Kafeteriylar-yirik oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat magazinlarida tashkil
etiladi. Kafeteriylarda issiq ichimliklar, sut-qatiq mahsulotlari, buterbrodlar,
qandolat mahsulotlari va boshqalar tayyorlanishi va sotilishi mumkin. Alkogol
ichimliklar sotish taqiqlanadi. Hisob-kitobni bufetchining o‘zi bajaradi.
Oshxona-tegishli mijozlar talabini qondiradigan, oziq-ovqatlar iste’mol
qilinadigan ovqatlantirish maskani bo‘lib, u erda haftaning kunlari bo‘yicha
taomnoma tuziladi, taomlar tayyorlanadi va mijozlarga taqdim etiladi.
Ovqatlantirish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan ovqatlantirish
joyi hisoblanadi. Asosiy faoliyati-o‘z mahsulotidan aholi uchun taomlar
tayyorlash, mijozlar talablarini qondirish, nonushta, tushlik, kechki taomlar yoki
ularning bir qismini tayyorlashdir. Oshxonalardan uyga ham taom olib ketish
mumkin. Oldindan buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek taom mahsulotlari,
yarim tayyor mahsulotlar sotiladi.
Oshxonalar bir-birlaridan qo‘yidagicha farqlanadi:
--mahsulotlari assortimenti bo‘yicha: umumiy va parhez taomlar
oshxonalari;
--xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar: maktab bolalari, talabalar va shunga
o‘xshashlar;
--manzili bo‘yicha: hamma uchun, OTM va korxona, muassasa xodimlari
uchun.
Tamaddixonalar-taomlar assortimenti cheklangan ovqatlantirish maskani.
Tegishli xomashyolardan tez va oson taom tayyorlanadi, xizmati ham tez amalga
oshiriladi. Iste’mol taomlari assortimenti-sovuq va issiq taomlar, hammabop va tez
tayyorlanadigan taomlar: sosiska, sardelkalar, chuchvara, qovurilgan tuxum. Ushbu
korxonada spirtli ichimliklar sotish ta’qiqlanadi. Tamaddixonalarda hamma ishlar
juda tez bajariladi. Shoshilgan vaqti ziq kishilar bir zumda Ovqatlantirishi
mumkin. Tamaddixonalar mahsulotlar assortimentini sotish bo‘yicha umumiy va
maxsus turlarga bo‘linadi. Maxsus tamaddixonalarda chuchvara, pishirilgan go‘sht,
kabob, somsa, kotlet, sosiska, buterbrod va boshqalar tayyorlanadi.
Tamaddixonalarda ko‘p hollarda tik turib tamaddi qilinadi. Taom tanlangach,
hisob-kitob birdaniga amalga oshiriladi. Bu ish avtomat-kassalar orqali ham
bajarilishi mumkin. Tamaddixonalar odamlar qatnovi ko‘p, ko‘zga tez
tashlanadigan joylarga quriladi.
Bufetlar-ovqat mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ular ichkarida
va tashqarida joylashishi mumkin. Yarim tayyor, har xil boshqa mahsulotlar, eng
ko‘p talab qilinadigan issiq ichimliklar bilan savdo qilinadi. Maktab va OTM
bufetlaridan tashqari hamma bufetlarda tamaki mahsulotlari sotiladi. U erda o‘zo‘
ziga xizmat qilish amalga oshiriladi. Hisob-kitob bufetchi yoki savdo avtomati
orqali bajariladi.
Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko‘rsatadi:
--mehmonxonalarda;
--tomosha maskanlarida;
--sport maydonlari atrofida;
--vokzallarda;
--daryo va dengiz kemalarida;
--ishlab chiqarish va transport korxonalarida;
--qurilish va boshqa muassasalarda.
Odatda bufetlar mahsulotlarni o‘zlariga qarashli ovqatlantirish
korxonalaridan oladi. Ommaviy o‘yin-tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli
qandolatlar mahsulotlari, shirinliklar, meva va ma’danli suvlar, ho‘l mevalar
bo‘lishi kerak. Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas.
Baxt uylari qoshidagi bufetlarda meva-chevalar, shirinliklar, shuningdek
gullar va sovg‘a buyumlari bo‘ladi. Nikohdan o‘tuvchilarning xohishiga qarab,
oldindan dasturxon tuzatilishi va ofitsiantlar xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |