TASVIRIY RAMZLAR biron bir belgi, alomat, korinish yoki tasvirni ifodalovchi timsollardir. Turli tasvirlar, oddiy va murakkab geometrik figuralar, osmon jismlari, ierogliflar, harflar, hatto tinish belgilari tasviriy ramzlarni ifodalashga xizmat qiladi.
FRAZEOLOGIZM turgun birikmalarning obrazli, kochma manoga ega turi bolib, til egasining dunyoni, hodisalarni oziga xos korishini namoyon etadi. Frazeologizmlar har doim xalq dunyoqarashi, jamiyat tuzilishi va oz davrining mafkurasini bilvosita aks ettiradi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va manaviy-madaniy meyorlar, diniy tasavvurlar, milliy anana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxiteplar oz aksini topgan bolib, ular avloddan-avlodga uzatiladi.
ETNOLINGVISTIKA tilning jamiyat ijtimoiy strukturasi yoki xalqning madaniyati, ananalari, urf-odatlari bilan aloqasini organadigan yonalishi. Zamonaviy etnolingvistikaning markazida tilning leksik tizimidagi faqat muayyan moddiy va madaniy-tarixiy majmualar: madaniyat shakllari, urf-odatlar, udumlar bilan ozaro munosabatdagi elementlari boladi. Mazkur yonalishni ikki alohida tarmoqqa ajratish mumkin: 1) etnik hududlarni tilga kora rekonstruksiya qilish; 2) xalqning moddiy va manaviy madaniyatini til malumotlariga kora rekonstruksiya qilish. Etnik oziga xosliklar, jumladan, turli vaziyatlarda kishilar qanday ishlashadi, qanday dam olishadi, qanday ovqatlanishadi, qanday gaplashishadi va h.k. har joyda namoyon boladi.
ETNOPSIXOLINGVISTIKA – nutqiy faoliyatda muayyan ananalar bilan bogliq bolgan muomala elementlarining qanday paydo bolishini, turli til egalarining verbal va noverbal muloqotidagi farqlarni organadi. Nutqiy etiket va dunyoning rangli manzarasini, turli xalqlardagi ikki tillilik va kop tillilik hodisalarini tadqiq etadi.
EVFEMIZM (yun. euphemismos < eu yaxshi + phemi gapiraman) narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi; qopol beadab soz, ibora va tabu ornida qopol botmaydigan soz (ibora)ni qollash. Masalan, ikkiqat, bogoz sozlari ornida homilador, ogir oyoqli sozlarini qollash. Yoki chayon sozi tabuga uchragan, qollanishi man qilingan bolib, uning manosi eshak sozida ifoda topgan.
OXSHATISHLAR har bir xalqning lingvomadaniy boyligi bolib, ular milliy dunyoqarash, dunyodagi predmet, hodisa va harakatlarni milliy tasavvurlarga kora taqqoslash, qiyoslashdir. Oxshatishlar muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini va tasavvurlarini tamsil etadi. Oxshatishlarning ikki turi: erkin oxshatishlar va turgun oxshatishlar farqlanadi. Erkin oxshatishlar muallifning oziga xos original oxshatishlaridir. Turgun oxshatishlarda oxshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan boladi. Ular tilda tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |