O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi» kasbi bo’yicha


Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari



Download 6,12 Mb.
bet6/23
Sana18.02.2017
Hajmi6,12 Mb.
#2788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari

  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.pedagog.uz

  3. http://www.biologiya.dc.uz


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI



Ro`yxatga olingan

№KMD 3141602 – 2.04

“15” avgust 2012-yil


Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



CHIZMACHILIK


fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.


Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).


Tuzuvchi:

D. Irgasheva



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.

























Taqrizchi:

A.Abduraxmonov



Nizomiy nomli pedagogika universiteti ''Chizmachilik va uni o`qitish metodikasi'' kafedrasi dotsenti


Kirish
Respublikamiz ta'lim markazida ''Kadrlar tayyorlash milliy dasturi'' asosida ''Uzluksiz ta'lim'' ning tashkil etilishi barcha fanlar qatori grafik ta'lim mazmuniga ham yangicha yondashish va mazkur sohada izchillik tamoyillarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratdi.

Ushbu ishchi dasturni tuzishdan asosiy maqsad, o`z sohasini nazariy va amaliy jihatdan mukammal bilgan malakali pedagog kadrlar tayyorlashdir. Dasturning asosiy vazifasi konstruktiv hujjatining yagona tizimi (ESKD)da va davlat standartida ko`rsatilgan shartli belgilardan foydalanib, chizmani o`qish va tuzish uchun kerakli bilim va malakalarni egallashga, bo`lajak o`qituvchiga pedagogik amaliyot davrida kerak bo`ladigan chizmachilik grafik madaniyatini egallashdir.


Fanni o'rganish natijasida o'quvchilar quyidagi ko'nikmalarga

ega bo'lishlari kerak:

- fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlay olish va ular orasidagi pozitsion, metrik munosabatlarni aniqlay olish;

- geometrik yasash usullaridan erkin foydalanish;

- buyumni tog'ri burchakli proyeksiyalarini to`la tasvirlay olish;

- sirtlarni o`zaro kesish-u chizig'ini ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarda yasay olish;

- yig'ish chizmalarini o`qish va detallarga ajrata bilish.

- proyeksiyalash usullari va xossalari;

- geometrik shakllari proyeksiyalarini hosil qilish;

- egri chiziq va sirtlarning hosil bo`lishi va ularning klassifikatsiyasi;

- chiziq turlari, o`lchovlar va mashtablar uchun Davlat ta`lim standarti talablari;

- kompleks chizma hosil qilish, asosiy ko`rinishlarning joylashuvi;

- sxemalar va ularning turlari;

- arxitektura qurilish chizmalari.
Fanning o'quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi,

uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi

Ushbu fanni o'zlashtirish uchun o'quvchi ''Umumta'lim'' fanlaridan matematika, geometriya, mehnat, geografiya,''Kasbiy ta'lim'' fanlarni chuqur o'zlashtirishgan bo'lishlari talab etiladi. O'quv rejaga ko'ra yuqorida ko'rsatilgan fanlar chizmachilik fani bilan birgalikda o'zlashtirilishi lozim. O'quvchilar egallagan nazariy bilimlarni test savollari, amaliy bilimlarni esa grafik topshiriqlari yordamida sinab ko'rish tavsiya etiladi.


Fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik

texnalogiyalari bo'yicha tavsiyalar

Bugungi kunda grafik ta`lim samaradorligini yanada oshirishda o`quvchilarga chizmachilik dasturining geometrik va proyeksiyalash chizmalarini chuqur o'rganish taqazo etiladi. Yangi pedagogik texnologiya usulida dars o'tish o'quvchilar qobiliyatini o'stirib, yanada ilg'or va faol bo'lishlikka olib keladi. Chizmachilik darsliklari bilan birga yangi dasturlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun qo'shimcha adabiyotlardan foydalanish lozim.

- Darsda o'quvchilarni o'z ustida ishlashga o'rgatish, ularning o'zlari dars o'tishiga imkon berish.

- O'quvchilarni guruhlarga bo'lib o'qitish.

- Darsni o'yin tariqasida (didaktik materiallar, tarqatma kartochkalardan foydalangan holda) o'tkazish, grafik va amaliy ish bajarish.

- O'quvchilarning fikr almashishlari.

- Aqliy hujum.

- O'quvchining o'z-o'zini baholashi.

- Ta'lim berishning zamonga xos texnik vositalaridan - slaydlar, multimediya, va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanish kerak.

Ma'lumki, ta'lim – ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda pedagog ham, o'quvchi ham faol bo'lishi kerak. Pedagog tomonidan berilayotgan materialdan amaliy ishda ijodiy foydalanish didni, tadbirkorlikni rivojlantirishda, kasbiy bilimni chuqurlashtirishga yordam berishi kerak va o`quvchilar tomonidan bu axborotlar qanday qabul qilinayotganligini, ''Teskari aloqa - bilim olish'' yuzaga kelayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.

Chizmachilik fanida boshqa fanlar qatori har qanday internet saytlaridan sizga kerakli ma'lumotlarni topishingiz mumkin. Masalan: Google, Yandex va boshqalar.
Asosiy qism

Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari. Insonning amaliy faoliyatida chizmachilikning ahamiyati. Texnikaviy chizmachilikning turlari. O`rta Osiyoda chizmaning rivojlanish tarixidan ma'lumot.


1. Chizmalarni tahlil qilish qoidalari.

Amaliy - 2 soat

1. Chizmachilik asboblari, moslamalar va ularning ishlatilishi. Ish o`rnini tashkil qilish va uni jihozlash. Qalam va chizg'ich bilan ishlash texnikasi.

2. Formatlar va asosiy yozuvlar. Ularning o`lchamlari. Asosiy yozuvni to`g'ri to`ldirish.


2. Geometrik chizmachilik.

Amaliy - 8 soat

1. Chizma chiziqlari, masshtablar haqida tushuncha. Mashqlar bajarish.

2. Aylanani teng bo`laklarga bo`lish, muntazam ko`pburchaklar yasash.

3. Chizmalarga o`lchamlar qo`yish qoidalari. Tutashmalar, ularni hosil qilish.

4. Chizmachilik shriftlari. Ular to`g`risida ma`lumot. Ularning yozilishi.



3. Proyeksion chizmachilik.

Amaliy -12 soat



  1. Proyeksiyalar to`g'risida tushuncha. Tog'ri burchakli proyeksiyalar. 1 ta, 2 ta, 3 ta proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalash. Chizmada ko`rinishlar va ularni joylashtirish. Detalning ikki ko`rinishi asosida uchinchi ko`rinishini topish.

  2. Asosiy geometrik jismlarning proyeksiyalari (Prizma, piramida, silindr, konus).

  3. Yaqqol tasvir haqida tushuncha. Aksonometrik proyeksiya. To`g'ri burchakli izometrik va diametrik proyeksiyalar. Ularni hosil qilish.

  4. Yassi shakllarning aksonometrik proyeksiyalarini yasash. Texnik rasm haqida tushuncha.

  5. Kompleks chizma bajarish.


4. Kompleks chizmalar bajarish

Amaliy - 2soat



  1. Kompyuter grafikasida geometrik jismlarni tasvirlash va liboslarni yaratish uchun turli andazalarning tasvirlarini bajarish.


5. Mashinasozlik chizmachiligi.

Amaliy -12 soat



  1. Kesimlar va qirqimlar haqida tushuncha. Kesim va qirqim orasidagi farqlar, ularning chizmada belgilanishi. Mashqlar bajarish.

  2. Kesim va uning turlari. Ularning chizmada tasvirlanishi va belgilanishi. Qirqimlar, ularning turlari, chizilishi, nomlari haqida ma`lumot. Mashqlar orqali mustahkamlash.

  3. Rezbaning tasvirlanishi va belgilanishi, chizmada boltli va vintli birikmalarni tasvirlash.

  4. Yig'ish chizmalari haqida ma'lumot. Asosiy yozuv, spesifikatsiya va uning to'ldirilishi.

  5. Yig'ish chizmalarini detallarga ajratish. Boltli birikmalar, ularni detallarga ajratish. Eskizlar tuzish. Mashqlar bajarish.

  6. Loyihalash elementlari, ijodiy mashqlar.Yaqqol tasvirlar, chizmalar orqali mashqlar bajarish.

6. Sxemalar.

Amaliy - 2soat

1. Sxemalar, ularning turlari haqida ma'lumot. Knematik sxemalar, ularning shartli belgilari, ular asosida chizmani o'qish va bajarish.
7. Dizayn, interyer. Xona interyeri

Amaliy - 4soat



  1. Liboslar yaratilishi, milliy, zamonaviy va turli liboslarning andazalarini yaratish.

  2. Uyning ichki va tashqi ko`rinishini chizish. Interyer ustida ishlash.


Namunaviy mavzular rejasi




Fan bo`limlari

va mavzular nomi


Hammasi

Umumiy yuklama, soat


Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti

Mustaqil ish

Jami


Nazariy

(ma`ruza)

Amaliy

Kurs ishi

1

Kirish

2

2

1










2

Chizmalarni tahlil qilish qoidalari

4

2

1

2




2

3

Geometrik chizmachilik

12

6




6




6

4

Proyeksiyon chizmachilik

16

12




12




4

5

Kompleks chizmalar bajarish

2

2




2







6

Mashinasozlik chizmachiligi

14

10




10




4

7

Sxemalar

3

2




2




1

8

Dizayn, interyer. Xona interyeri

4

4




4










Jami

57

40

2

38




17


Eslatma. O'qituvchi mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda dars o'tish usullarini o'zi tanlaydi hamda yangiliklar qo'llashi mumkin.

Boshlanish tizimi. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tasdiqlangan akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilarining bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.

O`qitishning texnik vositalari

1. Jihozlar, invertarlar

2. Didaktik materiallar va texnik vositalar.

- televizor

- ekran

- shaxsiy kompyuter

- mavzu boyicha disklar

- kodoskop

- videoko`z

- slaydlar

- kartochka-topshiriqlar va dasturlashtirilgan topshiriqlar, testlar

3. O`quv ko`rgazma qurollari, mavzular bo`yicha chiziq plakatlari.

4. Darslik va test topshiriqlari kitobi.
Foydalanilgan adabiyotlar


  1. P.Odilov. Chizmachilik. 8-9 sinflar uchun darslik. –T: 2005

  2. A.Ashirboyev. Chizmachilik. –T: 2007

  3. Chizmachilik fani bo`yicha ko`rgazma fayl papka.

  4. A.Umronxo'jayev, ''Chizmachilik'' darsligi 8-9 sinflar, ''O'zbekiston'', 2002 yil.

  5. A.Umronxo'jayev, ''Chizmachilik o'qitish metodikasi'' qo'llanmasi. ''O'zbekiston'' 2002

  6. P.Odilov va bosh. ''Chizmachilik'' darsligi, 8-9 sinf ''Sharq'' mat-kont. 2004-yil.

7. A.Abruraxmonov, D.H.Irgasheva '' Oddiy qirqimlar'' qo`llanma. 2011-yil

Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i.

1. htpp:// www.ziyo.net.uz

2. www.Google.uz

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI


Ro`yxatga olingan

№KMD 3141602 – 2.07

“15” avgust 2012-yil


Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan


tikuvchilik materialshunosligi
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.

Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).





Tuzuvchi:

M.Rahimjonova



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.













Taqrizchilar:

Q.Abdullayeva



Nizomiy nomli TDPU dosenti, pedagogika fanlari nomzodi.
















D.Xalimova



75-maktab direktori














Kirish

Kiyim tikish texnologiyasida faqat gazlamalardan emas, balki bezakli, isituvchi, astarli, yopishtiruvchi furnituralardan, biriktirish materiallaridan ham foydalaniladi. Materiallardan to`laqonli foydalanishni kiyim-kechak tikishda hisobga olish uchun ularning xillari, xossalarini bilish zarur. Har xil gazlamalarning xossalari ularning tolaviy tarkibiga, pardozlash usullarining tanlanishiga bog`liq. Shuni hisobga olgan holda bu fanni egallashda o`quvchida tolalarning olinishiga qarab turlarga bo`linishi, tabiiy va kimyoviy tolalarning bir-biridan farqini, gazlamaning o`ngi, teskarisini, bo`yi, eni, iplari yo`nalisharini ajrata olish, sirtini aniqlash, gazlamaga mos holda qo`shimcha materiallarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlay olish bo`yicha ko`nikma va malakalar hosil bo`ladi.

Nazariy bilim berishda to`qimachilik korxonalaridagi yangiliklar, to`qimachilik tolalari, gazlamalarning tarkibi, xossalari, navlari, standartlash hollari, noto`qima materiallar, kiyim detallarini biriktirish uchun qo`llaniladigan materiallar, astarli, isituvchi, qotirmali materiallar, tikuvchilik materiallarining xossalari, xususiyatlari sifatini nazorat qilish va saqlash haqida ma`lumotlar berishga e`tibor beriladi.

Amaliy va nazariy olingan bilimlar amaliy-laboratoriya mashg`ulotlarida mustahkamlanadi. Amaliy laboratoriya isharini o`tkazishda o`quvchilar 2 guruhga bo`linadi. Tabiiy tolalarning xususiyatlari gazlamalarning tolaviy tarkibini, bo`yi va eni, ip yo`nalishini aniqlash, turli gazlamalar to`plamini albomga joylashtirib biriktirish, bezash materiallari namunalari to`plamlarini yig`adilar.

Nazariy va amaliy mashg`ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida to`qimachilik sanoati korxonalariga ekskursiyalar uyushtiriladi.
Fanni o`rgatish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

- tolalarning olinishiga qarab turlarga bo`linishini, tabiiy va kimyoviy tolalarning bir-biridan farqlay olishi;

- kalava iplar turlarini va ularning xossalarini bilishi;

- gazlama o`rilisharini aniqlay olishi, namunalar tayyorlay olishi;

- gazlamaning o`ngi, teskarisini, bo`yi, iplari yo`nalisharini ajrata olishi;

- tikuvchilikda ishatiladigan gazlama xillarini ajrata olishi;

- gazlamaga mos holda qo`shimcha materiallarning xususiyatlari asosida tanlay bilishi;

- tikuvchilik materiallarining xossalarini aniqlay olish va saqlash usullarini bilishi.


Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

- mavzularning har birini zamon talabiga, iqtisodga, to`qimachilik korxonalari yangiliklariga bog`lay olishi kerak;

- to`qimachilik tolalari, gazlamalarning tarkibi, xossalari, navlari, xillari, xususiyatlari sifatini nazorat qilish haqida bilishi.


Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bo`g`liqligi,

uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi

Ushbu fanni o`zlashtirish uchun o`quvchi umumta`lim fanlaridan kimyo, fizika, matematika, chizmachilik, tasviriy san`at; kasbiy ta`lim fanlaridan tikuchilik buyumlarini loyihalash, tikuvchilik jihozlari, tikuvchilik texnologiyasi, gazlamaga badiiy ishlov berish kabi fanlarni chuqur bilishlari talab etiladi. O`quv rejaga ko`ra yuqorida keltirilgan fanlar, tikuvchilik materialshunosligi fani bilan birgalikda o`zlashtirilishi lozim.


Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik

texnologiyalarni qo`llash bo`yicha tavsiyalar

Bugungi kunda boshqa iste`mol mahsulotlari kabi kiyim va to`qimachilik mahsulotlariga nisbatany anada yuqori talablar qo`yilmoqda. Gazlama va materiallarni ishab chiqarish jarayonida ishab chiqarilayotgan mahsulotning zamonaviyligi, sifati, rangi va gullarining mutanosibligi, turlari va xossalarini o`rganish nazarda tutiladi.



  • Ishab chiqarishga oid fanlarni o`rgatish jarayoni turli xildagi ko`rgazmali o`quv qurollarini ko`rsatish bilan darsdagi amaliy ishari va ishab chiqarish korxonalaridagi amaliyot isharining o`zaro uzviy bog`langanliklari bilan olib borilishi lozim.

  • Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.

  • Ma`lumki, ta`lim – ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda pedagog ham, o`quvchi ham faol bo`lishi kerak. Pedagog tomondan berilayotgan materialdan amaliy ishda ijodiy foydalanish didni, tadbirkorlikni rivojlantirishga, kiyinish madaniyati tushunchasini kengaytirishga, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam berishi kerak va o`quvchilar tomonidan bu axborotlar qanday qabul qilinayotganligini, “Teskari aloqa - bilim olish” yuzaga kelayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak


Kirish. Tikuvchilik materialshunosligi fanining maqsad va vazifalari.

Tikuvchilik materialshunosligi fanining maqsadi va vazifalari. Davlat ta`lim standarti talablari.

Fanga doir foydalaniladigan adabiyotlar.
I bo`lim. To`qimachilik tolalari

1-mavzu. To`qimachilik tolalari haqida umumiy ma`lumot. Tabiiy tolalarning turlarini, tuzilishini, xossalarini o`rganish.

To`qimachilik tolalarining turkumlanishi. Paxta, zig`ir, ipak va jun tolalar haqida ma`lumot. Tabiiy tolalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi, xossalari, qo`llanish darajalari.



Mustaqil ish. To`qimachilik tolalarining turkumlanishi jadvalini chizish. Tabiiy tolalar turkumlari tuzilishini mikroskop ostida tasvirlash.
2-mavzu. Kimyoviy tolalarning turlari, tuzilishi, xossalari.

Kimyoviy tola turlari, olinishi, xossalari, qo`llanish darajalari.


II bo`lim. Gazlama olish texnologiyasi asoslari

1-mavzu. Kalava ip turlari, xossalari, nuqsonlari.

Kalava ip xossalari, nuqsonlarining gazlama sifatiga bog`liqligi.


2-mavzu. To`quvchilik

Laboratoriya ishi. Tanda va arqoq iplarini tayyorlash. To`quv dastgohining tuzilishi, ishlash texnologiyasi. Gazlamaning bo`yi va ko`ndalang ip yo`nalisharini aniqlash. Gazlama nuqsonlarini topish, sababini aniqlash.
3-mavzu. Gazlamalarni pardozlash haqida umumiy ma`lumot va ularni o`rganish.

Oqartirish, bo`yash, gul bosish, navlarga ajratish, tamg`alash va taxlash. Gazlamaning o`ngi va teskarisini aniqlash.



Mustaqil ish. To`quvchilik va pardozlash, nuqsonlari bor gazlama namunalarini to`plash.
Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish