LINGVOKULTUROLOGIYA
GLOSSARIY
AKKULTURATSIYA madaniyatlarning ozaro tasir jarayoni bolib, u biron bir xalq yoki biron bir xalq vakili tomonidan boshqa xalq madaniyatining toliq yoki qisman qabul qilinishini ifodalaydi. Akkulturatsiya boshlangich, konikish, moslashuv, osoyishtalik, uyga ketish arafasidagi moslashuv va songgi bosqichlarga ajraladi.
ANTROPOSENTRIK PARADIGMA tadqiqotchilar qiziqishlarining obyektdan subyektga ozgarishi, yonaltirilishi, yani insonning tilda, tilning esa insonda tahlil qilinishi. Bunda asosiy etibor nutqiy faoliyat bajaruvchisi, yani nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi til egasiga qaratiladi. Antroposentrik paradigma nuqtayi nazaridan inson dunyoni ozini bilish, ozining nazariy va amaliy faoliyati orqali taniydi. Zamonaviy tilshunoslikda til tizimini antroposentrik nuqtayi nazardan organish, asosan, lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, pragmalingvistika hamda lingvokulturologiyaga oid tadqiqotlarda amalga oshiriladi.
ARXETIP individlar ongida paydo boladigan va madaniyatda tarqaladigan turgun obraz. Arxetiplarda shaxsiy tajriba oqibatida emas, balki ajdodlardan meros qilib olingan kollektiv gayriixtiyoriylik ifodalanadi.
DISFEMIZM – sozlovchining tinglovchiga yoki biror predmetga nisbatan masxara, istehzoli, iltifotsiz qarashini bildiradi. Disfemizm ifodaga salbiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga oshiriladi.
GESHTALT – nemischa soz bolib, u obraz, tuzilma, yaxlit shakl manolarini anglatadi. Geshtalt yaxlit obraz hisoblanadi, yani biron bir obyektni butunicha idrok qilinishi geshtalt, deb tushuniladi. Geshtaltlar konseptual boglanishlar bolib, ular inson psixikasining botiniga tegishli bolgan va tabiiy tilning kategoriyalari doirasidan tashqarida yotgan universal tasavvurlar mohiyatidir.
KONSEPT lotin tilidagi conceptus «tushuncha» sozining kalkasidir. Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida faylasuf S. Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. Ushbu termin tilshunoslikda otgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha soziga sinonim sifatida ishlatilgan bolsa, bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga nisbatan kengayganini korish mumkin. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept korinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va bazan unga tasir korsatadi. Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi ozaro farqlanadi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining oziga xos jihatlarini ifodalaydi.
LAKUNA (lot. lacuna boshliq, chuqurlik, chonqir joy; frans. lacune boshliq, bosh joy) biron xalqning maishiy, madaniy, ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona bolgan, boshqa tilda aniq muqobili bolmagan soz va soz birikmalari. Lakunalar qiyoslanayotgan tillarda oxshashi bolmagan sozlar bolib, ular, asosan, tillarning qiyosida seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |