O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS
INSTITUTI
«Servis» fakulteti
«Servis» kafedrasi
“Xizmatlar soxasi (Restaran ishi)” yo’nalishi
Restaranda taomlar tayyorlash texnologiyasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Restoranlarda ikkinchi taomlar texnologiyasi va tayyor taomlar sifatiga qo’yiladigan talablar
Bajardi: XSR-119 guruh talabasi
Xoliqulova SH.
Ilmiyrahbar: Suvonov Z.
Samarqand 2022
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1. Restoranlarda tayyorlanadigan ikkinchi taomlar turlari va texnologiyasi
2. Ikkinchi taomlar retsepturalari
3. Go’shtli ikkinchi taomlar tayyorlashda oqsillar dinaturatsiyasi
4. Tayyor taomlar sifatiga qo’yiladigan talablar
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Umumiy ovqatlanish - xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan sohasi. Umumiy ovqatlanish sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan fabrikalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar, gazakxonalar va boshqa kiradi. Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi. Koʻpincha ularda isteʼmolchilarga imtiyozli xizmat koʻrsatiladi. Ovqatni uyda tayyorlashdan Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlashga oʻtish jarayonining oʻzidayoq mehnatni kooperatsiyalash yuzaga keladi, ilgʻor texnologiya va yuqori unumli jihozlarni qoʻllash tufayli mehnat unumdorligi bir necha barobar oshadi. Isteʼmolchilarning ovqat tayyorlash vaqtini tejash imkoniyatini yaratib, boʻsh vaqtni koʻpaytirishga xizmat qiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida restoran, kafe, barlar asosiy oʻrinni egallaydi. Ularda ovkatlanish bilan birga madaniy dam olish, oilaviy, toʻy tantanalari va boshqa marosimlar ham oʻtkaziladi. Mehmonxonalarda, aeroport, temir yoʻl vokzallari, avtobuslar stansiaylari, poyezdlar va teploxodlarda joylashgan Umumiy ovqatlanish shoxobchalari yoʻlovchilarga, turistlarga xizmat koʻrsatadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida, albatta, pazandachilik sanʼati yetakchi oʻrinda turadi. Uzoq asrlar mobaynida Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda, asosan, choyxonalar Umumiy ovqatlanish joyi boʻlib kelgan. 19-asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin "Rivyera", "Parij", "Shimol" (Samarqand), "Regina", "Buffa", "Anona" (Toshkent) kabi restoranlarda faqat yuqori tabaqa vakillariga xizmat koʻrsatilgan. 1918-yilda Turkiston temir yoʻl ishchi va xizmatchilari uchun Toshkent, Qoʻqon, Aris, Xovas va boshqa joylarda ovqatlanish korxonalari ochilgan. Shu yilning oxirida ularning soni 80 taga yetgan. 1923— 24 ylarda mehmonxonalarda oshxonalar, dam olish joylari va bozorlarda kizil choyxonalar va kabobxonalar ochilgan. 30 va keyingi yillarda Umumiy ovqatlanish tizimiga katta eʼtibor berildi. Umumiy ovqatlanishni boshqarish va tashkil etish, tarmoqning rivojlanishini, sanitariya holatini yaxshilash, zarur asbobuskunalar, jihozlar bilan taʼminlash va mahsulot sifatini yaxshilash kabi tadbirlar amalga oshirildi. 80-yillarga kelib Oʻzbekistonda Umumiy ovqatlanish korxonalarining soni 18802 taga yetdi. Oʻlarda 90,4 ming kishi faoliyat koʻrsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |