilinishi natijasida jamiyatda barqaror konstitutsiyaviy tartib o’rnatilib, davlat organlari Konstitutsiya doirasida shakllangani va amal qilib kelayotganini aytib o’tish zarur. Iqtisodiy sohada esa mulkchilikning barcha shakllari, jumladan, xususiy mulk tengligi, tadbirkorlik erkinligi o’rnatilib, Konstitutsiya ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlarining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit va kafolatlarni yaratib berdi. Siyosiy sohada Asosiy qonunimiz huquqiy davlatchilikning zarur mezonlariga muvofiq tarzda erkinlik va demokratiyaning huquqiy kafolatlarini yaratdi. Ushbu sa'y-harakatlar natijasida mamlakatda siyosiy va mafkuraviy hurfikrlik, so’z va axborot erkinligi o’rnatildi. Fuqarolarimiz jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilgan barcha siyosiy huquq va erkinliklarga ega bo’ldi.
Jahon afkor ommasining g’ayrati va havasini uyg’otayotgan natijalarga erishishimizda ham Asosiy qonunimiz mustahkam huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Yurtimiz yalpi ichki mahsulotida yiliga 8 foizdan kam bo’lmagan o’sishga erishilayotgani, uning 2000 yil bilan solishtirganda 2,9 barobarga sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda 2,6 marotabaga, iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 3,6 barobar, shu jumladan, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar miqdori 20 barobardan ko’proqqa oshgani, yurtimiz qiyofasini butunlay o’zgartirayotgan inshootlar va ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy ob'yektlar hamda turar joy binolarini barpo etish bo’yicha keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlari, ta'lim-tarbiya, sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida qo’lga kiritayotgan ulkan yutuqlarimiz Konstitutsiyamiz yaratuvchanlik salohiyatining ifodasidir.
Yigirma yil tarix uchun qisqa muddat. Lekin, qonunlarning hayotiyligi, barqarorligini belgilovchi mezon sifatida bu kattagina davr sanaladi. Ana shu nuqtai nazardan baholanadigan bo’lsa Konstitutsiyamizning naqadar mukammal, umrboqiy ekanligining guvohi bo’lamiz.
Darhaqiqat, birinchidan, Konstitutsiyamizga shu davr maboynida bor yog’i bir necha marotabagina o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi xolos. Ikkinchidan, bu o’zgartirish va qo’shimchalar uning asosiy g’oyalari va printsiplariga ta'sir etgani yo’q. Uchinchidan, Konstitutsiyamizning sifat o’zgarishlari mamlakatimizni rivojlantirishning muhtaram Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq belgilab bergan besh tamoyiliga to’la mos ravishda amalga oshirildi. To’rtinchidan, qonun barcha hayotiy narsalar qatori bu dogma, ya'ni qotib qolgan narsa emas. Jamiyat rivojlanishi bilan uning ham o’zgarishga yuz tutishi muqarrar. Aks holda, qonun hayotdan ortda qolishi oqibatida uning rivojiga to’siq bo’lib qoladi.
Beshinchidan, Konstitutsiyamizning mukammalligi shundaki, unga hayotiy zarurat bilan kiritilgan barcha o’zgartirish va qo’shimchalar uning 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan variantiga tamomila uyg’un bo’lib, bo’lim, bob va moddalari sonini o’zgartirmagan va, eng asosiysi, uning dastlabki tahrirdagi biron bir normasini bekor qilmagan.
Bir so’z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom ma'noda erkimiz ramzi, insonparvarlik qomusi sifatida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning bosh huquqiy hujjati bo’lib xizmat qilmoqda.
Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish