Mavzu: Jamiyat taraqqiyoti va qadriyatlar transformatsiyasi
Jamiyat bu tabiatning bir qismi ya’ni ijtimoiy borliq bo‘lib , odamlar uyushmasining maxsus shakli kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisidir. Jamiyat doimo rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimidir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurdir. Jamiyat taraqqiyoti tabiy-tarixiy, qonuniy jarayondir . Moddiy ishlab chiqarish jamiyatning ijtimoiy tuzilishi ya’ni muayyan ijtimoiy qatlam toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita tasir ko‘rsatadi. Jamiyatda turli qatlam va qoidalarning mavjudligi mehnat taqsimoti ,shuningdek ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bog‘liq . Bular jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoiy guruhlarga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy sohalarga ajraladi .Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish ,taqsimlash ,ayirboshlash va iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi. Unda mamlakatning xo‘jalik hayoti tashkil etiladi,uning turli tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi.
Qadriyat arabcha-so‘z bo‘lib, qadr-andozi,o‘lchov, me’yor degan manoni anglatadi. Falsafiy ma’noda qadriyat - tabiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan, odamlar tomonidan sarflanadigan,ular uchun foydali ,ahamiyatli ,moddiy iqtisodiy, madaniy, ma’naviy,mafkuraviy, siyosiy, huquqiy, diniy, milliy ijtimoiy omillar yig‘indisi hisoblanadi. Qadriyatlar tushunchasi qadr qimmat degan manoni anglatadi. Qadriyat idorasining mazmuni juda sodda bo‘lib , etimologik mazmuniga xosdir. Qadriyatlar odamlar qadrlaydigan narsalardir. Bular atrofimizdagi predmetlar narsa va hodisalar, voqealar bo‘lib odamlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan yoki qondirishi mumkin bo‘lgan narsalardir. Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlari o‘zgarib boradi .Tarixiy zaruratga qarab goh u ,goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Masalan yurtni yov bosganida - ozodlik , podshohlik nihoyasida – istiqlol , urush davrida- tinchlik, tutqunlikda -erkinlik , kasal yoki bemorlikda – sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyatlar ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida o‘z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Qadriyatlar mehnat ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar hodisalar, xatti xarakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib ,ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati ,xatti xarajatini ma’lum yo‘nalishga buradigan, tegishli me’yorga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Jahon siyosati arab-ingliz 1guruxi talabasi Feruz Fayozov
Do'stlaringiz bilan baham: |