I bolim. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi bo`yicha umumiy masalalar bo`lib, unda tikuvchilik metodikasi fanining maqsad va vazifalari, tikuvchilik to`garagi jarayonida tarbiyalash, to`garak rejalari turlari, ularni tuzish, to`garak mashg`ulotlari turlari, mehnatni tashkil etish shakllari, tikuvchilik mutaxassisligi tavsifnomasi, to`garak rahbarlarining
o’quv yiliga va mashg`ulotlarga tayyorlanishi, uni kuzatishni tahlil etish, ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil etishni o`rganish kabi mavzular o`tiladi.
II bo`lim. Bichish-tikishga o`rgatish to’garagi mashg’ulotlarini tashkil etishni o’rgatish masalalari bo’lib, to`garak uchun xonaning moddiy bazasi, qo`l, mashina, dazmollash ishlarini o`rgatish, ayollar va bolalar kiyimlari uchun gazlama sarfi, ularni loyihalash, badiiy bezashni o`rgatish, mayda detallarni tayyorlashni, ayollar, chaqaloq va qiz bolalar kiyimlarini, milliy kiyimlarni tikishni va ta`mirlashni o`rgatish bo`yicha nazariy bilim, ko`nikma va malakalar shakllantirish nazarda tutilgan. Bu bo`limda ko`rsatilgan tikuvchilik buyumlari xillari, o`rgatish tartiblari, ularga ajratilgan soatlar miqdori, mahalliy va milliy sharoitini hisobga olinib, o`zgartirilishi mumkin. Bu o`zgarish fan kafedrasi yig`ilishida ko`rib chiqilib, pedagogik kengashda tasdiqlanib, qo`llanishi mumkin.
Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bo`g`likligi,
uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma ketligi
Bichish- tikishga o’rgatish metodikasi fani pedagogika, psixologiya, rasm, tikuvchilik buyumlarini loyihalash va badiiy bezash, tikuvchilik gazlamashunosligi, tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari, dazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik kabi mutaxassislik fanlariga, “Tikuvchilik texnologiyasi” o`quv amaliyotiga bog`lab o`qitiladi. Shu fanlardan olgan bilimlari, ko`nikma va malakalari asosida mashg`ulotga tayyorlanish, ishlanmalar yozish, ko`rgazma tayyorlash o`rgatiladi. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi fani uchun ajratilgan soat o`quv rejasidan olingan bo`lib, jami 40 soat, shundan 16 soat nazariy, 22 soat amaliy 2 soat seminar darslarini tashkil etadi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- bichish-tikishni o`rgatish to`garagi rejasini tuza olishi;
- bichish-tikish to`garagini tashkil eta olishi;
- tikuvchilik materiallari bilan ishlay olishi va mashg`ulot uchun ko`rgazma tayyorlay olishi;
- mashinalarni ishlatish va mayda ta`mirlay olishi;
- ayollar va bolalar kiyimlarida qo’llaniladigan ish turlarini bajara olishi, ular yordamida mayday detallarga ishlov bera olishlari va to`garak a`zolariga o`rgata olishi;
- Chaqaloq bolalar kiyimlari to’plami, ayollar va bolalar tungi ko`ylagi, xalati, belli kiyimlarni, milliy kiyimlarni tikishni bilishi va to`garak a`zolariga o`rgata olishi;
- kiyimlarni ta`mirlay olishi va shu mavzuni o`quvchilarga yetkaza olish usullarini izlay olishi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga
ega bo`lishlari kerak.
-‘’Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomni har bir bandini yashi bilishi;
- tikuvchilik buyumlari, turlari va ularga qo`yiladigan talablar haqida ma`lumotlarni bilishi;
- gazlamalarning tolaviy tarkibini va xususiyatlarini tikish texnologiyasida hisobga olish, o`ngi, teskarisi, bo`yi, arqon ip yo`nalishlarini aniqlashni o`rgatish usullari, yo`llari haqida bilishi;
- qo`l ishlari uchun ish o`rnini tashkil etish va ularni bajarishni o`rgatish metodikasini bilishi;
- mashinada bajariladigan ish uchun ish o`rnini tashkil etish va mashinada ish tikishni o`rgatish qoidalarini;
- ayollar va bolalar kiyimlarida loyihalash, badiiy bezashni o`rgatish metodikasini;
- ayollar va bolalar belli kiyimlarini bosqichma-bosqich tikishni o`rgatish metodikasini;
- bluzka, ovro`pacha ko`ylak, xalat, raglan, yaxlit yengli ko`ylak, milliy ko`ylak, lozim, murakkab fasonli ayollar va bolalar ko`ylaklarini tayyorlashni o`rgatish metodikasini;
- tikuvchilik buyumlarini ta`mirlay olishni o`ragatish metodikasini bilishi;
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tavsiyalar
Bugungi kunda bolalarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishga ya’ni maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida e`tibor berilmoqda.Bolalarimizni bosh vaqtini to`g`ri tashkil etishda Vazirlar mahkamasining “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o`rgatishda egallanayotgan bilim ko`nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo`lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo`yicha ta’lim berish mazmuning fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan- slaydlar, multimedia, va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak
- Fan bo`yichi amaliy ish, semenar darslarini tashkil etishda o`qituvchi o`quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o`quvchi asosiy figura bo`lishiga erishishi kerak.
- Xonada o`quvchilar va o`quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop,internet tormog`idan olingan manbalar to`plami bo`lishi kerak.Har bir darsda o`qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko`rgazmalari namunalari bo`lishi kerak.
Kirish. Fanning maqsad va vazifalari.
Kirish. Bichish-tikishni o`rgatish metodikasi fani, maqsad va vazifalari. Fan bo`yicha foydalaniladigan adabiyotlar.
I bo`lim. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi bo`yicha umumiy masalalar
1-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi jarayonida tarbiyalash
Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi jarayonida tarbiyalashning ahamiyati, yo`llari.
2-mavzu. O`quv reja, dastur, taqvim – mavzu rejasi, to`garak rejasining mazmuni
Bichish-tikishga o`rgatish to`garagining o`quv reja,dasturi, taqvim-mavzu rejasining mazmuni. To`garak rejasining turlari (istiqbol, yillik, kundalik).
Amaliy ish: Tikuvchilik to`garage rejasini tuzish.
3-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garak mashg`ulotining
turlari, usullari, shakli.
Bichish-tikishga o`rgatish mashg`ulotlarining turlari, shakli, usullarini tanlash.
4-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagida ta`lim tizimlari va tamoillari.
Bichish-tikishga o`rgatish to`garagida ta`lim tizimlari va tamoillari.
5-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garak rahbarining o`quv yili va mashg`ulotlarga tayyorgarligi
Bichish-tikishni o`rgatish to`garak rahbarining o`quv yili va mashg`ulotlarga tayyorgarligi
Mustaqil ish. To`garak tashkilotchisining yillik ish rejasini tuzish. To`garak mashg`uloti rejasini tuzish, ko`rgazma tayyorlash.
6-mavzu. Bichish-tikishnga o`rgatish, to`garak mashg`ulotlarini kuzatish va tahlil qilish metodikasi.
Bichish-tikishni o`rgatish, to`garak mashg`ulotlarini kuzatish va tahlil qilish metodikasi.
Mustaqil ish. Amaliyot jarayonida o`tilgan mashg`ulotni kuzatib, tahlil qilish.
7-mavzu. Bichish-tikishnga o`rgatish to`garagi jarayonida kasbga
yo`llash ishlari
Bichish-tikishni o`rgatish to`garagi jarayonida kasbga yo`llash ishlari
II bo`lim. Bichish-tikishni o`rgatish to`garagi mashg`ulotlarini
o`rgatish masalalari
1-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi uchun moddiy ta`minot
Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi uchun moddiy ta`minot. Zamonaviy tikuvchilik xonasini jihozlash sxemasini chizish.
2-mavzu. Tikuvchilik materialshunosligi bo`limini o`qitish metodikasi.
Tikuvchilik materialshunosligi bo`limini o`qitish metodikasi
Amaly ish. “Gazlama bo`yi va eni ipini aniqlash” mavzusida mashg`ulot rejasini tayyorlash
3-mavzu. Tikuvchilik asbob-uskunalari va ularni ishlatishni
o`rgatish metodikasi
Amaliy ish. Tikuvchilik mashinashunosligi bo`limi mavzusi asosida mashg`ulot ishlanmasi va ko’rgazma tayyorlash.
4-mavzu. Ayollar va bolalar kiyimlarini loyihalash va badiiy bezash bo`limini o`rgatish metodikasi
Ayollar va bolalar kiyimlarini loyihalash va badiiy bezash bo`limini o`rgatish metodikasi
Seminar:
1.Ayollar va bolalar kiyimlarini loyihalashni va badiiy bezashni o`rgatishda nazariy va amaliy ishlarni tashkil etishni o`rgatish metodikasi
2. Ayollar va bolalar kiyimlari uchun gazlama tanlash va sarf miqdorini aniqlashni o`rgatish metodikasi
3. Ayollar va bolalar kiyimlari uchun o`lchov olishni o`rgatish metodikasi.
4.Ayollar va bolalar kiyimlari uchun rang tanlash, gavda tuzilishi turlari, chiziqlar, nisbatlar, illyuziya, kiyimning tur qismini hisoblash va chizish, buyum qismlarini o`lchamlarini hisoblash, chizish, eskizlar tayyorlash, unga ko`ra asosga o`zgartirish kiritib andazalar tayyorlashni o`rgatish metodikasi.
5. Moda oynomalaridan foydalanib asos tayyorlashni o`rgatish. Bichish usullari bilan tanishtirishni o`rgatish metodikasi.
Mustaqil ish. O`z o`lchamida andazalar to`plamini tayyorlash. Buyum xili beriladi.
5-mavzu. Tikuvchilik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi bo`limini
o`rgatish metodikasi
Tikuvchilik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi bo`limini o`rgatish metodikasi
Amaly ish. Qo`lda bajariladigan ishlarni o`rgatish mavzusida mashg`ulot rejasini tuzish, ko`rgazma tayyorlash, mashg’ulot o’tishni mashq qilish.
Oraliq nazorat.
6-mavzu. Tikuvchilik buyumlarini ta`mirlashni o`rgatish metodikasi
Amaliy ish.Tikuv buyumlarini ta`mirlashni o`rgatish. Yamoq turlari va ulardan amalda foydalanish. Tikuvchilik buyumlarini ta`mirlash yo`llari.
Yakuniy nazorat
O`tilgan mavzular bo`yicha dasturlashgan testlar.
Bichish – tikishga o`rgatish metodikasi fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi fani bo`yicha amaliy ishlar dasturda ko`rsatilgan mavzular bo`yicha egallangan nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash maqsadida tashkil etiadi. O`qituvchi o`quvchining bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, amaliy ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etish va rejasini berish maqsadga muvofiq bo`ladi. Amaliy ishlar o`quvchilarning barcha maxsus fanlardan egallagan bilimlarini hisobga olib, mustaqil tarzda bajarishga qaratiladi. Albatta amaliy ishni bajarish bo`yicha o`qituvchi tomonidan yo`llanma beriladi. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarni mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor berish kerak. Amaliy ishlarni tashkil etishda noan`anaviy usullardan foydalanishga alohida e`tibor berilishi kerak. Amaliy ish jarayonida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, ijodiy faoliyatlarini oshirish maqsadida mustaqil ishlardan beriladigan torshiriqlarlar hisobga olinadi. Mustaqil ishlarni topshirish muddatlari belgilanadi. Mustaqil ishlarning baholari alohida jurnal yoki o`qituvchining daftariga qo`yilib borilagi va o`rtacha baho semester yakunida asosiy jurnalga ko`chiriladi.
Bichish – tikishga o`rgatish metodikasi fanidan taxminiy kurs ishi mavzulari.
1. Bichish – tikishni o’rgatish to’garagi jarayonida Prezident risolalari, farmonlaridan foydalanish yo’llari.
2. Bolalar ish fartugini bichish-tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
3. Tikuvchilik materialshunosligi bo`limini o`qitish metodikasini yaratish.
4. Chaqaloq bolalar kiyimi toplamini tikishni o’rgatish metodikasini yaratish.
5. Ayollar va bolalar xalatini bichish-tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
6. Ayollar va bolalar tungi ko’ylagini bichish-tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
7. Ayollar va bolalar kiyimlarini loyihalash va badiiy bezash bo`limini o`rgatish metodikasini yaratish.
8. Tikuvchilik asbob-uskunalari va ularni ishlatishni o`rgatish metodikasini yaratish.
9. Bichish-tikish to`garaklarining mashg`ulotlarini kuzatish va tahlil qilish metodikasi.
10. Bichish-tikish to`garaklarini tashkil etish jarayonida o`quvchilar bilimlari, mahoratlarini baholash va rag`batlantirish.
11. Bichish-tikish to`garagi xonalarini zamon talablari asosida jihozlash.
12. Bichish-tikish to`garaklarini tashkil etish jarayonida o`quvchilarni tarbiyalash.
13. Bir asosda 3 ta qiz bolalar ko`ylagini tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
14. Bichish-tikishni o`rgatish to`garagi jarayonida “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan foydalanish yo`llari.
15. Bir asosda qiz bolalar yubkasini tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
16. Milliy ko`ylak, lozimni bichish-tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
17. Tikuvchilik buyumlarini ta`mirlash bo`limini o`rgatish metodikasini yaratish.
Kurs ishlarini bajarish tartibi har bir fan kafedrasi tomonidan alohida ishlab chiqiladi.
Namunaviy mavzular rejasi
№
|
Fanning bo`limlari va mavzular nomi
|
Umumiy yuklama, soat
|
Hammasi
|
Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)
|
Mustaqqil ish
|
Jami
|
Nazariy (ma`ruza)
|
Amaliy
|
Labaratoriya ishi
|
Seminar
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
1
|
Kirish. Fanning maqsad va vazifalari
|
1
|
1
|
1
|
-
|
|
|
|
|
I bo`lim. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi bo`yicha umumiy masalalar
|
2
|
1-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi jarayonida tarbiyalash
|
1
|
1
|
1
|
-
|
|
|
|
|
3
|
2-mavzu. O`quv reja, dastur, taqvim-mavzu rejasi, to`garak rejasining mazmuni
|
2
|
2
|
1
|
1
|
|
|
|
|
4
|
3-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garak mashg`ulot turlari, usullari, shakli.
|
1
|
1
|
1
|
-
|
|
|
|
|
5
|
4-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagida ta`lim tizimlari va tamoyillari,
|
1
|
1
|
1
|
-
|
|
|
|
|
6
|
5-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garak rahbarining o`quv yili va mashg`ulotlarga tayyorgarligi.
|
3
|
1
|
1
|
-
|
|
|
|
2
|
7
|
6-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garak mashg`ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.
|
4
|
1
|
1
|
|
|
|
|
3
|
8
|
7-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi jarayonida kasbga yo`llash ishlari.
|
1
|
1
|
1
|
-
|
|
|
|
|
II bo`lim. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi mashg`ulotlarini tashkil etishni o`rgatish masalalari
|
9
|
1-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi uchun moddiy ta`minot.
|
1
|
1
|
-
|
1
|
|
|
|
|
10
|
2-mavzu. Tikuvchilik materialshunosligi bo`limini o`qitish metodikasi.
|
2
|
2
|
-
|
2
|
|
|
|
|
11
|
3-mavzu. Tikuvchilik asbob-uskunalari va ularni ishlatishni o`rgatish metodikasi.
|
2
|
2
|
-
|
2
|
|
|
|
|
12
|
4-mavzu. Ayollar va bolalar kiyimlarini loyihalash va badiiy bezash bo`limini o`rgatish metodikasi.
|
5
|
2
|
-
|
|
|
2
|
|
3
|
13
|
5-mavzu. Tikuvchilik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi bo`limini o`rgatish metodikasi.
|
2
|
2
|
-
|
2
|
|
|
|
|
14
|
11-mavzu. Tikuvchilik buyumlarini ta`mirlashni o`rgatish. Yakuniy nazorat.
|
2
|
2
|
-
|
2
|
|
|
|
|
|
jami
|
28
|
20
|
8
|
10
|
|
2
|
6
|
8
|
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Bichish – tikishni o`rgatish metodikasi fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, tikuvchilik ish qurollari, gazlama namunalari bo`laklari, tikuv mashinsi, to`garak mashg`uloti ishlanmalari, amaliy ishlarni o`tkazish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar, tikuvchilik buyumlari eskizlari, andazalari, namunalari.
O`qitishning texnik vositalari
1. Jihozlar, inventarlar.
2. Didaktik materiallar va texnik vositalar:
- televizor, ekran, shaxsiy kompyuter
- mavzu bo`yicha disketlar - kodoskop
- videoko`z
- slaydlar
- kartochka-topshiriqlar va dasturlashtirilgan topshiriqlar, testlar
3. O`quv ko`rgazma qurollari, o`quv dasturlari bo`yicha plakatlar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Barkamol avlod” bobalar markazining Nizomi, Davlat talablari. – T.: 2011
2. M.Abdullayeva, X.SH.Boboxonova. Bichish-tikishni o’rgatish metodikasi.-T.2010.
3. N.Gairova, X.Boboxonova.Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari –T.: 2007
4. Q.M.Abdullaueva.N.Gairova. Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash.-T.:2010
5. R.I.Yegorova. Bichish-tikishni o`rganing. – T.: 1991.
6. V.A.Ponkratova. Tikuvchilikdan ishlab chiqarish ta`limi asoslari. – T.: 1993.
7. “Tikuvchi chevar” Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. 2004
8. “Burda” jurnallari.
Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i
-
http:// ziyonet.uz/ru Tikuv texnologiyasi
-
http:// www. tvorim.e-gloryon.com Rukodeliye
-
http:// www. ni-tochka.ru Andaza tayyorlash
-
http://www.osinka.ru/sewing/modelling/ Конструирование и моделирование одежды
-
http:// www.modnaya.ru Tikuvchilik sirlar
-
http://tikuvchilik.wikidot.com/start Kiyimlarni tikishda ishlatiladigan matolar
-
http://tikuvchilik.wikidot.com/foto-galeriya Foto galleria
-
http://www.modnaya.ru/world/collection/f2012rtw/milly.htm коллекция pret-a-porter 2012 9.http://www.ms77.ru/products/domestic/atelie/?search=burda&page=24 Burda jurnallari 10.http://www.ziyonet.uz/ru/library/libid/30500/offset/0 Tolalali materiallarga birlamchi ishlovberish
-
http://shyu.ru/ Уроки шитья
-
http://shyu.ru/tips.html Шьем своими руками
-
www.burda moden.com Burda jurnali2.
Do'stlaringiz bilan baham: |