Ovqat magazinlari - aholiga har xil taom va qandolat mahsulotlari, yarim
tayyor mahsulotlar, qo‘shimcha boshqa narsalar sotadi. Bu magazinlarda har xil
taomlar, qandolat mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyoning yangi
turlarini tayyorlash, stollarga dasturxon yasatish bo‘yicha maslahatlar beriladi.
Taom va qandolat mahsulotlari ko‘rgazmasida savdolar tashkil etiladi. Sotiladigan
mahsulotlarga oldindan buyurtma qabul qilinadi. Yirik ovqat magazinlarida issiq
ichimliklar va qandolat mahsulotlari sotadigan kafeteriylar tashkil etiladi. Sotib
olingan mahsulotlar hisob-kitobi nazorat kassa mashinasi orqali amalga oshiriladi.
Ovqat magazinlari aholi yashaydigan binolarda va odamlar gavjum bo‘ladigan
ko‘yarimrdagi alohida uylarda joylashishi mumkin. Ular restoran, oshxona va
boshqa korxona filiallari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |