4-Амалий машғулот: Binoning bosh tarxini loyihalash, shamol gulini chizish. Reja



Download 309,46 Kb.
Sana27.10.2022
Hajmi309,46 Kb.
#857022
Bog'liq
4-амалий бино бош тарх 23-21


4-Амалий машғулот: Binoning bosh tarxini loyihalash, shamol gulini chizish.
Reja:
  • Binoning bosh tarhi haqida tushuncha.
  • Shamol gulini chizish usullari.

Aholi yashash jarayonlarini planirovkasi va qurilishi quyidagi asosiy shaharsozlik talablariga javob berishi kerak: ijtimoiy, funksional, sanitar, arxitektura - badiiy, yong‘inga qarshi va iqtisodiy. Ijtimoiy talablarga har bir aholi rayonini aholiga - madaniy maishiy xizmat ko‘rsatadigan korxonalar tizimi bilan ta’minlanish kiradi. . Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari har kuni foydalaniladigan, davriy va vaqt - vaqti bilan foydalaniladiganlarga bo‘linadi. Mikrorayonlarda, magistral yo‘llar orasida, territoriyalarda va aholi rayonlarida har kuni va davriy foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish korxonalari joylashtiriladi. Birinchisiga bolalar bog‘chalari, maktablar, oziq - ovqat magazinlari, kir yuvish punktlari, kimyoviy tozalash korxonalari, maishiy ustoxonalar, dorixonalar, omonat kassalari, sartaroshxonalar va boshqalar. Bolalar bog‘chalarining xizmat ko‘rsatish radiusi 300 m gacha bo‘lishi kerak.
Aholi rayonlari planirovkasiga, qurilishiga quyidagicha sanitar - gigienik talablar qo‘yiladi: uylarni va hovli - bog‘larni kerakli darajada tabiiy yorug‘lik va insolyasiya bilan ta’minlash va shu bilan birga ortiqcha quyosh radiatsiyasidan himoya qilish; turar - joy binolari atrofidagi hovli - bog‘larning aeratsion rejimini (shamollatish) ta’minlash; qum shamollardan himoya qilish; territoriyani tashqi shovqindan himoya qilish; obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish. Yuqorida keltirgan ba’zi bir sanitar - gigienik talablarni bajarish uchun turar joy binolari orasida masofalarni 30 m dan kam qilmaslik kerak (1 - rasm).
1- rasm. Turar joy binolari orasidagi sanitar masofalar. A- insolyasiya bo‘ladigan; B-soya tushiradigan
Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sanitar talablardan bittasi bu shovќindan ximoya ќilishdir. 3-rasmda bu masalani echishga doir misol keltirilgan.
3-rasm. Magistral yo‘l yoќasida shovќinga ќarshi mo‘ljallangan turar-joy binosini joylashtirish
Aholi rayonlarining planirovkasi va qurilishga qo‘yilgan funksional talablar turar-joy binolari oldida ko‘kalamzorlashtirilgan bolalar maydonchasi (300 - 600 m2), xo‘jalik maydonchasi (1 kishiga 0,1 m2) va kiyimlarni quritish maydonchasini (1 kishiga 0,03 - 0,04 m2) ko‘zda tutadi.
4-rasm. Turar-joy binosi oldidagi xududni obodonlashtirish sxemasiga misol: 1-turar-joy binosi; 2-kirish oldi maydonchalari; 3-uy oldi gazonlari; 4- yul; 5-mashina to‘xtash joyi; 6-axlat tashlash joyi; 7-bolalar maydonchalari4 8-ko‘kalamzorlar.
- Aholi yashaydigan joyning rejasiga va binolarning hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimiga ta’sir etuvchi yana bir omil shamolning tezligidir. Shamolning o‘rtacha tezligi 5 m/s va undan ortiq bo‘lganda havodagi mualliq zarrachalar qor, suv, chang) ning intensiv ko‘chishi ko‘zatiladi. Shamolning tezligi bilan birgalikda uning gorizont yo‘nalishlari bo‘yicha qaytalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Shu asnoda ma’lum bir joy uchun shamolning bosh yunalishi aniqlanadi. Masalan, 7.1-jadvalda Tomdibuloq shahri uchun rumblar bo‘yicha shamolning o‘rtacha tezliklari va qaytalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
  • shamolning bosh yo‘nalishi.
  • 1–rasm. Shamol tezliklarining gorizont tomonlari bo‘yicha o‘zgarish grafigi (a) va qaytalanishi bo‘yicha uning bosh yo‘nalishini aniqlash grafigi (b).
  • Tomdi buloq shahri uchun gorizontning tomonlari bo‘yicha shamolning o‘rtacha tezligi va qaytalanishi to‘g‘risida ma’lumotlar (iyul oyi uchun)
  • 7.1-rasmda yuqoridagi ma’lumotlar asosida qurilgan shamol tezliklarining gorizont tomonlari bo‘yicha o‘zgarish grafigi (a) va shamolning qaytalanishi bo‘yicha uning bosh yo‘nalishini aniqlash grafigi (b) keltirilgan.
  • Binoning belgilangan xududda joylashish o‘rnini va orentatsiyasini qabul qilishda shamolning bosh yo‘nalishini hisobga olmaslik mumkin emas. Chunki binolarda tabiiy havo almashtirishni tashkil qilishda, yozda binolarni va undagi xonalarni ortiqcha qizib ketishdan asrashda shamol tezligi va yo‘nalishi muhim rol o‘ynaydi.
  • Ob-havo turlarini va ularning yil davomida o‘zgarib borish qonuniyatlarini o‘rganib sistemalashtirish – qurilish iqlimshunosligining asosiy uslubidir.

Адабиётлар:
1. Miralimov M.M. Bino va inshootlar arxitekturasi. Darslik. Toshkent, 2012 y.
2. Miralimov M.M., Sayfiddinov S., Babajanov M.D. ARXITEKRURA. Darslik. Toshkent, 2016 y.
3. Voxitov M.M., Mirzayev Sh.R. Me’morchilik I qism. Me’morchilik tarixi (lotin). Toshkent “Tafakkur”2012y. 4. G‘.A.Xakimov “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” (sanoat binolari arxitekturasi) O‘quv qo‘llanma Toshkent 2020 yil.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ.
Download 309,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish