Mundarija kirish I bob. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmun va mohiyati


I BOB. YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING



Download 55,19 Kb.
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi55,19 Kb.
#825961
1   2   3
Bog'liq
voleybol vatanparvarlik

I BOB. YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAZMUN VA MOHIYATI

    1. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida

Vatan – bu inson va uning avlod ajdodlari kindik qoni to‘qilgan muqaddas dargohdir. Vatan-bu ajdodlar maskani el yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf odatlari, qadriyatlari chinakamiga ishlanib, kamol topib boradigan zamindir.
Vatan deganda hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim tarbiya olib voyaga yetgan, necha-necha ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aql- idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi.
Vatan ona kabi aziz va muqaddasdir. Vatan insonga baxt iqbol beradigan zamindir. A.Avloniy aytganidek: “Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining Vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz Turkistonliklar o‘z Vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi arablar Arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimoslar Shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik yerlarni va boshqa yerlarni ziyoda suyarlar. Agar suymaslar edi, havosi yaxshi Turonlik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi”.
Vatan – bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan – muqaddas qadriyat. Taraqqiyot Vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil, ma’naviy kamolot va fuqorolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o‘chog‘idir.
Vatan tuyg‘usi bo‘lgan kishidagina vatanparvarlik jo‘sh uradi. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I A Karimov aytganidek: “Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug‘iladi. Ya’ni, inson o‘zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi”.
Vatan tuyg’usini o’zida mujassam etgan kishigina jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashadi. Shunday ekan, O’zbekistonda yashovchi har bir yosh avlod kelajagi buyuk bo’lgan davlatimizni dunyoga tanishtirishda yagona maqsad sari birlashishi kerak. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji oquvchilarida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mazkur o’quv muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchilar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida o’zlarining munosib o’rinlarini topishlari, jamiyat va Vatan ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilishlari, fidoyilik ko’rsatishlari, safarbarlik xislatlarini namoyon qila olishlari uchun ularda harbiy vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish nihoyatda zarur.
Ona – yerimiz, Vatanga bo’lgan muhabbat, olijanob tuyg’ular xalqimiz qon qoniga singib ketgan milliy harakterining azaliy fazilatlaridandir. Bu qadrli insoniy fazilatlarni asrab-avaylash va takomillashtirish, yoshlarni mustaqil O’zbekistonning munosib o’g’il-qizlari qilib tarbiyalashimizning asosiy yo’nalishlari bo’lib qolishi kerak.
Ko’p asrlik tariximiz davomida yuzaga kelgan, eng Yaxshi jangovar va mehnat an’analarimiz o’zining boy ma’naviy kuchini yo’qotgani yo’q. Uning chuqur manbalarga ega ma’naviy imkoniyatlari juda ham yuqoridir, hamda hozirgacha qadrlanib kelinmoqda.
Yurtimiz mustaqilligidan keyingi yillarda yosh avlodni vatanparvar, milliy g'ururli, ma'naviyati yuksak insonlar etib tarbiyalash yanada dolzab muammo kasb etmoqda. Chunki, milliy mustaqilligimizni aynan vatanparvar, har tomonlama barkamol yoshlar mustahkamlaydi, rivojlantiradi, uni dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqadi. Bunday yosh avlodni shakllantirish borasida yurtimizda bugungi kunga qadar tahsinga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ham birinchi e'tibori yoshlarga qaratilgan. Yoshlarga jahon standartlari darajasidagi sharoitlarni yaratish, ta'lim-tarbiya berish, har tomonlama qo'llab-quvvatlash yurtimizda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmunini tashkil etmoqda.
Milliy mustaqillik - xalqimizda ayniqsa o'sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizni vatanparvarlik tuyg'ularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Avvalo, hozirda yoshlarning harbiy vatanparvarligi ota-bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir. Saodatli, baxtli, kelajagi buyuk O'zbekistonga hozir har daqiqada ulush qo'shmoq, vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko'rinishidir. Vatanga munosib farzand bo'lish, uning eri, suvi, elu-yurt bilan chambarchas bog'liq ekanligimizni teran anglash, uni ardoqlash ham vatanparvarlikning bir ko'rinishidir.
Vatanparvarlikning eng oliy tuyg'u sifatida o'tmish mutafakkirlari alohida qayd etganlar va o'zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba'zilarini eslab o'tamiz.
Insonga nisbatan beparvolik, uning taqdiri va baxtu saodati ustida g'am emaslik sharafli inson uchun tamomila yotdir.
Bo’yin egmas So’g’diyona va Baqtriya, Maroqanda va Xorazmshox, xalq ozodligi uchun cho’ldagi Shiroqning jasorati (eramizdan avvalgi I asr, Doro I) va Spitamen qo’zg’oloni (324 – 327 eramizdan avvalgi yillar), Muqanna (VIII asr 70 yil arablarga qarshi) larning unutilmas jasorati yoshlarimiz uchun ibrat namunalaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Biz ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz” deb aytib o‘tdilar
Ulug’ sarkardalar Amir Temur (1336 - 1405) va uning avlodlari Bobur (buyuk mo’g’illar sulolasining asoschisi XV – XVI asr) larning tarixdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosi milliy qadriyatlarimiz, ya’ni ma’naviy-ma’rifiy boyligimizdir. Ulug’ ajdodlarimiz Beruniy (olim 973 –1050y), al Xorazmiy (matematik, geograf, tarixchi 780 - 847 y), ibn Sino (Aviasenna, medisina, asgronomiya, geologiya 980 - 1037 y), Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek (astronomiya maktabi asoschisi, davlat arbobi 1394 - 1449 y) kabi olimlarimizning xotirasi bir umr mangu bo’lib, insonlar qalbidan ijobiy o’rinlarni egallab qolgandir.
1.2. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari
Yoshlarni vatan himoyasiga tayyorlash – inson butun hayoti davomida amalga oshiriladigan o’zoq jarayondir. Vatanparvarlik tarbiyasi oiladan boshlanadi va boshlang’ich sinflardan boshlab o’quv yurtida davom ettirilishi lozim.
Kichik yoshdagi I-IV sinf o’quvchilarida Vatan himoyasiga tayyorlikni shakllantirish jarayoni, ularda mavjud cheklangan hayot tajribasi, olingan bilimlar xususiyati va hajmi, ta’lim – tarbiyaning umumiy vazifalarini hisobga olgan holda quriladi. Bu davrda uning samardorligi avvalam bor o’quv, umumta’lim vazifalarni bajarish bilan chambarchas bog’lik. Masalan, askarga bo’lgan hurmat va muhabbat bu yoshda armiya, askarlar jasorati, O’zekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari haqidagi bilimlar asosida shakllanadi.
Kichik yoshdagi o’quvchilar turli qo’shinlar, harbiy texnika, o’q otish qurolining turlariga qiziqadi. Bunda tarbiyachilar zamonaviy jangovar harakatlarda g’alabaga erishish uchun qo’shin turlari orasidagi bog’liklikni o’quvchilarga ko’rsatib berishi lozim. Bu ishni amalga oshirishda o’quvchilarning samolyot, vertolyot, kema va suv osti kemalari, askarlar, zambaraklar tasvirlangan rasmlari juda katta yordam beradi.
Kichik maktab yoshida vatanparvarlik xususiyatiga ega bo’lgan o’yinlar faoliyati katta ahamiyatga ega. Bola o’yin qoidalarini egallagan holda sardor, starshina, razvedkachi, aloqachi, signal beruvchilar rolini bajarishni yaxshi ko’radi. Bunday, tashkil qilingan va o’z-o’zidan yuzaga keladigan, o’yinlar katta ahamiyatga ega. O’qituvchi bunda nafaqat o’yindagi, balki bo’lajak jangchi majburiyatlarini bajarish uchun muhimligini ta’kidlagan holda kundalik hayotdagi intizom, tartib va tarbiya haqida ham qayg’urishi kerak.
O’smirlar V-VIII sinf o’quvchilarining psixologik rivojlanish xususiyatlari harbiy vatanparvarlik tarbiyasi uchun yaxshi zamin yaratadi. Ularda dalil, hozirgi sharoit hodisalarini tahlil qilish va umumlashtirish, atrof-muhit, axloqiy talablar va baholanishga mustaqil qarashlarni ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga keladi.
O’smirlarning vatan himoyasiga tayyorligini shakllantirish bir qator ob’yektiv va subyektiv sabablarga bog’liq. Ob’yektiv shartlar ichida eng e’tiborga sazovor jarayon o’quvchilarning o’quv muassasa va undan tashqarida tashkil qilinadigan harbiy vatanparvarlik tarbiyasi faoliyatining har xil turlarida ishtiroki hisoblanadi.
Bo’lajak vatan himoyachisi shaxsini shakllantirish hozirgi ijtimoiy ahvol hodisalariga shaxsiy munosabatni ifodalashda, yangi tushunchalar bilan fiklash qobiliyatiga ega bo’lishga yordam beradigan turli fanlarning maqsad mohiyatini o’rganishni boshlaydilar.
Bu yosh uchun eng kerakli fanlar – gumanitar, tabiiy, matematika fanlari, jismoniy tarbiya. O’quvchilar bu davrda "harbiy" tushunchalar ma’nosini yanada chuqur anglab yetadi. "Vatan himoyasi", "Harbiy nizomlar" va boshqalar davlatimiz iqtisodiy qudrati va uning Qurolli Kuchlar qudrati tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolati ekanligini tushuna boshlaydi.
Vatanparvarlik hissiyotlari o’smirlarda qahramonlikka intilish, jasorat ko’rsatish istagi, tengdoshlari jamoasida o’z o’rniga ega bo’lish, ular hurmatiga sazovar bo’lishi, o’ziga yuqori e’tibor va talabchanlik, katta ijtimoiy faollik kabi yangi his – tuyg’ularni shakllanishiga ko’ra rivojlanadi.
Aynan shu yoshda maktab o’quvchilari ayniqsa botirlik, kuch, iroda, mardlik, do’stlikka va o’rtoqlarga sadoqatni qadrlaydi. Bu ularga Vatan himoyasi muqaddas burch, ahamiyatga molik xususiyatini anglab yetishga imkon beradi.
Harbiy vatanparvarlik ongi nafaqat darslar yoki ijtimoiy topshiriqlarni bajarishda, balki real ijtimoiy ahvol ta’sirida ham shakllanadi.
Katta yoshdagi (X-XI sinf) o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, intellektual va jismoniy rivojlantirishi, uning kasb tanlashda o’z o’rnini topish jarayonlarining shakllanish davri. Bu yoshdagi o’quvchilarning fikrlashi yanada yetuklashadi, chuqur umumlashtirishlarga, tartib va qobiliyatga ega bo’ladi.
Vatan himoyasiga tayyorlash, shuningdek o’z-o’zini anglash, o’zini tarbiyalash ham sodir bo’ladi. Ular Vatan himoyachisi haqida to’la tasavvurga ega bo’ladilar. Bu nafaqat Ikkinchi Jahon urushi qahramoni yoki faxriysi, baynalminalchi, balki mustaqil O’zbekiston himoyachisining eng yaxshi hislatlari xos bo’lgan zamondoshlarimiz haqidagi qahramonliklar, ularning yuksak marralarni zabt etishlari va xalqimiz mehnatini ishonchli himoya qilish kabi tushunchalar chuqur tasavvurli iz qoldiradi. Biroq hisobga olish kerakki, bu yuksak namunalar faqat o’quvchilarning ishlari va harakatlarida o’rnini topsagina, e’tiborga sazovar bo’ladi. Shuning uchun o’quv-tarbiyaviy jarayonda o’quvchilarga nafaqat o’tgan urush voqealari, xalqning front va front ortidagi ommaviy mehnat jasorati haqida bilimlar berish, balki ularda Vatan himoyasiga tayyorlash ijtimoiy dunyoqarashlarni shakllantirish lozim.
O’quv muassasani tugatgach ko’pgina o’smir yigitlar harbiy kiyim kiyishini bila turib, bu davrda ularda jangchiga muhabbat va hurmatni tarbiyalash, harbiy mehnatning asl chiroyini ochib berish muhim.
Vatanparvar yoshlarni vatan himoyasi asoslarini ta’minlaydigan bilimlar tizimi bilan qurollantirish zarur, chunki vatan himoyasining matonatli va jasur himoyachi sifatida shakllanishidagi ta’lim jarayoni muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. O’quvchilar nafaqat harbiy bilimlar, balki birinchi qaraganda armiya, harbiy qurilish, urush va tinchlik muammolariga bevosiga munosabatda bo’ladigan mezonlar bilan tanishadilar. Turli fanlar (tarix, adabiyot, matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, fizik-geografik va b.) yig’indisidan kelib chiqib, ular vatan himochisiga zaruriy bilim va ko’nikmalar haqidagi poydevoriy tushunchalar hosil qiladilar.
Aytib o’tilganlarni e’tiborga olib, o’quv muassasalarida harbiy vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish uchun o’quv fanlari imkoniyatlarini tahlil qilish maqsadga muvofiq:
Tarix. O’quvchilarda tarix fanini o’rganish jarayonida ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarining boshlang’ich tushuncha va dunyoqarishi shakllanadi, o’quvchilar ijtimoiy rivojlanishning shart sharoitlari, iqtisodiy to’zumning rivojlanishi, jang xususiyatlari va harbiy xizmatning rivojlanishi hamda ushbu faoliyat bilan bog’liqligi haqida dastlabki bilimlarni oladi.
Tarix fan dasturi o’quvchilarni harbiy xavf-xatar davrimiz haqiqati ekanligi haqidagi ilk bilimlar bilan qurollantiradi.
"Bizni o’rab turgan notinch dunyoda do’stlar hamda O’zbekistonni o’z ta’siri sohasiga jalb qilmoqchi bo’lganlar yetarli. Bunda ular barcha ommabop, Shu qatorda harbiy bo’lgan uslublarni qo’llashi mumkin, Shuning uchun biz harakatchan, Yaxshi o’rganilgan va jihozlangan, chegaramiz, mustaqilligimiz himoyasini ta’min qila oladigan armiyaga ega bo’lishimiz kerak” deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Tarix darslarida butun dunyoda tinchlikni saqlash, barcha mamlakatlar bilan do’stona munosabatlar o’rnatish, davlatimiz tashqi siyosati mohiyati va xususiyatini ochib berishdagi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning o’rni kattaligini ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq.
O’quvchilar tarixiy materialni tahlil qilish va umumlashtirishga o’rganishlari, alohida voqea va dalillar mohiyati va ahamiyatini aniqlashlari, o’tish va hozirgi ijtimoiy holatlarni taqqoslash va baholash uchun nazariy bilimlarni tadbiq qilishlari kerak.
O’quvchilarda tarixiy jarayonga aloqadorlik hissiyotini uyg’otish, atrofda sodir bo’layotgan voqealarga mas’uliyat sezish katta o’rin tutadi. Buning uchun esa ta’lim jarayonida nafaqat o’tmishdagi buyuk kishilar, balki vatanimiz oddiy mehnatkashlari hamda uning himoyachilari hayoti va faoliyatini ochib berish zurur. O’quvchilarni shunday vaziyatlarga qo’yish kerakki, bunda ular o’rganilayotgan tarixiy voqealarni hayolan o’z ishtiroki bilan solishtira olsin, shu yo’l bilan o’zini, vatan himoyasiga tayyorligini baholasin.
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda Amir Temur o‘gitlari alohida qimmatga ega. Sohibqiron Amir Temur mamlakatda adolatni tiklash, tartib– intizom o‘rnatishga katta e’tibor bergan va o‘zi alohida jonbozlik ko‘rsatgan. Ishonchli chora– tadbirlar qo‘llaydi. Amir Temur davlatni adolat va tadbirkorlik bilan boshqarishda boshqa hukmdorlardan ustun turadi. Sohibqiron ezgu insoniy fazilatlar shavkatida bir yo‘ldosh bo‘lgan holda uning tole yulduzi yuksak porlab, raqiblarga qarshi kurashda yo‘lini yoritib, ilhom baxsh etib turadi.
Amir Temur hazratlarining ko‘rkam xulqlaridan biri shuki, Osiyoning yarmini surib turgan bo‘lishiga qaramay siyosiy nutqlarini quyidagicha, juda sodda iboralar bilan boshlar edilar: «Men, Tangrining quli-Temur shuni aytamanki..». Ko‘rinadiki, Amir Temur, vazifasi, dovrug‘i tufayligina emas, balki havas qilsa arziydigan darajada vatanparvar, adolatli hukmdorligi bilan ham boshqalardan ajralib turgan .
Alisher Navoiy Amir Temurning shaxsiy qobiliyati haqida bunday deb yozgan edi: «Amir Temur Ko‘rogon... agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xo‘p mahal va mavqeda uqubdurlarkim, aningdek bir bayt o‘qurg‘oni ming yaxshi bayt aytqonicha bor. Tabarruk xaysiyatidankim, ul hazratning muborak ismi bu muxtasarda bo‘lg‘ay va ul latoyifdan biri bila ixtisor qililur».
Bu jumlalarda Sohibqironning jasoratli, mard, odil, vatanparvar, elsevar va tadbirkor, shu bilan birgalikda shariat ixlosmandi, adolatparvar, mulohazali inson sifatlariga ega bo‘lganligi ifodalangan. Bu Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda eng yaxshi ibrat sifatida namoyon bo‘ladi.
Amir Temurning kasb-hunarli va ma’rifatli, vatan, el-yurt obodligi, farovonligi uchun jon kuydiradigan fuqarolarga g‘amxo‘rligi, ularni kasb-kori bo‘yicha yumush bilan ta’min etishni o‘z zimmasiga olganligi g‘oyat ibratlidir. Sohibqiron o‘z tuzuklarida: «...har qaysilarining, sultonlarning yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim»,-deb yozadi [...]. Shuningdek, ulug‘ bobomizning «Tarjimai hol»ida keltirilgan o‘n ikki fazilat bugungi kunda ham yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda g‘oyat muhimdir:
1.Beg‘arazlik. 2.O‘zaro hurmat. 3.Adolatparvarlik. 4.Umum manfaatni hurmatlash. 5.Dinni e’zozlash. 6.Haqgo‘ylik. 7.Va’daga sodiqlik. 8.Hasad va ochko‘zlikni qoralash. 9.Ma’naviy va jismoniy poklik. 10.Imon. 11.Ilm fan homiylarini e’zozlash. 12.Ikromiyat, rahmdillik.
Amur Temur xalq va vatan ozodligi xavf ostida turgan mahalda xiyonat qilmaslikka chaqiradi. Unda hamiyat nihoyat darajada kuchli bo‘lgan.
«Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz qurgan binolarimizga boqing», degan edi Amir Temur. Bu bilan u vatanni obod qilish g‘oyasini targ‘ib qilgan. Har bir xalqning nechog‘li vatanparvar ekanligini bilish uchun shu yurtning obodligini his etish kifoyadir. Chunki o‘z yurti, yashaydigan manzilini sevadigan odamgina uning gullab-yashnashi uchun tinmay harakat qiladi. Boshqalar uning xarob, oyoqosti qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi.
Insoniyat yangi asrga qadam qo‘yayotgan bugungi kunda ham Amir Temur ma’naviyati va shijoati, adolatparvarlik, yurtsevarlik siyosati yuksak ibrat namunasi bo‘lib qoladi.
Amir Temur xalqaro maydonda ham o‘z beqiyos salohiyatini yorqin namoyish qila olgan buyuk shaxsdir. Turli millatlar, turli irqu dindagi odamlarni birlashtirib, markazlashgan qudratli davlat tuzishga erishgan. Yurtdoshlarini hamjihatlik va taraqqiyot, bunyodkorlik sari boshlagan ulug‘ ajdodimizning bu boradagi sa’yi xarakatlari bugungi kun yoshlari uchun ham ibratlidir. U savdo-sotiq va iqtisodiy munosabatlar orqali xalqlar, mamlakatlar o‘rtasida yagona makon barpo etish g‘oyasini ilgari surdi.
Adabiyotni o’rganish o’quvchilarni vatan himoyasining ming yillik an’analari haqidagi fikrlarga ega bo’lib, uning mustaqilligi uchun kurashgan tarixiy ajdodlarimiz qahramonlari bilan faxrlanish hissiyotini uyg’otadi, mustaqillikni himoya qilishga chaqiradi, dushmanga bo’lgan nafrat hissiyotini uyg’alishiga tarbiyalaydi. Adabiyot kursi Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Muhammad Zahiriddin Bobur, Imom Al Buxoriy, Bohovuddin Naqshband, Hoji Ahmad Yassaviy va boshqa o’zbek xalqining buyuk va mashhur ajdodlari ijodiy merosi va hayotiy jasoratlarini bilib olishga muvaffaq bo’ladi.
Buyuk Turon zamini xalqlarining o’z mustaqilligi uchun olib borgan qahramonona kurashiga bag’ishlangan adabiy asarlar o’quvchilarga janglarning yuzaga kelishi, Vatan uchun ajdodlarimiz ko’rsatgan qahramonana jasoratlari borasidagi g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy, madaniy meros va qadriyatlarning mohiyatini tushunishiga yordam beradi.
Adabiyot o’qituvchisi yoshlarga haqiqatguy, yomonlik va zo’rlikka qarshi kurashish xislatlarini rivojlantirish, qahramonona o’tmish voqealari bilan yaqinlashishga yordam berish, hayotan o’zini adabiy qahramonlar o’rniga qo’yish, hayotiy tajriba kamchiligini to’ldirish, hayotiy faoliyat yo’nalishi, ko’rsatma va dalillarini, mamlakat gullab yashnashi va uni tajovo’zkorlikdan himoya qilishga tayyorlashdek muhim ruhiy-ma’naviy ongini shakllantirishi lozim.
Matematika o’qituvchisi jangni olib borish, jangovar mahorat zamonaviy vositalarini egallash uchun matematik bilimlarning zarurligi va bo’lajak vatan himoyachisi uchun ayniqsa muhimligini uqtirish. Matematikani o’rganishda harbiy faoliyat uchun muhim bo’lgan jangovar mas’uliyat, ichki intizom va tashkiliylikni shakllantirishga yordam beradi.
Fizikani o’rganish jarayonida o’quvchilar harbiy texnikaning fizik asoslarini (balistika, lokasiya, optika, o’q otish quroli mexanikasi) o’zlashtiradi. U yoki bu harbiy texnik qurilma (raketa uchishi, samolyot yunalishi) samaradorligi hisobi, tahlili, bahosini talab qiladigan harbiy texnik mazmunli masalalarni yechish qabiliyatiga ega bo’ladi, harbiy kasbiy harakatlarga yaqinlashtirilgan vaziyatda nazariy bilimlarni tadbiq etishga o’rganadilar.
Ximiya darsida o’smir va qizlar kimyoviy quroldan himoyalanish asoslari, bu yo’nalishdagi fan yutuqlari bilan tanishadi, hamda odam, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suv, uy va boshqa narsalarni zaharli kimyoviy moddalardan himoya qilish maqsadida ko’nikmalar oladilar.
Biologik fanlarni o’rganib, o’quvchilar O’zbekiston florasi bir qator o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari, ulardan kasallar va yaradorlarni qutqarishda, xalq tibbiyotida foydalanilishini bilib oladilar.

II BOB. YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH USUL VA VOSITALARI
2.1. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ta’sir qiladigan omillar
Hozirgi vaqtda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va jarayoni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga bog’liq bo’lgan bir qator omillar bilan boyitilishi lozim. Bu omillar quyidagilardir:
- mamlakatda amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonidagi inson, ya’ni shaxs rolining o’sishi;
- uning mamlakat mudofaasidagi ahamiyati;
- harbiy xizmatni tashkillashdagi tub o’zgarishlar;
- zamonaviy qurolli kurashlarning shakl va usullari takomillashuvi va boshqalardir.
Yoshlarni vatan himoyasiga tayyorlash ishlarining tubdan o’zgarishi harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni, shuningdek, tashkiliy-uslubiy jihatlardan to’liq foydalanishni taqozo etadi. Buning uchun, tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, an’anaviy tarbiya shakllarini tanlash va mustahkamlash, hozirgi sharoitda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi vazifalarini to’la amalga oshira oladigan yangi shakl va uslublarni izlash va ularni hayotga tadbiq etish lozim. Bunda asosiy e’tiborni harbiy vatanparvarlik tarbiyasining shakl va uslublarini tashkiliy jihatdan ta’sirchanligiga va ularni Vatan himoyachisi shaxsini rivojlantirishga yunaltirilganligiga qaratish zarur.
Ko’rsatib o’tilgan barcha tadbirlarni amalga oshirishda “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisiga katta o’rin ajratiladi. Harbiy vatanparvarlik tadbirlarini o’tkazish uning ishtirokisiz o’tmaydi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi va ommaviy - mudofaa ishlari kompleks rejasiga muvofiq ta’lim muassasasi "Vatanparvar” MKJ boshlang’ich tashkiloti ish rejalari tuziladi. Umumiy reja tadbirlari sinf rahbarlari tarbiyaviy ish rejalarida ham o’z aksini topadi. Harbiy vatanparvarlik ishlari va yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash bilan bog’liq masalalar ko’p holda pedagogik kengashda ko’rib chiqiladi.
Harbiy vatanparvarlik va ommaviy – mudofaa ishlari rejasini amalga oshirish bo’yicha o’quv yurti pedagogik jamoasi va “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisi vazifalaridan biri hisoblanadi.
Misol tariqasida birinchi sinfdan boshlab harbiy vatanparvarlik va ommaviy - mudofaa ishlari umumiy reja asosida qanday olib borilishi ko’rib chiqamiz, I-IV sinf o’quvchilari uchun rejada tanishuv mazmunidagi tadbirlar ko’zda tutilgan, bular “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari”, “Baynalminalchi jangchilar, ular kim?” degan mavzuda suhbatlar o’tkazish, badiiy adabiyotlar o’qish.
Qurolli Kuchlar, buyuk tarixiy shaxslarga bag’ishlangan spektakl, kinofilm, teleko’rsatuv, videofilmlar tomosha qilib, muhokama qilish.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga bag’ishlangan ko’rgazma, viktorinalar, kolleksiyalar to’plash.
Qurolli Kuchlar jangchilariga bag’ishlangan eng yaxshi rasm va eng yaxshi she’r o’qish konkurslarini o’tkazish.
Qahramonlar nomi berilgan ko’chalarga sayohatlar, yodgorliklarga gullar qo’yish, faxriylarni tabriklash.
Ommaviy – mudofaa oyligi kunlarida Fuqaro himoyasi bo’yicha viktorinalar, "Havo trevogasi” signallari bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazish.
Ko’rinib turibdiki, I-IV sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tadbirlar o’quvchilarga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari haqida boshlang’ich bilimlar berishga, bolalarga oddiy harbiy ko’nikmalar singdirishga imkon beradi.
V-VI sinf uquvchilari bilan o’tkaziladigan tadbirlar ancha murakkabroq xususiyatga ega, ularga quyidagilar kiradi:

  • Urush va mehnat qahramonlari haqida materiallar izlash bo’yicha topshiriqlarni bajarish uchun izquvarlik harakatida ishtirok etish;

  • Nogironlar, faxriylar, harbiy xizmatchilar oilalariga yordam berish;

- I-IV sinf o’quvchilariga harbiy vatanparvarlik tadbirlarini o’tkazishda yordam ko’rsatish;
- Davlatimiz va Qurolli Kuchlar tarixiy sanalariga bag’ishlangan tantanali saf tortish;
- Qahramonlik darslari;
- Nogironlar, faxriylar, harbiy xizmatchilar oilalariga yordam ko’rsatish buyicha faxriylar oldida axborot (hisobot) berish;
- "O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari - vatan himoyasida” mavzusida gazeta, jangavor varaqa, fotogazetalar chiqarish;
- Vatan va Qurolli Kuchlar haqida eng yaxshi qo’shiq ko’rik tanlovi;
- Harbiylashtirilgan o’yinlar;
- Ommaviy - mudofaa ishlari oyligi kunlarida saf tortish va qo’shiq ko’rigi;
- Harbiy - texnik to’garaklar ishlarida ishtirok etish;
Shunday qilib, V-VI sinf o’quvchilari kichik o’rtoqlariga otaliq qila boshlaydilar, natijada ularning mas’uliyatliligi ortadi.
VII-IX sinf o’quvchilari rejasiga quyidagi tadbirlar kiritiladi:
- “Vatanparvar” tashkilotiga a’zo bo’lish, ommaviy-mudofaa ishlarida faol ishtirok etish;
- O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - Vatan himoyasi to’g’risida mavzusidagi tadbirlarda ishtirok etish;
- “O’zbekiston - Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun kurashlarda” ijodiy ishlar ko’rgazmalarida ishtirok etish;
- Harbiy - vatanparvarlik mavzusida ijtimoiy - siyosiy ma’ruzalar o’tkazish;
- Yosh o’qchi” to’garagida ishtirok etish;
- “Salomatlik” kompleksi normalarini topshirish;
- “Vatanparvar” maktabi sport seksiyalari, ommaviy-mudofaa to’garaklarida ishtirok etish;
- Sportning harbiy sport turlari musobaqlarda ishtirok etish;
IX-XI sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston xalqi va Quroli Kuchlar jangovar an’analarini chuqur o’rganish;

  • Bo’lajak jangchi klubida ishtirok etish;

  • Ma’ruzachilar guruhlari ishlarida ishtirok etish;

  • Vatanparvar” boshlang’ich tashkiloti ishlarida faol ishtirok etish;

  • Vatanparvarlik qushiqlari ko’rik – tanlovi o’tkazish;

  • Shunqorlar” harbiy-sport o’yinlarida ishtirok etish;

  • Harbiy qismlarda bo’lish harbiy xizmatchilar hayoti va turmush sharoiti va harbiy texnika bilan tanishish;

  • Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash bo’yicha olimpiyadalarda ishtirok etish;

  • Harbiy o’quv yurti qursantlari bilan o’quvchilar uchrashuvini o’tkazish;

  • Halok bo’lgan qahramonlar yodgorliklariga gulchambarlar qo’yish;

  • “Mohir o’qchi” va o’qchi darajasiga tayyorlovchi to’garaklrida ishtirok etish;

  • Harbiy amaliy sport turlari bo’yicha tuman, shahar musobaqlarida ishtirok etish;

  • Vatanparvar” kompleksi normativlari bo’yicha sinflar o’rtasida musobaqa o’tkazish;

  • Ommaviy mudofaa ishlari oyligida ishtiroq etish;

  • “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” bo’yicha tuman ko’rik tanlovida ishtirok etish;

Bu asosiy tadbirlar ro’yxati orqali o’quvchilar bosqichma-bosqich harbiy mahorat sirlarini egallayotganlarini kuzatish mumkin.
Yoshlarga ularning bolalik yillardan boshlab, O’zbekiston xalqining boy an’analari va milliy qadriyatlari, xalqimizning buyuk o’tmishi haqidagi bilimlarni, shuningdek, o’z Ona-Vatani O’zbektistonning sadoqatli himoyachilari bo’lishini ongli ravishda his qilishlarini singdirib borish kerak.
Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash masalalari borasida butun o’quv muassasa jamoasi urinishlarninig yakuniy maqsadi hammadan ham “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisiga yaxshi tushunarli. “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisining san’ati ham bo’lajak vatan himoyachilarini tayyorlash uchun o’quv yurtida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishdan iboratdir.
“Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisi harbiy vatanparvarlik va ommaviy - mudofaa ishlarini olib borishda o’quv yurti sinf rahbarlari va jamoa tashkilotlarga metodik va amaliy yordam ko’rsatadi, katta sinf o’quvchilaridan ommaviy - mudofaa va harbiy vatanparvarlik ishlari faollarini tayyorlash, o’q otish va texnik to’garaklar ishiga rahbarlik qiladi, mudofaa ishlari bo’limi, “Vatanparvar” tashkiloti qo’mitasi, otaliqqa olgan harbiy qism bilan doimiy va ishga oid aloqalarni ushlab turadi.
Mudofaa sport sog’lomlashtirish lagerlarida harbiy vatarparvarlik va ommaviy mudofaa ishlari bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlar mazmuni va yo’nalishi. “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” bo’yicha mashg’ulotlarni sifatli o’tkazishda lager boshlig’i, uning tarbiyaviy ishlar bo’yicha muovini, vzvod, guruh va “Vatanparvar” boshlang’ich ko’mitasi sardorlarining majburiyati.
Mudofaa sport sog’lomlashtirish lagerlarida harbiy vatanparvarlik ishlarini olib borishdan maqsad o’quvchilarda vatanga sadoqat, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suvereniteti bilan fahrlanish, uni himoya qilishga doim tayyor turishni tarbiyalash. Lagerda o’quvchilar bilan harbiy vatanparvarlik ishlarida asosiy e’tibor harbiy vatanparvarlik mavzusida ijtimoiy – iqtisodiy informasion suhbatlar, urush faxriylari bilan uchrashuv, otaliq harbiy qismi jangchilari bilan tanishuv, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va O’zbekiston xalqi jangovar va mehnat an’analarini tashviqot qiluvchi tematik uchrashuvlar, savol-javob kechalariga qaratiladi.

Download 55,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish