O’rolova Mo’’tabar Mamarajabovna –
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O’zbekiston tarixi
davlat muzeyi
402
javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal
etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi” deb
ta’kidlaydi [1, 15-b]. Shu o’rinda tezkorlik va shiddatkor yoshlarimizga to’g’ri yo’l
ko’rsatib, yo’naltirib borish ta’lim tizimi xodimlarining eng muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiy etib borgani sari tashqi tahdidlar turli yovuz xavf-xatarlarga
ta’siri ham kuchaymoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga,
o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. ... Bunday
keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-
ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. “Bolalarimizni
birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Bu
borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Bu
vazifalarni
amalga
oshirishda biz
asrlar
mobaynida
shakllangan
milliy
an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz” [2] deydi, Respublika
Prezidenti.
Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo halokat, yo
saodat - yo falokat masalasidir” [3], - degan edilar. Albatta, ta’lim-tarbiya jarayonida
o’quvchi-yoshlar ongi va qalbidagi shu kemtiklikni to’ldirish, ma’naviy
qashshoqliqning oldini olish, vatanparvar, shijoatli, aql-zakovatli bo’lishda aynan
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosidan unumli foydalanish har tomonlama
rivojlangan, sog’lom, intellektual yoshlarni tarbiyalashga zamin bo’la oladi..
Harakatlar
strategiyasi
asosida
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilingani
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda uzviyligini ta’minlashga katta
ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim jarayonida o’sib kelayotgan yosh avlodlarni o’qitish
va tarbiyalash, kasb-hunarga o’rgatish davlat ahamiyatiga molik bo’lgan umummilliy
masalalardan biridir.
Ta’lim tizimi jarayonida tarbiya masalasi jamiyatdagi ilg’or, ziyoli,
vatanparvar kishilar diqqatini doimo o’ziga tortib kelgan. Zero, har qanday davlat,
403
jamiyat, millatning taraqqiyoti, kelajagini bilimli va tarbiyali yoshlarsiz tasavvur etib
bo’lmaydi.
“Jamiyatimizda sog’lom fikr, sog’lom kuch ustuvor bo’lishi uchun biz
ma’naviy hayotimizni yuksaltirish, aholi, avvalo, yoshlarimizni turli zararli
ta’sirlardan asrash, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash haqida
muntazam o’ylashimiz, faol ish olib borishimiz lozim” [4].
Inson tug’ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta
ota-onasidir. Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldida
javobgarligi kundan-kunga ortib boradi, chunki o’sib kelayotgan avlodning taqdiri
ana shu muammoning hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog’langandir.
Devoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo’lgan xulq-odob
qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, o’z qilmishi uchun
mas’uliyatni sezish, shirinsuxan bo’lish, yaxshilik, ezgulik kabi ahloq qoidalarini
egalllashiga yordam berishi lozim».
Ta’lim-tarbiyasi masalasida Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» asarida
“farzand tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yishning asosiy vositasi uning e’tiqodini
shakllantirishda”-deydi. “Agar oilada oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik, qilsa, u
oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda yomon natijalar kelib chiqishi
mumkin”. “Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan to’g’ri foydalanilsa, oila baxtli
bo’ladi” – deydi [6, 28-b].
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarida farzand tarbiya etish, oilaning
moddiy ta’minoti, ota-onaning mavqei, bolaning mas’uliyati hulq-atvoriga qarab
ota-onalariga baho berilishni aytib, ularni ogohlantiradi. [6, 35-b]
Mirzo Ulug’bekning ta’kidlashicha, “bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqishini,
havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rin egallaydi.” Shunday
ekan, avvalambor bola ta’lim-tarbiyasida oila muhitini to’g’ri tashkil qilish darkor.
Kaykovus o’zining «Qobusnoma» pandnomasida “O’z farzanding sening
haqingda qanday o’ylashini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo’lgil,
nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda
shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o’xshaydir” deb
404
yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr-oqibatli bo’lishga da’vat
etadi [6, 45-b]. Shuningdek, asarda “oila va farzand tarbiyasi, nasl-nasab, inson qadr-
qimmatini bilishni tarbiyaning gultojiga qiyoslaydi. Ota-ona bola tarbiyasi haqida
yetarlicha amaliy va nazariy bilimga ega bo’lishi kerak. Chunki yomon tarbiya
nafaqat oilaga, balki qo’ni-qo’shni va mahalla, maktabda o’quvchilar tarbiyaga ham
salbiy ta’sir qiladi.
Devoniyning “Axloqiy Jaloliy” asarining “Oilashunoslik” deb ataluvchi
qismida har bir inson biron-bir kasbni, hunarni egallashi zarurligi haqida ta’kidlanadi.
Abdurauf Fitrat ham 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarida oila, xalqlarning
umuminsoniy qardoshlik g’oyasini targ’ib etgan. Fitrat oilaning ijtimoiy vazifalarini
«Avlod tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi bo’limlarda yoritib
bergan [7].
Insonning ma’naviy va aqliy hislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan
muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli
boyligi bo’lsa, noto’g’ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, hatto
halokatga
aylanishini
uqtirgan.
Ta’lim-tarbiya
jarayonida
o’quvchi-
yoshlarnivatanparvar, mehnatsevar, oilaviy hayotga tayyorlashga xos masalalar
buyuk allomalar Muhammad ibn Ismoiy Buxoriy, Termiziy ijodlarida hamda
tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo’lmish Ahmad Yassaviy, Bahovuddin
Naqshbandiy, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir.
Vatanni sevish, ardoqlash, oila va undagi tarbiya usuli, vosita va omillari
ko’proq yozma pandnomalarda - Kaykovusning «Qobusnoma», «Saodatnoma»,
Zahiriddin Muhammad Bobo’rning «Boburnoma»si, «To’ti shohnoma»,
«Odobnoma» kabi asarlarda ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Ta’lim tizimi jarayonida Sharq mutaffakkirlari ilmiy merosidan unumli
foydalanish, «O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari namoyon
bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi
anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi” [4].
Shunday ekan, Sharq mutaffakkirlari asarlaridagi g’oyalar, muqaddas Vatan
sharafini himoya qilish, ajdodlarga munosib voris bo’lish, insonlarni birdamlik, o’zaro
405
hamkorlik, xalqlarni tinchlikka chorlovchi, ezgu fikrlari yuksak ma’naviyatli,
madaniyatli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga, shuningdek, davlatimiz havfsizligini
ta’minlovchi kuch sifatida O’zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga, ilm-
fan, ta’lim tizimi sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |