I bo`lim. Pedagogikaning umumiy asoslari
1-mavzu. Pedagoglik kasbining ijtimoiy mohiyati
Pedagoglik kasbining vujudga kelishi. Pedagogning jamiyatda tutgan o`rni, uning obro`si. Xalq og`zaki ijodida pedagoglik kasbining ifodalanishi. Pedagog va uning mehnati haqida buyuk allomalarning fikrlari. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuniga ko`ra pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqining belgilanishi. Pedagogning kasbiy, hissiy-irodaviy va axloqiy sifatlari. Pedagogik layoqatlar, pedagogik mahorat, uni egallash yo`llari. Pedagogik odob va etika.
Amaliy ish. Tajribali o`qituvchilar bilan uchrashuv: “Kasbim-faxrim” mavzusida suhbat o`tkazish. O`qituvchi va uning mehnati haqida buyuk allomalarning fikrlaridan namunalar o`rganish, she`r yod olish.
2-mavzu. Pedagogika fani va uning metodlari
Tarbiya ijtimoiy hayot hodisasidir. Tarbiyaning kelib chiqishi, tarixiyligi, umuminsoniy va milliy xususiyati. Tarbiyaga ta`sir etuvchi omillar. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi iqtisodiy-siyosiy va ma`naviy hayot zaruriyati ekanligi va unda Y.A.Komenskiyning tutgan o`rni. Pedagogika fanining nazariy, milliy va amaliy asoslari. Pedagogika yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish haqidagi fandir. Asosiy pedagogik kategoriyalar: ta`lim, tarbiya, ma`lumot, o`z-o`zini tarbiyalash. Pedagogik fanlar tizimi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika ilmiy-tadqiqot metodlari.
Seminar. Tarbiyaning tarixiy, milliy va umuminsoniy xususiyatlari.
3-mavzu. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi
Ta`lim tizimi haqida tushuncha. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuniga ko`ra uzluksiz ta`lim tizimi tuzilishining asosiy prinsiplari. O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarining tarmoqlari va ularning ta`rifi. Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limining asoslanishi.
Seminar . O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida” gi Qonunining mohiyati.
4-mavzu. Shaxsning o`sishi, shakllanishi va tarbiyasi
Shaxs haqida tushuncha. Shaxs shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar: ijtimoiy muhit va biologik omillarning o`zaro ta`siri. Shaxs shakllanishida tarbiyaning yetakchiligi. Faoliyat, uning turlari hamda ularning bola shaxsi shakllanishiga ta`siri. Bolalarning o`sishi va yosh davrlari. O`quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish tartibi. Tarbiyada bolalarning yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish.
Amaliy ish. O`quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish va uni tahlil qilish.
II bo`lim. Didaktika. Ta`lim nazariyasi
5-mavzu. Ta`lim nazariyasi maqsad va vazifalari
Ta`lim nazariyasi haqida tushuncha. Ta`lim nazariyasining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Ta`lim nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Y.A.Komenskiyning tutgan o`rni. Ta`lim nazariyasi-ta`lim mohiyati, mazmuni, vazifalari, shakli, prinsiplari, metodlari, o`quvchilarda bilim, ko`nikma, malakalar hosil qilish va tekshirish usullarini o`rgatuvchi pedagogika fanining maxsus qismi ekanligi. Ta`lim nazariyasining vazifalari.
6-mavzu. Ta`lim jarayonining mohiyati
Ta`lim jarayoni haqida tushuncha. In`ikos nazariyasi ta`lim jarayonining metodologik asosidir. Bilish jarayoni haqida Abu Nasr Farobiy fikrlari. Ta`lim jarayonining muhim belgilari: ta`limiy anglashni tashkil qilish, o`quvchilarning shaxsiy rivojlanish sur`atini tezlashtirish, atrof olamni anglash qonuniyatlarini egallash. O`qitish va o`qish o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatining o`zaro bog`liq jarayoni sifatida. Bilimlarni o`zlashtirishning asosiy davrlari: sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur, ko`nikma va malakalarning shakllanishi, bilimlarni amaliyotda qo`llash. Ta`limdagi qarama-qarshiliklar o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan omil ekanligi. Bolalarning o`qish sabablari.
Amaliy ish. Ta`lim jarayonida o`quvchilarning o`quv materialini o`rganish bosqichlarini tahlil qilish.
7-mavzu. Ta`lim jarayonining prinsiplari
Ta`lim prinsiplari, o`qitish qonuniyatlarining asoslanishida Y.A.Komenskiy ta`limoti. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy va Abu Ali ibn Sinoning ta`lim prinsiplari haqida fikrlari. Ta`lim prinsiplarining maqsadi, vazifasi va uni turlarga tavsiflash borasida ilmiy izlanishlar, ilg`or tajribalar. Ta`lim prinsipi o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatini bir-biriga bog`lovchi vosita ekanligi.
O`quvchilarni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, hayot va uning mazmuni haqida tushunchalarini kengaytirish, o`quvchilarning yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish, o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishda o`qituvchining mahorat bilan ta`lim prinsiplariga amal qilishi. O`qitish prinsiplarining hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarda (psixologik, sotsial, ijtimoiy, metodik, kibernetik va boshqalar) tutgan o`rni.
Ta`limning tarbiyalovchilik xususiyatlari. O`qitishning ijtimoiy qurilish amaliyoti bilan bog`lanishi. Ta`limning o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirish omili ekanligi. O`quvchilarda ta`lim jarayonida ishonch va e`tiqod, faollik va mustaqillik fazilatlarini tarbiyalash.
Ta`limning ilmiylik prinsipi. Ilmiy bilimlar haqidagi qonuniyatlarning aks etishi. Ilmiy bilimlarning o`qitishdagi o`rni. Ta`limning muntazamlilik prinsipi. Ta`limning muntazamlilik prinsipi o`qitishning tashqi dunyo taraqqiyot qonuniyatlariga bog`liq ekanligi. Ta`lim jarayonining bir-biri bilan bog`liqligi va ketma-ketligini ta`minlash. Ta`limning tushunarli bo`lishi haqida umumiy tushuncha. Tushunarli o`qitishning asosiy belgilari. Ta`limning tushunarli bo`lishini pedagogik asoslash. Ta`limning ko`rsatmalilik prinsipi. Ko`rsatmali ta`limning mohiyati. Ko`rsatmali ta`limning o`qitish jarayonidagi vazifasi. Ko`rsatmali ta`lim orqali o`quvchilarning bilish xislatlarini mustahkamlash va boshqarish. O`qitishda o`quvchining ongliligi va faolligi prinsipi. Bilimlarni ongli o`zlashtirishning asosiy belgilari. Ta`lim jarayonida nazariya va amaliyotning birligi. O`quvchilar faolligini oshirish yo`llari va usullari. O`quvchilarning o`qishga ongli va faol munosabati mustahkam bilim, iqtidor va malaka hosil qilish sharti ekanligi. Mustahkam bilimlar berish prinsipi. O`quvchilarda mustahkam bilim hosil qilishda o`zlashtirilayotgan bilimlarning asosiy g`oyasini bo`rttirish va uni bolalarning bilimi bilan bog`lash. Ta`limda har bir o`quvchiga alohida munosabatda bo`lish prinsipi. Ta`lim jarayonida o`quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olish va o`rganish.
Amaliy ish. Dars jarayonida o`qituvchi tomonidan ta`lim prinsiplarining amalga oshirilishini kuzatish.
8-mavzu. Ta`lim jarayoni mazmuni
Maktab ta`limining ilmiy asosi. Ta`lim mazmunini takomillashtirish shart-sharoitlari, milliy maktablarda umumiy, mehnat va politexnk ta`limni amalga oshirish ishlari. Umumiy o`rta ta`lim davlat ta`lim standartlari haqida tushuncha. Ta`lim mazmunining bolalarning yoshi va bilim saviyasiga mosligi. Ta`lim mazmunini dunyo standartlari darajasiga ko`tarish.
Ta`lim mazmunini belgilovchi davlat hujjatlari: o`quv rejasi, o`quv dasturlari, o`quv darsliklari. O`quv rejasi, dasturlari va ularning tuzilish prinsiplari. O`quv fanlarining ta`limiy – tarbiyaviy ahamiyati. O`quv darsliklarining o`qitishdagi o`rni. O`quv darsliklarining tuzilishiga qo`yiladigan talablar. Maktablarda qo`llaniladigan adabiyotlar turlari va o`quvchilarni mustaqil ijodiy ishlashga o`rgatish imkoniyatlari.
Amaliy ish. Maktab o`quv hujjatlari: o`quv rejasi, dasturi, darsliklarini o`rganish va tahlil qilish.
9-mavzu. Ta`lim jarayonining metodlari
Ta`lim metodlari haqida tushuncha. Ta`lim metodlarining vazifalari. Metod ta`limda tarbiyalovchi, ma`lumot beruvchi va rivojlantiruvchi vosita sifatida. Metod, usul va ta`lim vositalari. Ta`lim metodlariga qo`yiladigan talablar. Ta`lim metodlarini turkumlash va tanlash muammosi.
Og`zaki bayon qilish metodlari. Og`zaki bayon metodlariga qo`yiladigan talablar. Hikoya, suhbat, tushuntirish, maktab ma`ruzasi, kitob va darslik ustida ishlash metodlari tavsifi. Hikoya va suhbat turlari, ularning qo`llanilishiga qo`yiladigan talablar. Ta`lim jarayonida hikoya, suhbat, tushuntirish metodlaridan foydalanish yo`llari. Kitob, uning turlari haqida tushuncha. Kitob ustida ishlash: sarvarag`i bilan tanishtirish, muallif haqida ma`lumot berish, kitob o`qish gigiyenasini tushuntirish.
Kuzatish va ko`rsatish metodlari. Y.A.Komenskiyning ko`rgazmali o`qitish haqidagi fikrlari. Kuzatish va uning turlari. Namoyish va tasvirlashning ta`lim jarayonidagi o`rni. Ko`rsatmali qurollar turlari va ularga qo`yiladigan talablar. Buyum va narsalarni namoyish qilish qoidalari. Ta`lim jarayonida kuzatish va ko`rsatish metodlaridan foydalanish. Maktabda yozuv taxtasidan foydalanishga qo`yiladigan talablar.
Amaliy ishlar metodlari: mashq qilish va uning turlari, amaliy ishlar, laboratoriya ishlari, grafik ishlar. O`quvchilarning ijodiy ishlari. Takrorlash metodi. Ta`limiy o`yin ta`lim metodi sifatida. O’qitishning interfaol metodlari. Muammoli vaziyat yaratishning pedagogik asoslari va shartlari. O`qituvchi tomonidan qo`yilgan muammoni hal etish bosqichlari: muammoli vaziyat yaratish, yechim sari yo`llash, muammoni yechish va yechimni tekshirish.
Seminar. Ta`lim jarayonining metodlari
10-mavzu. Ta`limni tashkil etish shakllari
O`quv ishlarini tashkil etish shakllari haqida tushuncha. Ta`limning tashkiliy shakllari, tarixiy taraqqiyoti.
Sinf-dars tizimining paydo bo`lishi va rivojlanishi. Y.A.Komenskiyning sinf-dars tizimi. Darsga nisbatan qo`yiladigan talablar. Dars o`tkazish shartlari va qoidalari. Darsda o`quv jarayonini tashkil etish. Maktab amaliyotida qo`llaniladigan dars tiplari:
-
yangi bilim beruvchi va dastlabki mustahkamlovchi dars;
-
ko`nikma va malakalarni shakllantiruvchi va mustahkamlovchi dars;
-
bilimlarni umumlashtiruvchi – takrorlash darsi;
-
bilimlarni tekshirish-nazorat darsi;
-
aralashgan dars;
-
ekskursiya darsi;
-
o`quv ustaxonalaridagi amaliy mashg`ulotlar.
O`qituvchining darslarga tayyorlanishi. O`qituvchining umumiy va har bir darsga alohida tayyorlanishi. Taqvim – mavzu reja tuzish tartibi. Dars ishlanmasi tuzish. Eng yaxshi darsning xususiyatlari. Darsda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Dars samaradorligini oshirish yo`llari va vositalari. Oz jamlangan maktablarda o`quv ishlarini tashkil qilish, darslarni rejalashtirish. Ta`limning noan`anaviy shakllari, ularni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari.
Darsda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish: og`zaki, yozma, amaliy ishlar. O`quvchilarning uyda bajaradigan mustaqil ishlari, ularning ahamiyati. Uyga beriladigan o`quv topshiriqlariga qo`yiladigan talablar.
Seminar. Hozirgi zamon darslariga qo`yiladigan talablar.
11-mavzu. O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash tizimi
Maktabda o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini tekshirish va baholashning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati hamda vazifalari. Bilimlarni tekshirish turlari va ta`lim bosqichlarida ularni uyushtirishga qo`yiladigan pedagogik talablar. O`quvchilarning og`zaki javoblari, yozma ishlari, mustaqil ishlari, ijodiy ishlarini tekshirishni pedagogik va psixologik jihatdan to`g`ri tashkil qilish. Baholash tizimi va baho me`yori. Bilimlarni baholashning test va reyting tizimi.
Seminar. O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash.
III bo`lim. Tarbiya nazariyasi
12-mavzu. Tarbiya jarayonining mohiyati
Barkamol shaxsni tarbiyalash vazifalari. Tarbiya o`qituvchining o`quvchilarga, jamoa faoliyatiga va tarbiya tizimini vujudga keltirishga qaratilgan aniq maqsadga yo`naltirilgan ta`sir vositasidir. Tarbiya, o`z-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash tushunchalarining o`zaro munosabati. Tarbiyaviy ishlar mazmuni.
Barkamol shaxs tarbiyasi prinsiplari. Tarbiya maqsadiga intilish va g`oyaviy yo`nalish; tarbiyaning hayot bilan bog`lanishi; mehnatda va faollikda tarbiyalash; shaxsni jamoada tarbiyalash; shaxsga nisbatan talab va hurmatning birligi; tarbiya imkoniyatlarining muntazamliligi, uzluksizligi, ketma-ketligi; tarbiyalanuvchilar tashabbuslarini o`stirish bilan pedagogik rahbarlikning o`zaro bog`liqligi. Tarbiyada o`quvchilarning yoshi va alohida xususiyatlarini hisobga olish. Tarbiyada pedagog obro`si.
Amaliy ish. Tarbiya haqida allomalarning fikrlarini o`rganish.
13-mavzu. Tarbiya metodlari
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya jarayonida tarbiya metodlarining tutgan o`rni va vazifalari. Metod, usul va tarbiya vositalari. Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan qo`llanib kelinayotgan tarbiya metodlari va ularning xususiyatlari. Tarbiya metodlarining tarbiya maqsadi, prinsiplari, mazmuni va tarbiya shart-sharoitlariga bog`liq ekanligi. Tarbiyada o`quvchilarning yoshi va alohida xususiyatlari, o`quvchilar rivojlanish darajasining hisobga olinishi.
Tarbiya metodlarini turkumlash muammosi va unga yondashish. Tarbiya metodlarini tanlash va qo`llash shart-sharoitlari.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar: hikoya, suhbat, tushuntirish, pand-nasihat qilish, buyruq, ibrat-namuna, bahs, munozara.
O`quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar: o`rgatish, mashq qilish, topshiriqlar berish, pedagogik talab, o`yin, musobaqa.
O`quvchilarni ijobiy xatti-harakatga undovchi metodlar: rag`batlantirish va uning turlari; jazolash va uning turlari, qo`llanilishiga nisbatan qo`yiladigan talablar.
Shaxsning o`z-o`zini tarbiyalash metodlari: shaxsiy majburiyatlar olish, o`z-o`ziga hisob berish, o`zi-o`zini nazorat qilish, o`z-o`zini baholash. Tarbiya metodlaridan foydalanishga qo`yiladigan talablar. Tarbiya metodlaridan foydalanishda o`qituvchining mahorati.
14-mavzu. O`quvchilar jamoasi va uning o`quvchiga ta`siri
Shaxsni bolalar jamoasida shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining tarkibiy qismi. Bolalar jamoasi, ularning tuzilishi va belgilari. Bolalar jamoasini shakllantirish yo`llari va vositalari. Jamoada bir maqsadga qaratilganlik, uyushqoqlik va ijtimoiy fikr uyg`otish uchun shart-sharoit yaratish. Jamoada barobar ta`sir ko`rsatish tizimi. Jamoa ishini tashkil etishda “Kuch-birlikda” kabi hikmatlarga amal qilish. Bir maqsadga qaratilgan faoliyat-o`qish, o`yin, sport, mehnat, badiiy havaskorlik va boshqalarni tashkil etish.
Jamoadagi kelajakka umid bog`lash tizimi va an`analari. Faollar va ularning jamoa a`zolari bilan munosabati. Jamoada o`zaro axloqiy munosabatlarni shakllantirishda o`qituvchi, tarbiyachining tutgan o`rni.
15-mavzu. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish
Dunyoqarash haqida tushuncha. O`quvchilarda tabiat va jamiyat hodisalariga ilmiy qarash va ishonchni shakllantirish. Bu qarash va ishonchning o`quvchilar xatti-harakatlariga mos kelishi. O`quv fanlarini o`qitish va ijtimoiy foydali ishlarni uyushtirish orqali o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish ishlarining mazmuni, dunyoqarash shakllari va ularni tarkib toptirish metodlari.
16-mavzu. Ijtimoiy-siyosiy tarbiya va o`quvchilarning
ijtimoiy faolligini shakllantirish
Barkamol shaxs tarbiyasida ijtimoiy-siyosiy tarbiya tizimi. Ijtimoiy-siyosiy tarbiya berish yo`llari. Siyosiy axborot. Siyosiy axborot berishda o`quv jarayonining o`rni. Sinfdan tashqari olib boriladigan siyosiy ta`lim shakllari va metodlari. Ijtimoiy–siyosiy faoliyat shaxsning ijtimoiy faolligini shakllantiruvchi asosiy vosita ekanligi. O`quvchilarni tashkilotchilik malakalari bilan qurollantirish. O`quvchilarda ijtimoiy-siyosiy faollikni o`stirish.
17-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida ma`naviy-axloqiy tarbiyaning o`rni
Axloq haqida tushuncha. Barkamol shaxs tarbiyasida axloqiy tarbiyaning tutgan o`rni va mohiyati. Axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslari. Axloqiy tushuncha: savob, gunoh, uvol. Axloq tarbiyasi, uning mazmuni, shakllari va metodlari. Axloq tarbiyasi mazmuni: vatanparvarlik, millatlararo hamkorlik, insonparvarlik, jamoatchilik, intizomlilik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirish.
Vatanparvarlik: vatanni sevish, uning boyliklari, qadriyatlari bilan faxrlanish tuyg`usini tarkib toptirish, unga munosib farzand bo`lish hissini tarbiyalash. Milliy g`urur, vatanparvarlik, birodarlik, qon-qarindoshlik udumlari.
Insonparvarlik tarbiyasi. Bolalarda shaxsga nisbatan ochiq ko`ngillilik, mehribonlik, g`amxo`rlik, diqqat-e`tiborlilik, yaxshi munosabat va muomalada bo`lish, o`rtoqlik va do`stlik kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalash.
Millatlararo hamkorlik: barcha millat kishilari bilan tinch – totuv yashash, boshqa xalqlarning urf – odatlari va an`analariga hurmat bilan qarashni shakllantirish.
Jamoatchilik: jamoani hurmat qilish, jamoa tarkibida o`z o`rniga ega bo`lish, jamoa bo`lib yashash va mehnat qilishga o`rgatish.
Ongli intizom va intizomlilikni tarbiyalash yo`llari va shart-sharoitlari: oilada va maktabda bola hayotini uyushtirish, tushuntirish, buyruq va talab. O`quvchilar yurish-turishlari, intizomlilik, madaniyatlilik. Ongli intizom tarbiyasida “O`quvchilar uchun qoidalar”ning tutgan o`rni va u bilan ishlash. O`quvchilarda ma`naviy dunyoqarashni shakllantirish. Ma`naviy tarbiyaning asosiy yo`nalishlari: o`quvchilarda o`zbek xalqining ma`naviy qadriyatlari asosi hisoblangan hadislar, hikmatlar, maqollar, rivoyat va hikoyatlardan tarbiyaviy ishlar jarayonida vosita sifatida foydalanish. Ma`naviy tarbiyada o`qituvchining tutgan o`rni.
Seminar. Barkamol shaxsning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi
18-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida estetik tarbiyaning o`rni
Barkamol avlodni tarbiyalashda estetik tarbiyaning tutgan o`rni. O`quvchilarni tabiat va san`at go`zalligini his qilish va idrok qilishga o`rgatish. Estetik tarbiyaning vazifalari. Estetik tarbiyaning vositalari: tabiat go`zalligi va san`at turlari. O`zbekiston hukumatining kishilarni ma`naviy va estetik jihatdan tarbiyalash vositasi bo`lgan milliy yodgorliklarni, madaniy merosimizni saqlash va rivojlantirish haqidagi g`amxo`rligi.
Darsda va sinfdan tashqari ishlar orqali o`quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalash. O`quvchilarning ijodiy qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish.
Amaliy ish. “Muomala go`zalligi” mavzusida mashg`ulot reja – ishlanmasini tuzish.
9-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida mehnat tarbiyasining o`rni
Barkamol shaxs tarbiyasida mehnat tarbiyasining tutgan o`rni. Mehnatning hayotiy zarurat ekanligi. Mehnat inson moddiy va ma`naviy hayotining asosi ekanligi. Mehnat va mehnatsevarlik haqida xalq pedagogikasi va buyuk allomalarning ta`limotlari. Mehnat tarbiyasining vazifalari. Bolalarni mehnatga psixologik va pedagogik jihatdan tarbiyalash, mehnatda faoliyat ko`rsatishga ijtimoiy qiziqishlarini shakllantirish. Kishilar mehnatiga hurmat bilan qarashni tarbiyalash.
Maktabda mehnat tarbiyasi mazmuni, tizimi va asosiy tarmoqlari. Oilada bola mehnati va uni tashkil etishga qo`yiladigan talablar. Bolalar mehnatini tashkil etish metodlari. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish ishlari: kasbga oid axborot, yo`riqnomalar berish, kasb tanlashga o`rgatish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar orqali mehnat tarbiyasi berish.
20-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida jismoniy tarbiyaning o`rni
Barkamol shaxsni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning tutgan o`rni, vazifalari va ahamiyati. O`zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy tarbiya va sport ishlarining ommaviyligini oshirish haqidagi qaror va ko`rsatmalari. Jismoniy tarbiya berish omillari: yer, suv, havo, quyosh.
O`quvchilar jismoniy tarbiyasi tizimi. Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish: tayyorlov qismi, asosiy qismi va yakunlovchi qism. Bolalar jismoniy sog`ligini mustahkamlash, tanalarini chiniqtirish, jismoniy mashqlar va sport bilan shug`ullanish ehtiyojini oshirish hamda shakllantirish, sanitariya-gigiena madaniyatini tarbiyalash-o`quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy vositalari. Jismoniy tarbiyaga oid sinfdan tashqari ishlar: sport to`garaklari, bayramlar, musobaqalar, ko`riklar, sport ustalari va chempionlari bilan uchrashuvlar, sayohatlar.
Amaliy ish. “Harakatli o`yin” ishlanmasini tuzish.
21-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida ekologik tarbiyaning ahamiyati
Ekologik tarbiya haqida tushuncha. Tabiat va inson muammolari. Tabiatni muhofaza qilish ishlari. Bolalarni tabiatni muhofaza qilish va asrash ruhida tarbiyalash yo`llari va vositalari. Maktabda va oilada ekologik tarbiya berish. Sinfdan tashqari ishlar orqali ekologik tarbiya berish shakllari: suhbat, ertalik, bayramlar, “Yashil posbonlar” ishini tashkil etish, “Qizil kitob” haqida ma`lumot berish kabilar.
22-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati
Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni. Iqtisodiy munosabatlar. Oila budjeti. Tejamkorlik. Iqtisodiy tarbiya berishda ota-ona va o`qituvchining faoliyati.
23-mavzu. Tarbiya tarkibida bolalar va yoshlar tashkilotlari
Bolalar va o`smirlar tashkilotlari va ularning ish faoliyati. O`zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati va “Kamalak” bolalar tashkilotining ish mazmuni. “Kamolot” tashkilotining Nizomi va dasturi. Yoshlar tashkilotlarining shaxs tarbiyasidagi o`rni.
Amaliy ish. “Kamolot” tashkilotining Nizomi va “Kamalak” bolalar va o`smirlar uyushmasi Nizomini o`rganish.
24-mavzu. Shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tashqari ishlar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar haqida tushuncha. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish shakllari: ijtimoiy-ommaviy guruhlar bo`yicha alohida ishlash, bayramlar, siyosiy axborot, kechalar, uchrashuvlar, suhbatlar, ertaliklar, bellashuvlar, musobaqalar, ekskursiyalar, to`garaklar, klublar va boshqalar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar orqali o`quvchilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish.”Barkamol avlod”markazlari ish faoliyatini o`rganish.
To`garaklar ishini tashkil qilish va unga qo`yiladigan talablar. To`garaklar uchun tuziladigan dastur va ish rejalari hamda ularning tuzilishiga qo`yiladigan talablar. To`garaklar turlari: ilmiy to`garaklar, maxsus to`garaklar, badiiy to`garaklar, jismoniy sog`lomlashtirish to`garaklari. Sinfdan tashqari kitobxonlik. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi” ning o`rni, ahamiyati.
Iqtidorli bolalar va iste`dodli yoshlarni aniqlash va ularning tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish hamda o`zlaridagi noyob iste`dodni ro`yobga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda pedagog xodimlarning o`rni va ularga qo`yiladigan talablar.
Amaliy ish. “Mohir qo`llar” to`garagi ish rejasini tuzish va tahlil qilish. Maktabdan tashqari muassasaga ekskursiya.
Mustaqil ish. To`garak ish rejasini tuzish.
25-mavzu. Bola tarbiyasida maktab, oila va jamoatchilikning o`rni
Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda oilaning o`rni. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oila, nikoh, bola tarbiyasi haqida. Oilada bola tarbiyasi haqida xalq pedagogikasi va O`rta Osiyo mutafakkirlarining ta`limotlari. Oilaning o`ziga xos milliy asoslari. Oiladagi o`zaro munosabat: yuksak madaniyat, mehnatsevarlik, mehr-shafqat, hamkorlik, mehnat taqsimoti.
Oilada bola hayotini mohirona tashkil etish. Oilada bolaning aqliy va jismoniy mehnatini tashkil qilish. Oilada bolaning axloqiy tarbiyasi. Oilaviy an`analar ruhida tarbiyalash. Oilada jinsiy tarbiya. Oilada bolalarning bilishga qiziqishlarini o`stirish, bolalarning o`quv faoliyati uchun sharoit va imkoniyat yaratish.
Maktabning oila bilan hamkorlikda ishlash shakllari: o`quvchilar oilasiga borish, sinf va maktab ota-onalar majlisini o`tkazish, pedagogik ma`ruza va suhbatlar o`tkazish. Maktabda ota-onalar uyushmasi ish tartibi.
Maktab, oila va jamoatchilikning bola tarbiyasidagi hamkorligi.
Amaliy ish. Ota-onalar yig`ilishi qarorini tuzish.
Mustaqil ish. Oilada bola tarbiyasi haqida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ko`rsatmalari bo`yicha konspekt yozish. Maktab ota-onalar yig`ilishida qatnashib yig`ilish qarorini tuzish.
IV bo`lim. Ta`lim tizimini boshqarish
26-mavzu. O`zbekistonda ta`lim tizimini boshqarish
Ta`lim tizimini boshqarish qoidalari: boshqarishning maqsadga qaratilganligi, insonparvarligi va demokratlashtirilganligi. Ta`lim tizimini boshqarish tarmoqlari. Rahbarga ijtimoiy-pedagogik talablar. Rahbar mavqeyi. Maktabga ichki rahbarlik qilish. Maktab ma`muriyatining vazifalari. Maktabda o`quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish. Maktab pedagogik kengashi va uning mazmuni. Pedagog xodimlar bilan ishlashning o`ziga xos xususiyatlari. O`qituvchilarning metodik birlashmalari va ularning faoliyati.
Amaliy ish. Pedagogik kengash va metodik birlashma rejalarini o`rganib, tahlil qilish.
27-mavzu. Takrorlash (2 soat)
Pedagogika fani bo`yicha kurs ishlari namunaviy mavzulari
-
Tarbiyachi–o`qituvchining pedagogik iste`dodi va mahorati, uni takomillashtirish yo`llari.
-
O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuniga asosan maktab ta`limining asosiy vazifalari.
-
Ta`lim metodlarini turkumlash va tanlash.
-
Hozirgi zamon darslari va ularga qo`yiladigan talablar.
-
Barkamol shaxs shakllanishida axloqiy tarbiyaning tutgan o`rni.
-
Barkamol shaxs shakllanishida ijtimoiy – siyosiy tarbiya tizimi.
-
Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shartlari.
-
Barkamol shaxs kamolotida milliy an`analardan foydalanishning ta`limiy – tarbiyaviy ahamiyati.
-
A.Avloniyning hayoti va pedagogik faoliyati.
-
O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuniga asosan ta`lim tizimini boshqarish va maktabga rahbarlik qilish.
Kurs ishlarini bajarish tartibi har bir fan kafedrasi tomonidan alohida ishlab chiqiladi.
Namunaviy mavzular rejasi
№
|
Fanning bo`limlari va mavzular nomi
|
Umumiy yuklama soat
|
Umumiy o’quv
|
Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti
(Auditoriya yuklamasi)
|
Mustaqil ish
|
Jami
|
Nazariy
|
Amaliy
|
Laborato-riya ishi
|
Seminar
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
|
I bo`lim. Pedagogikaning umumiy asoslari
|
1.
|
1-mavzu. Pedagoglik kasbining ijtimoiy mohiyati.
|
14
|
10
|
8
|
2
|
|
|
|
4
|
2.
|
2-mavzu. Pedagogika fani va uning metodlari.
|
8
|
6
|
3
|
1
|
|
2
|
|
2
|
3.
|
3-mavzu. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi.
|
8
|
6
|
4
|
|
|
2
|
|
2
|
4.
|
4-mavzu. Shaxsning o`sishi, shakllanishi va tarbiyasi.
|
12
|
8
|
6
|
2
|
|
|
|
4
|
|
II bo`lim. Didaktika. Ta`lim nazariyasi
|
5.
|
5-mavzu. Ta`lim nazariyasi maqsad va vazifalari.
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
|
2
|
6.
|
6-mavzu. Ta`lim jarayonining mohiyati.
|
6
|
4
|
3
|
1
|
|
|
|
2
|
7.
|
7-mavzu. Ta`lim jarayonining prinsiplari.
|
8
|
4
|
4
|
|
|
|
|
4
|
8.
|
8-mavzu. Ta`lim jarayonining mazmuni.
|
12
|
8
|
6
|
2
|
|
|
|
4
|
9.
|
9-mavzu. Ta`lim jarayonining metodlari.
|
14
|
10
|
7
|
3
|
|
|
|
4
|
10.
|
10-mavzu. Ta`limni tashkil etish shakllari.
|
22
|
18
|
9
|
7
|
|
2
|
|
4
|
11.
|
11-mavzu. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini hisobga olish va baholash tizimi.
|
10
|
8
|
4
|
2
|
|
2
|
|
2
|
|
III bo`lim. Tarbiya nazariyasi
|
12.
|
12-mavzu. Tarbiya jarayonining mohiyati, prinsiplari.
|
6
|
6
|
3
|
3
|
|
|
|
|
13.
|
13-mavzu. Tarbiya metodlari.
|
10
|
8
|
5
|
3
|
|
|
|
2
|
14.
|
14-mavzu. O`quvchilar jamoasi va uning o`quvchi shaxsiga ta`siri.
|
4
|
4
|
3
|
1
|
|
|
|
|
15.
|
15-mavzu. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish.
|
4
|
2
|
1
|
1
|
|
|
|
2
|
16.
|
16-mavzu. Ijtimoiy-siyosiy tarbiya va o`quvchilarning ijtimoiy faolligini shakllantirish.
|
6
|
4
|
3
|
1
|
|
|
|
2
|
17.
|
17-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida ma`naviy-axloqiy tarbiyaning tutgan o`rni.
|
12
|
8
|
6
|
2
|
|
|
|
4
|
18.
|
18-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida estetik tarbiyaning tutgan o`rni.
|
7
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
3
|
19.
|
19-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida mehnat tarbiyasining tutgan o`rni.
|
6
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
2
|
20.
|
20-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida jismoniy tarbiyaning ahamiyati.
|
8
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
4
|
21.
|
21-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida ekologik tarbiyaning ahamiyati.
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
|
2
|
22.
|
22-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati.
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
|
2
|
23.
|
23-mavzu. Tarbiya tarkibida bolalar va yoshlar tashkilotlari
|
2
|
2
|
1
|
1
|
|
|
|
|
24.
|
24-mavzu. Shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tashqari ishlar.
|
10
|
6
|
4
|
2
|
|
|
|
4
|
25.
|
25-mavzu.Bola tarbiyasida maktab, oila va jamoatchilikning o`rni
|
12
|
8
|
6
|
2
|
|
|
|
2
|
|
IV bo`lim. Ta`lim tizimini boshqarish
|
26.
|
26-mavzu. O`zbekistonda ta`lim tizimini boshqarish.
|
12
|
10
|
6
|
4
|
|
|
|
2
|
27.
|
Takrorlash.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
2
|
|
Jami:
|
227
|
160
|
104
|
48
|
|
8
|
6
|
67
|
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Pedagogika fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitofon, kompyuter, multimediya.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.
3. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”.
4. I.Karimov ”Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”. Toshkent. 2008.
5. Pedagogika fani bo’yicha davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi.
6. Boshlang’ich sinflar darsliklaridan namunalar.
7. O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Nizomi.
8. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish.
9. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq”.
10. Umumiy o’rta ta’lim DTS.
11. Pedagogika fani bo’yicha izohli lug’at.
12. KUGda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha izohli lug’at.
13. Y.Rasulova, O.Nurmatova. Pedagogika. – T.: Voris, 2009.
14. Mavlonova, K.Xoliqberdiyev ., O.To`rayeva. Pedagogika.– T.: O`qituvchi, 2006.
15. A.Munavvarov . Pedagogika. – T.: O`qituvchi, 1996.
16. S.Rajabov tahriri ostida. Pedagogika. – T.: O`qituvchi, 1981.
17. A.Munavvarov. Pedagogika, Toshkent,” O`qituvchi”, 1996
18. N.Saydahmedov , S. Abdurahimov. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. Toshkent, 2010
19. R. Ishmuhamedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent, 2009
20. J. Hasanboyev, X. To’raqulov, M. Haydarov, O. Hasanboyeva. Pedagogika fanidan izohli lug’at. Toshkent, 2008
Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari
1. htpp:// www. ziyo.net. uz
2. htpp:// www. kamolot. uz
3. htpp:// www. ref. uz
4. htpp:// www. edu. uz
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI
Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.02
“15” avgust_2012-yil
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
psixologiya
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-sonli majlisi bayonnomasi bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).
Tuzuvchi:
|
O. Sodiqova
|
–
|
1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchi:
|
D. Abdullayeva
|
–
|
Nizomiy nomli TDPU katta o`qituvchisi, p.f.n
|
|
|
|
|
|
S. Madaliyeva
|
–
|
1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
Kirish
Respublikamizda mustaqillikni mustahkamlash maqsadida juda ko`p ishlar olib borilmoqda. Ma’lumki, O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o`quv dasturlarini zamonaviy talablarga moslashtirib istiqbol va kelajagimizni ko`zlagan holda tuzib olishimiz va joriy etishimiz zarurligi ta`kidlab o`tilgan. Shunga muvofiq o`quvchilar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislikka oid yo`nalishlar bo`yicha chuqurlashtirilgan dasturlar asosida bilim oladilar.
Ta’limning yangi modelida jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga e’tibor berilar ekan, psixologiya fanining vazifalari ham malakali mutaxassislar sifatida o`zligini, o`z qobiliyatlari, individualligi, ya’ni shaxsiy fazilat, xislatlarini bilgan tarzda ta’lim faoliyatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko`rsata oluvchi shaxslarni tarkib toptirishdir.
Fаnni o`zlаshtirish bo`yichа o`quvchilаr bilimigа qo`yilаdigаn tаlаblаr
O`quv dаsturidа ko`zdа tutilgаn mаvzulаr bo`yichа egаllаngаn ko`nikmа vа mаlаkаlаr sifаtini аniqlаshdа o`quvchilаrning o`tilgаn mаvzuni o`zlаshtirish dаrаjаsigа аsоslаnilаdi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
-
o`quvchilar psixologik tasavvurga ega bo`lishlari va ularni o`z shaxsiy tajribalarida qo`llay bilish;
-
psixologiya metodlari asosida bolaning psixik xususiyatlarini aniqlab berish;
-
hayvonot olamidagi tug`ma va individual – o`zgaruvchan xulqni anglay bilishga o`rgatish;
-
“men” obrazi va har bir o`quvchi shaxsida o`z-o`ziga nisbatan baholash tizimini shakllantirish;
-
o`quvchilar guruhlarida shaxslararo munosabatlarni o`rganish malakalariga ega bo`lish;
-
faoliyat turlarini farqlay bilish va o`zining ichki imkoniyatlarini hisobga olish;
-
bilish jarayonlarini anglash va boshqarishga o`rgatish, o`z ustida ishlash ko`nikmasini hosil qilish;
-
pedagogik va yosh psixologiyasi asosida kasbiy fazilatlarni shakllantirish;
-
yosh psixologiyasi asosida kichik maktab yoshidagi o`quvchilarga individual munosabatda bo`lish;
-
kasbga yo`llash va to`garak psixologiyasi asosida tashkilotchilik qobilyatini shakllantirish.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
-
o`quvchilar psixologiyaning tabiiy va ijtimoiy fan sohasi ekanligi va psixologik bilimlarning o`ziga xosligini bilishlari;
-
psixologiyaning predmeti va ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushunchaga ega bo`lishlari;
-
psixikaning yuzaga kelishi va evolyutsiyasi, oliy nerv faoliyati va uning qonuniyatlari, odam psixikasining paydo bo`lishi va rivojlanishi, ongning paydo bo`lish shart-sharoitlarini bilishlari;
-
shaxs psixologiyasi va shaxslararo munosabatlar haqida tushunchaga ega bo`lishlari;
-
faoliyatning psixologik tahlili va talqinini o`zlashtirishlari;
-
shaxsning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol, diqqat;
shaxsning hissiy-irodaviy jarayonlari: his-tuyg`u, iroda haqida tushunchaga ega bo`lishlari;.
-
shaxsning individual xususiyatlari: ehtiyoj, qiziqish, mayl-istak, qobilyat, temperament va xarakter haqida tushuncha hosil qilishlari;
-
emolish psixologiya va yosh psixologiyasi, ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlarini bilishlari.
-
dars va uni tashkil etuvchi o`qituvchi va uning psixik jarayonlari xususiyatlarini o`rganishlari;
-
kichik maktab yoshidagi o`quvchilar, ularning fiziologik va psixologik tuzilishi haqida;
-
kichik maktab yoshidagi o`quvchilar shaxsining tuzilishi va shakllanishi haqida;
-
kasbga yo`llash to`garagi psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak.
-
Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bo`g`liqligi,
uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma- ketligi
Ushbu fanni o`zlashtirish uchun o`quvchi umumta`lim fanlaridan anatomiya, biologiya, fiziologiya, tarix, kasbiy ta`lim fanlaridan pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi va xususiy metodika fanlarini chuqur o`zlashtirishgan bo`lishlari talab etiladi. O`quv rejaga ko`ra yuqorida keltirilgan fanlar oila psixologiyasi fani bilan birgalikda o`zlashtirilishi lozim.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning uchinchi bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida kasb-hunar kollejlarida amaliy mashg‘ulotlarini yo`lga qo`yishga va nazariya bilan amaliyotni bog‘liq holda olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aynan amaliyot orqali o`quvchi tanlagan kasbi borasida ijtimoiy tajriba orttirib, o`zining kasbiy “Men” konsepsiyasini rivojlantirishga zamin yaratadi. Milliy dasturni amalga oshirishning uchinchi bosqichida majburiy umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’limga, shuningdek, o`quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o`tishni to`liq amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan.
Interaktiv o‘qitish metodlari
Interaktiv so`zi inglizcha so`z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «akt» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interaktiv – ya’ni “o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Bunday o`zaro harakat turlariga o`quvchi va o`qituvchining maqsadli harakatini kiritish mumkin. Interaktiv o`qitishda o`qituvchi o`quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo`lib, o`quvchi bu faoliyatning subyekti sifatida namoyon bo`ladi. Bugungi kunda o`qitish tizimidagi eng samarali interaktiv o`qitish metodlari va texnologiyalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin bo‘ladi:
“Keys-stadi”, “SCORE”, “SWOT-tahlil”, “Sinkveyn”, “FSMU”, “Xulosalash (Rezyume)”, “Klaster”, “Labirint”, “Qora quti”, “Charxpalak”, “Blits-o‘yin”, “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Venn diagrammasi”, “Tushunchalar tahlili”, “Akvarium”, “Insert”, “Fidbek”, “Pinbord”, “Juftliklarda ishlash”, “Beshinchisi ortiqcha” texnologiyalari va boshqa metodlar.
Interaktiv o`qitish metodlari va texnologiyalari har bir o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Xususan, psixologiya fanini o`qitishda ham yuqoridagi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish mumkin.
O`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatishda ta’limning mantiqiy va interfaol metodlaridan samarali foydalanilgan holda amaliy mashg‘ulot darslarni to`g‘ri tashkil etishga e’tibor berish hamda o`quvchilarning nazariy egallagan bilimlarni amaliy malaka va ko`nikmalarga aylantirish lozim.
-
Interaktiv usullar o`quvchilardan axborotlarni o`zlashtirish jarayonidagi faollikni, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, o`qitish maqsadlarining to`laqonli amalga oshishiga yordam beradi;
-
darsda o`quvchilarni mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo`lib fikrlash, to`plangan fikrlarni va o`zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko`rinishida ifodalay olishga o`rgatadi;
-
o`quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo`llay olishga o`rgatadi;
-
ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan: o‘quv qo‘llanma, kompyuter, proyektor, slaydlar, multimedia, flipchart, tarqatma materiallar va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
-
Fanning maqsad va vazifalari.
O`quvchilarning mustaqil O`zbekistonimizning bilimdon, barkamol avlodini yetishtirish uchun ularning individual psixologik va yosh xususiyatlarini bilishlari, psixologik holatlarni tushunib, yuragiga yo`l topa bilmog`i kabi muhim pedagogik qobiliyatlarga ega bo`lishlarida psixologiya fanini egallashning ahamiyati muhimdir. Psixologiya fanining oldida turgan asosiy maqsad o`quvchilarni o`rta maxsus ta’limda hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o`qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari bilan, kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir.
Dasturning mazmuni
I. Psixologiya faniga kirish
1-mavzu. Psixologiya fani haqida
Yangi davr va psixologiya. Psixologiya faninig ta’rifi va psixika haqida tushuncha. Psixik qonuniyatlar: psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar, psixik hodisalar va ularning mexanizmlari. Psixologiya fanining tarixi: taraqqiyotning turli bosqichlarida psixika haqidagi turli ta’limotlar.
Mustaqil ish: Faylasuflarning psixika haqidagi ta’limotlarini o’rganib kelish.
2-mavzu. Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari,
tarmoqlari va metodlari
«Ta’lim to`g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da qo`yilgan vazifalarni amalga oshirishda psixologiya fanining vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari va psixologik amaliyotdagi vazifalari. Amaliy psixologiyaning shaxs hayotidagi o`rni. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni, prinsiplari va psixologiyaning metodlari: kuzatish, suhbat, test, eksperement, modellashtirish, faoliyat mahsulini tahlil qilish, anketa, biografiya, sotsimetrik .
Amaliy mashg’ulot. Amaliy psixologiyaning shaxs hayotidagi o`rnini o`rganish.
3-mavzu. Miya va psixika
Miya va uning psixik hayotda tutgan o`rni. Oliy nerv faoliyati va uning tuzilishi. Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi va vazifalari. Miyaning reflektorlik faoliyati va katta yarim sharlaridagi nerv jarayonlari. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi hamda ularning o’zaro bir-biriga bog’liqligi
Amaliy mashg`ulot. Oliy nerv faoliyatining tuzilishini rasmda aks ettirish.
4-mavzu. Psixika va ongning rivojlanishi.
Psixikaning yuzaga kelishi va evolyutsiyasi. Voqelikni aks ettirish shakllari: instinkt, ko’nikma va intellektual xatti-harakatlar.
Odam psixikasining ijtimoiy-tarixiy tabiati. Inson ongining tuzilishi va rivojlanishi. Odam ongining paydo bo`lishida mehnatning o`rni. Ongning yuzaga kelishi, rivojlanishi, tarixiyligi va turli faoliyatlarning o`zaro bog`liqligi.
Amaliy mashg`ulot. Hayvonot olamidagi instinkt, ko`nikma va intellektual xatti-harakatlarni kuzatish va misol keltirish.
II. Shaxs va faoliyat
1-mavzu. Shaxs psixologiyasi
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs. Individ, shaxs va individuallik. Shaxsning tuzilishi va faolligi. Shaxs va jamiyat birligi. Shaxsni rivojlantiruvchi manbalar: muhit, faollik, ta’lim-tarbiya va irsiyat. Shaxsning ehtiyojlari, maqsadi, qiziqishlari va dunyoqarashi. Shaxs ideallari, uning shakllanishi va ustanovkasi. Hozirgi zamon shaxsiga xos milliy axloqiy xususiyatlar.
Amaliy mashg`ulot. Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasini amaliyotda qo`llash.
2-mavzu. Shaxs ehtiyojlari, motiv va qiziqishlari
Ehtiyojlar faollik manbai ekanligi. Faollikning psixologik tavsifi. Ehtiyojlarning qondirilishi va ehtiyoj turlari. Motiv ehtiyojlarining rang-barangligi. Qadriyatlar, qiziqishlar, xatti-harakat mezonlarining motivatsiyani yaratuvchi negizlar ekanligi.
Qiziqishning shaxs xususiyatiga aylanish imkoniyati ekanligi. Qiziqishni keltirib chiqaruvchi omillar. Qiziqish turlari. O`quv materiallarining yangiligi, o`qitish metodining faolligi qiziqish manbai sifatida.
Mustaqil ish: Shaxslarga xos bo’lgan qiziqishlarini kuzatish va turlarini aniqlash.
3-mavzu. Guruh va jamoalar
Shaxs va guruh. Guruhlar haqida tushuncha. Guruhlarning turlari. Guruhdagi psixologik muhit va uni o`rganish. Jamoa-guruhning eng yuksak shakli. Jamoatchilikni shakllantirishda mehnat va tarbiyaning roli.
Amaliy mashg`ulot. O`quvchi shaxsi va uning jamoadagi o`rnini aniqlash.
4-mavzu. Faoliyatning psixologik tahlili
Shaxs va uning faolligi. Faoliyatning tuzilishi, maqsad va motivlari. Faoliyatning tarkibiy qismlari va ularning o`zaro bir-biriga ta’siri. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi: muvaffaqiyatga erishish va mag`lubiyatlardan qochish motivlari.
Faoliyatning asosiy turlari: o`yin, o`qish, mehnat faoliyatlari.
Mehnatning ijtimoiy mohiyati, maqsadi va vazifalari. Mehnat turlari. Jismoniy va aqliy mehnatning uzviyligi. Toliqish, charchash va ularni bartaraf etish yo’llari. Mehnatsevarlik xislatlarini tarkib toptirish va shakllantirish. Mehnat faoliyatida ijod va ilhomlanish. Ijod va ilhomlanishning uzviyligi, nerv fiziologik tabiati.
Ko`nikma va malakalar haqida tushuncha. Ularning turlari, tuzilishi va nerv-fiziologik asoslari. datlar va ularning turlari. Inson hayoti va faoliyatida odatlarning ahamiyati. Odatlar insonning ma’naviy qiyofasini shakllantirishi.
Amaliy mashg`ulot. Faoliyat turlari bo’yicha albom tayyorlash.
III. Shaxsning psixik jarayonlari
1-mavzu. Sezgi
Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgining inson faoliyatidagi roli. Sezgi aks ettirish asosi sifatida. Sezgining nerv-fiziologik mexanizmlari va ularning talqini. Reseptor va analizator tavsifi. Sezgi turlari va ularning tavsifi. Sezgi xususiyatlari. Sezuvchanlik. Adaptatsiya. Sensibilizatsiya va sinezteziya. Sezgini o`rganish metodlari. Sezgining rivojlanishi va uning o`ziga xos xususiyatlari.
Amaliy mashg`ulot. Sezgirlikning rivojlanishida mashqlarning roli. Teri sezgirligining tafovut chegaralarini aniqlash.
Mustaqil ish: Sezgi analizatorlarning tuzilishi va vazifalarini o’rganib kelish.
2-mavzu. Idrok
Idrok haqida tushuncha. Idrokning ahamiyati va nerv-fiziologik asoslari. Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, strukturaliligi.
Idrokning darajalari: persepsiya, appersepsiya. Idrok fenomenlari: gallyutsinatsiya, illyuziya, atraksiya xossalari. Idrok shakllari: fazoni idrok qilish, vaqtni idrok etish, harakatni idrok qilish. Idrokning buzilishi va shaxs faoliyatiga ta’siri. Odamni odam tomonidan idrok qilishning o`ziga xos xususiyatlari. Idrok va ta’lim jarayoni. Kuzatish va kuzatuvchanlik haqida tushuncha. Ta’limda kuzatuvchanlikning ahamiyati. Idrokning rivojlanishi. Idrok va texnik vositalar.
Amaliy mashg`ulot. Kuzatuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish.
3-mavzu. Xotira
Xotira to`g`risida umumiy tushuncha. Xotira va kelajak. Xotiraning inson hayotida ahamiyati. Xotiraning nerv fiziologik asoslari. Xotira turlari va xotira tiplari. Xotira jarayonlari: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish, tanish. Xotira jarayonlarining turlari. Xotira jarayonlarining o`zaro aloqadorligi.
Xotiraning individual tiplari, xotiraning sifatlari va buzilishi. Puxta esda olib qolish shartlari.
Amaliy mashg`ulot. Kuzatilgan sinf o`quvchilari xotirasidagi individual tafovutlarni aniqlash va tipologik xarakteristika berish.
Mustaqil ish: Xotira mashqi va xotira o’yinlarini tuzish.
4-mavzu. Tafakkur
Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkurning bevosita hissiy bilishdan farqi va voqelikni aks ettirishning murakkab shakli ekanligi. Tafakkurning nerv fiziologik asoslari.
Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish.
Tafakkur operatsiyalari: analiz va sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtish, tavsiflash, sistemalashtirish.
Tafakkur turlari: ko`rgazmali harakatli, ko`rgazmali obrazli, so`z-mantiq, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, yaqqol, mavhum, ijodiy kabilar.
Tafakkur sifatlari: mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi, kengligi, pishiqligi, sertashabbuskorligi, tezligi, mahsuldorligi, samaradorligi, ixchamligi.
Muammo tafakkurning vujudga kelish sharti ekanligi. Muammoli vaziyat va uni yechish. Tushunish, mulohaza yuritish, gipotezalar yaratish. Masala yechish.
Amaliy mashg`ulot. Psixologik masalalarni yechish. Fikriy masalalarni yechishda tafakkurning rolini aniqlash.
5-mavzu. Nutq
Nutq faoliyati to`g`risida umumiy tushuncha: nutq ta’rifi. Nutq va til. Nutqning asosiy vazifalari. Nutqning fiziologik asoslari va mexanizmlari. Nutq turlari: og’zaki, yozma, monologik, dialogik, ichki va tashqi, imo-ishorali, aks-sadoli, yig`iq va yoyiq, affektiv kabilar.
Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi. Nutq sifatlari va nutq patologiyasi. Nutqni rivojlantirish. Shaxsning rivojlanishida nutqning tutgan o`rni.
6-mavzu. Xayol
Xayol voqelikni aks ettirishning eng murakkab psixik jarayoni. Xayolning ta’rifi va inson faoliyatida tutgan o`rni. Xayoliy obrazlar yaratilishining sabablari va unda inson ehtiyojlarining roli. Xayol turlari: ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi, ijodiy. Xayolning nerv fiziologik xususiyatlari.
Xayol jarayonlari: agglutinatsiya, giperbolizatsiya, tipizatsiya, sxematizatsiya. Xayol va uning shakllari: fantaziya, orzu.
Xayol sifatlari va xususiyatlari. Xayol va ijodiyot. Xayolning o`sishida mehnat va tasviriy san’at darslarining roli. Xayolni rivojlantirish shartlari.
IV. Shaxsning hissiy-irodaviy jarayonlari
1-mavzu. His-tuyg`ular
Hissiyot va emotsiyalarning psixologik tavsifi hamda ta’rifi. Emotsiya va hissiyotlarning nerv fiziologik asoslari. Emotsiyalarning namoyon bo`lish shakli: emotsional ton, kayfiyat, ehtiros, affekt, stress, shijoat va boshqalar. His-tuyg’ularning turlari: axloqiy, aqliy, estetik. Burch hissi, vatanparvarlik, insonparvarlik, vijdon, g`urur, iftixor, mas`uliyat kabi yuksak hislarning inson faoliyati va hayotidagi ahamiyati. Yuksak his-tuyg`ularni shakllantirish eng dolzarb muammo ekanligi. Milliy tuyg`ular va ularning millat o`zligini anglashdagi roli. His-tuyg`ularning komil inson tarbiyalashdagi ahamiyati.
Mustaqil ish. Shaxs o`z hissiyotlarini boshqarish va salbiy kayfiyatlarning oldini olish metodikalarini o’rganish.
2-mavzu. Iroda
Iroda to`g`risida umumiy tushuncha. Irodaning inson hayotidagi ahamiyati. Irodaviy harakatlar: maqsad belgilash, kurashish, irodaviy harakatlarni tanlash, qarshilikni yengish, bajarishning qulay usullarini tanlash, ishni hal qilish, bajarish kabi.
Iroda va bilish faoliyati. Shaxsning irodaviy sifatlari: maqsadga intiluvchanlik, mustaqillik, qat’iylik, jiddiylik, mas`uliyatlilik, o`zini tuta bilish, mardlik, matonat, intizomlilik, tashabbuskorlik. O`z irodasini o`zi tarbiyalash mashqlari va treningi. Komil insonni shakllantirishda irodaning ahamiyati. Bilimlarni o`zlashtirish va kasbiy fazilatlarni egallashda irodaning roli.
Mustaqil ish. O’z-o’zini tarbiyalovchi metodlarni aniqlash
V. Shaxsning psixik xususiyatlari
1-mavzu. Qobiliyatlar
Layoqat nishonalari va qobiliyat. Qobiliyatlarning rivojlanib borishi.Qobiliyat va faoliyat. Qobiliyat ijtimoiy jamiyat mahsuli sifatida. Qobiliyatlarning nerv fiziologik asoslari. Qobiliyat turlari. Talant va daholik. Layoqat va uning vujudga kelishi. Iste’dod va iqtidorlilik.
Mustaqil ish. Shaxsning qobiliyat va intellektini aniqlash diagnostikalarini o’tkazish
2-mavzu. Temperament
Temperament haqida umumiy tushuncha va temperamentning ta’rifi. Temperament haqida Gippokrat nazariyasi va turli ta’limotlar. Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari. Temperament tiplarining o’ziga xos xususiyatlari. Ta’lim jarayonida bolalarning temperament xususiyatlarini tarbiyalash va individual yondashuv.
Amaliy mashg`ulot. Berilgan psixologik-pedagogik xarakteristikalarga ko`ra o`quvchilar temperament tipini aniqlash.
3-mavzu. Xarakter
Xarakter haqida tushuncha. Xarakter va shaxs. Xarakter shakllanishida oilaning roli. Xarakter qirralari va uni vujudga keltiruvchi omillar. Xarakterning nerv fiziologik asoslari. Xarakterda munosabatning ifodalanishi. Xarakter sifatlarini o’ziga xosligi. Xarakterning o`zgarishi va xarakter xislatlar. Ma’naviy ahloqiy xarakter fazilatlari va ularning shakllanishi. O’z xarakterini tarbiyalash.
Amaliy mashg`ulot. O`quvchiga xarakteristika yozish.
Mustaqil ish: Badiiy qahramon xarakterini tavsiflash va xarakter xislatlarini ajratish tahlili.
4-mavzu. Diqqat
Diqqat haqida umumuy tushuncha va ta’rifi. Diqqat to`g`risida umumiy tasavvurlar. Diqqat va bilish jarayonlari. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari. Diqqat turlari: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so`nggi diqqat. Ularning mohiyati va tavsifi. Diqqatning xususiyatlari: ko`lami, barqarorligi, taqsimlanishi va ko’chuvchanligi. Parishonlik. Diqqat-e’tiborlilik shaxsning fazilatidir.Ta’lim faoliyatida diqqatning roli. Diqqatni tarbiyalash.
Amaliy mashg`ulot. Diqqat xususiyatlarini aniqlovchi tajriba.
Mustaqil ish: Diqqatni rivojlantiruvchi mashq va o’yinlar tuzish.
VI. Pedagogik psixologiya
(O`qituvchi psixologiyasi)
1-mavzu. Pedagogik faoliyat va o`qituvchining shaxsi
Jamiyatda pedagogning o`rni va roli masalasi. Pedagogning mehnat natijasi ertangi jamiyatimiz tuzilishidir. O`qituvchi o`quvchilar hayoti va faoliyatining tashkilotchisi. O`qituvchining yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlari. O`qituvchining vazifalari.
2-mavzu. Pedagogik qobiliyatlar va qiziqishlar
Pedagogik qobiliyatlar va pedagogik qiziqishlar hamda ularni o`rganish. Ta’lim tarbiyaga bo`lgan qobiliyat ijodiy mehnat natijasidir. O`qituvchining qobiliyatiga xos bo`lgan sifatlar va ularni rivojlantiruvchi shartlar.
Mustaqil ish: O’qituvchilar qobiliyatini kuzatish va jonli ish tajribalaridan misollar keltirish.
3-mavzu. O`qituvchining diqqati, sezgirligi va kuzatuvchanligi
O`qituvchi shaxsi va diqqat. O`qituvchi diqqat xususiyatining rivojlanganligi ta’lim samaradorligining mahsuli. O`qituvchi faoliyatida ixtiyoriydan so`nggi diqqatning tutgan o`rni. O`qituvchi sezgirligi va kuzatuvchanligining mohiyati, mazmuni. Sezgirlik va kuzatuvchanlikni tarbiyalovchi omillar.
Mustaqil ish: Dars jarayonida o`qituvchilarning psixik jarayonlariga xos bo`lgan xususiyatlarni kuzatish.
4-mavzu. O`qituvchi xotirasi va tafakkuriga xos xususiyatlar
O`qituvchilik kasbida tasavvur va xotiraning ahamiyati. O`qituvchi xotirasining individual xususiyatlari. O`qituvchilik kasbiga oid xotira xislatlarini rivojlantirish. Pedagogik faoliyatni analiz qila bilish va umumlashtirishda o`qituvchining tafakkuri. Dars jarayoni va o`quvchilarning o`zaro munosabati, ijtimoiy iqtisodiy masalalar haqida o`qituvchining fikr yuritishi.
Mustaqil ish: Pedagogik masalalar tahlili
5-mavzu. O`qituvchining nutqi va hissiy-irodaviy xususiyatlari
O`qituvchilik faoliyatida nutqning tutgan o`rni. Pedagog nutqining sifatlari. O`qituvchi nutq vazifalaridan foydalanib o`quvchilarga ta’sir eta olishi. O`qituvchi nutqidagi kamchiliklar va uni bartaraf etish. O`qituvchi nutqining shakllantirish yo`llari.
Pedagog faoliyatida hissiyot. Bolalarga va kasbga bo`lgan muhabbat. O`qituvchining hissiyoti o`quvchilar psixikasiga ta’sir etish vositasi ekanligi. O`qituvchining eng yuksak his- tuyg`ulari.O’qituvchiga xos bo’lgan kayfiyatni hosil qila olinishi.
O`qituvchining faoliyatida irodaning roli. O`qituvchining irodaviy harakatlari, maqsadlari va uni emolis oshirish yo`llari. O`qituvchi istaklari, intilish va ahdlari. O`qituvchining qarorga kelishi va uni ijro etishi. O`qituvchining irodaviy sifatlari.
Mustaqil ish. O`qituvchi nutqining fonetik-grammatik ritm tezlik jihatini kuzatish va samarasini aniqlash.
6-mavzu. O`qituvchining mehnatida izlanuvchanlik, yaratuvchanlik va ijodkorlik
O`qituvchilik faoliyatida xayolning roli. O’qituvchining o’z ustida izlanishi, ilg’or ish tajribalaridan foydalanishi. O`qituvchining mehnatida ijodiy xayol. O`qituvchining yaratuvchanligi va ijodkorligi. Ijodiy faoliyatda o`qituvchi shaxsining takomillashuvi.
7-mavzu. O`qituvchining odobi
O`qituvchining o`zini tuta bilishi. O`qituvchining obro`yi maktab o`quvchilariga va pedagogik jamoaga ta’siri. O`qituvchining sha’ni, qadr-qimmati va axloqiy-ma’naviy fazilatlari. O`qituvchining kiyinish madaniyati. O`qituvchi obro`sining ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri.
Amaliy mashg`ulot. O`qituvchi odobi va obro`si mavzusida referat yozish.
VII. Yosh psixologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |