Muzqaymoq kafesi-dam olish uchun eng gavjum joy hisoblanadi. Hamma
oilalar ham restoran yoki barga boravermaydi, chunki u joylar yoshi jihatidan katta
toifadagilarga mo‘ljallangan, narx-navosi ham yuqori bo‘ladi. Muzqaymoq kafelari
esa hammabop, butun oila a’zolari bilan kelib muzqaymoq iste’mol qilish va dam
olishi mumkin. Muzqaymoq tayyorlash jarayoni ham o‘ziga xos. Ishlatiladigan
asboblar zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan. Jihozlarni saqlash uchun
stellajlar, idishlarni yuvadigan joy, ochiq va yopiladigan, devorga o‘rnatilgan
jovonyarimr, quyi darajali muzlatgichlar, stol va boshqalar bo‘ladi. Muzqaymoq
kafesi uchun uncha katta maydon talab qilinmaydi. Muzqaymoq kafelari savdo
zalida past haroratli vitrinada muzqaymoq assortimenti namunalari qo‘yiladi. Zal
jihozlar bilan ta’minlanadi. Choy va kofe qaynatadigan anjomlar yordamida
mijozlarga issiq choy va kofe tayyorlanadi. Bundan tashqari muzqaymoq kafesida
har xil pishiriqlar, qandolat mahsulotlarini ham harid qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |