Xayitmurodova Zaynura Gaybullayevna
TerDU 5A-120302 Tarix mutaxassisligi
1-kurs magistrant
O'zbekiston yoshlarining bag'rikenglik ruhida tarbiyalash – davr talabi
Annotatsiya:Ushbu maqolada yoshlarni bag'rikenglik ruhida tarbiyalashning dolzarbligi, ta'lim tizimida bag'rikenglik ruhida tarbiyalashning usul va vositalari yoritib berilgan. Shuningdek, bag'rikenglik tuyg'usi davlat va jamiyat taraqqiyoti ushun muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so`z boradi.
Kalit so'zlar:O'zbekiston,yoshlar, bag'rikenglik, tarbiya, ta'lim, pedagogika, jamiyat, mentalitet, talabalar, millat.
Barchamizga yaxshi ma'lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma'naviy salohiyatiga bog'liq. Shu nuqtai nazardan, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etuvchi mamlakatimizda yoshlar siyosati samaradorligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko`p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinsh-totuv yashab kelgan. Mehmondo`stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma'nodagi bag'rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo`lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. Bag'rikenglik - ko`p ma'noli tushunsha, shu sababli uni falsafiy, tarixiy,badiiy, diniy, siyosiy nuqtai nazarlardan ko`rib chiqish mumkin. Bag'rikenglikni pedagogik nuqtai nazardan ko`rib chiqish,ayniqsa dolzarb masala hisoblanadi.Bag'rikenglikning asosida avvalo shaxs tajribasi yotadi. Shu sababli bag'rikenglik tarbiyasi,pedagogika nuqtai nazaridan,bag'rikenglik tajribasini aniq maqsad yo`lida tashkil etishdan,ya'ni o`zga kishilar bilan birgalikda harakat qilishni talab etuvshi shart-sharoitlarni sobitqadamlik bilan yaratishdan iborat Bugun O'zbekistonda yoshlarning ezgu maqsadlarini hayotga tatbiq etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yoshlar muammolari davlat siyosati darajasida hal etilmoqda. 2017 yil 30 iyunda mamlakatimiz yoshlari hayotida yangi sahifa ochildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi, uning asosiy faoliyati yoshlarning barcha tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va amalga oshirishga qaratildi. Shuni alohida qayd etish lozimki, hozirgi globallashuv asrida yoshlarning dunyoqarashi, fikri kun sayin o'zgarib bormoqda. Bugungi kunda yoshlarni hayratlantirish, ularning ko'nglidan chuqur joy oladigan loyihalarni ishlab chiqish ham qiyinlashib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ularning zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro'y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo'lishi bilan ham izohlanadi. Shu sabab, hozirda Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar bilan ishlashda mutlaqo yangi, ilgari mavjud bo'lmagan mexanizmlar, metod va uslublardan foydalanishga harakat qilinmoqda. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda ijodkorlik, kreativlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida qator yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz aholisining qariyb 55 foizini yoshlar tashkil etadi. Davlatimiz rahbari yoshlarni taraqqiyotning juda katta tayanchi, ulkan resurs, bebaho xazina, deb biladi. Mamlakatimizda yoshlar faoliyati bilan bog'liq tub islohotlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro'yobga chiqarishni ta'minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida navqiron avlodning o'rni va faolligini oshirish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 2017 yil 30 iyunda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tuzildi.
Mazkur qonunda O'zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, yangi avlodni xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo'lishining huquq va imkoniyatlari belgilab berildi.
Yoshlarning dunyo miqyosida o'z salohiyatini namoyon etishi uchun 2018 yilda Samarqand shahrida O'rta Osiyo yoshlari forumi o'tkazildi. Uyushmagan yoshlarning bandligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqilib, ularni bunyodkorlik ishlariga jalb qilish, ijtimoiy faollashtirish borasida dasturlar qabul qilinyapti. Mamlakatimizda Yoshlar parlamenti, Yoshlar ishlari agentligi faoliyat ko'rsatmoqda.
Hozirgi globallashuv davrida insoniyatga, ayniqsa, yoshlarga ma'naviy va axloqiy jihatdan tuban illatlarni o'zida mujassamlashtirgan “ommaviy madaniyat” tahdid solmoqda. Bu unsur “madaniyat” deb atalsa-da, tub mazmun-mohiyati, maqsadlariga ko'ra, chinakam madaniyatning kushandasi. “Ommaviy madaniyat” g'arb madaniy hayotining deyarli barcha sohasini qamrab olgan bo'lib, u xalqning o'zligi va madaniyatini yo'qotishga qaratilgan.
U xalqni xalq, millatni millat qilib turgan asoslar, ya'ni ming yilliklar mobaynida shakllanib, rivojlanib kelayotgan madaniy, ma'naviy, ma'rifiy, axloqiy va ruhiy an'ana, qadriyat hamda tamoyillardan begonalashtirishga yo'naltirilgan xurujdir.
Bunday madaniyatga qarshi kurashish yo'lida islom dinining insonparvarlik va bag'rikenglik g'oyalarini chuqur o'rganish, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Lays Samarqandiy, Qaffol Shoshiy, Abul Muin Nasafiy, Makhul Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg'inoniy, Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug' mutafakkirlarning ilmiy-ma'naviy merosini tadqiq etish bugungi kundagi manfaatparastlik botqog'iga g'arq bo'layotgan insonlarni jaholat changalidan qutqarishda muhim ma'naviy tayanch bo'lib xizmat qilishi, shubhasiz.
Yoshlarimizni turli vayronkor g'oyalardan asrashimiz, mutafakkirlarimizning boy ma'naviy merosidan bahramand qilishimiz kerak. Prezidentimiz bu haqda “Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lib, hayotdan munosib o'rin topishlari uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, dedi.
Ma'lumki, yurtimizda yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo'yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash vazifalarini o'z ichiga olgan "beshta muhim tashabbus" amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yoshlarni axloqli qilib tarbiyalash, vatanparvarlik ruhida voyaga yetkazishga qaratilgan. “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g'oyasi yoshlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish, pirovardida yangi O'zbekistonni bunyod etishda ularning asosiy kuch sifatida namoyon bo'lishiga xizmat qiladi.
Prezidentimiz aytganidek: "Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, avvalo, ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va, albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi. Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros, bu — yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik, bu — bilimsizlik!".
Yoshlarning intellektual va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida an'anaviy tadbirlar, konferentsiyalar o'tkazilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Prezident maktablari, xalqimiz ardog'idagi yozuvchi va shoirlar nomida ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar, Adiblar xiyoboni tashkil etildi. Ushbu xiyobon endilikda yoshlarimizning sevimli maskaniga aylangan.
Nafaqat bizning universitet, balki barcha oliy ta'lim muassasalarida iqtidorli yoshlarga katta e'tibor qaratilayotganiga guvohmiz. Bugungi kunda tashabbuskor yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonida bevosita ishtirok etmoqda. Yuzdan ortiq milliy-madaniy markazni birlashtiruvshi Respublika Baynalminal madaniyat markazi mamlakatda millatlararo hamjixatlik va fuqarolarning o`zaro totuvlik muhitini mustahkamlashga,milliy madaniyatlarni saqlab qolish va ularning ma'naviy qadriyatlarini targ'ib qilishga hissasini qo`shib kelmoqda.Mazkur markazlar madaniyatini targ'ib qilish emas, shu bilan birga millatlararo munosabatda bag'rikenglikni tarbiyalash asosida samarali ko`pgina rejalarni amalga oshirmoqda.Yoshlarni yurtimizdagi milliy–madaniy markazlarga borib,u erda turli millatlarning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analariga guvoh bo`lib ularni o`rganishlari ularni bag'rikenglik ruhida tarbiyalashda amaliy yordam bo`ladi.Yuqorida ta'kidlangan fikr-mulohazalardan kelib shiqib bag'rikenglik tarbiyasini o`quv jarayoni bilangina cheklamasdan, mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ham uzluksiz davom ettirish kerak. Buning ushun “bag'rikenglik” mavzusida turli tadbirlar, anjumanlar, spektakllar, ijodiy ko`rik tanlovlar o`tkazib turish mumkin. Masalan,adabiy tanlov o`tkazib, qatnashchilarga “Bag'rikenglik-barqarorlik omili” degan mavzuda insho yozish taklif etiladi. Yoki, foto tanlov ftkazilib, harbir muallifning “Dunyoning bag'rikeng insonlari” yoki‚”Insoniyat—bag'rikenglik yo`lida” mavzuidagi foto suratlar turkumi yaratiladi.Tarixchi talabalar o`rtasida madaniyatlarning o`zaro ta'sirini, bag'rikenglikning tarixiy ildizlari va zamonaviy muammolarini tasvirlaydigan eng yaxshi muzey kompozichiyasini yaratishga bag'ishlangan tanlovlar ftkaziladi. Milliy-madaniy markazlarning ishtirokida davra sutsbatlari o`tkazish, “Jahon musiqasi” turkumli keshalari, “Bag'rikenglik maktabi” mavzudagi munozara va shu kabi tadbirlarni o`tkazish katta qiziqish uyg'otishi mumkin. Madaniyatlararo muloqotga bag'ishlangan o`ziga xos klublar yaratish lozim.
Yoshlarimizni ma'naviy-axloqiy sog'lom etib tarbiyalashda ularning muammolarini o'rganish va bartaraf etish, madaniy-tarixiy an'ana, milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy g'oyaga sadoqat ruhida tarbiyalashda ota-ona, mahalla va ta'lim dargohlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish, navqiron avlodning bo'sh vaqtini band qilish maqsadida turli ixtisos va yo'nalishlardagi mutaxassislarni jalb qilgan holda, konferentsiya, davra suhbatlari o'tkazish, ma'naviy targ'ibotda uchraydigan muammo va kamchiliklarni ochiq muhokama qilish muhim o'rin tutadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ko'p jihatdan yoshlarimiz dunyoqarashi, tariximizga munosabat, milliy g'oyaga sadoqat bilan uzviy bog'liq. Bugungi shiddatli davrda chinakam ma'naviyatli inson bo'lish uchun o'z milliy qadriyatlarini e'zozlashi, o'zligini anglashi, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishi, ona Vatanini jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olishi uchun fidoyi bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |