MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………………2
I BOB. YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAZMUN VA MOHIYATI
1.1. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida……………………………………………..………….….4
1.2. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari …………………………………..…………………………....7
II BOB. YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH USUL VA VOSITALARI
2.1. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ta’sir qiladigan omillar …..…………………………………………………………..…15
2.2. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalari.………………………………………………………19
XULOSA…………………………………………………………………………24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….25
K I R I SH
Mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimiz tizimini takomillashtirish, uning saflarini vatanparvarlik ruhida tarbiyallangan, puxta harbiy tayyorgarlik va jangovar shaylik darajasi yuqori bo‘lgan yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish yo‘lida bugungi kunda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Qurolli Kuchlari tizimini yuqorida darajada jangovar tayyorgarlikka ega yosh malakali mutaxassislar bilan ta’minlash harbiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, puxta nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikka ega yosh mutaxassislarning salohiyati mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida har jihatdan taraqqiy etishi, mudofaa qudratini oshirishda hal qiluvchi omil sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni asosida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, bunda oila, o’quv muassasalari va mahalla hamkorligining o’rni muhim ahamiyatga egadir.
Vatanparvarlik–kishilarning ona yurtiga, o’z vataniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo’lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg’u, ma’naviy qadriyatlardan biridir, deb ta’rif berilgan O’zbekiston Milliy ensiklopediyasida
Vatanparvarlik – umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikning asosiy tamoyillaridan biridir. «Vatan» arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «ona-yurt» degan ma’noni anglatadi. Vatanga muhabbat, yurtga muhabbat har bir millat kishisiga xos bo‘lgan muqaddas va ulug‘ qadriyatdir.
Inson uchun na boylik, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik-inson uchun katta baxtsizlikdir.
Vatanparvarlik har bir kishida o’z uyiga, tug’ilib o’sgan yeriga, ota-ona, aka-uka, opa-singillariga bo’lgan munosabatida aks etadi. Vatanparvarlik - bu umuminsoniy qadriyat bo’lib, har bir kishining Vatanga bo’lgan sodiqligini, sadoqatini ifodalaydi.
Kursishining maqsadi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini ilmiy-nazariy tahlil etib xulosalash va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kursishining vazifalari:
– Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida tahlil etish;
– Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy o’rganish;
– Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ta’sir qiladigan omillarini tahlil etish;
– Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalarini o’rganish hamda xulosa, tavsiyalar ishlab chiqish.
Kursishining obyekti. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini tahlil etish jarayoni.
Kursishining predmeti. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini shakllantirishning mazmuni, shakl, usul va vositalari.
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 4 bolim, foydalanilgan adabiyotlar va xulosadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |